Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dyufalak 500ml
Nomi | Narx | |||||
Дюфалак 500мл (372867##2 252) |
UZS 105 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Дюфалак 500мл (372867##2 267) |
UZS 105 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактулоза
Страна производитель
Нидерланды
Дозировка
667 мг/мл
Производитель
Abbott Healthcare Products B.V.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dyufalak®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) laktuloza
Dorishakli sirop
Tarkibi
1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda laktuloza 667 mg;
yordamchi moddalar tozalangan suv 1 ml gacha
Ta'rifi rangsizdan jigarrang tusli, och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
osmotik surgi vositasi
ATX kodi A06AD11.
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘g‘on ichak florasining ta'siri ostida, laktuloza quyi molekulyar organik kislotalargacha parchalanadi. Kislotalar yo‘g‘on ichakda rNni kamaytirishga yordam beradi va osmotik ta'siri ostida ichak ichidagisining xajmini oshishiga olib keladi. Bu yo‘g‘on ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi va axlat massasining konsistentsiyasini me'yorlashtiradi, bu qabziyatni bartaraf etish va yo‘g‘on ichakning fiziologak ritmini tiklashga yordam beradi.
Jigar entsefalopatiyasida (JE) laktulozani ta'siri atsidofil bakteriyalarning (masalan laktobakteriyalar) miqdorini oshishi, yo‘g‘on ichak tarkibining nordonlashuvi hisobiga ammiakni ion shaklga transformatsiyasi, past rN va osmotik samara tufayli yo‘g‘on ichakni bo‘shashi, shuningdek oqsil sintezi uchun bakteriyalar tomonidan ishlatilishi kuchayishi yo‘li bilan azotli birikmalarning bakterial metabolizmini o‘zgarishi natijasida proteoltitik bakteriyalarning o‘sishining bostirilishi bilan izohlanadi.
Ayni paytda jigar entsefalopatiyasining barcha psixonevrologik simtomlari faqat giperammoniyemiya natijasida yuz bermasligini tushunish juda muhimdir. Biroq ammiak boshqa azotli moddalarni shakllanishi uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Laktuloza, prebiotik vositasi kabi, organizm uchun foydali bo‘lgan bifido va laktobakteriyalarni o‘sishiga yordam beradi,ayni paytda klostridiy va ichak tayoqchasi kabi potentsial patogen bakteriyalarning o‘sishi esa bostirilishi mumkin. Bu ichak florasining yanada yaxshi muvozanati shakllanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Laktuloza ichga qabul qilingandan keyin yomon so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarmagan holda tushadi, bu yerda ichak florasi tomonidan metabolizmga uchraydi. 25-50 g yoki
40-75 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi; yuqoriroq dozalarda qisman o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
-Qabziyat yo‘g‘on ichakni bo‘shalishini fiziologik ritmini boshqarish;
-Ahlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish (gemorroy, yo‘g‘on ichakda va anal yorig‘i sohasidagi operatsiyalardan keyingi holatlar);
-Jigar entsefalopatiyasi jigar komasi yoki prekomasini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Laktuloza eritmasini suyultirilgan holda ham, suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin.
Dozalash patsiyentning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.
Qabul qilingan bir martalik dozani og‘izda tutib turmasdan, darhol yutish kerak. Kuniga bir dozani qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, uni aynan bir vaqtda, masalan nonushta vaqtida qabul qilish kerak.
Surgi vositalari bilan davolanish vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1,5-2 litr, bu 6-8 stakanga to‘g‘ri keladi) qabul qilish tavsiya etiladi.
Flakondagi preparatni dozalash uchun o‘lchov stakani ishlatilishi mumkin. 15 ml dan paketchadagi preparatni ishlatish uchun, paketcha chetini olib tashlash lozim va ichidagisini darhol qabul qilish kerak.
Qabziyatni davolashda va axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatishuchun dozalash
Laktulozani sutkalik dozasini bir marta o‘lchov stakanchadan foydalanib yoki ikkiga bo‘lib qo‘llash mumkin. Bir necha kundan so‘ng boshlang‘ich doza davolanishga bo‘lgan javobga qarab, bir maromda tushlab turuvchi dozagacha to‘g‘rilash mumkin. Ba'zida davolash samarasi namoyon bo‘lishi uchun uchun bir necha kun (2-3 kun) kerak bo‘lishi mumkin.
Patsiyentning yoshi Boshlang‘ich sutkalik dozaBir maromda ushlab turuvchi doza
Kattalar va14 yoshdan
oshgan o‘smirlar15-45 ml (1-3 paketchalar) 15-30 ml (1-2 paketchalar)
7-14 yoshli bolalar15 ml(1 paketcha) 10-15 ml (1 paketcha)
1-6 yoshli bolalar5-10 ml5-10 ml
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar5 ml gacha5 ml gacha
Agar bir maromda ushlab turuvchi doza 15 ml dan kam bo‘lsa, flakondagi preparatni ishlatish lozim.
Chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni aniq dozalash uchun flakondagi preparatni ishlatish lozim.
Jigar komasi va prekomasini davolashda dozalash (faqat kattalarda)
Ichga qabul qilish uchun
Boshlang‘ich doza 20-30 g yoki 30-45 ml (2-3 paketcha) dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.
So‘ngra shaxsiy tanlangan bir maromda ushlab turuvchi dozaga shunday o‘tiladiki, bunda yumshoq ich kelishi maksimal kuniga 2-3 marta bo‘lishi kerak.
Rektal yuborish uchun
Shoshilinch holatlarda (komaning rivojlanishi xavfi yoki koma) Dyufalak® tutib turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak/700 ml suv). Huqna 30-60 minut davomida ushlab turiladi, muolaja dori vositasi ichga yuborilishi mumkin bo‘lmagan holatgacha har 4-6 soatda takrorlanadi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan bolalarda (0-18 yosh) preparatning xavfisizligi va samarasi aniqlanmagan. Ma'lumotlar yo‘q.
Keksa yoshli patsiyentlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi.
Dozalash bo‘yicha biron-bir maxsus tavsiyalar mavjud emas, chunki laktulozaning tizimli ta'siri ahamiyatsiz hisobalandi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Laktulozani qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm bo‘lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o‘tib ketadi. Tavsiya etilgan dozalar oshirilganda, qorin sohasida og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin, bu dozani kamaytirishni talab qiladi. Yuqoridozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llash hollarida (odatda jigar entsefalopatiyasini davolashda), patsiyentlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.
Nohush samaralarning umumiy ro‘yhati
Klinik tadqiqotlarda platsebo-nazorat o‘tkazish jarayonida laktuloza bilan davolashni qabul qilayotgan patsiyentlarda ko‘rsatilgan tez-tezlikda quyidagi nojo‘ya samaralar xaqida xabar berilgan [juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas ( ≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000)].
A'zo tizimlarining sinfi (MedDRAfaoliyatining normativ-xuquqi uchun tibbiy lug‘ati)Tez-tezligi
Juda tez-tezTez-tezTez-tezemas Kam hollarda
MIY tomonidan buzilishlarDiareyaMeteorizm, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish.
Laborator va asboblar tadqiqotlarining natijajalariga ta'siriDiareya oqi-batidagi elektrolit muvozanatini buzilishi
Bolalar
Preparatni bolalarda qo‘llanganida kattalardagi kabi xavfsizlikning o‘xshash profili kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning har qanday faol komponentiga yoki faol bo‘lmagan komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-galaktozemiya,
-ichak tutilishi, ichakperforatsiyasi yoki ichak perforatsiyasining xavfida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Darhol shifokorga murojaat qilish lozim, agar
• davolashni boshlashdan oldin, qorinda sababsiz bo‘lgan og‘riqlar bo‘lsa;
• preparatni qabul qilgandan keyin, bir necha kun davomida terapevtik samara yetarli bo‘lmasa.
Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Odatda qabziyatni davolash uchun qo‘llaniladigan dozani, qandli diabeti bilan kasallangan patsiyentlarda to‘g‘rilash talab etilmaydi. Jigar entsefalopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda odatda preparatning yuqori dozalari buyuriladi, bu qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlar uchun hisobga olinishi lozim.
Dozani tanlamasdan preparatni uzoq muddat va noto‘g‘ri qabul qilish diareya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Dyufalak® laktoza, galaktoza va fruktozaning juda oz miqdorinisaqlashini hisobga olish lozim, shuning uchun galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dori preparatini buyurish mumkin emas.
Tutib turuvchi xuqna holida yuborilganida, kuchli tozalash samarasi tufayli, axlatni tutib turolmaslik, ixtiyorsiz ich kelishi, to‘shaklarni ifloslanishi, shuningdek nordon axlat tufayli perianal sohani shikastlanishi kuzatiladi. Patsiyentni suyuqlik yo‘qotishining o‘rnini to‘ldirilishini e'tiborlik bilan kuzatib turish lozim.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarni davolashda surgi vositalari istisno hollarda va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim.
Davolanish vaqtida bo‘shalish refleksini buzilishlari ro‘y berishi mumkinligini hisobga olish dozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilaga yoki emizikli bolaga ta'siri taxmin qilinmaydi, chunki homilador yoki emizikli ayolga laktulozaning tizimli ta'siri juda kam.
Dyufalak® ni homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin.
Fertillik
Fertillikka preparatning qandaydir ta'sirining ehtimoli yo‘q, chunki laktulozaning tizimli ta'siri ahamiyatsizdir.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dyufalak®preparatini qo‘llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki juda oz ta'sir qiladi. .
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilinganida qorinda og‘riq va diareya ro‘y berishi mumkin.
Davolash dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, diareya yoki qusish oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash kerak.
Chiqarilish shakli
667 mg/ml sirop.
200 ml, 500 ml yoki 1000 ml dan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen, birinchi marta ochish nazoratiga ega, buraladigan polipropilen qopqoqli flakonlarda. Qopqoq ustiga o‘lchov stakanchasi bo‘lib xizmat qiluvchi plastik qopqoqcha (polipropilendan) kiydiriladi. Flakonga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlagan yorliq yopishtiriladi. 15 ml dan bir martalik polietilen va alyuminiy folga paketchalarda. 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Ebbott Biolodjikalz B.V., Niderlandiya/Abbott Biologicals B.V., The Netherlands.
Manzili
Veyerveg 12,8121 AA Olst, Niderlandiya/Veerweg 12,8121 AA Olst, The Netherlands.
O‘zbekiston Respublikasida Siz dori preparatining noxush ko‘rinishlari yoki sifatiga shikoyatlarni+998711290550 raqamli telefon bo‘yicha (sutka davomida) Ebbottgaxabar qiling.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.