Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Finalgon mazi 20gr
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нонивамид, никобоксил
Страна производитель
Австрия
Дозировка
20 г
Производитель
Boehringer Ingelheim Pharma GmbH & Co. KG, Германия производитель: Globopharm Pharmazeutische Produktions-und Handelsgesellschaft mbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
Savdo (patentlangan) nomi FINALGON
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtmada quyidagilar saqlanadi
nonivamid – 4 mg
nikoboksil – 25 mg
Yordamchi moddalar
diizopropil adipati, kolloid kremniy dioksidi, oq yumshoq parafin, sorbin kislotasi, seylon sitronel moyi, tozalangan suv.
Ta'rifi Deyarli rangsiz yoki och jigarrang rangli, tiniq yoki biroz xira, yumshoq bir xil surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlarda mahalliy qo‘llash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi M02AX10.
Farmakologik xususiyatlari
Nonivamid
Kapsaitsinning sintetik analogi hisoblanadi va preparat teriga takroran surtilganida uning faol moddasi periferik notsitseptiv S-tolalar va A-delta nerv tolalariga asta-sekin o‘tishi natijasida og‘riq qoldiruvchi hususiyatlarni namoyon qiladi.
Terining sezuvchan nerv oxirlarini qo‘zg‘atib, atrofdagi tomirlarga kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu kuchli va davomli qizish hissi bilan kechadi.
Nikoboksil
Bevosita tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Nikoboksilni giperemik ta'siri nonivamidga nisbatan ertaroq boshlanadi va uning shunday ta'siriga nisbatan jadalroq hisoblanadi.
Majmuaviy ta'siri
Nonivamid va nikoboksil tomirlarni kengaytirishi bo‘yicha bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, teri giperemiyasini (qizarishini) chaqiradi.
Teriga surtilganidan so‘ng bir necha minut davomida teri haroratini oshishi va giperemiyani paydo bo‘lishi preparatning faol komponentlarini teriga tez kirishidan dalolat beradi. FINALGONNING ta'siri mahalliy namoyon bo‘ladi.
Finalgon mahalliy qo‘llanadi, klinik samarasi qo‘llash joyida namoyon bo‘ladi. Tizimli samarasi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Surtilgandan keyin reaktsiya (eritema va teri haroratini oshishi) bir necha minutdan keyin rivojlanadi, bu faol ingrediyentlarni tez kirganidan dalolat beradi.
Qo‘llanilishi
Mushak va bo‘g‘im og‘riqlari bo‘lgan patsiyentlarda terida qon oqimini kuchayishiga yordam beradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
FINALGONNI nonivamid, nikoboksil va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Surtmani o‘ta sezuvchan teriga, jarohatlarga, yallig‘lanishlarda yoki teri kasalliklarida surtish mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolashni boshida surtmaga nisbatan shaxsiy javob reaktsiyasini tekshirish maqsadida ozgina FINALGONNI terining katta bo‘lmagan sohasiga surtiladi. Surtmani qo‘llashga nisbatan javob reaktsiyasi sezilarli darajada o‘zgarib turadi, ayrim patsiyentlarda kerakli qizdiruvchi samaraga erishish uchun preparatning minimal miqdori talab etiladi.
Berilgan applikator yordamida 0,5 sm surtmani yengil singdiruvchi harakatlar bilan terining tegishli (taxminan qo‘l kafti o‘lchamiga teng) sohasiga surtiladi.
Ko‘p marta qo‘llanganida surtmaga bo‘lgan reaktsiya susayishi mumkin, bu preparatning dozasini oshirishni talab qiladi, u shaxsiy ravishda tanlanadi.
Surtma zaruratga qarab, kuniga 2-3 marta ishlatiladi.
Preparat shifokorning maslahatisiz 10 kundan ortiq ishlatilmasin.
FINALGON teriga surtilganidan so‘ng, qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvish kerak.
Klinik ma'lumotlarni yetarli emasligi tufayli FINALGONNI bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'siri
Tez-tezligi quyidagicha belgilangan tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha) yoki noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan noma'lum anafilaktik reaktsiyalar, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Nerv tizimitomonidan tez-tez emas paresteziya; noma'lum terini achishish hissi.
Nafas tizimi tomonidan noma'lum yo‘tal, dispnoe.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas qo‘yilgan joyda – pustulalar, mahalliy teri reaktsiyalari; noma'lum pufaklar, qichishish, toshma, yuzni shishi, eshakemi.
Umumiy buzilishlar va preparat yuborilgan joydagi holat tez-tez emas qizib ketish hissi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
FINALGONNING haddan ziyod miqdori qo‘yilganidan so‘ng, uning giperemik ta'siri kuchayishi mumkin, ta'riflangan nojo‘ya ta'sirlarning og‘irligi esa oshishi mumkin. Shikastlangan terida asosan pufakchalar yoki po‘rsildoqlar paydo bo‘ladi.
Nikoboksil teriga yaxshi so‘rilishi tufayli, FINALGONNING dozasini oshirib yuborilishi tizimli reaktsiyalarga, masalan, tananing yuqori qismini qizarishi, tana haroratini oshishi, qonni oqib kelishlari, og‘riq hislari bilan birga giperemiya va arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Davolash
FINALGONNING ortiqcha miqdori ishlatilganida, agar surtma teri yuzasidan o‘simlik moyi yoki oziqlantiruvchi krem yordamida olib tashlansa, samarasi kamayishi mumkin. Ko‘zlarni shilliq qavatidan – Finalgon surtmasi vazelin yordamida olib tashlanishi lozim. Bunday hollarda simptomatik davolashni qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mahalliy yoki tizimli qo‘llanganidan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Teri qoplamlarini FINALGON chaqirgan mahalliy giperemiyasi tufayli, qizarish, qizish hissi, qichishish yoki achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin. Agar FINALGONNING ortiqcha miqdori surtilsa yoki FINALGON teriga juda jadal ravishda surtilsa, bu simptomlar ayniqsa yaqqol bo‘lishi mumkin. Surtmaning haddan tashqari ko‘p miqdori yoki uni haddan tashqari ko‘p marta surtish pufakchalarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. FINALGON surtilganidan so‘ng qo‘llarni darhol yuvish kerak; preparat terining ishlov berishni talab qilmaydigan sohalariga, shuningdek boshqa odamlarga tegmasligini nazorat qilish kerak.
FINALGONNI yuzga, ko‘zlarga, og‘iz bo‘shlig‘iga surtish mumkin emas. Aks holda yuzlarni o‘tib ketuvchi shishi, og‘riq, kon'yunktivani yallig‘lanishi, ko‘zlarni giperemiyasi, ko‘zlarni achishishi, ko‘rishni buzilishi, og‘izda yoqimsiz tuyg‘ular va stomatit paydo bo‘lishi mumkin.
Surtmani bo‘yin, qorin yoki sonni ichki yuzasi kabi terining sezuvchan sohalariga surtish tavsiya qilinmaydi.
Och rangli sochli odamlarning terisi sezuvchanroq bo‘ladi, shuning uchun surtmaning ozgina miqdori qo‘llanganida ham uning samarasiga erishish mumkin.
FINALGONNI surtishdan oldin yoki keyin issiq dush yoki vanna qabul qilish mumkin emas. FINALGON surtilganidan so‘ng hatto bir necha soatdan keyin ham terlaganda yoki qizib ketganda terini qizarishi va kuchli qizib ketish hissi paydo bo‘lishi mumkin.
FINALGON surtmasi yordamchi modda sifatida sorbin kislotasini saqlaydi, u mahalliy reaktsiyalarni (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlarni yo‘qligi sababli, Finalgon®ni bu davrlarda qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasining ta'siri
Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Finalgon®ni ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma. 20 g dan membrana teshish uchun teshgichli plastmassa qalpoqcha yopilgan alyumin tubada. Tuba applikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan keyin ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Globofarm Farmatsoytishe Prodakshns - und Xandelsgezelshaft mbX, Avstriya.
Ishlab chiqarish sifati bo‘yicha ma'sul
Beringer Ingelxaym Farma GmbX i Ko. KG, Germaniya.
BR dagi agentligi
Minsk sh., V.Xorujey, 22-1402.
Tel. (+375 17) 283 16 33, faks (+375 17) 283 16 40.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.