Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sertofen gel 1.25% 60gr №1
Nomi | Narx | |||||
Сертофен гель 1,25 % 60 гр № 1 (302172##2010) |
UZS 49 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декскетопрофен
Страна производитель
Турция
Дозировка
1,25%
Производитель
Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Munir Sahin Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Гель
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sertofen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) deksketoprofen
Dori shakli
gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda 12,5 mg deksketoprofen (deksketoprofen trometamol shaklida);
yordamchi moddalar karbomer gomopolimer, 96% li etanol, lavanda moyi, mentol, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi lavanda, yalpiz va spirt hidli, kulrang-oq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.
ATX kodi M01AE17
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sertofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYaQV) bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va isitmani patogenezida muhim rol o‘ynaydigan prostaglandinlarning biosintezini kamayishi va siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Gel shaklida mahalliy qo‘llanganida preparat sekin so‘riladi va organizmda deyarli to‘planmaydi. Biokiraolishligi 5% ni tashkil etadi, bu preparatni mahalliy ta'sir qilishi va tizimli samaralarini yo‘qligi bilan ifodalanadi.
Sertofen gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida deksketoprofen maksimal kontsentratsiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan butunlay chiqariladi.
Deksketoprofenning 12,5% li geli qo‘llanganidan keyin sinovial suyuqlikda preparatning terapevtik darajasi 2,5% li ketoprofen geli qo‘llanganidan keyin kuzatiladigan darajaga ekvivalent yoki yuqoriligi aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Quyidagi kasalliklar va holatlarda yengil va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromini davolash uchun qo‘llanadi
• tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish, yallig‘lanish-degenerativ va metabolik kasalliklarida (shu jumladan, revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz);
• yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit va boshqalar);
• yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning posttravmatik yallig‘lanishlarida (paylarni cho‘zilishi, haddan tashqari zo‘riqishi, lat yeyishlar, suyaklarni chiqishlari va boshqalar oqibatida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sertofen gel sirtga qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga bog‘liq.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga Sertofen geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Sutkalik dozasi 7,5 g dan oshmasligi kerak, bu taxminan 14 sm gel tasmasiga to‘g‘ri keladi. Gel shikastlanmagan teriga qo‘yiladi va butunlay so‘rilib ketgunicha surtiladi. Preparatni okklyuzion bog‘lovlarning ostiga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
Sertofen gel surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak.
Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kam hollarda – dermatit (terini qizarishi, qichishishi, shish); uchrash tezligi noma'lum – fotosensibilizatsiya.
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (eshakemi, bronxospazm) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• deksketoprofen, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQP ga, yoki preparatning tarkibiga kiruvchi bironta yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
• anamnezida shunday ta'sir mexanizmiga ega bo‘lgan vositalar (atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQP) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, astma hurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit, urtikariyalar yoki angionevrotik shish kuzatilgan bo‘lsa;
• teri qoplamlarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sertofen gelini so‘rilishi juda past bo‘lganligi sababli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'sir qilishini baholash qiyin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sertofen gelni faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni terining yirik sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davolanish vaqtida va keyingi ikki hafta davomida bevosita quyosh nurlarining ta'siridan yoki solyariyga borishdan saqlanish kerak.
Preparat surtilgandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlar, fenofibrat va kimyoviy tuzilishida benzofenon saqlagan boshqa preparatlar parallel ravishda qo‘llanganida kesishgan reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida Sertofen gel ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida deksketoprofenning havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida Sertofen gelini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Ma'lumotlar yo‘qligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sertofen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
60 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Qayd etish sertifikatining egasi
«Dr Sertus Ilach Sanayi ve Tidjaret Limited Shirketi», Turkiya
(“Dr Sertus İlaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Tar Pharma Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch., 166 uy
Tel 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.