Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lorinden C maz 15 g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Флуметазон, салициловая кислота
Страна производитель
Польша
Дозировка
15 г
Производитель
Валеант
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Lorinden C
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) flumetazon pivalati, klioxinol
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 0,2 mg flumetazon pivalati, 30 mg klioxinol;
yordamchi moddalar oq mum, 1,0 g gacha oq vazelin.
Ta'rifi sariq yoki kulrang tusli oq rangli yog‘li massa. Yakka yumshoq kristallarni to‘planishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiseptiklar bilan majmuadagi mahalliy qo‘llash uchun o‘rtacha faollikdagi kortikosteroidlar. Flumetazonni boshka preparatlar bilan kombinatsiyasi.
ATX kodi D07BB01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Lorinden C – majmuaviy preparat; yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, allergiyaga karshi, qon tomirlarni toraytiruvchi, zamburug‘larga qarshi va mikroblarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Flumetazona pivalati – glyukokortikosteroid, yallig‘lanish mediatorlarini ajralishini tormozlaydi; teriga qo‘llanganda neytrofillarni chegarada to‘planishiga to‘sqinlik qiladi, bu yallig‘lanish ekssudatini va sitokinlarni ishlab chiqarilishini kamayishiga, makrofaglarni migratsiyasini tormozlanishiga, infiltratsiya va granulyatsiya jarayonlarini kamayishiga olib keladi.
Klioxinol mikroblarga qarshi, bakteriostatik ta'sirga ega, flumetazonning ekssudatsiyaga qarshi samarasini oshiradi, keng doiradagi mikroorganizmlar, zamburug‘lar va grammusbat bakteriyalarga (stafilokokklar) nisbatan faol. Grammanfiy bakteriyalarga nisbatan kam samarali.
Surtma suvni qaytaruvchi ta'sirga ega va terini tashqi muhit namligidan himoyalovchi plyonka hosil qiladi; yog‘ga to‘yintiruvchi chuqur xususiyatga ega bo‘lganligi tufayli, quruq va yupqalashgan teriga qo‘llash mumkin.
Farmakokinetikasi
Flumetazon pivalati terining muguz qavati orqali oson kiradi va u yerda to‘planadi. Terida metabolizmga uchramaydi. Mahalliy qo‘llanganda oz miqdorda organizmga kirishi mumkin va umumiy ta'sir ko‘rsatadi. So‘rilganidan keyin asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Organizmdan glyukuron kislotasi bilan birikmalar ko‘rinishida va kam miqdorda o‘zgarmagan ko‘rinishda, asosan siydik va kam miqdorda safro bilan chiqariladi. Flumetazon pivalati teri orqali so‘rilishi burmalar sohasidagi yoki yuz teriga qo‘llanganda, epidermisi shikastlangan terida yoki yallig‘lanish jarayoni bilan shikastlangan terida qo‘llanilganda oshadi. Terining harorati va namligini oshishini chaqiruvchi okklyuzion bog‘lam qo‘yilganda ham, flumetazon pivalatini so‘rilishi oshadi. Bundan tashqari, preparatni tez-tez qo‘llanilganda yoki terining katta yuzasiga surtilganda so‘rilishi oshadi. Teri orqali so‘rilishi kattalarga nisbatan yoshroq shaxslarda yaqqolroq bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Lorinden S surtmasi terining quruq yallig‘lanish holatlarida, eng avvalo ikkilamchi bakterial infektsiyalar ko‘rinishida asoratlangan kuchli qichishish yoki giperkeratoz simpmtomlari bilan kechuvchi allergik tabiatliholatlarda qo‘llanadi
-seboreyali va atopik dermatit;
-ekzema;
-ko‘p shaklli eritema;
-qizil yugurik;
-psoriaz;
-qizil yassi temiratki;
-eshakemida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Surtmaning oz miqdori terining shikastlangan sohalariga surtiladi, sutkada 1-2 martadan oshmasligi kerak.
Tanaffussiz davolash kursi 2 xaftadan oshmasligi kerak. Yaqqol lixenifikatsiya yoki giperkeratozda surtmani okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash mumkin, uni sutkada 1 marta almashtirish lozim.
10 yoshdan oshgan bolalarga preparat ehtiyotkorlik bilan terining katta bo‘lmagan sohasiga qo‘llash mumkin, preparatni yuz terisiga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
-husnbuzar, poststeroid purpura,
-epidermis o‘sishini susayishi, teri osti kletchatkasi atrofiyasi, gipertrixoz yoki soch to‘kilishi
- teri depigmentatsiyasi yoki giperpigmentatsiyasi, teri atrofiyasi va cho‘zilishi, teleangioektaziyalar, perioral dermatit
- follikulit, ikkilamchi infektsiya
- eshakemi yoki dog‘li-papulyoz toshma paydo bo‘lishi yoki mavjud buzilishlar zo‘rayishi mumkin.
Preparatni okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llanganida teri orqali so‘rilishini oshishi mumkinligi tufayli shishlar, gipertenziya, immunitetni pasayishi bilan namoyon bo‘luvchi tizimli nojo‘ya ta'sirlar chaqirishi mumkin. Ko‘z qovoqlari terisida qo‘llanilganidan keyin ba'zida glaukoma yoki katarakta aniqlanishi mumkin. Terini katta yuzalarida qo‘llanganda glyukokortikosteroidlar uchun xarakterli bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-glyukokortikosteroidlar, klioxinon yoki preparat asosining komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-teri teberkulyozi;
-teri raki;
-oddiy va pushti husnbuzarda;
-suvchechakda;
-venalarni varikoz kengayishi bilan bog‘liq bo‘lgan boldirning trofik yaralari;
-terining katta sohalari, ayniqsa teri qoplamalarini shikastlanishi (kuyish) da;
-homiladorlikning I uch oyligida;
-10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- postvaktsinal reaktsiyalarda;
-terini bakterial, virusli va zamburug‘li kasalliklarida;
-sifilisni teridagi ko‘rinishida;
-suvchiragan va ekssudativ teri kasalliklarida;
-perioral dermatitda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Glyukokortikosteroidlar mahalliy qo‘llanilganida boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Patsiyentlarni davolash vaqtida immunologik tanqislik tufayli, preparat bilan davolash vaqtida suvchechakka qarshi emlash va immunizatsiyaning boshqa turlarini o‘tkazish mumkin emas.
Lorinden S surtmasi immunosupressiv preparatlar ta'sirini kuchaytirishi, shuningdek immunostimulyator dori vositalarining ta'sirini susaytirishi mumkin.
Preparatni uzoq muddat qo‘llashdan saqlanish lozim. Uzoq muddat terining katta sohalariga qo‘llanganida nojo‘ya samaralarning tez-tezligi oshadi.
Lorinden S mahalliy qo‘llash oqibatida gipofiz-buyrak usti bezi tizimini susayishi hisobiga gipofiz tomonidan adrenokortikotrop gormon (AKTG) ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin, qonda kortizol darajasini pasayishi va davolash to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketuvchi yatrogen Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin. AKTG gormoni bilan buyrak usti bezlarini rag‘batlantirgandan keyin qonda va siydikda kortizol darajasini aniqlash bilan buyrak usti bezi po‘stloq faoliyatini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.
Surtma surtilgan joyda infektsiya paydo bo‘lgan hollarda antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi davolashni o‘tkazish lozim. Agar infektsiya simptomlari kamaymasa, infektsiya davolash davrida preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Yopiq burchakli yoki ochiq burchakli glaukomali shaxslarda, shuningdek kataraktali shaxslarda kasallik simptomlarini kuchayishini hisobga olib, qovoqlarga yoki qovoq sohasi terisiga qo‘llashdan saqlanish lozim.
Hatto qisqa muddatli qo‘llashdan keyin ham yuqori so‘rilishi va nojo‘ya ta'sirlarining (teleangiektaziyalar, dermatitis perioralis) xavfi yuqoriligini e'tiborga olib, yuz terisida, chov va qo‘ltiq ostida faqat juda zarur holatlarda qo‘llash kerak.
Surtmani okklyuzion bog‘lam ostida qo‘llash mumkin emas, chunki bu epidermisni atrofiyasi, striyalar va superinfektsiyalarga olib kelishi mumkin. Surtmani teri osti to‘qimalarini atrofiyasi bo‘lgan holatlarda, ayniqsa keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador ayollarda Lorinden S faqat, agar kutilayotgan foyda preparatni qo‘llashdan potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qisqa muddatga qo‘llash mumkin. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Lorinden S surtmasini emizikli ayollarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Faqat juda zarur bo‘lgan hollarda, qisqa muddat va terining chegaralangan sohalariga qo‘llash mumkin, sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli moslamalargaxizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Lorinden S transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari – shish, gipertoniya, gipertoniya, immunitetni susayishi ko‘rinishida nojo‘ya samaralarni kuchayishi, juda og‘ir holatlarda Kushing kasalligi bilan paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash – preparatni bekor qilish va kam miqdordagi glyukokortikosteroidlar bilan davolashni o‘tkazish lozim.
Chiqarilish shakli
15 g dan preparat ichki yuzasi laklangan alyumin tubalarga joylangan.
Bir tubadan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Farmzavod Jelfa A.J.
ul. W.Pola 21, 58 - 500 Jelenia Góra, Polsha
Qayd etish guvohnomasining egasi
“VALEANT” MChJ, Rossiya
Mahsulotning sifati bo‘yicha iste'molchilarning e'tirozlarini qabul qiluvchi tashkilot manzili
“VALEANT” MChJ, Rossiya
115162, Moskva, Shablovka ko‘ch, 31 uy, 5 ko‘ch.
Telefon/faks + 7 495 510 28 79
Elektron manzil Office.RU@valeant.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.