Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dermazol shampuni 2% 50ml
Nomi | Narx | |||||
ДЕРМАЗОЛ Шампунь 2% 50мл (1003245##2 288) |
UZS 41 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кетоконазол
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
50 мл
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Шампунь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Har bir ml shampun quyidagilarni saqlaydi
- Davolash
- Qazg‘oq va seborey dermatiti
- Kepaksimon temiratki
- Profilaktika
Preparatning savdo nomi
Dermazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketokonazol
Dori shakli
shampun
Tarkibi
Har bir ml shampun quyidagilarni saqlaydi
faol modda ketokonazol 20 mg
yordamchi moddalar natriy lauril efir sulfat, kokodietanolamid, propilenglikol, dinatriy monolauril efir sulfosuktsinat, makrogol 120 metilglyukoza dioleat, xloristovodorodli kontsentratsiyalangan kislota, natriy xlorid, natriy gidroksid pelletlar, butilgidroksitoluol, ponso 4R, imidomochevina, SK D00923 xushbo‘y moddasi va tozalangan suv.
Ta'rifi pushti rangdan qizil ranggacha o‘ziga xos hidli tiniq qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Tashqi qo‘llanilish uchun mo‘ljallangan zamburug‘ga qarshi preparatlar. Imidazol va triazol hosilalari. Ketokonazol.
ATX kodi D01AC08
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ketokonazol – imidazol dioksolanning zamburug‘ga qarshi hosilasi bo‘lib, drojjisimon zamburug‘lar, shu jumladan Malassezia va dermatofitlarga nisbatan ta'sirga ega. Keng faollik doirasiga ega.
Farmakokinetikasi
Bosh terisigaDermazol 2% shampuni mahalliy qo‘llanilganidan so‘ng ketokonazolning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi aniqlanmagan. Dermazol 2% shampuni mahalliy qo‘llanilganidan so‘ng plazma darajalari butun tana yuzasiga surtilganidan keyin aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Dermazol shampuni seborey dermatiti, qazg‘oq va Pityrosporum turidagi zamburug‘ tomonidan qo‘zg‘atilgan kepaksimon temiratkini davolash va oldini olish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
Ketokonazol 2% shampuni o‘smirlar va katta yoshdagilar tomonidan qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
Shikastlangan teri sohalariga surtiladi va 3-5 daqiqa shu holatda qoldiriladi, so‘ngra yuvib tashlanadi.
Davolash
Qazg‘oq va seborey dermatiti
soch 2-4 hafta davomida haftasiga ikki marta yuviladi.
Kepaksimon temiratki
5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida kuniga bir mahal qo‘llaniladi.
Profilaktika
Qazg‘oq va seborey dermatiti
1-2 hafta davomida bir mahal qo‘llaniladi.
Kepaksimon temiratki
3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida har kuni quyosh chiqqungacha qo‘llaniladi.
Bolalar
12 yoshdan kichik yoshdagi bolalarga Dermazol 2% shampuni qo‘llanilish xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ketokonazol 2% shampuni qo‘llanilish xavfsizligi 22 ta klinik tadqiqotda ishtirok qilgan 2890 nafar sinaluvchida baholangan. Ketokonazol 2% shampuni bosh terisiga va/yoki tana terisiga surtilgan. Xavfsizlikka tegishli umumlashtirilgan ma'lumotlar natijalari asosida ushbu klinik tadqiqotlarda ≥1% takrorlanish tezligiga ega bironta ham nojo‘ya reaktsiya to‘g‘risida ma'lum qilinmagan.
Quyidagi jadvalda klinik tadqiqotlar davomida Ketokonazol 2% shampuni qo‘llanilganda yoki preparat bozorga chiqarilganidan so‘ng ma'lum qilingan nojo‘ya reaktsiyalar aks ettirilgan.
Nojo‘ya ta'sirlar takrorlanish tezligi bo‘yicha quyidagi tasnifdan foydalanib ko‘rsatilgan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha), juda kam hollarda (<1/10,000), noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha baholanishi mumkin emas).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezda ketokonazolga yoki uning yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt tashqi qo‘llanilish uchun kortikosteroidlardan foydalanadigan patsiyentlarga bekor qilish ta'siridan saqlanish uchun Dermazol® 2% shampuni qo‘llanilganida steroidlar bilan davolanishni asta-sekin, 2-3 hafta davomida bekor qilish tavsiya etiladi.
Ko‘zga tushishidan saqlansin. Ko‘zga tushgan holatda, ularni suv bilan yuvib tashlash kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatning homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi yuzasidan tegishli va nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Mavjud cheklangan ma'lumotlar ketokonazol mahalliy qo‘llanilgan vaqtda homiladorlik kechishiga yoki homila/yangi tug‘ilgan chaqaloq sog‘lig‘iga nojo‘ya ta'sirlar mavjud emasligidan dalolat beradi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ketokonazolning mahalliy qo‘llanilishiga muvofiq bo‘lmagan dozalarda reproduktiv toksiklikni tasdiqlagan. Emizikli yangi tug‘ilgan chaqaloqlar/yosh bolalarga ta'siri taxmin qilinmaydi.
Ketokonazol 2% shampuni homilador bo‘lmagan ayollar bosh terisiga surtilgandan so‘ng qon plazmasidagi darajasi aniqlanmagan. Ketokonazol 2% shampuni tananing butun yuzasiga surtilgandan so‘ng qon plazmasidagi darajasi aniqlangan. Ketokonazol 2% shampunining homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilish xavfi noma'lum.
Transport vositasini boshqarish va boshqa mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumotlar yo‘q.
Dozaning oshirib yuborilishi
Tasodifan ichga tushganida, quvvatlovchi va simptomatik tadbirlarni o‘tkazish kerak. Aspiratsiya oldini olish uchun qayt qilishni sun'iy ravishda qo‘zg‘atish yoki me'dani yuvish tavsiya etilmaydi.
Chiqarilish shakli
8 ml dan shampun sashelarda. 20 ta sashe tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
50 ml yoki 100 ml dan shampun yuqori zichlikka ega polietilendan tayyorlangan “yoqali”, qaytarma ochiladigan qalpoqchali oq rangli buraladigan qopqoqli flakonlarda. Flakonning oq rangli buraladigan qopqog‘i PVX-issiqda qisqaruvchi plyonkaga o‘ralgan. Har bir flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroklik muddati o‘tgach ko‘llanilmasin.
Dorixonalardan berilish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Ishlab chiqarish manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.