Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Venarin In'ektsiya uchun eritma 500 mg / 5 ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мельдоний
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500 мг/5 мл 5 мл
Производитель
BIOGEN,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd., Великобритания,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Venarin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Meldoniy
Dori shakli
In'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
Faol modda Trimetilgidraziniy propionat degidrati (meldoniy) – 500 mg.
Yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv – 5 ml gacha.
Ta'rifi Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita.
ATX kodi S01EV
Farmakologik xususiyatlari
Preparat – gamma-butirobetain moddasining struktur analogi bo‘lib, inson organizmining har bir hujayrasida mavjuddir.
Yuqori yuklama sharoitida preparat hujayralarni kislorodga bo‘lgan ehtiyoji va uni yetkazib berilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, ularda modda almashinuvining toksik mahsulotlarini to‘planishini oldini oladi; shuningdek tonusni oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Uni qo‘llash natijasida organizm yuklamaga bardosh berish va energiya zahiralarini tez tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shu xususiyatlari tufayli, meldoniy yurak-qon tomir tizimi faoliyatining, miyada qon aylanishining turli buzilishlarini davolash uchun, shuningdek jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida meldoniy nekrotik sohani hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, tiklanish davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshiradi, stenokardiya xurujlar sonini kamaytiradi. Miyada qon aylanishining o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyaga uchragan sohalar foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samaralidir. Preparat surunkali alkogolizmga duchor bo‘lgan bemorlarda abstinentsiya sindromida nerv tizimining funktsional buzilishlarini yo‘qotadi.
Farmakokinetikasi
Preparatni vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin biokiraolishligi 100% ga teng. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax), uni yuborilgan zaxoti erishiladi. Organizmda metabolizmga uchrab, ikkita asosiy metabolitlarini hosil qiladi va ular buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-6 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va kardiomiopatiyani majmuaviy davolash tarkibida, shuningdek miyani qon bilan ta'minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishlar, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik).
Ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqish, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqish.
Surunkali alkogolizmdagi abstinentsiya sindromida (alkogolizmni spetsifik davolash bilan birgalikda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘zg‘atuvchi xususiyatini kuchayishi mumkinligi tufayli, kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Yurak-qon tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (in'ektsiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml), dozani hammasini bir yo‘la yoki ikkiga bo‘lib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi.
Miyada qon aylanishini buzilishi. O‘tkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 hafta. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin o‘tkazilishi mumkin.
To‘r pardasining qon-tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari
Ko‘zning in'ektsiya uchun 500 mg/5 ml eritmasining 0,5 ml 10 kun davomida parabulbar qo‘llanadi.
Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, shu jumladan sportchilardagi zo‘riqishlar
Kattalarga 0,5 g dan vena ichiga (5-10 ml in'ektsiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash yana 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi.
Surunkali alkogolizm. V/i – 0,5 g dan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi – 7-10 kun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan kam hollarda - taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi;
Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT) kam hollarda - psixomotor qo‘zg‘alish;
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan kam hollarda - dispeptik holatlar;
Allergik reaktsiyalar kam hollarda - terini qichishishi, qizarish, toshma, shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki o‘smalari);
- MNT ning organik shikastlanishlari;
- homiladorlik, laktatsiya davri;
- preparatga yuqori sezuvchanlik;
- 18 yoshgacha bo‘lganlada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta'sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitroglitserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuada qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrakning surunkali kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga preparatni uzoq muddat qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Meldoniyni bolalarda qo‘llanishi to‘g‘risida yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasiga ko‘ra, o‘tkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.
Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llash xavfsizligi isbotlanmagan.
Homilaga noxush ta'sirlaridan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi.
Preparatni ona suti bilan chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, unda emizish to‘xtatiladi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Psixomotor reaktsiyalar tezligiga meldoniyning noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun 500 mg/5 ml eritma ampulada 5 ml dan
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"BIOGEN” MChJ, O‘zbek-Buyuk Britaniya QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100069, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51. tel/faks (99871) 248 04 99
«Citco Chemicals» LTD, Angliya uchun
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.