Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kaspargin Infuziya uchun eritma 100ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Калия и магния аспарагинат
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мл
Производитель
Jurabek Laboratories,СП,ООО,Узбекистан
Форма выпуска
Раствор для внутривенного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kaspargin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Kaliy va magniy asparginati.
Dori shakli
Infuziya uchun eritma.
Tarkibi
Faol moddalar Kaliy gidroksidi – 3,86 g; magniy oksidi – 1,116 g; GL-asparagin kislotasi – 15,16 g.
Yordamchi moddalar sorbitol- 20 g, trilon B - 0,005 g, in'ektsiya uchun suv - 1 l gacha.
Ta'rifi Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Mineral preparat, mikroelementlar.
Farmakologik xususiyatlari
Kaspargin kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilishga yordam beradi, elektrolit muvozonatni normallashtiradi, antiaritmik ta'sir ko‘rsatadi, miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Kaliy ionlari ATF, glikogen, oqsillar atsetilxolin va boshqa moddalarni sintezini rag‘batlantiradi. Manfiy xrono– va batmotrop, yuqori dozalarda – manfiy ino- va dromotrop ta'sirlarga ega. Kaliy ionlari past dozalarda koronar arteriyalarni kengaytiradi, yuqori dozalarda toraytiradi. Shuningdek o‘rtacha diuretik ta'sir ham ko‘rsatadi.
Magniy ionlari neyronlarni qo‘zg‘atuvchanligini kamaytiradi, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini sekinlashtiradi, ko‘pchilik fermentativ reaktsiyalarda, elektrolitlarni muvozanatini saqlashda ionlarni tashishilida, membranalarni, o‘tkazuvchanligida ishtirok etadi. Magniy kaliyni hujayralarga kirishiga yordam beradi, ya'ni hujayradan natriyni chiqarib va kaliyni qaytarib, natriy-kaliy ATF-azani faollashtiradi, natriyni kontsentratsiyasini kamaytiradi, qon-tomirlarni silliq mushaklarida rezistentlikni pasaytirib natriyni kaliyga almashinuviga to‘sqinlik qiladi. Magniy DNK (pentozofosfat) strukturasiga kiradi, RNK sintezi, nasliy apparatini hujayrani o‘sishida va hujayralarni bo‘linish jarayonlarida ishtirok etadi. Stressda katexolaminni haddan ziyod ajralib chiqarilishin cheklaydi va oldini oladi, mumkin bo‘lgan lipolizni va erkin yog‘ kislotalarini ajralib chiqarilishini kamaytiradi. Miokard to‘qimalariga ishemiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi yurak ritmini qisqarishi tarangligini va tez-tezligini kamaytiradi, bu miokardni kislorodga bo‘lgan ehtiyojni pasayishiga olib keladi, qon tomirlarni, shu jumladan koronar tomirlarini kengayishini chaqiradi.
Asparginat magniy va kaliy ionlarini hujayra ichi bo‘shlig‘iga kirishiga yordam beradi, fosfatlarni hujayralararo sintezini rag‘batlantiradi.
Preparat nerv tolalari bo‘yicha impulslarni o‘tkazilishini, sinaptik o‘tkazuvchanlik, mushaklarni qisqarishini, yurak mushagini ishini boshqaradi. Magniy ionlari hisobiga energiyani tushishi va ishlatilishi jarayonlarida ishtirok etadi, membranalarni o‘tkazuvchanligini, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini, DNK, RNK sintezini hujayralarni o‘sishi, hujayralarni bo‘linishi, kislorodni o‘zlashtirilishini va fosfatlarni sintezini normallashtiradi. U shuningdek yurak glikozidlariga yuqori sezuvchanligini pasaytiradi, ularni toksiklik belgilarini kamaytiradi, glyukokortikosteroidlar va diuretiklar chaqirgan gipokalemiyani bartaraf qiladi.
Farmakokinetikasi
Kaliy va magniy ionlari tez va to‘liq so‘riladi va organizmni barcha to‘qimalari bo‘yicha taqsimlanadi. Kaliy tezda hujayra ichiga tushishi va organizmdan chiqarilishi tufayli, qon plazmasidagi kaliyning kontsentratsiyasini nisbatan qisqa muddat yuqori bo‘lib qoladi. Magniy ionlarini ahamiyatli qismi plazmada oqsillar bilan (25-30%) kompleks birikmalarni hosil qiladi. Kaliy va magniy ionlari asosan siydik, oz miqdori – ahlat, ter, ko‘z yoshi va boshqalar bilan chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida kaliy va magniy ionlarini chiqarilishi sekinlashishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Preparatni kaliy va magniy tanqisligini bartaraf qilish uchun, yurak ishemik kasalligida, shu jumladan o‘tkir miokard infarktida; surunkali yurak yetishmovchiligida, yurak ritmini buzilishlarida (shu jumladan gipokalemiya, yurak glikozidlarini intoksikatsiyasi chaqirgan aritmiyalarda), shuningdek kardioxirurgik patsiyentlarda dastlabki va keyingi davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni parenteral vena ichiga (v/i), tomchilab yuboriladi. V/i yuborishni sekin o‘tkazish lozim. Preparatni giperkalemiya va gipermagnemiya xavfi, patsiyentni hayotiga xavf tug‘diruvchi aritmiyani paydo bo‘lishi tufayli, v/i tez yuborish mumkin emas. Preparatni dozasi va yuborish davomiyligi qo‘llash uchun ko‘rsatma va gipokalemiya darajasiga qarab shaxsiy ravishda aniqlanadi.
Kattalarga odatda eritmani v/v tomchilab 250-500 ml dan sutkada 1-2 marta, minutiga 15-30 tomchi tezlikda buyuriladi. Kardioxirurgik aralashuvlardan bir hafta oldin, operatsiyadan keyin bir hafta davomida eritmani v/i tomchilab minutiga 20-25 tomchi tezlikda sutkada 250-500 ml dan har kuni yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
V/i tez oqim bilan yuborilganda yoki preparatni terapevtik dozadan ahamiyatli yuqori dozalarda yuborilganda giperkalemiyada simptomlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, mushak zaifligi, oyoq-qo‘llarni paresteziyasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashish, aritmiyalar, yurakni to‘xtashi va boshqalar) va gipermagniyemiya simptomlari (yuzni qizarishi, chanqoqlik, arterial gipotenziya, bradikardiya, parezlar, arefleksiya, mushak zaifligi, nafas markazini susayishi, aritmiyalar, tirishishlar, charchoqlik va boshqalar) shuningdek flebit va tromboz rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga (shu jumladan sorbitolga) yuqori sezuvchanlik, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, giperkaliyemiya, gipermagniyemiya, shok, atrioventrikulyar blokada, arterial gipotenziya, oliguriya va anuriya, degidratatsiya, o‘tkir metabolik atsidoz, og‘ir miasteniya, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining yetishmovchiligi, Addison kasalligi, gemoliz, metanol bilan zaharlanish, fruktozo-1-6-fosfataza tanqisligi, bolalarda aminokislotalar almashinuvini buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan Jigar faoliyatini buzilishlari, shishlarni paydo bo‘lishi xavfi, qon plazmasida fosfatlar darajasini pasayishi, kaltsiy, magniy va fosfatini almashinuvini buzilishlari bilan bog‘liq siydik-tosh kasalligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki angiotenzinga - aylantiruvchi fermenti (AAF) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkalemiyaga olib kelishi mumkin (qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur).
Kaspargin yurak glikozidlari eritmalari bilan farmatsevtik mutanosib (ularni o‘zlashtiraolinishini yaxshilaydi, noxush samaralarni kamaytiradi), unga zarurat bo‘lganida yurak glikozidlari eritmalarini qo‘shish mumkin.
Preparat aritmiyaga qarshi preparatlarning manfiy dromo- va batmotrop ta'sirini kuchaytiradi.
Magniy ionlarini saqlashi hisobiga neomitsin, polimiksin V, tetratsiklin va streptomitsin samarasini pasaytiradi. Kaltsitrol qon plazmasida magniy kontsentratsiyasini oshiradi, kaltsiy preparatlari magniyning samarasini pasaytiradi. Umumiy anestetiklar markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini oshiradi. Qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar (atrakuriy bezilati, deksametazon bromidi va suksametoniy xloridi, bromid, yodid bilan) bir vaqtda qo‘llanganida nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin. Agar preparatni boshqa in'ektsion eritmalar bilan aralashtirilganda xiralashish yoki opalestsentsiya paydo bo‘lsa, u holda bunday aralashmalarni yuborish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat shikastlanmagan flakonlardagi tiniq eritmalarni ishlatish lozim. Flakon ochilgandan keyin Kasparginni darhol ishlatish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi.
Preparatni pediatriyada faqat bevosita ko‘rsatma bo‘lganida va kutiladigan foyda va mumkin bo‘lgan xavfni baholangandan keyingina qo‘llash mumkin.
Preparatni patsiyentni hayoti uchun xavf tug‘dirishi tufayli, v/i tez yuborish mumkin emas.
Preparatni uzoq vaqt qo‘llanganda EKG va qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Preparat bilan davolash davrida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi giperkalemiya va gipermagniyemiya simptomlari bilan kechadi.
Giperkaliyemiya simptomlari umumiy holsizlik, kardiovaskulyar simptomlar (bradikardiya, aritmiya, qon bosimini tushishi, tomirli kollaps, xushdan ketish xatto yurak qorinchalarini lipillashi va diastolada yurakni to‘xtashi); neyrotoksik simptomlar (propriotseptiv sezuvchanlikni buzilishi, oyoqlarda paresteziyalar va ongni chalkashishi).
Gipermagniyemiya simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda metall ta'mi, letargiya, qovuq atoniyasi, qabziyat, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni va qorinchalarda qo‘zg‘alishni tarqalishini yomonlashishi yuqoriroq kontsentratsiyalarda chuqur pay reflekslarni so‘nishi, qon bosimini tushishi, nafasni falaji, diastolada yurakni to‘xtab qolishi.
Davolash kaltsiy va natriy tuzi eritmalarini v/i ga yuborish 0,9% li natriy xloridi eritmasini; 10-40 ml 10% li kaltsiy glyukonati yoki kaltsiy xloridini (dozani oshirib yuborilishini og‘irligiga qarab), insulin bilan 300-500 ml glyukozaning 5% li eritmasini v/i tomchilab (har 3-5 g glyukozaga 1 TB insulin) nafas faoliyatini va gemodinamikani tutilib turishi bo‘yicha tadbirlarni, simptomatik davolash o‘tkaziladi. Magniy ionlarining toksik ta'siri chaqirgan periferik parezlarda, ayniqsa nafas mushaklarini parezida fizostigmin yuborish mumkin. Og‘ir zaharlanish holatlarida sanab o‘tilgan tadbirlar samarasiz bo‘lganida yoki buyrak yetishmovchiligida bo‘lganida gemodializ yoki peritoneal dializni o‘tkazish ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
Infuziya uchun eritma 100, 250 yoki 500 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Jurabek Laboratories» MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100003, Toshkent sh., Olmazor ko‘ch. 165,
tel/faks (99871) 150-03-03
Web.www.jurabek.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.