Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flutsinar surtmasi 15g
Nomi | Narx | |||||
Флуцинар мазь 15г (312033##2 145) |
UZS 37 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуоцинолона ацетонид
Страна производитель
Польша
Дозировка
15 г
Производитель
Валеант
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Flutsinar
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Fluotsinolon atsetonid
Dori shakli
Surtma 0,025%
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda fluotsinolon atsetonidi 0,25 mg.
Yordamchi moddalar propilenglikol, limon kislotasi, suvsiz lanolin, oq vazelin.
Ta'rifi
Oq yoki deyarli oq rangli, yarim tiniq, o‘ziga xos yengil hidli yog‘li plastik massa.
Farmakoterapevtik guruhi
Kuchli ta'sir etuvchi kortikosteroidlar.
Kod ATX D07AC04
Farmakologik xususiyatlari
Fluotsinolon atsetonidi teriga sirtga qo‘llash uchun kuchli sintetik glyukokortikosteroid hisoblanadi. Kuchli yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi ta'siri natijasida ekssudativ jarayonlarni kamaytiradi. Teriga oson kiradi va uzoq ta'sir etadi. Organizmga so‘rilgandan keyin asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Glyukuron kislotasi bilan birikmalar ko‘rinishida va kam miqdorda o‘zgarmagan ko‘rinishda, asosan siydik va kam miqdorda safro bilan chiqariladi. Burmalar sohasidagi nozik teriga, epidermis shikastlangan teriga yoki yallig‘lanish jarayoni bilan shikastlangan terida qo‘llanilganda fluotsinolon atsetonidining teri orqali so‘rilishi oshadi. Bundan tashqari, dori preparatini tez-tez qo‘llanilganda yoki terining katta yusaziga surtilganda so‘rilishi oshadi. Fluotsinolon atsetonidining teri orqali so‘rilishi kattalarga nisbatan yoshroq shaxslarda so‘rilishi yaqqolroq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Surtma ko‘rinishidagi flutsinar glyukokortikosteroidlar bilan davolashga javob beradigan kuchli qichishish yoki giperkeratoz bilan kechuvchi o‘tkir va og‘ir, infektsiyalanmagan, quruq dermatitlarni qisqa muddatli davolash uchun qo‘llanadi. Flutsinar seboreyali dermatit, atopik dermatit, bolalar papulyoz eshakemi, allergik kontakt ekzema ,ko‘p shaklli eritema, qizil yugurik, psoriazda (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang), qizil yassi temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surtmaning oz miqdorini terining shikastlangan sohalariga sutkada 1-2 marta qo‘llanadi.
Surtmani okklyuzion bog‘lam (zichlashtiruvchi klenka bilan) ostida qo‘llash mumkin emas. Psoriaz bundan mustasno, unda har kuni almashtirish kerak bo‘ladigan bunday bog‘lamni qo‘llash mumkin.
Tanaffussiz davolash kursi 2 xaftadan oshmasligi kerak. Yuz terisida surtmani 1 xaftadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Bir xafta davomida surmani 1 tubadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
2 yoshdan oshgan bolalarda surtma ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha; preparat yuz terisiga qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyidagilar paydo bo‘lishi mumkin husnbuzar, poststeroid purpura, epidermis o‘sishini susayishi, achishish hissi, qichishish, ta'sirlanish, toshma, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, terini qurishi, gipertrixoz yoki soch to‘kilishi, teri depigmentatsiyasi yoki pigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va cho‘zilishi, teleangioektaziya, perioral dermatit, furunkulyoz, cho‘zilish, ikkilamchi infektsiya, mahalliy teri reaktsiyalari (masalan kontakt dermatit). Ba'zida eshakemi yoki makulo-papulyoz toshma yoki mavjud o‘zgarishlarni kuchayishi yuz berishi mumkin. Qovoqlarga mahalliy qo‘llanilganidan keyin ba'zida glaukoma yoki katarakta rivojlanishi mumkin. Fluotsinolon atsetonidi teri orqali so‘rilishi mumkinligi tufayli, ayniqsa uzoq muddat, terining katta yuzalarida, okklyuzion bog‘lam ostida va bolalarda qo‘llanilganida tizimli nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin.
Fluotsinolon atsetonidiga xarakterli tizimli nojo‘ya ta'sirlar gipotalamo-gipofizo-adrenal tizimi disfunktsiyasi va Kushing sindromi, bolalarda o‘sish va rivojlanishni sekinlashishi, shishlar, gipertenziya, giperglikemiya, glikozuriya, immunitetni pasayishini o‘z ichiga oladi.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi yoki xavf tug‘diruvchi boshqa simptomlar paydo bo‘lgandan keyin darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Flutsinar surtmani quyidagi xolatlarda qo‘llash mumkin emas
• Fluotsinolon atsetonidi yoki boshqa glyukokortikosteroidlarga, shuningdek preparatning boshqa asosiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik aniqlanganda;
• Terining bakterial, virusli va zamburug‘li infektsiyalarida,
• Oddiy va pushti husnbuzarlarda,
• Perioral dermatitda (dermatitis perioralis),
• Profilaktik emlashlardan keyin
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar,
• Perianal va genital qichishishda,
• Bolalarda taglik dermatitida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashdan keyin uchun o‘zaro ta'sir hollari noma'lum.
Ammo ayniqsa tegishli antitelolarni paydo bo‘lishi ko‘rinishida adekvat immunologik javobni yo‘q bo‘lishi mumkinligi tufayli, katta sohalarda uzoq muddatli qo‘llaganda patsiyentlarni suvchechakka qarshi va boshqa turdagi emlashlarni o‘tkazish mumkin emas.
Flutsinar immun tizimiga ta'sir qiluvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar preparat ta'sirlanish simptomlari yoki teri allergik reaktsiyalari (teri qichishishi, achishish yoki qizarish) chaqirsa, uni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak. Doimiy qo‘llash 2 xaftadan oshmasligi kerak. Tananing katta yuzalarida uzoq vaqt qo‘llanilganda nojo‘ya ta'sirlarni namoyon bo‘lish tez-tezligi va shish, gipertenziya, giperglikemiya rivojlanishi, organizmni qarshilik ko‘rsatishini pasayishi ehtimoli oshadi.
Kortikosteroidlar teri orqali so‘rilishi mumkinligi tufayli, uzoq vaqt davolash, terining katta yuzalarida qo‘llash, okklyuzion bog‘lam ostida va bolalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Bolalarda tana yuzasi va vazni orasidagi nisbatni kattalarga qaraganda kattaligi tufayli, glyukokortikosteroidlarni tizimli nojo‘ya ta'sirlarini, shu jumladan gipotalama-gipofizar-buyrak usti bezlarining disfunktsiyasini va Kushing sindromi yuqori xavfi mavjud. Kortikosteroidlar bilan davolash bolalarni o‘sishiga va rivojlanishiga nojo‘ya ta'sir qilishi mumkin. Buyrak usti bezini AKTG bilan rag‘batlantirilgandan keyin qonda va siydikda kortizol darajasini aniqlash yo‘li bilan buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.
Surtmani qo‘llash sohasida infektsiya aniqlangan hollarda, shifokor muvofiq antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni buyurishi mumkin. Agar infektsiyalarning belgilari o‘tib ketmasa, infektsiyani davolash davrida Flutsinar surtmasi bilan davolashni vaqtincha to‘xtatish tavsiya etiladi.
Preparatni shilliq qavatlarga va yaralarga tushishdan saqlanish kerak.
Glaukoma yoki katarakta paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, preparatni ko‘zlar atrofi sohalarida qo‘llash mumkin emas.
Psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki psoriazda glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llash preparatga chidamlilikni rivojlanishi, tarqalgan pustulyoz psoriaz va teri disfunktsiyasi chaqirgan tizimli toksiklik chaqirgan kasallikni qaytalanishi tufayli xavfli bo‘lishi mumkin.
Hatto qisqa muddatli qo‘llashdan keyin ham yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta'sirlarining (teleangiektaziyalar, dermatitis perioralis) xavfi yuqoriligini e'tiborga olib, yuz terisida, chov va qo‘ltiq ostida faqat juda zarur holatlarda qo‘llash kerak.
Teri to‘qimalarining mavjud bo‘lgan atrofiyasida, ayniqsa keksa odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat lanolin saqlaydi. U mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.
Preparat propilenglikol saqlaydi. U terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Flutsinarni homilador ayollarga faqat foyda qo‘llashdan mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Homiladorlikning birinchi uch oyligida mutloq qo‘llash mumkin emas.
Emizish vaqtida shifokor, emizishni to‘xtatish yoki Flutsinarni qo‘llashni ijobiy bo‘lishini bolalardagi noxush reaktsiyalarni paydo bo‘lish ehtimolini va ona uchun foydani e'tiborga olib qaror qabul qiladi.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Dori preparati psixomotor faollik, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Terining katta yuzalarida uzoq vaqt qo‘llanilganida yuz berishi mumkin va shish, arterial gipertenziya, giperglikemiya, qarshilikni pasayishi, og‘ir xolatlarda – Kushing sindromi rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari paydo bo‘lganida davolovchi shifokorga murojaat etish kerak.
Chiqarilish shakli
15 g dan surtma alyumin tubalarda.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Surtmani qo‘llashdan oldin o‘ramidagi yaroqlilik muddatini tekshirish va ushbu muddat o‘tgandan keyin preparatni qo‘llamaslik kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Farmzavod Jelfa A.J.
58-500, Yelenya Gura, V Polya ko‘ch., 21, Polsha.
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” MChJ, Rossiya
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shablovka ko‘ch, 31 uy, 5 qur.
Telefon/faks + 7 495 510 28 79
Elektron manzil Office.RU@valeant.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.