Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bisakodil tab. 5mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бисакодил
Страна производитель
Болгария
Дозировка
5 мг
Производитель
Балканфарма-Дупница АД
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bisakodil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Bisakodil
Dori shakli
Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda bisakodil - 5 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati, jelatin, plyonka qobiq (metakril kislotasi – etilakrilat sopolimeri 11, talk, titan dioksidi, makrogol 6000, xinolin sarig‘i 70 Ye 104).
Ta'rifi sariq, dumaloq, ikki tomonlama qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositasi.
ATX kodi A06AV02
Farmakologik xususiyatlari
Bisakodil yo‘g‘on ichakning shilliq qavatiga bevosita ta'sir qilish natijasida surgi ta'sirga ega bo‘lgan dori vositadir. Ichak fermentlari tomonidan parchalanadi va ichakning harakatini, shuningdek yo‘g‘on ichakning bo‘shlig‘ida suyuqlik va elektrolitlarni to‘planishini rag‘batlantirib, shu bilan uni bo‘shalishini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Ta'siri ichga qabul qilingandan keyin 8-12 soat o‘tgach boshlanadi.
Ichakda ahamiyatsiz darajada so‘riladi. Olddori hisoblanadi, ishqoriy muhitda me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ta'sirlovchi samara ko‘rsatuvchi metabolitini hosil bo‘lishi bilan gidrolizga uchraydi.
Qo‘llanilishi
Bisakodil qabziyatni qisqa muddatli davolash uchun va zarurati bo‘lganida gemmoroy, orqa chiqaruv sohasidagi oqmalar va yoriqlar bo‘lganida ich bo‘shalishini (defekatsiyani) yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bisakodilni har doim ushbu varaqaning ko‘rsatmasiga aniq rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmagan bo‘lsangiz, shifokor yoki farmatsevtdan so‘rang.
Tavsiya qilingan dozalar
• Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalar sutkada 1-2 tabletka (5-10 mg).
• 4 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar sutkada 1 tabletka (5 mg).
Tabletkalarni uyqudan oldinqabul qilish tavsiya qilinadi.
Davolash davomiyligi – 8-10 kun. Preparatnihar kuni qabul qilish mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanilishi
10 yoshdan kichik bolalarda preparatni faqat shifokor buyurtmasi bo‘yicha qo‘llash kerak.
Bolalarda tabletkalarni ertalabki qabulini bisakodil saqlovchi shamchalarga o‘zgartirishni ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.
Agar Sizda Bisakodilning samarasi yetarli emas yoki kutilgandan yuqori taassurotini o‘yg‘otsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi Bisakodil ham nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin, garchi ular hammada namoyon bo‘lmasa ham.
Qorin sohasida noqulaylik, qorin og‘rig‘i, ich ketishi bo‘lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar, shu jumladan, angionevrotik shish (yuz, ko‘zlar, lablar va bo‘yinning yumshoq to‘qimalari shishi) va anafilaktik reaktsiyalar (og‘ir allergik reaktsiyalar) haqida ma'lumotlar bor.
Agar biron bir nojo‘ya reaktsiyalari jiddiylashsa, yoki Sizda ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan biron bir nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bisakodil quyidagi holatlarda qo‘llanmaydi
• dori preparatiga va/yoki preparatning biron bir yordamchi moddasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda (allergiyalar);
• ichak tutilishida;
• qorinda kuchli og‘riq (dam bo‘lishi), appenditsitda, o‘tkir enteritda (ingichka ichakning yallig‘lanishi);
• og‘ir suvsizlanishda;
• 4 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ogohlantirishlar
Bu dori vositasini qo‘llashda quyidagilarni ko‘zda tuting
Bu prepartni uzoq vaqt qo‘llash, shuningdek har kuni ishlatish mumkin emas.
Agar ayniqsa shikoyatlar davom etsa, va holat yaxshilanmasa, ehtiyotkorlik bilan qabziyatning sababini aniqlash mumkin.
10 yoshdan kichik bolalarda faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Iltimos, Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotganingiz yoki yaqinda qabul qilganingiz haqida, xatto agar ular Sizga buyurilmagan bo‘lsa ham, davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.
Bisakodil va diuretiklar (siydikni chiqarilishini kuchaytiruvchi dorilar) va/yoki adrenokortikosteroidlarning yuqori dozalarini qo‘llash organizmda tuz muvozanatini buzilishi xavfini oshirishi mumkin.
Bu tuz disbalansi, bir tomondan yurak glikozidlarga (yurak yetishmovchiligini davolash uchun dorilarga) yuqori sezuvchanlikni chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Biron-bir dori vositasini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Preparatni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, homiladorlik va emizish davrida dori vositasini qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni boshqarish yoki texnika bilan ishlash kabi diqqatni jamlash bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlarni amalga oshirishga noxush ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bisakodilni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish
Bu preparat bilan davolash vaqtida ovqat yoki ichimliklarning ma'lum turlarini qabul qilishni cheklash yoki o‘ziga xos ovqatlanish tartibiga rioya qilishning zarurati haqida ma'lumotlar yo‘q. Qabziyatni yengillashtirish uchun, ichakni bo‘shalishini rag‘batlantiradigan tolalarga boy ovqat, mevalar va sabzavotlarni har kuni qabul qilish tavsiya qilinadi.
Yordamchi moddalari haqida ma'lumotlar
Dori vositasi bug‘doy kraxmalini saqlaydi va bug‘doyga allergiyasi bo‘lgan odamlar uchun (tseliakiyada farq qiladigan) xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun ular qabul qilishlari mumkin emas.
Agar shifokor Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik mavjud degan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing, chunki u laktoza saqlaydi.
Agar Siz Bisakodil qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agarda Siz bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, eslagan zahoti qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozasini o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang. Navbatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling.
Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan biron-bir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Bisakodilni odatdagidan ortiq dozada qabul qilgan bo‘lsangiz ich ketishi, qorin sohasida og‘riq va spazmlar paydo bo‘lishi, tuz disbalansi, shuningdek qonda kaliyni pasayishi mumkin.
Yuqori dozalarni uzoq vaqt qabul qilish surunakali ich ketishi, qorin og‘rig‘i, qonda kaliyning darajasini pasayishiga, buyrak usti bezlari faoliyatini oshishiga, buyrak–tosh kasalligiga olib kelishi mumkin. Gipokaliyemiya natijasida mushaklarning kuchsizligi va buyraklarni shikastlanish hollari ta'riflangan.
Davolash me'dani yuvish, qusishni qo‘zg‘atish, suv-tuz disbalansi muvofiqlashtirish, simptomatik vositalar. Davolash shifoxona sharoitida o‘tkaziladi.
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda, 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.