Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Akriderm GK krem 15 g
Nomi | Narx | |||||
Акридерм ГК крем 15 гр (7101024##2 412) |
UZS 40 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
15 г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Акрихин,АО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol modda
Preparatning savdo nomi
Akriderm GK
Ta'sir etuvchi modda (XPN) betametazon
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem.
Tarkibi
100 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda
betametazon dipropionati 100% moddaga qayta hisoblaganda - 0,064 g, bu 0,05 g betametazonga ekvivalentdir;
yordamchi moddalar
metilparagidroksibenzoati – 0,2 g,
qattiq parafin – 9 g,
vazelin – 3 g;
propilenglikol – 5 g;
suyuq parafin – 18 g;
emul'siyalangan mum – 7 g;
dinatriy ededati – 0,1 g;
natriy sul'fiti – 0,05 g;
tozalangan suv – 100 g gacha.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli krem.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Akriderm - sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, ekssudatsiyaga qarshi, tomirlarni toraytiruvchi, qichishishga qarshi va antiproliferativ ta'sir ko‘rsatadi. Leykotsitlarni to‘planishini, lizosomal fermentlar va yallig‘lanish mediatorlarini yallig‘lanish o‘chog‘ida ajralib chiqishini tormozlaydi, fagotsitozni susaytiradi, tomir-to‘qima o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish shishini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Teri yuzasiga surtilganda, preparat ob'ektiv simptomlarni (eritema, shish, lixenifikatsiya) yaqqollligini kamaytirib, yallig‘lanish o‘chog‘ida tez va kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Preparatni terapevtik dozalarda teri ustiga qo‘llanganida, qonga ta'sir qiluvchi moddaning transdermal so‘rilishi juda oz. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash betametazonni transdermal so‘rilishini oshiradi, bu tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshishiga olib keladi.
Qo‘llanilishi
• atopik dermatit;
• allergik kontakt dermatit;
• ekzema (turli shakllari);
• kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy) va boshqa noallergik dermatitlar (shu jumladan quyosh va nur dermatitlari);
• hasharotlar chaqqandagi reaktsiyalar;
• psoriaz;
• bullyoz dermatozlar;
• diskoidli qizil yugurik;
• qizil yassi temiratki;
• ekssudativ ko‘p shaklli eritema;
• turli etiologiyali teri qichishishlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Akriderm terining shikastlangan sohasiga yupqaqilib, kuniga 2 marta – ertalab va kechqurun qo‘yiladi, biroz ishqalanadi. Terining qalinroq sohalariga (masalan bilak, kaft va tovonga), hamda preparat yengil artiladigan joylarda, Akriderm kremini ko‘proq surtish xam mumkin. Davolashning davomiyligi samaradorligi va davolashni o‘zlashtirilishiga bog‘liq va odatda kamida 4 haftani tashkil qiladi. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlashmumkin.
Akriderm krem kasallikning o‘tkir yallig‘lanish bosqichini, shu jumladan terining xo‘llanadigan shikastlanishini davolash uchun ham qo‘llaniladi.
Agar klinik yaxshilanish kuzatilmasa, tashxisni aniqlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Odatda, kuchsiz namoyon bo‘ladigan xarakterga ega.
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanganida achishish, ta'sirlanish, terini quruqligi, follikulit, gipertrixoz, striyalar, aknesimon toshmalar (“steroidli” xusnbuzar), gipopigmentatsiya, terini qichishishi, perioral dermatit, allergik kontakt dermatit kuzatilishi mumkin. Davomli qo‘llashda, shuningdek okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida – terining matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, terining atrofiyasi, mahalliy girsutizm, teleangiektaziya, ko‘p terlash, purpura kuzatiladi. Tananing katta yuzalariga qo‘yilganida, asosan bolalarda glyukokortikosteroidlarning tizimli nojo‘ya ta'sirlarini (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari) paydo bo‘lishi mumkin.
Yo‘riqnomada ta'riflanmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Betametazonga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, oddiy gerpes, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, ochiq jarohatlar, boldirning trofik yaralari, rozatsea, oddiy xusnbuzar, teri raki, nevus, ateroma, melanoma, gemangioma, ksantoma, sarkoma, laktatsiya davri va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Uzoq muddat qo‘llanganida yoki katta yuzalarga qo‘yilganida katarakta, qandli diabet, glaukoma, tuberkulyoz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni yuz terisiga, uzoq muddat sirtga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sababi rozatsea, perioral dermatit va akne rivojlanishi mumkin. Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Akriderm kremi oftalьmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘zning shilliq qavatiga tushsa, katarakta, glaukoma, ko‘zning zamburug‘li infektsiyalari va gerpetik infektsiyalarning xurujlari rivojlanishi mumkin.
Davomli davolashda, preparatni terining katta yuzalariga, shuningdek qo‘ltiq osti chuqurchasiga va chov burmalariga qo‘yilganida, okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, glyukokortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin.
Bolalarga 1 yoshdan boshlab, preparat faqat qat'iy ko‘rsatmalar va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki betametazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Preparat katta yuzalarga va/yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi faoliyatini susayishi va giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin, o‘sish gormonini ekskretsiyasini pasayishi, bosh miyaichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan; bu guruh dori preparatlarini homiladorlik davrida buyurish, faqat potentsial foydasi, mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina oqlangan. Homiladorlik davrida bu guruh preparatlarni yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas.
Emizish davrida preparatni qat'iy ko‘rsatmalar asosida qo‘llash mumkin, biroq bunda preparatni emizish oldidan sut bezining terisiga qo‘yish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va yuqori kontsentratsiyali e'tiborni va tez psixomotor reaktsiyalarni talab qiladigan boshqa potentsial xavfli turdagi faoliyat bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani o‘tkir oshirib yuborilishining ehtimoli kam, biroq, preparat haddan ziyod va davomli qo‘llanganida giperkortitsizm belgilari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchi susayishi, Itsenko-Kushing sindromining ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish tavsiya qilinadi va zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
0,05% li sirtga qo‘llash uchun krem.
15 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
15°C dan 25°C gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
. E'tirozlar qabul qiladigan tashkilot.
«Ximiko-farmatsevticheskiy kombinat «AKRIXIN» aktsionerlik jamiyati (AJ «AKRIXIN»),
Rossiya, 142450, Moskva viloyati, Noginskiy rayon, Staraya Kupavna sh., Kirov ko‘ch., 29.
Telefon/faks + 7 (495) 702-95-03.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.