Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Panangin tab. №50
Nomi | Narx | |||||
Панангин таб. №50 (T42210A##2 238) |
UZS 44 700
Stokda yetarli (6)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Панангин таб. №50 (T42210A##2 269) |
UZS 44 600
Stokda yetarli (11)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Магния аспарагинат, калия аспарагинат
Страна производитель
Венгрия
Производитель
Гедеон Рихтер, ОАО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
1. PREPARATNING NOMI
PANANGIN, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
PANANGIN
2. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI
Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 158 mg kaliy asparaginati (½ N2O kaliy asparaginati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (4 N2O magniy asparaginati shaklida) saqlaydi.
Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda keltirilgan.
3. DORI ShAKLI
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va sezilarsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
4. KLINIK XUSUSIYATLARI
4.1
Qo‘llanilishi
Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi.
Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbai sifatida ham qo‘llanadi.
4.2
Qo‘llash usuli va dozalari
Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin. Me'da shirasi preparatning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun tabletkalarni ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi.
4.3
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta'sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (AB<90 mm. sim. ust.) da qo‘llash mumkin emas.
4.4
Maxsus ko‘rsatmalar
va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Preparatni giperkaliyemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa patsiyentlarda qon zardobida elektrolitlar kontsentratsiyasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi.
4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri va o‘zaro ta'sirning boshqa shakllari
Ichga qabul qilinadigan tetratsiklinlar, temir tuzlari va natriy ftoridi preparatni me'daichak yo‘llaridan so‘rilishini tormozlaydi. Preparatni yuqorida eslatib o‘tilgan dori vositalari bilan majmuada qo‘llaganda qabul qilish orasida kamida 3 soatlik interval bo‘lishi kerak.
Preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshiradi.
4.6 Homiladorlik va laktatsiya
Preparat bu toifa patsiyentlarda qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning qandaydir zararli ta'siri to‘g‘risida xabar berilmagan.
4.7 Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
4.8 Nojo‘ya reaktsiyalari
Me'daichak yo‘llari tomonidan
Preparatning katta dozalari qo‘llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin.
4.9
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta'riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliyemiya va gipermagniyemiya simptomlarini yuz berish xavfi oshadi.
Doza oshirib yuborilgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kaltsiy xloridini minutiga 100 mg dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak.
5. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
5.1 Farmakodinamik xususiyatlari
Farmakoterapevtik guruhi
Magniy asosidagi vositalar
ATX kodi A12SS30
Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarni faoliyat ko‘rsatishi, makromolekulalarni hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lanishi uchun, shuningdek mushak qisqarishining molekulyar mexanizmi uchun xam zarurdir. Kaliy, kaltsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi kontsentratsiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatadi. Aspartat - kaliy va magniy ionlarining tashuvchisi bo‘lgan endogen moddadir; hujayralarga yuqori affinitetga ega. Shu bilan birga uning tuzlari kuchsiz dissotsiatsiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Magniy va natriy asparaginati miokardning metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmdagi yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishini, yurak ritmini buzilishlarini, miokard patologiyasini rivojlanish havfini oshiradi.
5.2 Farmakokinetik xususiyatlari
Ma'lumotlar yo‘q.
5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari
Ma'lumotlar yo‘q.
6. FARMATSEVTIK XUSUSIYATLARI
6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati
Tabletka yadrosi suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali,
Plyonka qobig‘i makrogol 6000, titan dioksidi (E171), eugidrat Ye 100, tal'k.
6.2 Nomutanosiblik
Ma'lumotlar yo‘q.
6.3
Yaroqlilik muddati
5 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.
6.4 Maxsus saqlash sharoitlari
+15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
6.5O‘rami
50 plyonka qobiq bilan qoplangantabletka burma polietilen taglik bilan ta'minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
6.6Berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
7.
Ishlab chiqaruvchi
va muomalaga chiqarish uchun mas'ul
«Gedeon Rixter» OAJ
1103 Budapesht, Demrei ko‘ch., 19-21, Vengriya.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.