Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Diprosalik loson 30ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Беклометазон, салициловая кислота
Страна производитель
Франция
Дозировка
30 мл
Производитель
Schering Plough Сentral East АG, Швейцария произведено: Cenexi HSC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Лосьон
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diprosalik
Dori shakli
loson
Tarkibi
1 g los'on quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,5 mg betametazon (dipropionati ko‘rinishida) va 20 mg salitsil kislotasi;
yordamchi moddalar dinatriy edetati, metilgidroksipropiltsellyuloza, natriy gidroksidi, izopropil spirti, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq, yot kiritmalardan holi bo‘lgan izopropil spirtining o‘ziga xos hidli qovushqoq suyuqlik, tovlanishi kuzatilishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatologiyada qo‘llaniladigan kortikosteroidlar. Boshqa vositalar bilan majmuadagi yuqori faollikdagi kortikosteroidlar.
ATX kodi D07XC01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Betametazon dipropionati – sintetik ftorlangan kortikosteroid, yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir etish vaqti davomiyligi hisobiga preparatni kuniga 2 marta surtish mumkin.
Mahalliy qo‘llanilganda salitsil kislotasi keratolitik, shuningdek bakteriostatik va fungitsid ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Diprosalik® preparatining farmakokinetkasi tekshirilmagan.
Preparatni teri orqali kirib borishi va so‘rilishi tana sohasi, terining holati, patsiyentning yoshi, surtish usuli, okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llanilishiga bog‘liq. Terining yallig‘linish va/yoki boshqa patologik jarayonlari so‘rilishni kuchaytirishi mumkin. Okklyuzion bog‘lovlar mahalliy kortikosteroidlarni so‘rilishini sezilarli oshiradi.
Normal sharoitlarda kortikosteroidlarning mahalliy qo‘llanilayotgan dozasini bir qismigina tizimli qon oqimiga so‘riladi.
Kortikosteroidlarni so‘rilishi va yutilishi preparatda mavjud bo‘lgan salitsil kislotasi yordamida kuchayadi.
Mahalliy kortikosteroidlar teri orqali so‘rilgandan so‘ng tizimli kortikosteroidlarga xos farmakokinetik yo‘llarni o‘tadi. Kortikosteroidlar plazma oqsillari bilan har xil darajada bog‘lanadi, jigarda metabolizmga uchraydi va buyrak orqali chiqariladi. Mahalliy kortikosteroidlar va ularning metabolitlaridan ayrimlari organizmdan safro bilan chiqariladi. Salitsil kislotasining kirib borish tezligi surtish joyi va terining holatiga bog‘liq. So‘rilishi, xususan, teridagi yallig‘lanish yoki eroziv o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan psoriatik eritrodermiya yoki dermatozlarda oshgan.
Salitsil kislotasi jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri dozalarning normal intervali chegarasida 2 dan 3 soatgachani tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
Psoriaz, boshning sochli qismidagi seboreyali dermatitlar, boshqa sohalardagi psoriatik shikastlanishlar, shuningdek yuzdagi seboreyali dermatitdan tashqari, kortikosteroidlar bilan davolashga sezgir boshqa dermatozlarning yallig‘lanish ko‘rinishlarini kamaytirish uchun qo‘laniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va bolalarga losonningbir necha tomchi shikastlangan joyga tomizilib, yengil harakatlar bilan teri va boshning sochli qismiga ishqalab surtiladi. Odatda bir kunda ikki marta – ertalab va kechqurun surtiladi.
Qo‘llash davomiyligi
Los'onni bir kunda 2 marta qo‘llash bir-ikki hafta bilan chegaralanadi; erishilgan samarani saqlab turuvchi davolashda preparatni kunda bir marta qo‘llash yetarli bo‘lishi mumkin. Qo‘llash sonini ko‘paytirish terapevtik samarani yaxshilamay, nojo‘ya ta'sir samaralarni og‘irlashtirishi mumkin.
Ba'zi bir kasalliklar uchun kuniga bir marta qo‘llash yetarlidir. Qo‘llash soni kasallikni kechishi jarayonida kamaytirilishi mumkin.
Katta sohalarni davolash alohida e'tiborni talab etadi (ishlatilgan preparatning miqdorini hisoblash kerak).
Davolashni to‘xtatishni qo‘llashlar orasidagi intervalni oshirish yoki kuchsizyoki dozasi pastroq kortikosteroidlar yordamida yoki o‘zida kortikosteroidlarni saqlamaydigan vositalar yordamida asta-sekin o‘tkazish kerak.
Qo‘llash davomiyligi uch haftadan oshmasligi kerak.
Uzoq muddatli uzluksiz davolashga yoshidan qat'iy nazar hamma patsiyentlarda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Tarkibi
da glyukokortikoidlar va salitsil kislotasini saqlagani tufayli davolash davomiyligin uzaytirish (3 haftadan ko‘p) va/yoki terining katta yuzalarida (tana yuzasining 10% dan ortiq qismiga)qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bu ayniqsa bolalar va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga taalluqlidir.
Maksimal sutkalik doza kattalar uchun 2 g salitsil kislotasini tashkil etadi. Kattalar uchun salitsil kislotasining maksimal dozasi 1 haftadan ko‘p qo‘llanmasligi kerak.
Preparatning maksimal haftalik dozasi 60 g dan oshmasligi kerak.
Bolalar
Bolalarni davolash 5-7 kundan oshmasligi kerak.
Diprosalik® los'oni bolalarda qo‘llanganda salitsil kislotasining sutkalik dozasi
0,2 g dan oshmasligi kerak. Bolalarda preparatni surtiladigan tana yuzasining maydoni 10% dan oshmasligi kerak.
Diprosalik®ni ilk yoshdagi bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Odatda, bolalarni davolashda, bola terisi o‘tkazuvchanligi yuqori va tana vazniga solishtirilganda teri yuzasi maydoni katta bo‘lgani va bu kattalarga qaraganda glyukokortikoidlar va salitsil kislotasini so‘rilishi oshganligi uchun ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan mahalliy nojo‘ya reaktsiyalar mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar uchun xos, shuning uchun ular Diprosalik® preparatini qo‘llaganda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralarni kelib chiqish tez-tezligini ko‘rsatish imkoni yo‘q, chunki ushbu holatlar preparat savdoga chiqarilganidan keyingina qayd qilingan.
Davolash boshlanishida
Immun tizimi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Teri terini ta'sirlanishi, achishishi, terini qichishishi, qurishi
Uzoq vaqt davomida qo‘llash
Teri teri atrofiyasi, teleangioektaziya (xavf ayniqsa yuz qismida), terida gemmoragiyalar, striyalar, akne, rozatseyalar paydo bo‘lishi yoki o‘tkirlashishi, og‘iz atrofida dermatit, gipertrixoz, depigmentatsiya, yiringli toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Mahalliy qo‘llaniladigan kortikosteroidlar yaralar bitishini sekinlashishini, yotoq yaralari va oyoqlarda yaralarni chaqirishi mumkin.
Katta dozalarda va/yoki okklyuzion bog‘lov ostida uzoq vaqt qo‘llaganda
Infektsiyalar infektsiyalar
Endokrin tizim endogen kortikosteroidlar sintezinisusayishi, shish bilan kechuvchi giperkotitsizm.
Moddalar almashinuvi qandli diabet (qandli diabetning klinik belgilari paydo bo‘lishi mumkin).
Teri striyalar.
Mushak-skelet tizimi osteoporoz, bolalarda o‘sishni sekinlashishi.
Umumiy buzilishlar va surtilgan joydagi reaktsiyalar shishlar.
Mahalliy glyukokortikosteroidlardan uzoq muddat davomida va xaddan ziyod ishlatilganda gipofizar-adrenal faoliyat susayib, ikkilamchi adrenal yetishmovchilik rivojlanishi va giperkortitsizm, shu jumladan Kushing sindromi simptomlari yuz berishi mumkin. Mahalliy kortikosteroidlarni salitsil kislotasi bilan uzoq muddat davomida va haddan ziyod ishlatilishi salitsizm simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Salitsil kislotasi preparatlarini uzoq muddat davomida qo‘llash dermatitni chaqirishi mumkin.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaktsiyalar yuz bergan hollarda shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning qaysidirkomponentiga yuqori sezuvchanlik.
Bakterial (shu jumladan tuberkulyoz va sifilis), terining virusli va zamburug‘li infektsiyalar va parazitar invaziyalari, hatto ular yallig‘lanish komponentiga bo‘lsa ham, vaktsinatsiyadan keyingi teri reaktsiyalari, terining yarali shikastlanishlari, akne, xusnbuzarlar, rozatsea va og‘iz atrofi dermatiti, oftalmologiyada va ko‘z sohasida, jinsiy a'zolar atrofida, shilliq qavatlarda, perianal va genital qichishishilarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salitsil kislotasi boshqa mahalliy qo‘llaniladigan preparatlarning kirib borishini kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun, preparat bilan teriga ishlov berishni boshqa dori yoki kosmetik vositalar bilan birga amalga oshirish mumkin emas. Yengil oksidlanuvchi va kuchli ishqorli birikmalar kortikosteroidlarning parchalanishiga olib keladi. Salitsil kislotasi fenollar va sink oksidi bilan o‘zaro nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar preparatni qo‘llash fonida terini ta'sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish kerak. Infektsiya qo‘shilgan hollarda tegishli davolashni buyurish kerak. Tizimli ta'sirga ega kortikosteroidlarni qo‘llagandan keyinkuzatiladigan har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan buyrak usti bezi faoliyatinisusayishi mahalliy kortikosteroidlarni qo‘llaganda ham, ayniqsa go‘daklar va bolalardayuz berishi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlar va salitsil kislotasinining tizimli so‘rilishi terining ancha katta sohalarini davolaganda, shunigdek okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganda oshadi. Salitsil kislotasini ochiq jarohatlarga yoki shikastlangan teriga surtilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xuddi shunday ehtiyotkorlik choralariga shuningdek, uzoq vaqt qo‘llaganda, ayniqsa bolalarda amal qilish kerak.
Diprosalik® losonini qo‘llaganda okklyuzion bog‘lovlardan foydalanish mumkin emas.
Agar iloji bo‘lsa, preparatni uzluksiz qo‘llanilishi 2-3 haftadan oshmasligi kerak.
Juda kuchli, kuchli, o‘rtacha kuchli kortikosteroidlarni yuz sohasida ehtiyotkorlik bilan va ko‘pi bilan 5-7 kun ishlatish kerak. Ko‘z atrofidagi teri sohasida, umuman faqat kuchsiz kortikosteroidlarni ishlatish mumkin (glaukomani rivojlanish xavfi tufayli).
Kortikosteroidlar preparatning istalgan komponentining birontasiga bo‘lgan allergik simptomlarni niqoblashi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlar psoriazda qator sabablarga ko‘ra, shu jumladan tolerantlik rivojalanishi natijasida kasallikni zo‘rayishi, terining to‘siq faoliyatini buzilishi natijasida yiringli tarqalgan toshmalar va mahalliy tizimli zaharlanish xavfi tufayli xavfli bo‘lishi mumkin.
Patsiyentlarni sichiklab kuzatish talab qilinadi.
Agar terini ta'sirlanishi, shu jumladan terini qurishikuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanilishi. Mahalliy kortikosteroidlar ta'sirida bolalarda katta patsiyentlarga nisbatan gipotalamo-gipofizar buyrak usti bezi tizimini susayish belgilari va tashqi kortikosteroid samaralar ko‘proq paydo bo‘lishi mumkin. Bu holat bolalarda tana vazniga nisbatan tana yuzasi maydonini kattaligi sababli, preparatni yuqori darajada so‘rilishi bilan bog‘liq. Mahalliy kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bolalarda gipotalamo-gipofizar adrenal tizimi faoliyatini susayishi so‘ndirilishi, Kushing sindromi, bo‘yni o‘sishini sekinlashishi, bolalarda tana vaznini ko‘payishini ortda qolishi, bosh miya ichki bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.
Bolalarda adrenal supressiyaning ko‘rinishlari qon plazmasida kortizon darajasini pasayib ketishi va AKTG bilan rag‘batlantirishga javobni bo‘lmasligi kuzatiladi. Bosh miya ichki bosimini oshib ketishi, liqildoqni shishi, bosh og‘rig‘i, ko‘rish nervi disklarini bilaterial shish bilan namoyon bo‘ladi.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar tizimli kortikosteroidlarning teratogen samarasi aniqlangan. Odam uchun potentsial havfi ma'lum emas.
Diprosalik®ni homiladorlikda qo‘llash tavsiya qilingan qo‘llash usuliga jiddiy amal qilgan holda tana yuzasining <10% va ko‘pi bilan 3 hafta ishlatilishi mumkin. Salitsil kislotasi teri orqali yuqori darajada so‘rilishi mumkin. Salitsil kislotasini homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash homiladorlikni davomiyligi va tug‘ruq jarayonini kechishiga ta'sir etishi mumkin. Onada va bolada qon ketish vaqtini cho‘zilib ketishi va qon ketishga moyillik oshishi mumkin. Xususan, chala tug‘ilgan bolalarda, tug‘ruqdan oldin salitsilatlar qabul qilingan bo‘lsa, bolalarda miyaga qon quyilishlari kuzatilishi mumkin. Homilada arterial yo‘l muddatidan oldin berkilib qolishi mumkin.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan, shuning uchun agar ona uchun potentsial foyda homila/bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda, faqat zarurat bo‘lgandaginaqo‘llash mumkin.
Emizish davri
Kortikosteroidlar va salitsil kislotasi ko‘krak sutiga o‘tadi. Mahalliy qo‘llanilishini hisobga olib, Diprosalik®ni emizish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Ko‘krak atrofiga surtish mumkin emas. Agar yuqori dozalar talab qilinsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalarini haydash va turli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transportni haydash va boshqa mashinalar va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari mahalliy kortikosteroidlarni xaddan ziyod va uzoq muddat davomida qo‘llash gipofiz-buyrak usti bezi tizimi faoliyatini pasayishiga olib kelishi mumkin va bu buyrak usti bezining ikkilamchi yetishmovchiligini rivojlanishiga, giperkortitsizmsimptomlarini, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Salitsil kislotasini saqlagan mahalliy preparatlarni haddan ziyod yoki uzoq vaqt qo‘llash salitsizm simptomlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Davolash muvofiq simptomatik davolashni o‘tkazish ko‘rsatilgan. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurati bo‘lganida elektrolitlar disbalansini muvofiqlashtirish kerak. Surunkali zaharli ta'siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi.
Salitsizmni davolash simptomatik. Salitsilatlarni tezroq organizmdan chiqarib yuborish choralari ko‘riladi. Siydikni ishqorlashtirish va diurezni kuchaytirish uchun og‘iz orqali natriy gidrokarbonati qo‘llaniladi.
Chiqarilish shakli
Tomchilatgichi bo‘lgan tiqinli 30 ml li past zichlikdagi polietilen flakonlarda.
1 flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
18 oy. Flakon tarkibidagi modda flakon birinchi marta ochilgandan keyin olti hafta mobaynida ishlatilishi mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
haqida ma'lumot
Shering-Plau, Frantsiya
Manzili
Ryu Lui Paster 14200 Eruvil Sen-Kler, Frantsiya
Rue Louise Pasteur 14200 Herouville Saint-Clair, France
Qayd etish guvohnomasi egasi
Shering-Plau Sentral Ist AG, Veyshtrasse 20 SN-6000, Lyutsern 6, Shveytsariya
Schering-Plaugh Central East AG, Weystrasse 20 CH-6000, Lucerne 6, Switzerland.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.