Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
LАKSIV 3,35 g/5 ml dan 200 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактулоза
Страна производитель
Индия
Производитель
Agio Pharmaceuticals Ltd
Форма выпуска
Раствор
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Laksiv
Ta'sir etuvchi modda (XPN) laktuloza
Dori shakli
ichga qabul uchun eritma
Tarkibi
Har 5 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda laktuloza kontsentrati (USP) laktulozaga ekvivalent- 3.35 g;
yordamchi modda suvli asos - q.s.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki jigarrang tusli sariq rangli qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
surgi vositasi
ATX kodi A06AD11
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'siri ostida yo‘g‘on ichak florasini o‘zgarishi (sut kislotasini hosil bo‘lishi bilan uglevodlarni parchalaydigan lakto-bakteriyalarining miqdorini oshishi) yuz beradi, bu yo‘g‘on ichak bo‘shlig‘ida kislotaliligini oshishiga olib keladi va uning peristaltikasini rag‘batlantiradi (to‘lqinsimon harakatlar). Shu bilan bir qatorda ahlat hajmi oshadi. Natijada preparat ichni suruvchi samara ko‘rsatadi, bunda u ichak shilliq qavati va mushaklariga ta'sir qilmaydi. Shuningdek preparatning ta'siri ostida yo‘g‘on ichakda ammiakning so‘rilishi, uning proksimal bo‘limida azot saqlovchi toksik moddalarning hosil bo‘lishini (yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich bo‘limida), va ularni muvofiq kavak vena tizimiga so‘rilishini kamayishi yuz beradi. Preparat yo‘g‘on ichakda salmonellalarning o‘sishini ingibitsiya qilish (bostirish) qobiliyatiga ega. Vitaminlarning so‘rilishini kamaytirmaydi va o‘rganib qolishni (uzoq muddat takroriy qo‘llanganida sugi samarani susayishi yoki bo‘lmasligi) chaqirmaydi. Amalda ichakdan so‘rilmaydi.
Farmakokinetikasi
Laktuloza ichga qabul qilinganidan keyin sekin so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarishsiz yetib boradi. 40-75 ml gacha dozada qabul qilinganidan keyin yo‘g‘on ichakda bakterial flora ishtirokida metabolizmga uchraydi. Yuqoriroq dozalarda qo‘llanganida, bir qismi o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Surunkali qabziyatlar, jigar entsefalopatiyasi (nerv-ruxiy buzilishlar bilan birga kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari); salmonellez (me'da-ichak yo‘llarining o‘tkir infektsion kasalliklari), yoyilgan shakllaridan tashqari (infektsiyani qo‘zg‘atuvchilarini qonga tushishi bilan birga kechuvchi salmonellyozlar), emizikli bolalalar va 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ovqatdan zaharlanishlar natijasida chirish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ovqatni hazm bo‘lishini buzilishlari. Laktulozani homilador va emizikli ayollarda, 6 haftalikdan katta bolalarda, keksa odamlarda, shuningdek gemorroidal tugunlarning rezektsiyasini o‘tkazgan shaxslarda (to‘g‘ri ichakning shishgan va yallig‘langan venalarini olib tashlash) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Sutkalik doza shaxsiy tanlanadi. Qabziyatlarda va ichni yumshatish (tibbiy maqsadlarda) uchun quyidagi dozalarda buyuriladi
boshlang‘ich dozatutib turuvchi doza
kattalar10-45 ml10-25 ml
bolalar (7-14 yosh) 15 ml 10-15 ml
bolalar (1-6 yosh) 5-10 ml 5-10 ml
chaqaloqlar (6 haftalik - 1 yosh) 5 ml5 ml
Odatda bir necha kundan keyin patsiyentning ehtiyojini tutib turish uchun dozani kamaytirish mumkin. Klinik samarasi yuz berishi uchun bir necha kun talab qilinishi mumkin. Agarda birinchi 2 kun qabul qilinganidan keyin ijobiy samara bo‘lmasa, yuqoriroq dozalarni ko‘rib chiqish mumkin.
Jigar entsefalopatiyasini (koma va prekoma) davolash uchun preparat 30-50 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Dozani 190 ml gacha oshirish mumkin. Jigarning og‘ir shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda jigar komasining rivojlanishini oldini olish uchun, preparat 25 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qorinda og‘riq, meteorizm, diareya, ba'zida ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Galaktozemiya,
O‘tkir ichak tutilishi;
Preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Yo‘g‘on ichakning rN ga bog‘liq preparatlarining ta'siri (5-ASA kabi agentlar) pasayadi, chunki Laksiv yo‘g‘on ichakda rH darajasini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laktulozani galaktozemiyali yoki ichakni tutilishi bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek yuqori galaktozali patsiyentlarga buyurish mumkin emas. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi yoki qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda, biroz erkin galaktoza va laktoza bo‘lganligi tufayli, ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparat uzoq muddat qo‘llanganida diareya (suvsizlanish, gipokaliyemiya) bo‘lishi mumkin.
Davolash darhol preparatni bekor qilish.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun eritma 100 ml, 200 ml dan plastik flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonadan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
AGIO PHARMACEUTICALS LTD.
A-38, Nandjyot Industrial Estate,
Kurla- Andheri Road, Safed pool,
Mumbai – 400 072, India.
At T-82, M.I.D.C., Bhosari, Pune-411 026.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.