Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бисакодил
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Нижфарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Shamchalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bisakodil
Xalqaro patentlanmagan nomi
Bisakodil
Dori shakli
Rektal suppozitoriylar
Bir suppozitoriy tarkibi
ta'sir etuvchi modda bisakodil – 10 mg,
yordamchi moddalar qattiq yog‘ (N 15, W 35 markali) Vitepsol, (NA 15, NAS 50 markali) Supposir)) vazni 1,25 g gacha bo‘lgan suppozitoriy olinguncha.
Ta'rifi oqdan to biroz sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriylar yuzasida oq karash paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositasi
ATX kodi A06AV02
Farmakologik xususiyatlari
Ichakning retseptor apparatini ta'sirlanishini chaqiradi, ichakning shilliq qavatiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi, yo‘g‘on ichakda shilimshiq sekretsiyasini oshiradi.
Ichakda so‘rilmaydi. Me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta'sirlovchi samara ko‘rsatuvchi olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda metabolitni hosil bo‘lishi bilan gidrolizlanadi. Ta'siri birinchi soat davomida sodir bo‘ladi.
Qo‘llanilishi
Gipotonik va atonik qabziyat (shu jumladan keksalardagi; operatsiyalar va tug‘ruqlardan keyingi qabziyat). Ich kelishini boshqarish (gemorroy, proktit, anus yoriqlari). Xirurgik operatsiyalarga, asboblar yordamidagi va rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlashda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichakni tutilishi, churrani qisilib qolishi, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining o‘tkir kasalliklari, peritonit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, metrorragiya, sistit, spastik qabziyatlar, o‘tkir gemorroy, o‘tkir proktit, 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va/yoki buyraklar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, quyidagi dozalarda buyuriladi kattalarga va 14 yoshdan oshgan bolalarga 10-20 mg bisakodil (1-2 shamcha), 8-14 yoshli bolalarga – 10 mg bisakodil (1 shamcha) buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni qo‘llash paytida eng ko‘p uchraydigan salbiy reaktsiyalar qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar va diareya.
Oshqozon - ichak trakti qorin bo‘shlig‘idagi og‘riqlar yoki noqulaylik, diareya (suvsizlanish, mushaklarning kuchsizligi, siqilish, qon bosimi pasayshi), ko‘ngil aynish, qusish, najasdagi oz miqdordagi qon, to‘g‘ri ichakdagi noqulaylik va kolit.
Shamlardan foydalanish og‘riq va maxalliy tirnash xususiyati bilan birga bo‘lishi mumkin, ayniqsa anal yoriq yoki qrali proktit bilan.
Nerv tizimida bosh aylanishi, xushidan ketish. Preparatni qo‘llashdan keyin paydo bo‘ladigan ushbu nojo‘ya ta'sirlar vazovagal reaktsiya bilan bog‘liq (ya'ni, ichak spazmi, ichak xarakatlari paytida kuchlanish).
Immunitet tizimida yuqori sezuvchanlik, angiodema, anafilaktik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari diareya, suvsizlanish, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi, gipokaliyemiya, yo‘g‘on ichak atoniyasi.
Davolash simptomatik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diuretiklar yoki glyukokortikosteroidlar elektrolitlar muvozanati xavfini oshirishi mumkin (glipoglikemiya) Bisakodil-Nijfarmning xaddan tashqari yuqori dozalarini qabul qilishda. Elektrolitlar muvozanati buzilishi (gipokalemiya) yurak glikozidlari ta'siriga sezgilikni kuchaishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddatli foydalanish suyuqlik yuqotilishiga, elektrolitlar muvozanatiga, gipokalemiyaga olib kelishi mumkin, bu chanqoqlik va oliguriya kabi alomatlar bilan birga bo‘lishi mumkin. Suvsizlanish tanaga zarar yetkazishi mumkin (masalan, buyurak yetishmovchiligida, keksa bemorlarda), shuning uchun yuqoridagi belgilar bilan preparatni bekor qilish kerak va faqat shifokor nazorati ostida tiklanishi mumkin.
Bemorlarda najasda qon izlari bo‘lishi mumkin, bu xodisa odatda yumshoq va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Preparatni qabul qiladigan bemorlarda bosh aylanishi va xushidan ketish kuzatildi. Taxlillar shuni qo‘rsatdiki, bu xolatlar ichak xarakatlari paytida xushidan ketish (yoki ichak xarakatlari paytida tanglik natijasida paydo bo‘lgan xushidan ketish) bilan yoki qorin og‘rig‘iga vazovagal javob bilan bog‘liq bo‘lib, ular ich qotishi sababli bo‘lishi mumkin va bu preparatni qabul qilish bilan bog‘liq emas. Bolalar preparatni shifokor bilan maslaxatlashkanidan keyin ichishlari kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning avto va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, bemorlarga vazovagal reaktsiya natijasida (yani ichak spazmida) bosh aylanishi va/yoki xushidan ketishi mumkinligi xaqida xabar berish kerak. Shuning uchun transport vositalarini boshqarishda va boshqa xavfli bo‘lishi
mumkin bo‘lgan ishlarda extiyet bo‘lish kerak; psixomotor reaktsialarning tezligi va tezligini oshirishni talab qiladi.
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 10 mg, 5 suppozitoriydan polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda. 2 kontur o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.