Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Panangin infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10ml №5
Nomi | Narx | |||||
Панангин амп. 10мл №5 (A3C902S##2 298) |
UZS 66 700
UZS 69 500
-4%
Экономия UZS 2 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Панангин амп. 10мл №5 (А39026А##2 412) |
UZS 71 000
UZS 74 000
-4%
Экономия UZS 3 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Панангин амп. 10мл №5 (А39026А##2 411) |
UZS 71 000
UZS 74 000
-4%
Экономия UZS 3 000
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Vengriya
Дозировка
452мг+400мг/10мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Гедеон Рихтер, ОАО
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Концентрат для приготовления раствора для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Panangin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) kaliy asparaginati, magniy asparaginati.
Dori shakli
infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 452 mg kaliy asparginati (103,23 mg kaliyga muvofiq keladi) va 400 mg magniy asparginati (33,7 mg magniyga muvofiq keladi).
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv 10 ml gacha.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mineral preparatlar.
ATX kodi A12SS55.
Farmakologik xususiyatlari
Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarning ishiga, makromolekulalarni subtsellyulyar elementlari bilan bog‘lanishjarayoniga va molekulyar darajadagi mushak qisqarishi mexanizmiga kirishadi. Kaliy, kaltsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi kontsentratsiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Asparaginat endogen modda sifatida kaliy va magniy ionlarining tashuvchisidir; hujayralarga yuqori affinitetga ega, uning tuzlari ahamiyatsiz darajada dissotsiatsiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Kaliy va magniy asparaginati yurak mushaklari metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmga tushishini yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar tomirlarning sklerotik turi patologiyasini, yurak ritmini buzilishlarini, miokardning degeneratsiyasini rivojlanishiga yordam beradi.
A'zo va to‘qimalarga bir tekis taqsimlanadi. Qon plazmasida kalьtsiy ionlashgan shaklda bo‘ladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak sutiga o‘tadi. Organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Yetarli klinik tajribalar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmining buzilishlarida, eng avvalo ventrikulyar aritmiyalarda qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Preparatni angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat faqat vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Bu maqsadda 1-2 ampulaning ichidagisi 5% li glyukoza eritmasida suyultirib, vena ichiga sekin, tomchilab yuboriladi. Zarurati bo‘lganida doza 4-6 soatdan keyin takrorlanishi mumkin.
Preparat majmuaviy davolash uchun yaroqli.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat tez yuborilganda giperkaliyemiya/gipermagniyemiyaning simptomlarini paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shokda (AB<90 mm. sim. ust.) qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tez yuborish yuzning giperemiyasini chaqirishi mumkin.
Preparatni giperkaliyemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa patsiyentlarda qonda ionlar darajasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik va laktatsiya. Hozirgi vaqtgacha preparat bu toifa patsiyentlarda qo‘llanganida qanday bo‘lmasin xavf paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilmagan.
Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Preparat transportni haydashga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliyemiya/gipermagniyemiyaning simptomlarining paydo bo‘lishini xavfi oshadi.
Giperkaliyemiyaning simptomlari toliqish, miasteniya, paresteziyalar, ongni chalkashishi, yurak funktsiyasini buzilishlari (bradikardiya, atrioventrikulyar blokada, aritmiyalar, yurakni to‘xtab qolishi).
Gipermagniyemiyaning simptomlari nerv mushak qo‘zg‘aluvchanligini pasayishi, qusishga qistovlar, qusish, letargiya, AB ni pasayishi. Qonda magniy ionining kontsentratsiyasi keskin oshganida chuqur paylar reflekslarini susayishi, nafasni falaji, koma.
Doza oshirib yuborilgan hollarda Papangin bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalьtsiy xloridini 100 mg/min dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.
Chiqarilish shakli
Infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat 10 ml.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
Gedeon Rixter, OAO, Vengriya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.