Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dermoveyt surtmasi 0,05% 25gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Клобетазол
Страна производитель
Польша
Дозировка
0,05% 25 г
Производитель
GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dermoveyt
Ta'sir etuvchi modda (XPN) klobetazol propionati.
Dori shakli
krem va surtma.
Tarkibi
Dermoveyt krem
faol modda klobetazol propionati 0,0525% (vazn/vazn)
yordamchi moddalar glitserinmonostearat, Arlatsel 165, asalari mumining o‘rnini bosuvchi 6621, setostearil spirti, propilenglikol, xlorokrezol, natriy sitrati digidrati, limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv.
Dermoveyttm surtma
faol modda klobetazol propionati 0,0575% (vazn/vazn)
yordamchi moddalar propilenglikol, sorbitseskioleat, rangsiz yumshoq parafin.
Ta'rifi
Krem erimagan zarrachalar va aralashmalardan xoli, bir xil krem (ishlab chiqarilganda).
Oq yoki deyarli oq rangli bir xil krem (yaroqlilik muddati oxirida).
Surtma erimagan zarrachalar va aralashmalar saqlamaydigan oq yoki deyarli oq bir xil tiniq surtma (ishlab chiqarilganda).
Oq yoki deyarli oq rangli bir xil surtma (yaroqlilik muddati oxirida).
Farmakoterapevtik guruhi
juda yuqori faol glyukokortikosteroidlar (IV guruhi).
ATX kodi D07AD.
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi
Topik glyukokoritikosteroidlar yallig‘lanishga qarshi agentlar sifatida allergik reaktsiyalarning kechki bosqichini bostirish uchun, semiz xujayralar zichligini pasayishi, xemotaksis va eozinofillar faollanishini pasiyishi, limfotsitlar, monotsitlar, shu jumladan semiz xujayralar va eozinofillar tomonidan sitokinlarning ishlab chiqarilishini kamayishini xam qo‘shib va araxidon kislotasi metabolizmini ingibitsiya qilib, murakkab mexanizmlar orqali ta'sir qiladi.
Farmakodinamik ta'siri
Yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlar shikastlanmagan sog‘lom teri orqali tizimli so‘rilishi mumkin. Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlarni teri orqali kirish darajasi ko‘p omillar, shu jumladan dori preparatining asosi va epidermal to‘siqning butunligi bilan belgilanadi. Teri orqali o‘tishi okklyuzinol bog‘lovlar qo‘yilganda, terining yallig‘lanishida va/yoki boshqa kasalliklar mavjudligida kuchayishi mumkin.
Bir tadqiqotda terisi sog‘lom odamlarda qon plazmasida klobetazol propionatining o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi, klobetazol propionatining 0,05% li surtmasi 30 g dozada ikkinchi marta qo‘yilganidan keyin (birinchi qo‘llashdan keyin 13 soat o‘tgach) 8 soat o‘tgach 0,63 ng/ml ni tashkil qilgan. Klobetazol propionati 0,05% kremi 30 g dozada ikkinchi marta qo‘yilganidan keyin qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi, surtma qo‘yilgandagiga qaraganda ancha yuqori bo‘lgan va qo‘yilgandan keyin 10 soat o‘tgach erishilgan. Alohida tadqiqotda psoriazi va ekzemasi bo‘lgan patsiyentlarda klobetazol propionatining 0,05% li surtmasi 25 g bir marta qo‘llanganidan keyin 3 soat o‘tgach plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalari muvofiq 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qilgan.
Taqsimlanishi
Aylanib yuruvchi preparatning darajasi aniqlanadigan darajada ahamiyatli pastligi tufayli, sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning tizimli ekspozitsiyasini baholash uchun farmakodinamik oxirgi nuqtalarini ishlatish kerak.
Metabolizmi
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar teri orqali so‘rilganidan keyin ko‘proq tizimli qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning xudda shu metabolik yo‘lidan o‘tadi. Ular asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ayrim glyukokortikosteroidlar va ularning metabolitlari shuningdek safro bilan ham chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Dermoveyt preparati sirtga qo‘llash uchun yuqorifaol glyukokortikosteroid xisoblanadi, u kattalarda, keksa yoshdagi patsiyentlarda va 1 yoshdan oshgan bolalarda steroidlar bilan davolashga sezuvchan dermatozlarda terining yallig‘lanish ko‘rinishlari va qichishishini yengillashtirish uchun qo‘llashga ko‘rsatilgan.
Xususan
-Psoriaz (tarqalgan blyashkali psoriazdan tashqari)
-Qiyin davolanadigan dermatozlar
-Qizil yassi temiratki
-Diskoid qizil yugurik
-Kamroq faol steroidlar bilan davolashga chidamli terining boshqa kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surtma
Surtma ko‘proq terining qurushi, lixenifikatsiya yoki kepaklanishi bilan birga kechuvchi shikastlanishlariga qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
Krem
Krem ko‘proq teri qoplamasining nam va xo‘llanuvchi soxalariga qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
Kattalar, keksa yoshdagi patsiyentlar va 1 yoshdan katta bolalar
Preparatni o‘rtacha, shikastlangan sohani xammasini yopishga yetarli miqdorlarda sutkada 1 yoki 2 marta, 4 haftadan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida xolat yaxshilangunicha, yupqa qavat qilib qo‘yish va ehtiyotkorlik bilan ishqalab qo‘llash kerak. So‘ngra qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki undan kuchsizroq preparat bilan davolashga o‘tish lozim.
Preparatni xar bir qo‘llashdan keyin yumshatuvchi vositani qo‘yish oldidan so‘rilishi uchun yetarli vaqt qoldirish kerak.
Zo‘rayishlarda Dermoveyttm preparatlari bilan takroriy qisqa davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.
Terining turg‘unroq shikastlanishlarida, ayniqsa giperkeratozlarda, zarurati bo‘lganda Dermoveyttm preparatining ta'sirini, ishlov berilgan yuzaga polietilen plenkali okklyuzion bog‘lov qo‘yish yo‘li bilan kuchaytirish mumkin. Odatda qoniqarli javob olish uchun kechasiga okklyuzion bog‘lov qo‘yish yetarli hisoblanadi. Keyinchalik preparatni bog‘lovsiz qo‘yish yordamida yaxshilanishni tutib turishga erishiladi.
Xolat yomonlashganda yoki 2-4 hafta davomida yaqqol yaxshilanish bo‘lmaganda, tashxis va davolashni qayta baholashni o‘tkazish kerak.
Davolash 4 haftadan ortiq davom etmasligi kerak. Davolashni davom ettirishning zarurati bo‘lganida, kamroq faol preparatlar bilan davolashga o‘tish kerak.
Maksimal haftalik doza haftada 50 g dan oshmasligi kerak.
Atopik dermatit (ekzema)
Nazoratga erishilgach Dermoveyt preparati (krem yoki surtma) bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish va yumshatuvchi vosita bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tish kerak.
Dermoveyt preparati bilan davolash keskin to‘xtatilganda oldingi dermatozlarning simptomlari qayta paydo bo‘lishi mumkin.
Davolashga qiyin beriladigan dermatozlar
Qaytalanishlari tez-tez bo‘ladigan patsiyentlar
O‘tkir epizodni sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning davomli kursi bilan samarali davolashdan keyin, qaytalanishlar tez-tezligini pasaytirish maqsadida preparatni vaqti-vaqti (sutkada 1 marta, haftada 2 marta, okklyuzion bog‘lovsiz) qo‘llash imkoniyatini ko‘rish kerak.
Ilgari shikastlangan sohalarga yoki qaytalanish rivojlanishi mumkin bo‘lgan barcha soxalarga preparatni qo‘yishni davom ettirish kerak. Patsiyentning xolatini, shuningdek davolashni davom ettirishdan foyda va xavfni baholashni muntazam o‘tkazish kerak.
Bolalar
Dermoveyt preparatini 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Bolalar sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning mahalliy va tizimli nojo‘ya reaktsiyalari rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar va umuman, kattalarga qaraganda davolashni qisqaroq kurslari va faolligi kamroq vositalarni qo‘llashga muxtojdirlar.
Preparatni kutilgan klinik samaraga erishish uchun kerak bo‘lgan minimal miqdorda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi patsiyentlar va yoshroq patsiyentlar orasida davolashga javobda farqlar aniqlanmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlardagi jigar va buyraklar funktsiyaning pasayishi uchrashini yuqoriroq tez-tezligi, preparatning tizimli so‘rilishi xolida chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin. Shu sababga ko‘ri kutilgan klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak.
Buyraklar/jigar funktsiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Tizimli so‘rilgan xolda (uzoq vaqt davomida terining katta yuzasiga qo‘yilganda) metabolizmini va chiqarilishini sekinlashishi mumkin, bu o‘z navbatida tizimli toksik ta'siri rivojlanishi xavfini oshiradi. Shu sababga ko‘ri kutilgan klinik samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdorini iloji boricha qisqaroq vaqt davomida qo‘llash kerak.
Qo‘llash va muomala qilish
Bu preparatni qo‘llash va muomala qilish uchun maxsus talablar mavjud emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Noxush dori reaktsiyalar (NDR) MedDRA a'zolar sinfi tizimiga va uchrash tez-tezligiga muvofiq quyida sanab o‘tilgan.
Uchrashini quyidagi tez-tezligi ishlatilgan
Juda tez-tez (≥1/10)
Tez-tez (≥1/100, lekin ˂1/10)
Tez-tez emas (≥1/1000, lekin ˂1/100)
Kam hollarda (≥1/10000, lekin ˂1/1000)
Juda kam hollarda (˂1/10000), shu jumladan alohida hollarda.
Postregistratsion qo‘llashda olingan ma'lumotlar
Infektsion va parazitar kasalliklar
Juda kam hollarda opportunistik infektsiya
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari (GGBUB) tizimini bostirilishi.
Kushing sindromi belgilari (masalan, oysimon yuz, markaziy tip bo‘yicha semirish), tana vazni qo‘shilishini sekinlashishi/bolalarda bo‘y o‘sishini sekinlashishi, osteoporoz, glaukoma, giperglikemiya/glyukozuriya, katarakta, arterial gipertenziya, tana vaznini oshishi/semirish, endogen kortizolning kontsentratsiyasini pasayishi, alopetsiya, sochlarning mo‘rtligi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez qichishish, terini mahalliy achishishini his qilish/terini og‘riqliligi.
Tez-tez emas terini atrofiyasi*, striyalar*, teleangioektaziya*.
Juda kam hollarda terini yupqalashishi*, terida ajin ko‘payishi*, terini quruqligi*, pigmentatsiyani o‘zgarishi*, gipertrixoz, asosiy kasallik simptomlarini zo‘rayishi, allergik kontakt dermatit/dermatit, pustulyoz psoriaz, eritema, toshma, eshakemi, akne.
Umumiy buzilishlar va qo‘yilgan joyidagi buzilishlar
Juda kam hollarda qo‘yilgan joyda ta'sirlanish/og‘riq.
* Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari (GGBUB) tizimining bostirilishini mahalliy va/yoki tizimli samaralariga nisbatan terining o‘zgarishlari.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dermoveyt preparatini quyidagi xolatlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas
-terining davolanmagan infektsiyalari;
-rozatseya (pushti husnbuzar);
-vulgar xusnbuzar;
-yallig‘lanishsiz qichishishi;
-perianal va genital qichishish;
-peroral dermatit.
Bir yoshdan kichik bolalardagi dermatozlarda, shu jumladan dermatitlarda, Dermoveyt preparatini qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, ritonavir va itrakonazol) bir vaqtda qo‘llanganda, glyukokortikoidlarning metabolizmini bostirilishi yuz berishi ko‘rsatilgan, bu ularning tizimli ekspozitsiyasini oshishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta'sirning klinik ahamiyatini darajasi glyukokortikosteroidlarning dozasi va qo‘llash usuliga, shuningdek CYP3A4 izofermenti ingibitorining faolligiga bog‘liq.
Nomutanosiblik
Nomutanosiblik aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dermoveyt preparatini glyukokortikosteroidlarga mahalliy yoki anamnezida preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. O‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang) davolash o‘tkazilayotgan xolatning simptomlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Sirtga qo‘llash uchun steroidlarning tizimli so‘rilishini kuchayishi natijasida ayrim patsiyentlarda giperkortitsizmning (Kushing sindromi) simptomlari va gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari (GGBUB) tizimini qaytuvchan bostirilishi rivojlanishi mumkin, bu glyukokortikosteroidli yetishmovchilikka olib keladi. Agar yuqorida ko‘rsatilgan simptomlardan birontasi kuzatilsa, preparatni asta-sekin qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yo‘li bilan yoki kuchligi kamroq glyukokortikosteroidga almashtirish yo‘li bilan bekor qilish kerak.
Davolashni keskin to‘xtatish glyukokortikosteroidli yetishmovchilikka olib kelishi mumkin (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qfarang).
Tizimli samaralarini kuchayishining xavf omillari
-sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidning faolligi va dori shakli;
-ta'sirining davomiyligi;
-katta maydon yuzasiga qo‘yish;
-terining yopiq soxalarida qo‘llash (masalan, kepaklangan yoki okklyuzion bog‘lovli soxalar (go‘daklarda tagliklar okklyuzion bog‘lov rolini o‘ynashi mumkin));
-shox qavatni yuqori namligi;
-yuz kabi terining yupqa soxalarida qo‘llash;
-shikastlangan teriga yoki teri to‘sig‘i buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa xolatlarda qo‘yish;
-kattalar bilan solishtirganda bolalar va chaqaloqlarda sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarning proportsional katta miqdori so‘rilishi mumkin va, shunday qilib, ular tizimli noxush samaralarini rivojlanishiga kattaroq darajada duchor bo‘lishlari mumkin.
Bu bolalarni yetarli bo‘lmagan teri to‘sig‘iga ega bo‘lishlari va kattalar bilan solishtirganda tana yuzasi maydonini tana massasiga nisbatini katta bo‘lishi bilan bog‘liq.
Bolalar
Chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan davomli uzluksiz davolashdan iloji boricha saqlanish kerak, chunki bu buyrak usti bezlarining funktsiyasini bostirilishiga olib kelishi mumkin.
Bolalar sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlar bilan davolashda atrofik o‘zgarishlar rivojlanishiga moyilroq bo‘ladilar. Agar bolalarda Dermoveyt preparatini qo‘llash talab qilinsa, davolash kursi bir necha kunlar bilan cheklangan bo‘lishi va xar haftada qayta ko‘rilishi lozim.
Okklyuzion bog‘lov qo‘yilganida infektsiyalar xavfini oshishi
Teri burmalaridagi, shuningdek okklyuzion bog‘lov qo‘yilganida xosil bo‘luvchi issiq va nam sharoitlar, bakterial infektsiya rivojlanishiga yordam beradi. Okklyuzion bog‘lov ishlatilganida, yangi bog‘lov qo‘yish oldidan terini tozalash kerak.
Psoriazda qo‘llanishi
Psoriazni davolashda sirtga qo‘llash uchun glyukokortikoidlarni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ayrim hollarda kasallikning qaytalanishlarini paydo bo‘lishi, preparatga rezistentlik rivojlanishi, terining to‘siq faoliyatini buzilishi, tarqalgan pustulyoz paydo bo‘lishini xavfi oqibatida maxalliy va tizimli reaktsiyalar paydo bo‘lishini xavfi qayd etilgan. Davolash davrida bunday patsiyentlar davolovchi shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.
Yondosh infektsiya
Davolashga duchor bo‘layotgan yallig‘lanish o‘choqlari infektsiyalanganda, muvofiq antibakterial davolashni qo‘llash kerak. Infektsiyaning tarqalishini xar qanday belgilarida sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatish va muvofiq antibakterial davolashni buyurish kerak.
Oyoqlarning surunkali yaralari
Sirtga qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlar ba'zida oyoqlarning surunkali yaralari atrofidagi dermatitni davolash uchun qo‘llanadi. Lekin bunday qo‘llash o‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari yuqori tez-tezlikda rivojlanishi va mahalliy infektsiya rivojlanishini yuqori xavfi bilan birga kechadi.
Yuzga qo‘yish
Preparatni yuzga qo‘ymagan afzalroq, chunki bu soxa ko‘proq atrofik o‘zgarishlarga moyil bo‘ladi.
Preparat yuzga qo‘yilgan holda, davolash kursi bir necha kunlar bilan cheklanishi kerak.
Qovoqlarga qo‘yish
Qovoqlarga qo‘yganda preparatni ko‘zga tushishini oldini olish uchun extiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki ko‘p marta ta'sir qilishi natijasida katarakta va glaukoma rivojlanishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Sirtga qo‘llash uchun kortikosteroidlarni odamlarda fertillikka ta'sirini baxolash uchun ma'lumotlar yo‘q.
Kalamushlarga teri ostiga yuborilganda klobetazol juftlashish qobilyatiga ta'sir ko‘rsatmagan, lekin u eng yuqori dozada qo‘llanganda fertillikni pasayishi aniqlangan.
Homiladorlik
Dermoveyt preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan.
Xayvonlarda homiladorlik vaqtida glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash, homilada rivojlanish anomaliyalarini chaqirishi mumkin.
Bu ma'lumotlarni odam uchun klinik axamiyati aniqlanmagan.
Homiladorlik vaqtida Dermoveyt preparatini qo‘llash mumkinligini, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina ko‘rib chiqish kerak. Preparatning minimal miqdorini minimal vaqt davri davomida qo‘llash kerak.
Laktatsiya davri
Laktatsiya davrida glyukokortikosteroidlarni maxalliy qo‘llashni xavfsizligi aniqlanmagan.
Glyukokortikoidlarni sirtga qo‘llash, aniqlash mumkin bo‘lgan miqdorda ko‘krak suti bilan chiqarilishi uchun yetarlicha preparatni tizimli so‘rilishiga olib kelishini mumkinligi noma'lum. Laktatsiya davrida Dermoveyt preparatini faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda, bola uchun xavfda yuqori bo‘lgan xoldagina ko‘rib chiqilishi kerak.
Laktatsiya davrida Dermoveyt preparati qo‘llanganida, preparatni chaqaloq tomonidan tasodifan yutilishidan saqlanish uchun, ko‘krak soxasiga qo‘yish mumkin emas.
Preparatni transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Dermoveyt preparatni transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirining tekshirishlari o‘tkazilmagan. Dermoveyt preparatini noxush reaktsiyalar profili asosida, faoliyatning bu turlariga preparatni noxush ta'siri kutilmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari va belgilari
Mahalliy qo‘llanganida Dermoveyt preparati tizimli reaktsiyalar rivojlanishi uchun yetarli miqdorlarda so‘rilishi mumkin. Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi rivojlanishini ehtimoli kam, lekin dozani surunkali oshirib yuborilishi yoki noto‘g‘ri ishlatilishi xolida, giperkortitsizm simptomlari rivojlanishi mumkin (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang).
Davolash
Doza oshirib yuborilgan xolda glyukokortikoidli yetishmovchilik rivojlanishini xavfi tufayli, Dermoveyt preparatini qo‘yish tez-tezligini kamaytirish yoki faolligi kamroq glyukokortikosteroid bilan almashtirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak.
Keyingi davolashni klinik ko‘rsatmalar yoki Milliy toksikologik markazning tavsiyalariga, u bo‘lganida, muvofiq amalga oshirish kerak.
Chiqarilish shakli
Krem 0,05% (vazn/vazn), 25 g
Ichidan epoksid qatron asosidagi gruntlash laki bilan qoplangan, uchida membrana bilan ta'minlangan va lateksli germetik qavatli polipropilen qopqoq bilan berkitilgan Egiluvchan (yumshoq) alyumin tyubik.
25 g li 1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Surtma 0,05% (vazn/vazn), 25 g
Ichidan epoksid qatron asosidagi gruntlash laki bilan qoplangan, uchida membrana bilan ta'minlangan va lateksli germetik qavatli polipropilen qopqoq bilan berkitilgan Egiluvchan (yumshoq) alyumin tyubik.
25 g li 1 tyubik qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Krem va surtma
30oS dan past xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Krem va surtma - 24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A. GlaksoSmitKlyayn Farmasyutikals S.A.
UI. Grunwaldzka 189 Polsha, Poznan sh., 60 - 322,
60 - 322 Poznan, Poland Gryunvaldska ko‘ch., 189
DERMOVEYT (DERMOVATE) - GlaksoSmitKlyayn kompaniyalar guruhining qayd qilingan savdo markasi
Qo‘shimcha ma'lumot uchun murojaat qilinsin
“GlaxoSmithKline Export Ltd” O‘zR Vakolotxonasi
100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4a
Tel. (371) 252 5461; faks (371) 252 5422
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.