Samarali qizdiruvchi mazlar va plastirlarni qanday tanlash mumkin
Qizdiruvchi maz shamollash kasalliklarining oldini olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yallig‘lanish jarayonini bartaraf etish, og‘riq sezgilarini kamaytirish uchun simptomatik vosita sifatida ishlatiladi. U virusga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va antibakterial xususiyatlarga ega.
Bel va tananing boshqa sohalari uchun qizdiruvchi plastir ham deyarli shunday ta’sir ko‘rsatadi, ammo undan foydalanish ancha qulay.
Qizdiruvchi plastir va malhamlar nima uchun ishlatiladi?
Qizdiruvchi va og‘riq qoldiruvchi mazlar turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Foydalanish maqsadiga qarab quyidagilar ajratiladi:
-
bel uchun qizdiruvchi malhamlar;
-
bo‘g‘imlar uchun qizdiruvchi malhamlar;
-
mushaklar uchun qizdiruvchi malhamlar;
-
yo‘talga qarshi qizdiruvchi malhamlar;
-
va boshqalar.
Mushak va bo‘g‘imlarni qizdiruvchi mazlar faqat tashqi va yallig‘langan joylarda, og‘riq sezilgan joylarda qo‘llaniladi. Ularning organizmga ta’siri quyidagicha:
-
ular organizmni qizdirib, issiqlik almashinuvini yaxshilaydi;
-
kasal joylarda qon aylanishini yaxshilaydi;
-
shikastlangan to‘qimalarning regeneratsiyasida yordam beradi;
-
og‘riq va shishlarni yo‘qotadi;
-
yallig‘lanishni kamaytiradi.
To‘g‘ri keladigan mazni tanlashda davolovchi shifokor yordam beradi. U kasallik va bemorning o‘ziga xos jihatlariga qarab, eng maqbul vositani tanlaydi.
Tez ta’sir ko‘rsatish uchun bunday plastirini dorixonalardan yoki maxsus do‘konlardan sotib olish mumkin. Yo‘talga, oyoq-qo‘llar yallig‘langanda, bel og‘riganda qizdiruvchi plastir qo‘yiladi. Bo‘yin uchun qizdiruvchi plastir mahalliy tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Qizdiruvchi plastirni dorixonadan retseptsiz sotib olish mumkin, ammo qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Toshkentda yallig‘lanishga qarshi qizdiruvchi mazlarni xarid qilish
PharmaClick.uz - har qanday qizdiruvchi malham va plastirlarni hamyonbop narxlarda buyurtma qilish imkonini beruvchi qulay internet platformasi. Saytda Toshkent bo‘ylab manzilingizga yetkazib berish orqali xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan eng sifatli tibbiy mahsulotlar va dori-darmonlar taqdim etilgan. Bizning kuryerlik xizmatimiz buyurtmani boshqa shaharlardagi olib ketish shoxobchalariga yetkazib berishi mumkin. Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, ularni onlayn mutaxassislarimizga berib, professional maslahat olishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.