Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диметилсульфоксид, камфора, скипидар живичный, бензилникотинат, ванилилнонамид
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Latviya
Производитель
Гриндекс, АО, Латвия произведено: Сантоника, АО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sirlari
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kapsikam
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
1 g surtma quyidagilarni saqlaydi faol moddalar 50 mg dimetilsulьfoksid, 30 mg ratsemik kamfora, 30 mg hayotbaxsh skipidar, 20 mg benzilnikotinat, 2 mg nonivamid; yordamchi moddalar emulьgirlovchi setostearil spirti (A tur), natriy setilstearilsulьfati, polisorbat-80, bronopol, tozalangan suv. Ta'rifi o‘ziga xos kamfora va skipidar hidli, oq yoki och sarg‘ish tusli oq rangli surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
maxalliy qitiqlovchi vosita. ATX kodi M02AX92
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si Kapsikam surtmasi qon tomirlarni kengaytiruvchi va sezuvchan nervlar oxiridagi retseptorlarni qitiqlovchi moddalar saqlaydi, shu yo‘l bilan, maxalliy qitiqlovchi, qizdiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Maxalliy qitiqlovchi samara orqa miya segmentlaridagi muvofiq nervlar orqali innervatsiya qiluvchi ichki a'zolarning qon bilan ta'minlanishi hamda trofikasini o‘zgartiradi va tanlab ta'sir ko‘rsatgan holda, yaxshilaydi. Orqa miyaning tegishli segmentini qo‘shimcha qitiqlanishi antinotsitseptiv tizimning qo‘shimcha faollashishini chaqiradi, shu yo‘l bilan og‘riq impulьsining bosh miya po‘stlog‘iga o‘tishini sekinlashtirib, og‘riqni kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Teriga tez so‘riladi, issiqlik hissini va terining qizarishini chaqiradi, buning natijasida mushaklar zo‘riqishi va og‘riq kamayadi. Teri harorati 1-2S ga ortadi, samarasi 2-3 soat davom etadi. Og‘riq qoldiruvchi ta'siri 30-40 daqiqadan so‘ng boshlanadi va 3-6 soatgacha davom etadi. Teri haroratining oshishi va qon aylanishining yaxshilanishi revmatik holatlar, lat yeyishlar, mushaklar cho‘zilishi va boshqa sport travmalari mavjud holatlarda ijobiy omil hisoblanadi. Takroran qo‘llanilganda, ta'siri 10-14 kun saqlanib qoladi.
Qo‘llanilishi
Mushak va bo‘g‘im og‘riqlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sportchilar uchun qizdiruvchi vosita sifatida teri ustiga mushaklar sohasiga applikator yordamida 2-3 g surtma surtiladi va teri qizarguniga qadar uqalanadi. Mashqlardan so‘ng surtma sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. Og‘riqni yengillashtirish uchun terining og‘riqli qismiga applikator yordamida surtiladi va og‘riqning jadalligidan kelib chiqqan holda 1-3 g surtma kuniga 2-3 marta qo‘llaniladi, shu yo‘l bilan issiqlik samarasi kuchaytiriladi. O‘rta hisobda, davolash kursi uchun 50-100 g surtma sarf etiladi. Surtma har bir qo‘llanilgandan so‘ng qo‘llarni sovuq suv va sovun bilan yuvish kerak. Bolalar qo‘llash tajribasi yo‘q.
Nojo‘ya ta'sir
lari
Nojo‘ya ta'sir
lar tizimlar va a'zolar guruhiga muvofiq ravishda, shuningdek MedDRA ga asosan, paydo bo‘lish tez-tezligiga ko‘ra tasniflangan juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlashning iloji yo‘q). Immun tizimi tomonidan Tez-tezligi noma'lum yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Nerv tizimi tomonidan Tez-tezligi noma'lum terida achishtirish hissi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan Kam hollarda qichishish. Tez-tezligi noma'lum eshakemi, shish, teri qizarishi. Patsiyent terisining surtma komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanligida qichishish, shish yoki eshakemi paydo bo‘lishi mumkin. Keltirilgan simptomlar surtmani qo‘llash to‘xtatilgandan 8-12 soatdan so‘ng yo‘qoladi.
Nojo‘ya ta'sir
larning oldini olish uchun terining preparatga nisbatan sezuvchanligini tekshirish maqsadida kichik miqdordagi surtmani teriga surtib ko‘rish maqsadga muvofiq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Terining surtma komponentlaridan istalgan biriga yuqori sezuvchanligi bo‘lganda; - yaralar yoki teri kasalliklari mavjud bo‘lganda qo‘llash mumkin emas. Dorilar bilan o‘zaro ta'siri O‘zaro ta'sirlashishi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani shikastlangan teriga surtish mumkin emas. Kuchli ta'sirlanishning oldini olish uchun surtmani ko‘z yoki shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Surtmani qo‘llashdan avval va undan keyin issik hammom qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu teri teshiklarining ochilishiga va achishtirish hissining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yordamchi moddalar emulьgirlovchi setostearil spirti (A tur) va bronopol maxalliy teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin (jumladan, kontakt dermatit). Bolalar va o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu yosh guruhlarida qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Surtma homiladorlik va emizish davrlarida qo‘llanilmaydi, chunki ushbu vaqtda qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha tegishli ma'lumotlar yo‘q. Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri Kapsikam transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmatga ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Dozaning oshirib yuboriliishi Tashqi qo‘llanilgandagi simptomlari juda katta miqdordagi surtma teriga surtilganda teri qizarishi, yengil o‘tib ketuvchi qichishish yoki achishtirish hissi paydo bo‘lishi mumkin. Davolash surtmani teridan sovuq suv bilan yuvish tashlash tavsiya etiladi. Beixtiyor yutib yuborilgandagi simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish va diareya; og‘ir hollarda – qorin og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, iliqlik/issiqlik hissi, tirishishlar, nafas olishning susayishi va koma. Davolash simptomatik, shifokorga murojaat qilish zarur (preparat o‘ramini o‘zingiz bilan olvoling). Og‘ir zaxarlanish holatlarida qusishni chaqirish mumkin emas. Chiqarilishi 30 g yoki 50 g dan alyuminiyli tubada tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi va applikatori bilan birga tashqi qo‘llash uchun surtma karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz. Qayd etish guvoxnomasinng egasi va ishlab chiqaruvchi «Grindeks» AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV – 1057 Latviya Telefon +371 67083205; Faks +371 67083505 Elektron pochta grindeks@grindeks.lv
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.