Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Keto-Plyus shampun 60 ml
Nomi | Narx | |||||
Кето-Плюс шампунь 60мл (10233106##2 234) |
UZS 73 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Кето-Плюс шампунь 60мл (10233106##2 236) |
UZS 76 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кетоконазол, пиритион цинка
Страна производитель
Индия
Дозировка
60 мл
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Шампунь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Keto plyus
Ta'sir etuvchi modda (XPN) yo‘q
Dori shakli
Shampun
Tarkibi
1 ml preparat quyidalarni saqlaydi
faol moddalar 20 mg ketokonazol, 48% dispersli rux piritioni 10 mg rux piritionga ekvivalent;
yordamchi moddalar alyuminiy va magniy silikati, kremniy kolloid dioksidi, kontsentratsiyalangan xlorid kislotasi, gipromelloza 50 CPS, imidomochevina, Karmoizin Supra IH bo‘yovchisi, shvetsariya guldasta aromatizatori R3043, propilenglikol, shampun asosi toza jemchujn, tozalangan suv.
Ta'rifi yopishqoq, xushbo‘y hidli, qizil rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
teri kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar. Davolovchi ta'sir ega bo‘lgan shampunlar. Davolovchi ta'sir ega bo‘lgan boshqa shampunlar.
ATX kodi D11AC30
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ketokonazol, imidazol-dioksalanning sintetik hosilasi bo‘lib, Trichophyton spr., Epidermophyton spr., Microsporum spr., kabi dermatofitlar va Candida spr. vaMalassezia furfur (Pityrosporum ovale) lap kabi achitqisimon zamburug‘larga nisbatan zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Rux piritioni - epitelial hujayralarga antiproliferativ ta'sirga ega va terining ortiqcha kepaklanishini chaqiradigan Pityrosporum ovale va Pityrosporum orbiculate ga nisbatan zamburug‘larga qarshi faollik namoyon qiladi. Keto plyus shampuni bosh terisining kepaklanishini va qichishishini kamaytiradi, odatda ular qazg‘oqli va seboreyali dermatit bilan assotsiyalanadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida ketokonazol va rux piritionining teri orqali so‘rilishi sezilarsiz. Shampun uzoq muddat qo‘llanganida faol moddalarning qonda saqlanishi aniqlanmaydi, shuning uchun preparat tizimli ta'sirga ega emas.
Qo‘llanilishi
- boshning sochli qismini zamburug‘li shikastlanishi seboreyali dermatit, kepaklanuvchi temiratkida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Qo‘llash usuli
1.Suv bilan soch va bosh terisining sochli qismini yuvish.
2.Soch va bosh terisining sochli qismini yuvish va ko‘pik hosil bo‘lishi uchun yetarli miqdorda shampun surtiladi.
3.Bir minut davomida soch va bosh terisining sochli qismiga uqalash harakatlari bilan shampunni yoyish.
4.Surtilgan shampunni issiqroq suv bilan yuvish. Jarayonni yana qaytarish va soch va bosh terisining sochli qismiga shampunni surtib 3-5 minut davomida qoldirish.
5.Sochlarni issiqroq suv bilan yuvish, sochiq yoki fen bilan quritish.
Davolash kursi kepaklanuvchi temiratkida har kuni 5-7 kun davomida, seboreyli dermatitda – 1 oy davomida haftada 2 marta.
Kepaklanuvchi temiratkini profilaktikasi - har kuni 3-5 kun davomida.
Boshning sochli qismini seboreyali dermatiti - haftada 1 marta 1 oy davomida.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda
- mahalliy ta'sirlanish, qichishish yoki kontakt dermatit (ta'sirlanish yoki allergik reaktsiyalar oqibatida);
- sochlarning yog‘liligi va quruqligini oshishi;
- soch to‘kilishini kuchayishi.
Juda kam hollarda
- o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, eshakemi;
- terining quruqligi;
- alohida hollarda, asosan kimyoviy shikastlanishi yoki oqargan sochlari bo‘lgan patsiyentlarda sochlar rangini o‘zgarishi aniqlangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
.
- ketokonazol, boshqa azol hosilalari, rux piritioni va preparatni yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari
O‘rganilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
• Ko‘zga tushishidan saqlaning. Shampun ko‘zga tushganida uni suv bilan yuvish kerak.
• Muntazam ravishda shampun qo‘llanilgandan keyin holat yomonlashganida yoki yaxshilanish kuzatilmaganida shifokor bilan maslahatlashish zarur.
• Shampun qo‘llanilganda kimyoviy jingalak qilingan sochlar to‘kilishi mumkin.
• Nojo‘ya reaktsiyalar yoki ta'sirlanish paydo bo‘lganda shampun qo‘llashni to‘xtatish kerak.
• Anamnezida piritionga allergik reaktsiyalar yoki konservantlar, bo‘yovchilarga allegiyasi bo‘lganda shifokorga xabar bering.
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroidlarni (GKS) qabul qiluvchi patsiyentlarda Glyukokortikoidlar bilan mahalliy uzoq vaqt davolashda bekor qilish sindromini bartaraf etish uchun, glyukokortikosteroidlarni mahalliy qo‘llashni Keto plyus shampuni bilan birga davom ettirishni, keyinchalik glyukorkortikosteroidlarni 2-3 hafta davomida sekin-asta bekor qilish tavsiya qilinadi.
Seboreyali dermatit va kepaklanish tez-tez kuchli soch to‘kilish bilan kechishi mumkin. Kam hollarda sochning to‘kilishini Keto plyus shampunini qo‘llaganda kuchayishi aniqlangan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Ketokonazol va rux piritioni mahalliy qo‘llanganidan so‘ng teri orqali sezilarsiz darajada so‘riladi, shuning uchun Keto plyus shampunini homiladorlik va laktatsiya davrida ishlatish mumkin. Ammo shampunni faqat qat'iy ko‘rsatmalar asosida, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ortiq bo‘lganda qo‘llash kerak.
Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etish xususiyati
Keto plyus shampuni avtomobilni boshqarish va texnikalar bilan ishlash qobiliyatiga o‘zaro ta'sir etmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Keto plyus shampuni qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi rivojlanmaydi, chunki preparat faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljalangan. Ichga qabul qilib yuborilgan holatlarda maxsus choralar talab etilmaydi. Aspiratsiyani oldini olish uchun qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish mumkin emas.
Chiqarilish shakli
60 ml va 150 ml dan shampun plastik flakonlarda. 1 flakondan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Petseptciz.
Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Farmasyutikal LTD,
Hindiston, 422007, Maxarashtra, MIDS area, Satnur, Nasik, PLOT №E 37,39,.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.