Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ftorokort maz 0.1% 15gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Триамцинолон
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
0,1% 15 г
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Ftorokort (Ftorocort)
Ta'sir etuvchi moda (XPN) triamtsinolon (triamcinolone)
Dori shakli
surtma
Tarkibi
Faol modda 15 mg triamtsinolon atsetonidi.
Yordamchi moddalar metilparagidroksibenzoat, stearin kislotasi, polisorbat 60, setil spirti, suyuq parafin, glitserin (85%), tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, bir xil, hidsiz surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatologiyada sirtga qo‘llash uchun kortikosteroidlar. O‘rtacha faollikdagi kortikosteroidlar (II guruh).
ATX kodi D07AB09
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Triamtsinolon atsetonidi yallig‘lanishga qarshi, qichishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sirga ega bo‘lgan kuchli ftorlangan kortikosteroid hisoblanadi.
Glyukokortikoidlarning farmakologik samarasi organizmda spetsifik oqsillar sintezini nazorat qilishga asoslangan. Bunda ko‘p biologik samaralar organizmning stress holatlariga - glyukoza so‘rilishi va iste'mol qilinishini pasayishi, glyukoneogenezni oshishida (giperglikemiya) fiziologik moslashishiga xizmat qiladi. Qonda qand darajasini oshishi chaqirgan insulin sekretsiyasi oshishi bilan bog‘liq glikogen to‘planishi (asosan, jigarda) oshadi (anabolik samara). Oqsil sintezi pasayadi, mushaklarda (katabolik samara), suyaklarda (osteoporoz) va terida ham proteoliz oshadi. Glyukokortikoidlar lipolizga permissiv ta'sir etadi. Ular qon tomirlarini kengayishini, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini va shishni shakllanishini pasaytiradi. Glyukokortikoid retseptorlarning ko‘pchiligi bosh miya va yurak to‘qimalarida joylashgan. O‘pkada ular beta-adrenoretseptorlar javobini, bronxodilatatsiyani kuchaytiradi va o‘pka qon tomirlari rezistentligini pasaytiradi.
Glyukokortikoidlar yuqoriroq dozalarda yuborilganda kortikotropin sekretsiyasini pasaytiradi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i yetishmovchiligida ular kalavalar filtratsiyasini va diurezni, shuningdek yaralar paydo bo‘lish tez-tezligini oshiradi. Ular fiziologik dozadan yuqori bo‘lgan dozalarda o‘zining allergiyaga qarshi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirini namoyon qiladi.
Kortikosteroidlarni yog‘ kislotalarining 17 yoki 21 holatdagi eterifikatsiyasi odatda terida faolligini oshiradi. 16 va 17 holatdagi siklik atsetonidlarning paydo bo‘lishi, odatdagidek, glyukokortikoidlarning tizimli ta'sirini kuchaytirmasdan mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta'sirini kuchaytiradi va umuman olganda ftorlangan kortikosteroidlarning ham mahalliy ta'siri kuchayadi.
Farmakokinetikasi
Kortikosteroidlar mahalliy qo‘llangan joylaridan yaxshi so‘riladi. Faol moddaning kirib borish xususiyati surtish usuli, surtish joyi va terining holatiga bog‘liq. Mahalliy surtish yo‘li bilan qo‘llanganda, ayniqsa okklyuzion bog‘lam ostida yoki teri qoplami butinligi buzilganda, shuningdek klizma ko‘rinishida qo‘llanilganda tizimli ta'sir ko‘rsatib kortikosteroidlarning yetarli miqdori so‘rilishi mumkin.
Triamtsinolon atsetonidi teri ustiga qo‘llanilganida 70-90% teri yuzasida qoladi. Normal shox qavatiga steroidning 30% gachasi kiradi. Teri ichidagi samarali kontsentratsiyasiga faqat 30 minutdan keyin erishiladi. Epidermis va dermadagi kontsentratsiyasi 16 soat davomida saqlanadi. Terining patologik o‘zgargan joylarida to‘siq faoliyati pasayganligi tufayli derma va epidermisda moddaning 3-10 marta ko‘p kontsentratsiyasi aniqlanadi. Shikastlanmagan teri orqali yuborilgan dozaning 1%, shoh qavat shikastlangandan keyin taxminan 3% va okklyuzion bog‘lam ostida taxminan 10% kiradi. Terining shoh qavati yupqa bo‘lgan joylarida (bilak) yoki ter bezlari soch follikulalari, terining tabiiy burmalarida samarali so‘rilishi ahamiyatli darajada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Kortikosteroidlar organizmning barcha to‘qimalariga tez taqsimlanadi. Triamtsinolonning taxminan 80%zardob albumini va transkortin bilan bog‘lanadi. Triamtsinolon jigarda glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiya yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Triamtsinolonning asosiy metaboliti 6-beta-gidroksi-triamtsinolon hisoblanadi. Taxminan 70-80% safro bilan chiqadi va taxminan 20% buyrak orqali organizmdan chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 5 soatni, biologik yarim chiqarilish davri 18-36 soatni tashkil etadi. Sintetik kortikosteroidlarning nisbatan sekin metabolizmi va oqsil-bog‘lovchi affinligining nisbatan pastligi tabiiy kortikosteroidlarga nisbatan yuqori samaradorligini tushuntiradi.
Qo‘llanilishi
Glyukokortikosteroidlarga sezgir teri kasalliklarida (eshakemi, vulgar psoriaz, allergik dermatit) qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlikning birinchi uch oyligi.
Preparatning ta'sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
Preparatni ko‘z va periorbital soha bilan kontaktidan saqlanish kerak.
Yondosh muvofiq antibakterial davolashsiz terining zamburug‘li yoki bakterial infektsiyalarida qo‘llash mumkin emas.
Preparatni terining tuberkulyoz va o‘tkir virusli shikastlanishlarida (oddiy gerpes, o‘rab oluvchi gerpes, suvchechak) qo‘llash mumkin emas.
Preparatni terining parazitlar chaqirgan infektsiyalarida (masalan, qo‘tir) qo‘llash mumkin emas.
Preparatni oyoqdagi yaralarni, yuzdagi rozatsea yoki akne, perioral dermatit yoki taglik ostidagi dermatitda, quruq qipiqlanuvchi terida, vaktsinaga reaktsiyalarda, sifilis (terini shikastlanishi), tarqalgan pilaksimon (blyashkasimon) psoriazda davolash uchun vaktsinatsiyadan keyin 2-8 hafta davomida, shuningdek emizishdan bevosita oldin ko‘krakka surtish mumkin emas.
Preparatni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar ta'sirlanish paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni amalga oshirish kerak.
Agar katta yuzalarga ishlov berilsa yoki okklyuzion bog‘lamlar qo‘llanilsa, bu kortikosteroidlarni tizimli so‘rilishini oshishiga olib keladi, bunday holatlarda ayniqsa bolalar va go‘daklarda tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.
Kuchsizlangan shox qavati orqali mikroorganizmlar, birinchi navbatda piogen mikroorganizmlar oson o‘tadi va davolash jarayonida har xil piodermiyalar chaqiradi. Ammo buni antiseptiklar qo‘llash orqali oson nazorat qilish mumkin. Shuningdek blastomikozlar rivojlanishi mumkin. Kam holatlarda okklyuzion bog‘lam ostida qon ketishlari rivojlanishi mumkin. Terining bir sohasida uzoq vaqt davomida qo‘llash, ayniqsa yosh shaxslarda, atrofiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Psoriazda qo‘llanilganida steroidlar bilan mahalliy davolash bir necha xavf omillari bilan kechishi mumkin (masalan, teskari samara, steroidga qaramlik, tarqalgan pustulyoz psoriaz paydo bo‘lish xavfi va terining to‘siq faoliyati buzilishi natijasida mahalliy yoki tizimli intoksikatsiya rivojlanishi). Shunday qilib psoriazda topik steroidlar bilan davolashni qat'iy tibbiy nazorat ostida olib borish kerak.
Surtmani yuzga uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish kerak.
Surtmani ko‘zdan uzoq joyda ishlatish tavsiya etiladi, chunki bu preparatni yuzning periorbital sohasida ishlatish ko‘z tomonidan asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, ularga katarakta, glaukoma, shox parda shikastlanishi, gerpetik infektsiyani tarqalishi va bakterial va zamburug‘li infektsiya ko‘payish xavfi kiradi.
Kortikosteroidlarga ayniqsa yuz, bilak va bel terisining shikastlangan joylari sezgir, chunki ular quyosh nurlari ta'siri ostida bo‘ladi va bu nojo‘ya samaralarni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Kortikosteroidlarni yuborish yo‘llaridan qat'iy nazar (tizimli, lokal yoki sirtga) qo‘llanganda, latent davri bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan markaziy seroz xorioretinopatiya rivojlanishining sporadik hollari haqida xabarlar bor.
Surtma uzoq vaqt qo‘llanganda (3-4 xavftadan ko‘p) yoki katta yuzalarda (tana yuzasining 20% ortiq), ayniqsa ko‘zga yaqin joylarda, so‘rilish ehtimolini inkor etish mumkin emas. Bunday holatlarda glyukokortikosteroidlar bilan tizimli davolash xarakterli bo‘lgan ehtiyotkorlikning hamma choralariga rioya qilish kerak.
Uzoq vaqt davomida davolashda va/yoki terining katta yuzalarida - xususan, okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanilganda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimining funktsional holatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turish kerak.
Preparatni genital va anal sohalarida qo‘llash prezervativlarning mustahkamligini pasayishiga olib kelishi va shu orqali surtmaning tarkibida glitserin va parafin bo‘lgani tufayli, ularning xavfsizligiga ta'sir etishi mumkin.
Bolalarda qo‘llanilishi
Preparat bolalarga faqat istisno holatlarda buyurilishi mumkin!
Bolalarda tana vazniga nisbatan teri yuzasi maydoni katta bo‘lgani va uning o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani tufayli ular mahalliy kortikosteroidlarga ko‘proq sezgir va ularning tizimli toksikliligiga sezgirdirlar. Kortikosteroidlar bilan surunkali davolash bolalarni o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bolalarda surtmani qisqa muddat va katta bo‘lmagan (tana yuzasining 10% dan kamroq) tana yuzasida qo‘llash kerak.
Davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak va okklyuzion bog‘lamlardan foydalanish mumkin emas.
Preparat tarkibidagi metilparagidroksibenzoat (paraben nomi bilan ma'lum) moyil bo‘lgan odamlarda allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Preparat tarkibidagi setil spirti mahalliy teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin (masalan, kontaktli dermatit).
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik
Ftorokort surtmasi homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas, keyinchalik faqat kutilayotgan foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni sinchkov baholangandan keyingina qo‘llash mumkin.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda fetotoksik samaralar kuzatilgan (teratogenlik, embriotoksiklik). Odamlarda homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli bo‘lmagan ma'lumotlar mavjud.
Kortikosteroidlarni homilador hayvonlarda mahalliy qo‘llash homilada rivojlanish patologiyasi shu jumladan, tanglay bitmasligi va ona qorinda rivojlanish sekinlashishini chaqirishi mumkin. Demak, odam homilasi organizmiga bunday ta'sirlarning juda kichik rivojlanish xavfi mavjud.
Homiladorlik davrida glyukokortikosteroidlarning yarim chiqarilish davri oshadi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda plazma klirensi bolalar va kattalarga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Emizish davri
Tizimli kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ajraladi va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak usti bezi po‘stloq qismi faoliyatiga salbiy ta'sir etishi va o‘sishni sekinlashishi kabi noxush samaralar chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni terining katta sohalariga (20% dan katta), okklyuzion bog‘lam va 2-3 haftadan ortiq surtish mumkin emas.
Uzoq muddat davolash yoki yuqori dozalarni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Terining shikastlangan yuzasiga surtma yupqa qavat qilib kuniga ikki yoki uch marta surtiladi (maksimum kuniga 15 g surtma) yoki okklyuzion bog‘lam ostida (maksimum kuniga 10 g surtma).
Bolalar
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda ftorokortni qo‘llash mumkin emas.
Bir yoshdan oshgan bolalarga surtma noxush samaralarni kamaytirish uchun shikastlangan soha maksimum kuniga ikki marta surtiladi.
Davolash 5 kundan oshmasligi kerak. Okklyuzion bog‘lam ostida ishlatish tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Keksa odamlarda terining tabiiy yupqalashishi sababli, kortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan va qisqa davr davomida qo‘llash kerak.
Davolash davomiyligi kasallikning turi, og‘irligi va kechishiga bog‘liq.
Hatto kasallik tuzalsa ham, kasallik zo‘rayishidan saqlanish uchun hatto kasallik bartaraf etilgandan keyin ham surtmani bir necha kun surtish kerak.
Davolash davomiyligi 2-3 haftadan oshmasligi kerak (maksimum 4 xafta).
Holat yaxshilangandan keyin surtmani ishlatish sonini kamaytirish kerak.
Surtmani tananing katta yuzalariga surtishdan (kattalarda-20% dan ortiq, bolalarda 10% ortiq), ayniqsa okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlar
Steroidlar bilan mahalliy davolash mahalliy nojo‘ya rektsiyalar rivojlanishi bilan potentsial ravishda bog‘liq. Shuningdek, teri orqali kiradigan steroidlar miqdoriga tizimli ta'sirlar kelib chiqishini ham kutish mumkin.
Kortikosteroidlarni terining katta yuzalarida uzoq vaqt mahalliy qo‘llanganda buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi paydo bo‘lishi mumkin. Buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi xavfi ayniqsa bolalarda qo‘llanganda, shuningdek Ftorokort surtmasini okklyuzion bog‘lami ostida qo‘llanganda ham yuqori. Oqsillar katabolizmi manfiy azot muvozanat olib kelishi mumkin.
Birlamchi tizim-a'zolar sinfi (MedDRA 10.0)Nojo‘ya reaktsiyalari
Infektsion va parazitar kasalliklarLatent infektsiyalarni zo‘rayishi
Kechayotgan infektsiyalar yashirinishi
Opportunistik infektsiyalar
Immun tizimi tomonidan buzilishlarYuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlarBuyrak usti bezlari po‘stloq qismining ikkilamchi yetishmovchiligi (buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini susayishi)
Gipokaliyemik alkaloz
Suv va natriyni tutilishi
Gipokaliyemiya
Ruhiyat tomonidan buzilishlarUyqusizlik
Nerv tizimi tomonidan buzilishlarRuhiy o‘zgarishlar
Tirishishlar
Bosh aylanishi
Bosh og‘rig‘i
Bosh miya ichki bosimini oshishi
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlarKatarakta*
Subkapsulyar katarakta
Ekzoftalm
Glaukoma
Papillyar shish
Yarali keratit
Xorioretinopatiya
Yurak tomonidan buzilishlarYurak yetishmovchiligi
Qon tomirlar tomonidan buzilishlarArterial gipertenziya
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarMe'dadan qon ketishlari
Me'da-ichakdan qon ketishlari
Me'da-ichak perforatsiyalari
Ezofagit
Pankreatit
Yara kasalligi
Teri va teri osti klechatka tomonidan buzilishlarDermatit
Terida achishish hissi
Surtilgan joyda follikulit
Husnbuzarsimon dermatit
Kontakt dermatit
Teri yupqalashishi va qurishi
Eritema
Girsutizm
Gipergidroz
Bichilish
Qichishish
Teri atrofiyasi
Teri gipopigmentatsiyasi
Terini ta'sirlanishi
Striyalar
Teleangiektaziya
Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlarO‘sishni sekinlashishi
Steroid miopatiya
Osteonekroz
Osteoporoz
Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi reaktsiyalarYaralar bitishini buzilishi
Laborator va instrumental tekshirishlarKo‘z ichki bosimini oshishi
Manfiy azot muvozanati
Manfiy teri testi
*Bolalarda kataraktani kelib chiqish ehtimoli yuqori.
Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish kerak.
Dozani oshirilib yuborilishi
Garchi dozani oshirib yuborilishi haqida hech qanday xabarlar bo‘lmasa ham, dozani oshirib yuborilishi organizmga tushgan steroidlar miqdoriga qarab, mahalliy va tizimli samaralar chaqirishi mumkin. Tavsiya qilingan mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi kutilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
ning bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari
Uzoq vaqt qo‘llanilganda (4 xaftadan ortiq) va/yoki katta sohada (20% dan ortiq) – ayniqsa to‘siq faoliyati pasaygan shikastlangan terida yoki okklyuzion bog‘lam ostida – ta'sir etuvchi modda yuqoriroq miqdorda tizimli ta'sirga va glyukokortikosteroidlarning ma'lum bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralariga olib kelishi mumkin (gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimi faoliyatini pasayishi, Kushing sindromi).
Davolash
Simptomatik (tizimli nojo‘ya samaralarni). Dozani oshirib yuborilgan hollarda, davolashni birdan to‘xtatish mumkin emas; terapiyani sekin-asta bekor qilish kerak.
Buyrak usti bezi po‘stlog‘i yetishmovchiligi rivojlangan hollarda, gidrokortizonni vena ichiga yuborish talab qilinishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ftorokort surtmani boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri tekshirishlari o‘tkazilmagan.
Steroidlarni mahalliy qo‘llanganda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri noma'lum.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ftorokort surtmasi 1 mg/g dozada transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmaydi.
Qadoqlanishi
Perforatsion uchlik bilan ta'minlangan oq rangdagi polietilenli buraladigan qopqoqcha bilan berkitilgan alyumin tuba.
Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin, muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Qadoqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugatilgandanso‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
(buyurtmachi) to‘g‘risida ma'lumot
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Dyomryoi ko‘ch., 19-21, Vengriya
Murojaat uchun telefon (qo‘ng‘iroq bepul) 7-800-555-00777
Elektron manzil drugsafety@g-richter.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.