Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Selestoderm surtmasi 0.1% 15g MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бетаметазон валерат 0,1%
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
15 г
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Selestoderm
Ta'sir etuvchi modda (XPN) betametazon
Dori shakli
surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1 mg betametazonga qayta hisoblaganda betametazon 17-valerati;
yordamchi moddalar suyuq parafin, oq vazelin.
Ta'rifi yot zarrachalarsiz, silliq, oq rangli bir xil surtma.
Farmokoterapevtik guruhi dermatologiyada qo‘llash uchun kortikosteroidlar.
ATX kodi D07AC01
Farmakologik xususiyatlari
MR Selestoderm surtmasi mahalliy yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiekssudativ va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
MR Celestoderm preparatining farmakokinetikasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Ekzema (atopik, tangasimon), kontakt dermatit, seboreyali dermatit, neyrodermit, quyosh ta'siridagi dermatit, eksfoliativ dermatit, radiatsion dermatit, intertriginoz dermatit, psoriaz (keng tarqalgan psoriazdan tashqari) kabi glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarning yallig‘lanishli ko‘rinishlarini kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
MR Selestoderm terining shikastlangan sohalariga, holatning og‘irligiga qarab sutkada 1-3 marta, yupqa qavat qilib surtiladi. Ko‘pchilik hollarda samaraga erishish uchun sutkada 1-2 marta surtish yetarlidir. Preparatni surtishning tez-tezligi shikastlanish darajasiga muvofiq belgilanadi.
Yengil darajali shikastlanishlarda kuniga bir marta surtish mumkin, og‘irroq shikastlanishlarda esa preparatni surtish tez-tezligini oshirish lozim.
Okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llash mumkin emas, chunki preparatning nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Preparatni uzluksiz qo‘llash 4 haftadan oshmasligi kerak. Terapevtik samaraga erishilgandan keyin MR Selestoderm preparatini qo‘llash tez-tezligini kamaytirish yoki mahalliy qo‘llash uchun kamroq darajada faol bo‘lgan kortikosteroidga o‘tish va preparatni asta-sekin bekor qilish bilan tutib turuvchi davolashni davom ettirish lozim. Agar patsiyentning holati 2-4 haftalik davolash davomida yaxshilanmasa yoki yomonlashsa, qayta ko‘rikdan o‘tkazish va davolashni qayta ko‘rib chiqish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida achishish hissi, qichishish, ta'sirlanish, quruqlik, follikulit, gipertrixoz, aknesimon toshmalar, gipopigmentatsiya, perioral dermatit, teri matseratsiyasi, ikkilamchi infektsiya, teri atrofiyasi, striyalar, issiqlik toshmasi paydo bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa yuz terisi, sochli qoplamaga ega bo‘lgan teri yuzasi va jinsiy a'zolar terilari mahalliy nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanishiga nisbatan ta'sirchandir.
Dermatozlarni davolash uchun uzoq muddat qo‘llanilgan MR Selestoderm kabi kuchli ta'sirga ega bo‘lgan topik kortikosteroidlarni bekor qilish kasallik belgilari va simptomlarini og‘irlashtirishi va topik kortikosteroidlarga qaramlikni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tizimli ta'sirga ega bo‘lgan glyukokortikoidlar buyurilganda qayd etilgan barcha noxush ko‘rinishlar, shu jumladan gipotalamo-gipofizar tizimi faoliyatini susayishi mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kuchli ta'sir qiluvchi glyukokortikoidlar buyurilganda rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terining bakteriyali infektsiyalar (masalan, piodermiya, tuberkulyoz va sifilitik jarayonlar), shuningdek virusli infektsiyalar (masalan, suvchechak, oddiy Gerpes, o‘rab oluvchi Gerpes, vulgar so‘gallar (kondilomalar), kontagioz mollyusk) chaqirgan terining davolanmagan shikastlanishlari; terining zamburug‘li infektsiyalari, tarqalgan psoriaz, parazitar infektsiyalar, terining yarali shikastlanishlari, jarohatlarda qo‘llash mumkin emas.
Kortikosteroidlar qo‘llanganidan keyin nojo‘ya reaktsiyalarni (masalan, perioral dermatit, striyalar) mavjudligi. Ixtioz, balog‘at yoshiga yetmaganlarda oyoq kafti dermatozi, vulgar husnbuzarlar, pushti husnbuzarlar, teri qon tomirlari devorlarining yuqori darajadagi o‘tkazuvchanligi, teri atrofiyasi, anogenital qichishishda qo‘llash mumkin emas.
MR Selestoderm ni preparatning faol moddasiga yoki har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirlar ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ehtiyotkorlik choralari. MR Selestoderm ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan terini ta'sirlanishi yoki yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida, davolashni to‘xtatish va bemorga adekvat davolashni buyurish kerak. Infektsiya paydo bo‘lgan hollarda muvofiq zamburug‘larga qarshi yoki antibakterial vositalarni buyurish kerak. Agar bunda kutilgan samaraga tez erishilmasa, infektsiya belgilari bartaraf etilgunigacha kortikosteroidlarni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Topik kortikosteroidlarni kasallikni qaytalanishi, tolerantlikni rivojlanishi, pustulyoz psoriazning tarqalishi xavfi va bir necha hollarda xabar berilganidek terining to‘siq faoliyatini buzilishi oqibatida mahalliy yoki tizimli toksiklikni rivojlanishi ehtimolining mavjudligi tufayli psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Topik kortikosteroidlar qo‘llanilgan hollarda psoriazi bo‘lgan patsiyentlarni diqqat bilan nazorat qilish kerak.
Kuchli ta'sir etuvchi kortikosteroidlarning uzoq muddat qo‘llanilishi, ayniqsa yuz terisida va terining boshqa ta'sirchan sohalarida atrofik o‘zgarishlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Psoriaz, og‘ir ekzema kabi kasalliklarni davolashda ushbu holatni hisobga olish lozim.
Glyukokortikoidlar asosidagi boshqa kuchli ta'sir qiluvchi preparatlar kabi MR Selestoderm ni uzoq muddat davomida terining katta sohalariga, shuningdek yuzga va teri burmalariga qo‘llamaslik kerak. Preparatni yaralar va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
MR Selestoderm ni oftalmologiyada qo‘llash, shuningdek glaukoma yoki subkapsulyar kataraktaning rivojlanishi xavfi tufayli qovoqlarga surtish mumkin emas.
Glyukokortikoidlar teri xastaliklarining ayrim turlarining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishi mumkin, bu esa tashxislashni qiyinlashtiradi.
Glyukokortikoidlarni tizimli qo‘llanganda uchraydigan har qanday nojo‘ya holatlar, shu jumladan buyrak usti bezi po‘stlog‘i supressiyasi, ular mahalliy qo‘llanganida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Mahalliy kortikosteroidlarning tizimli so‘rilishi ular uzoq muddat davomida qo‘llanganida, tananing katta yuzalarini davolashda yoki okklyuzion bog‘lovlar ishlatilganida oshadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlarda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmaganligi tu fayli, bu preparatlarni, faqat bo‘lajak ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Ushbu guruh preparatlarni homiladorlarda yuqori dozalarda va uzoq muddat qo‘llash mumkin emas.
Bugungi kunda kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashda tizimli so‘rilishi natijasida ularni ko‘krak sutiga kirishi aniqlanmagan, shuning uchun emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatishda, ona uchun o‘tkazilayotgan davolashning muhimligini hisobga olish lozim.
Bolalar. Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlar mavjud emas, shuning uchun uni ushbu yosh toifasidani patsiyentlarda qo‘llamagan ma'qul.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlarni haddan tashqari ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt qo‘llash gipofizar-adrenal tizimning faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin, bu buyrak usti bezining ikkilamchi yetishmovchiligiga va giperkortitsizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Giperkortitsizmning o‘tkir simptomlari odatda qaytuvchandir.
Doza oshirib yuborilganida tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Zarurati bo‘lganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash o‘tkaziladi. Surunkali toksik ta'siri bo‘lgan hollarda kortikosteroidni asta-sekin bekor qilish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
15 g yoki 30 g dan laminatsiyalangan polipropilen tubalarda. 1 tubadan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“MERRYMED FARM” MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi, 1 uy. Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.