Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Laktuloza sirop 667 mg / ml 100 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лактулоза
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
667 мг/мл
Производитель
Radiks,ЧНПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор масляный для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Laktuloza
Ta'sir etuvchi moddda (XPN) Laktuloza
Chiqarilish shakli
Sirop 100 ml, 200 ml dan flakonlarda.
Tarkibi
laktuloza – 676 g, tozalangan suv – 1000 ml gacha.
Kimyoviy nomi 4-O-β-D- galaktopiranozil- D- fruktofuranoza.
Farmakoterapevtik guruhi
Surgi vositasi.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Osmotik xususiyatlariga ega bo‘lgan surgi preparati. Giperosmotik, gipoammoniyemik, ich suruvchi ta'sir ko‘rsatadi, ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi, fosfatlar va kaltsiy tuzlarini so‘rilishini yaxshilaydi, ammoniy ionlarini chiqarilishiga yordam beradi. Laktulozaning ta'siri ostida yo‘g‘on ichakning mikroflorasini o‘zgarishi (laktobakteriyalarning mikdorini oshishi) yuz beradi, bu yo‘g‘on ichakda kislotalikni oshishiga olib keladi va uning peristaltikasini rag‘batlantiradi. Shu bilan bir qatorda ahlat hajmi ortadi va ahlat massalarini yumshashi yuz beradi. Buning natijasida preparat yo‘g‘on ichakning bevosita shilliq qavatiga va silliq mushaklariga ta'sir qilmay, ichni suruvchi samarani ko‘rsatadi. Preparatning ta'siri ostida ammiakni qondan ichakka migratsiyasi, ichakning proksimal bo‘limida azot saqlovchi zaharli moddalarni xosil bo‘lishi va muvofiq ravishda ularni quyi vena tizimiga muvofiq so‘rilishini kamayishi yuz beradi.
Jigar entsefalopatiyasida yoki jigar (prekomasi) va komasida samarasi, proteolitik bakteriyalarni, atsidofil bakteriyalarni (masalan lakto bakteriyalar) miqdorini oshishi orqali bostirilishiga; yo‘g‘on ichakda oksidlanishi hisobiga ammiakni ion shakliga o‘tishiga; yo‘g‘on ichakda rN ni pasayishi va osmotik samara oqibatida ichakni bo‘shalashiga, shuningdek
bakteriyada oqsil sintezi uchun amiakni utilizatsiya qiluvchi bakteriyalarni rag‘batlantirish yo‘li bilan azot saqlovchi zaharli moddalarni kamayishiga urg‘u beriladi.
Ichakni yo‘g‘on bo‘limida salmonellalarni o‘sishini ingibirlash qobiliyatiga ega, bakteriyalarni chiqarilish davrini qisqartiradi.
Laktuloza vitaminlarni so‘rilishini kamaytirmaydi va ko‘nikib qolishni chaqirmaydi. Preparatning ta'siri ichga qabul qilingandan keyin 24-48 soatdan so‘ng boshlanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi past. So‘rilmay, yo‘g‘on ichakkacha yetadi, u yerda ichak florasida parchalanadi. 45-70 ml gacha bo‘lgan dozada to‘liq metabolizmga uchraydi, yanada yuqori dozalarda o‘zgarmagan xolda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- surunkali qabziyat;
- ahlatni yumshatish zaruriyati tug‘ilganda (shu jumladan gemorroyda, yo‘g‘on ichakda va/yoki anal
teshigi soxasida jarroxlik aralashuvlari zarur bo‘lganda, operatsiyadan keyingi davrda);
- jigar prekomasi va komasini davolash va oldini olish;
- jigar entsefalopatiyasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatning dozasi shaxsiy ravishda tallanadi.
Laktuloza siropining qabziyatlarni davolashdagi dozalari jadvalda ko‘rsatilgan.
Patsiyentlar
Boshlang‘ich doza
Tutib turuvchi doza
Kattalar
15-45 ml10–25 ml
7–14 yoshli bolalar15 ml10 ml
3–6 yoshli bolalar5–10 ml5–10 ml
33 yoshgacha bolalar5 ml5 ml
Odatda, doza 2 kun qabul qilinganidan keyin bemorning extiyojiga ko‘ra kamaytirilishi mumkin.
Preparatni sutkada 1 marta ertalab, ovqatlanish vaqtida qabul qilish lozim. Klinik samara 1-2 kundan keyin boshlanadi. Dozani, preparatni 2 kun davomida qabul qilinganda bemorning xolati yaxshilanmagan xolatlardagina oshiriladi.
Jigar komasi va prekomasini davolashda laktuloza siropini 30–45 ml dan sutkada 3 marta buyuriladi. So‘ngra shaxsiy ravishda tanlangan tutib turuvchi dozaga o‘tiladi, bunday dozada yumshoq axlat sutkada maksimal 2–3 marta kuzatilib, bunda axlat massasining rN ko‘rsatkichi 5,0 – 5,5 chegarasida bo‘lishi kerak.
O‘tkir xollarda laktuloza siropini xuqna ko‘rinishida 300 ml laktuloza siropi va 700 ml suv nisbatida buyurish mumkin.
Axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish uchun preparatni qabziyatdagi kabi dozalarda qo‘llanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan birinchi kunlari meteorizm (odatda 2 kundan keyin o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi), qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Yuqori dozalari ishlatilganda – diareya kuzatiladi.
Modda almashinuvi tomonidan jigar entsefalopatiyasini davolashda yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda yo‘ldosh diareya tufayli elektrolitlar muvozanatini buzilishi yuz berishi mumkin.
Diareya oqibatida elektrolit disbalansi yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-ichak tutilishi;
- to‘g‘ri ichakdan qon ketishlari (ularning sababi gemorroy xisoblanmaydi);
- appenditsitga shubxa qilinganda;
- galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik;
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Laktuloza siropini, ajralib chiqishi rN ga bog‘liq bo‘lgan ichakda eruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda, laktuloza ichak ichidagisining rN ni pasaytirishini e'tiborga olish lozim va demak, bu preparatlarni (5–aminosalitsil kislotasi preparatlari kabilarni) ajralib chiqishini o‘zgartiradiva ular faollansizlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga, ayniqsa jigar entsefalopatiyasini davolashda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni yuqori dozalarda uzoq muddat (6 oydan ortiq) qo‘llanganda elektrolitlarning qon plazmasidagi darajasini muntazam nazorat qilish lozim.
2 kun davomida terapevtik samara bo‘lmasa yoki davolashdan keyin yana qabziyat kuzatilsa, patsiyent shifokorga murojat qilishi lozim. Laktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llanganda, preparatda laktoza miqdorini xisobga olish zarur. 15 ml siropda 1,5 g galaktoza va 0,9 g gacha laktoza saqlanishini e'tiborga olish zarur.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Laktuloza siropini qo‘llash psixomotor reaktsiyalar tezligiga va avtomobilni xaydash yoki mashina va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari qorinda og‘riq, diareya;
Davolash dozani kamaytirish va preparatni qabul qilishni to‘xtatish.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«RADIKS» IIChK, O‘zbekiston Respublikasi, Toshket sh., 100054, Lutfiy ko‘ch. 50,
Tel. 273–92-31, faks 273–80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.