Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Asparkam tabletkalar №10 Irbitskiy XFZ
Nomi | Narx | |||||
Аспаркам таб. №10 Ирбитский ХФЗ (111023##2 335) |
UZS 3 200
UZS 3 400
-6%
Экономия UZS 200
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Аспаркам таб. №10 Ирбитский ХФЗ (111023##2 362) |
UZS 3 200
UZS 3 400
-6%
Экономия UZS 200
Stokda yetarli (29)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Аспаркам таб. №10 Ирбитский ХФЗ (111023##2 375) |
UZS 3 200
UZS 3 400
-6%
Экономия UZS 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Ирбитский ХФЗ, Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Asparkam
Ta'sir etuvchi modtsalar (XPN) kaliy va magniy asparaginati
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar magniy asparaginati tetragidrati - 175 mg, kaliy asparaginati gemigidrati -175 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali - 88 mg, sterin kislotasi - 5 mg, makrogol - 4000 - 7 mg, kolloid kremniy dioksidi - 50 mg.
Ta'rifi yassi sidindrik shaklli, oq rangli, ikkiyoqlama faskali va bir tomonida riskali tabletkalar; tableka yuzasida marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa mineral preparatlari.
ATX kodi A12CX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Asparkam kaliy va magniy ionlarining manbai bo‘lib, metabolik jarayonlarni boshharadi. Ta'sir mexanizmi asparginatni tashuvchi sifatida magniy va kaliy ionlarini hujayra ichiga tashishi va metabolik jarayonlarda ishtirok etishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi. Shunday qilib, Asparkam elektrolitlarning muvozanatini buzilishini bartaraf qiladi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligini pasaytiradi (o‘rtacha antiaritmik samara).
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida yengil so‘riladi va buyraklar orqali nisbatan tez so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Asparkam surunkali yurak yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, gipokalemiya, yurak ritmini buzilishini (shu jumladan, miokard infarktida, yurak glikozidlarining dozasi oshirib yuborilganida) majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatdan so‘ng ichga buyuriladi. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta. Davolash kursi - 3-4 hafta. Zarurati bo‘lganida, davolash kursi takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me'da osti sohasida achishish yoki yoqimsiz tuyg‘ular (anatsid gastriti yoki xoletsistit bo‘lgan bemorlarda), atrioventrikulyar blokada, paradoksal reaktsiya (ekstrasistolalar sonini oshishi), giperkaliyemiya (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, parasteziya), gipermagniyemiya, (yuz terisini qizarishi, chanqash, oqlik xissi, arterial bosimning pasayishi, mushaklarning kuchsizligi, kuchli toliqish, parez, koma, arefleksiya, nafasni susayishi, tirishishlar) kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik, aminokislotalarning almashinuvini buzilishi, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliyemiya, gipermagniyemiya, buyrak usti bezlarining po‘stlog‘ini yetishmovchiligi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, (I-III darajali AY-blokada), og‘ir miasteniya, gemoliz, arterial gipotenziya (sistolik arterial bosim 90 mm. sm. ust. dan kam), 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik, laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Farmakodinamik kaliy tejovchi diuretiklar (triamterin, spironolakton), beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, angiotenzinga aylantiruvchi fermentning ingibitorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llash, giperglikemiyaning rivojlanishi xavfini, xatto aritmiya va asistoliya rivojlangunicha oshiradi.
Kaliy preparatlarini glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llash, glyukokortikosteroidlar chaqirgan gipokaliyemiyani bartaraf qiladi.
Tarkibi
da kaliy ionlarining borligi hisobiga yurak glikozidlarining nojo‘ya samaralari kamayadi.
Tarkibi
da magniy ionlarining borligi hisobiga neomitsin, polimiksin V, tetratsiklin va streptomitsinning samarasini pasaytiradi. Qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (atrakuriy bezilati, dekalitoniy bromidi, suksametoniy (xloridi, bromidi, yodidi) chiqargan nerv-mushak blokadasini kuchaytirishi mumkin. Kalьtsitriol qon plazmasida magniy ionlarining kontsentratsiyasini oshiradi, kalьtsiy preparatlari magniyning samarasini pasaytiradilar.
Farmakokinetik burishtiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar preparatining me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini kamaytiradilar (ularni qabul qilishlar orasida 3 soatlik intervalga rioya qilish kerak).
Maxsus ko‘rsatmalar
.
Qon plazmasidagi kaliy ionlarining miqdorini nazorat qilish kerak.
Avtotransport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta'sirini baholash bo‘yicha klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari giperkaliyemiya, gipermagniyemiya kuzatilishi mumkin.
Davolash v/i kalьtsiy xloridi, zarurati bo‘lganida - gemodializ va peritoneal dializ o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar.
10 tabletkadan qog‘oz asosli majmuaviy qadoqlovchi materialli kontur uyasiz o‘ramda. Kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Irbitskiy ximfarmzavod” OAJ
623856, Rossiya, Sverdlov vil., Irbit sh., Kirov ko‘ch., 172 Tel./faks (34355) 3-60-90.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.