Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Advantan maz 0,1% 15g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метилпреднизолона ацепонат
Страна производитель
Италия
Дозировка
0,1% 15 г
Производитель
Bayer Pharma AG, Германия произведено: Bayer HealthCare Manufacturing S.r.L
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Advantan®
Xalqaro patentlanmagan nomi
(XPN) metilprednizolon atseponati
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun 0,1% li surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda – 1 mg metilprednizolon atseponati;
yordamchi moddalar asalari oq mumi, suyuq parafin, degimuls Ye, oq yumshoq parafin, tozalangan suv.
Ta'rifi oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan surtma, biroz o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Teri kasalliklarini mahalliy davolash uchun kortikosteroid. Faol glyukokortikosteroidlar (III guruh). Metilprednizolon atseponati.
ATX kodi D07AC14
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Advantan® surtmasi sirtga qo‘llanilgandan keyin yallig‘lanish va allergik reaktsiyalarni, shuningdek kuchaygan proliferatsiya bilan bog‘liq reaktsiyalarni susaytiradi, bu ob'ektiv simptomlar (eritema, shish, infiltratsiya) va sub'ektiv hissiyotlarni (qichishish, achishish, og‘riq) kamaytiradi.
Metilprednizolon atseponati (ayniqsa uning asosiy metaboliti - 6α-metilprednizolon-17-propionati) xujayra ichidagi glyukokortikoid retseptorlar bilan bog‘lanadi.
Steroid-retseptor kompleksi DNK ning ma'lum qismlari bilan bog‘lanadi, shu tariqa bir qator biologik samaralarni chaqiradi.
Xususan, steroid-retseptor kompleksni DNK bilan bog‘lanishi makrokortin sintezini kuchayishiga olib keladi. Makrokortin araxidon kislotasini ajralib chiqishini va shu tariqa prostaglandinlar va leykotriyenlar kabi yallig‘lanish mediatorlarini hosil bo‘lishini susaytiradi.
Glyukokortikoidlarning immunosupressiv ta'siri sitokinlar sintezini susaytirishi va antimitotik samarasi bilan tushuntirilishi mumkin, ular xozir vaqtgacha yetarli darajada o‘rganilmagan.
Qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini glyukokortikoidlar tomonidan susaytirilishi yoki adrenalinning qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirini kuchaytirishi oqibatida qon tomirlarni toraytiruvchi samaraga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Metilprednizolon atseponati dori shakli asosidan teriga kiradi. Uning kontsentratsiyasi muguz pardadan terining ichki qavatlariga qarab kamayib boradi.
Metilprednizolon atseponati epidermis va dermada gidrolizlanadi. Asosiy va faolroq metaboliti 6α-metilprednizolon-17-propionati hisoblanadi, u dastlabki preparatga nisbatan terining kortikoid retseptorlari bilan mustahkamroq bog‘lanadi, bu uning terida “biofaollashishi” mavjudligini ko‘rsatadi.
Teri orqali so‘rilishining darajasi va jadalligi faol moddaning kimyoviy strukturasi, dori shakli asosning tarkibi, dori shakli asosidagi faol moddaning kontsentratsiyasi, preparatni surtish sharoiti (surtish maydoni, ta'sir davomiyligi, ochiq teriga yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanilishi) va terining holati (kasallikning turi va yaqqolligi, anatomik joylashishi) ga bog‘liq.
Ochiq sharoitida Advantan® surtmasini kuniga 2 marta 8 kun davomida so‘rilishi 0,65% va kortikoid yuklama – kuniga 4 mkg/kg deb baholangan.
Muguz qavati olib tashlanganda shikastlangan teri orqali metilprednizolon atseponatini so‘rilishi so‘rilish darajasini ahamiyatli darajada oshishiga (dozaning 13-27%) olib keladi.
Birlamchi gidroliz mahsuloti metilprednizolon-17-propionati tizimli qon oqimiga tushganidan keyin glyukuron kislotasi bilan tez kon'yugatsiyalanadi va shu tariqa faolsizlanadi. Metilprednizolon atseponatining metabolitlari (6α-metilprednizolon-17-propionat-21-glyukuronid asosiysi hisoblanadi) taxminan 16 soatni tashkil etuvchi yarim chiqarilish davri bilan asosan buyrak orqali chiqariladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin siydik va ahlat bilan chiqarilishi 5 kun davomida yakunlangan. Metilprednizolon atseponati va uning metabolitlari organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
-endogen ekzema (atopik dermatit, neyrodermit)
-kontakt ekzema
-degenerativ ekzema
-disgidrotik ekzema
-numulyar ekzema (mikrobli ekzema)
-noma'lum etiologiyali ekzema
-bolalardagi ekzemada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Odatda preparat sutkada 1 marta terining shikastlangan sohasiga yupqa qavat qilib surtiladi.
Odatda Advantan® surtmasi bilan davolash davomiyligi kattalar uchun 12 haftadan oshmasligi kerak.
Bolalar
Advantan® bolalarda 4 oylik boshlab qo‘llanadi. Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Odatda bolalarda Advantan® bilan davolash davomiyligi 4 haftadan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Advantan® surtmasi qo‘llanilganida preparatni surtish joyida achishish va qichishish kabi nojo‘ya reaktsiyalar ko‘proq kuzatilgan.
Klinik tadqiqot natijasida kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi normativ-huquqiy faoliyat uchun tibbiyot lug‘ati tasnifining (MedDRA) muvofiq keltirilgan.
Tez-tez (>1/100, <1/10)
-preparatni surtish joyida qichishish, achishish
Tez-tez emas (>1/1000, <1/100)
-preparatni surtish joyida eritema, terini quruqligi, pufaklarni paydo bo‘lishi, ekzema, papulalar, periferik shishlar
-teri atrofiyasi, ekximoz, impetigo, teri yog‘ligi
Tez-tezligi noma'lum
-akne
Shuningdek, mahalliy qo‘llash uchun boshqa kortikosteroidlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, quyidagi mahalliy nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin
-teri atrofiyasi, striyalar, preparatni surtish joyida follikulit, gipertrixoz, teleangioektaziyalar, perioral dermatit, teri rangini o‘zgarishi, akne va/yoki dori shaklining har qanday komponentiga allergik teri reaktsiyalari. Kortikosteroidlarning tizimli samaralari ularni mahalliy qo‘llaganda preparatni so‘rilishi natijasida kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatni surtish sohasidagi tuberkulyoz yoki sifilitik jarayonlar
-preparatni surtish sohasidagi virusli kasalliklar (masalan, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki)
-rozatsea, perioral dermatit, yaralar, husnbuzar toshma, preparatni surtish sohasidagi terining atrofik kasalliklari
-faol moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bakterial dermatozlar va/yoki dermatomikozlar bo‘lganida Advantan® surtmasi bilan davolashga qo‘shimcha spetsefik antibakterial yoki antimikotik davolashni o‘tkazish kerak.
Preparatni ko‘zga, chuqur ochiq yaralar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish uchun Advantan® surtmasi qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
22 soat davomida terining 60% yuzasiga okklyuzion bog‘lov ostida Advantan® 0,1% li surtmasini qo‘llanganida, sog‘lom ko‘ngillilarda qon plazmasida kortizol darajasini kamayishi va sirkad ritmiga ta'siri kuzatilgan.
Terining katta sohalariga yoki uzoq vaqt davomida mahalliy kortikosteroidlarni haddan tashqari ko‘p miqdorda, ayniqsa okklyuzion bog‘lov ostida surtish nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin. Tagliklar (pamperslar) okklyuzion samarani yaratishi mumkinligini e'tiborga olish lozim.
Tizimli kortikosteroidlarni qo‘llaganda bo‘lgani kabi, mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llaganda glaukoma rivojlanishi mumkin (masalan, yuqori dozalardan keyin yoki uzoq vaqt davomida preparatni ko‘p miqdorda surtish, okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash yoki preparatni ko‘z atrofidagi teriga surtish oqibatida).
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha adekvat ma'lumotlar yo‘q.
Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda preparatning embriotoksik va teratogen samarasi ko‘rsatilgan. Odatda, homiladorlikning birinchi uch oyligida kortikosteroidlarni saqlovchi mahalliy preparatlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Xususan, homiladorlik vaqtida preparatni terining katta sohalariga surtish, uzoq muddat qo‘llash yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Onalari homiladorlikning birinchi uch oyligida glyukokortikoidlar bilan davolangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tanglayni bitmasligi rivojlanish xavfi oshishi mumkinligini ko‘rsatuvchi epidemiologik ma'lumotlar mavjud.
Homiladorlik davrida Advantan® surtmasi bilan davolash uchun klinik ko‘rsatmalarda davolashdan potentsial xavf va kutilayotgan foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.
Ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi mumkinligi haqida xabar berilgan tizimli kortikosteroidlar kabi, metilprednizolon atseponati ham ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma'lum.
Advantan® surtmasini mahalliy qo‘llash, uni ko‘krak sutida aniqlash uchun yetarli bo‘lishiga metilprednizolon atseponatini yetarli miqdorda tizimli so‘rilishiga olib kelishi noma'lum.
Shunday qilib, preparatni emizikli onalarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Emizikli onalarda preparatni sut bezlariga surtish mumkin emas. Laktatsiya davrida preparatni terining katta sohalariga, uzoq muddat yoki okklyuzion bog‘lov ostida surtish mumkin emas.
Bolalar
Advantan® surtmasi okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash mumkin emas.
Tagliklar (pamperslar) okklyuzion samarani yaratishi mumkinligini e'tiborga olish lozim. 4 oylikdan kichik bolalarda qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan.
4 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilganda xavf-foydani baholash kerak.
Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning toksik ta'sirini o‘rganishda haddan tashqari ko‘p miqdorda bir marta teriga qo‘llanilganda (so‘rilishi uchun qulay sharoitda preparatni terining katta sohasiga qo‘llash) yoki behosdan ichga qabul qilinganda o‘tkir intoksikatsiyaning biron-bir xavfi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
15 g dan surtma buraladigan plastmassa qalpoqcha va alyumin membranali alyumin tubalarga joylanadi.
1 tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Bayer Xelsker Manufekchuring S.r.l., Segrate, Italiya
Via E.Schering, 21, 20090 Segrate (Milano), Italy
Litsenziya egasi
Bayer Farma AG, Berlin, Germaniya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.