Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Reopoliglyukin infuziya uchun eritma 200ml Radiks
Reopoliglyukin infuziya uchun eritma 200ml Radiks
Nomi | Narx | |||||
Реополиглюкин р-р д/инф. 200мл Radiks (011222##1748) |
UZS 21 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декстран
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
10%
Производитель
Jurabek Laboratories,СП,ООО,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Reopoliglyukin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dekstran
Dori shakli
infuziya uchun eritma.
Tarkibi
faol modda molekulyar massasi 35000-45000 gacha bo‘lgan dekstran - 100 g
yordamchi moddalar natriy xlorid – 9 g, in'ektsiya uchun suv - 1000 ml gacha.
Ta'rifi tiniq rangsiz yokioch-sariq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.
ATX kodi B05AA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilovchi, dezintoksikatsion, shokka qarshi, antiagregatsion xususiyatlariga ega bo‘lgan gemodinamik ta'sirga ega plazma o‘rnini bosuvchi va perfuzion vosita.
Suyuqlikni to‘qimalardan qon oqimiga o‘tishiga yordam beradi, aylanayotgan qon hajmini (AQH) tez va qisqa muddatli oshishini chaqiradi, natijada venoz qonni yurakka qaytishi oshadi. Qon tomir yetishmovchiligida AB (arterial bosim) oshiradi, QMH (qonning minutlik hajmi) va markaziy venoz bosimni oshiradi, to‘qimalar shishini kamaytiradi. Reopoliglyukin yuborilgandan keyin plazma hajmini oshishi birinchi 90 minutda yaqqol namoyon bo‘ladi. Tez yuborilganda plazma hajmi yuborilgan preparatning hajmiga nisbatan 2 barobar oshishi mumkin, chunki dekstranning har bir grammi 20-25 ml suyuqlikni to‘qimadan qon oqimimga o‘tishiga yordam beradi.
Reopoliglyukin qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, qonning suspenzion xususiyatlarini oshiradi, uni qovushqoqligini pasaytiradi, mayda kapillyarlarda qon oqimini tiklanishiga yordam beradi, arterial va venoz tomirlarda qon aylanishini normallashtiradi, shaklli elementlar agregatsiyasini kamaytiradi. Eritrotsitlarni agregatsiyasini bartaraf etadi yoki kamaytiradi, bu esa mikrotsirkulyatsiyaniyaxshilaydi. Trombotsitlarni adgezivligini pasaytiradi, operatsiya va jarohatlardan keyin tromblarni hosil bo‘lishini bartaraf etadi, ularni eruvchanligini oshiradi (fibrin strukturasini o‘zgarishi natijasida). Jarohatda, operatsiyada va kuyishda kapillyar qon oqimini yaxshilaydi. 15 ml/kg gacha bo‘lgan dozada qo‘llanganda qon ketish vaqtini sezilarli o‘zgarishini chaqirmaydi.
Reopoliglyukin osmotik mexanizmi bo‘yicha diurezni rag‘batlantiradi (kalavalarda filtrlanadi, birlamchi siydikdayuqori onkotik bosim hosil qiladi va buyrak naychalarda suvni qayta so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi), bu toksinlarini, modda almashinuvining degradatsiya mahsulotlarini chiqarilishiga yordam beradi, dezintoksikatsion ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Siydik bilan chiqariladi (asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda, bir qismi glyukozagacha parchalanadi), 6 soatda 60%, 24 soatda - 70% chiqariladi. 30% jigarni RETga (retikuloendotelial tizimi) tushadi, u yerda alfa-glyukoksidaza nordoni fermenti ishtirokida glyukozagacha parchalanadi, ammo uglevod ozuqasi manbai hisoblanmaydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) - 6 soat.
Qo‘llanilishi
• travmatik, operatsion, operatsiyadan keyingi, kuyish, gemorragik, toksik shok;
• trombozlarni, tromboflebitlarni, endarteriitni, Reyno kasalligini oldini olish va davolash;
• kapillyar qon oqimini buzilishi;
• operatsiyadan keyingi davrdagemodilyutsiya uchun;
• sun'iy qon aylanishi apparatini ishlatilishi bilan o‘tkaziladigan yurakdagi operatsiyalar (perfuzion suyuqligikka qo‘shish uchun);
• transplantatlarda tromb hosil bo‘lishini oldini olish (yurak klapanlari, qon tomir transplantatlari, tomir va plastik operatsiyalari);
• qon tomir va plastik jarrohlikda mahalliy sirkulyatsiyani yaxshilash uchun;
• kuyishlarda, peritonitda, pankreatitda dezintoksikatsiya, yarali-nekrotik enterokolit, ovqat toksikoinfektsiyasi, yumshoq to‘qimalarda katta yiringli-nekrotik jarayonlar, krash-sindrom, “kiritmalar” sindromi va boshqalar;
• falajlangan ichak tutilishi;
• operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi emboliyani profilaktikasi;
• chiqarib tashlanadigan plazma hajmini o‘rnini bosish maqsadidadavolovchi plazmaferezni o‘tkazish;
• ko‘z to‘r pardasi va ko‘rish nervi kasalliklari (asoratlangan yuqori darajali miopiya, to‘rsimon qavatni distrofiyasi, to‘rsimon qavatni tomirli (venoz) patologiyasi, boshlang‘ich atrofiya);
• ko‘zning shoxpardasi va tomir pardasini yallig‘lanish jarayonlari;
• mikrotsirkulyatsiya buzilishlari travmatik yoki eshitishni idiopatik yo‘qotishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga (v/i) tomchilab. Doza klinik vaziyatga va bemorni holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.
Preparatni bevosita qo‘llashdan oldin, urgent (shoshilinch) holatlardan tashqari (bunday hollarda mumkin bo‘lgan allergik reaktsiyalarni bartaraf qilish uchun zarur bo‘lgan hamma preparatlar bo‘lishi kerak) hollarda teri sinamasi o‘tkaziladi. Aseptika qoidalariga rioya qilgan holda bilakning ichki yuzasini o‘rta qismiga teri ichiga 0,05 ml ni “limon po‘sti” hosil bo‘lgunicha yuboriladi. Shifokor reaktsiya natijasini 24 soatdan keyin o‘tkazadi. In'ektsiya joyida 1,5 sm dan katta diametrda pufakchani paydo bo‘lishi yoki ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi va boshqa ko‘rinishdagi simptomlarni paydo bo‘lishi bemorni preparatga o‘ta yuqori sezuvchanligi borligini va bu preparatni ushbu patsiyent uchun ishlatishni mumkin emasligini ko‘rsatadi. Biron-bir reaktsiya bo‘lmasa, bemorga vena ichiga teri ichki sinamasini o‘tkazish uchun qo‘llangan preparatni kerakli miqdori yuboriladi. Teri sinamasini o‘tkazish natijalari albatta kasallik varaqasiga qayd etiladi. Teri sinamasini reopoliglyukinga sensibilizatsiyani bemorlarni 100% da aniqlash imkonini bermasligini esda tutish kerak.
Shoshilinch yordam berish maqsadida reopoliglyukinni tezda yuborish zarurati bo‘lganida preparatni birinchi 10 tomchisini sekin yuborilgandan keyin 3 minutga tanaffus qilish kerak, keyin yana 30 tomchi yuboriladi va yana quyishni 3 minutga to‘xtatiladi. Reaktsiya bo‘lmasa, preparatni yuborishni davom ettiriladi. Birinchi 10-20 minut patsiyentni holatini kuzatgan holda, preparatni asta-sekin yuboriladi.
Kapillyar qon oqimini buzilishlarini (shokning turli shakllari) oldini olish va davolash maqsadida kattalarga v/i tomchilab sutkada 500 ml (kamida 30-60 minut davomida) odatda sutkada 1 marta yuboriladi. Zarurat tug‘ilganida preparatning miqdorini 1000 ml gacha oshirish mumkin.
Yurak-qon tomir va plastik operatsiyalarda kattalarga operatsiyadan oldin v/i tomchilab tana vazniga 10 ml/kg dan, operatsiya vaqtida – 500 ml va operatsiyadan keyin har yuborishga 10 ml/kg dan 5-6 kun davomida yuboriladi.
Sun'iy qon aylanishi bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarda Reopoliglyukinni qonga 1 kg tana vazniga 10-20 ml hisobidan oksigenatorning nasosini to‘ldirish uchun qo‘shiladi.
Reopoliglyukinning perfuzion eritmadagi kontsentratsiyasi 3% dan oshmasligi kerak. Operatsiyadan keyingi davrda preparatni xuddi shok holatlarini davolagandagi kabi dozalarda ishlatiladi.
Dezontoksikatsiya maqsadida kattalarga v/i tomchilab 500 dan 1000 ml gacha bo‘lgan bir martalik dozalarda 60-90 minut davomida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida birinchi sutkada yana 500 ml preparat quyiladi. Keyingi kunlari preparatni tomchilab 500 ml sutkalik dozada yuboriladi.
Oftalmologiya amaliyotida elektroforez yo‘li bilan qo‘llanadi. 8-10 ml dan qo‘llanadi (musbat va manfiy qutblardan); tok zichligi 15 MA/sm2 gacha. Muolajaning davomiyligi – 15-20 minut, har kuni. Davolash kursi 5-10 muolajadan iborat.
Bolalar. Bolalarga umumiy doza sutkada 15 mg/kg dan oshmasligi kerak.
Bolalarda shokning turli shakllarida tana vazniga 5-10 ml/kg hisobidan, zarurat bo‘lganida doza 15 ml/kg gacha oshirilishi mumkin. Gematokrit ko‘rsatkichini 25% dan pasaytirish tavsiya qilinmaydi.
Yurak-qon tomir va plastik operatsiyalarda bevosita jarrohlik aralashuvlaridan oldin v/i tomchilab 30-60 minut davomida, 10 ml/kg dozada, operatsiya vaqtida – 15 ml/kg dozada yuboriladi. Operatsiyadan keyin preparatni v/i tomchilab (60 minut davomida) 5-6 minut davomida quyidagi hisob bo‘yicha
• 2-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 10 ml/kg dan sutkada bir marta;
• 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 7-10 ml/kg dan sutkada 1-2 marta;
• 8 dan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 5-7 ml/kg dan sutkada 1-2 marta;
• 14 yoshdan katta bolalarga xuddi kattalarni dozasidek dozada yuboriladi.
Denintoksikatsiya maqsadida bolalarga v/i tomchilab bir martalik dozada 5-10 ml/kg 60-90 minut davomida yuboriladi. Zarurat bo‘lganida birinchi sutkada yana xuddi shu dozada (5-10 ml/kg) quyish mumkin. Keyingi kunlari preparatni tomchilab sutkalik 5-10 ml/kg dozada yuboriladi. Reopoliglyukinni bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun taxmin qilinadigan foyda organizm uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda buyurish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar teri qoplamalarini qizarishi, qichishish, teri toshmalari, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik shish, qizib ketishni his qilish, isitma.
Yurak va qon tomirlari tomonidan arterial bosimni oshishi, taxikardiya, hansirash, shishlar.
Markaziyva periferik nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan odatda, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan odatda, ayniqsa gipovolemiyada, preparat diurezni oshishini chaqiradi. Ammo, ba'zida Reopoliglyukin qo‘llanganda diurezni kamayishi kuzatiladi, siydik yopishqoq bo‘lib qoladi, bu bemor organizmini degidratatsiyasini ko‘rsatadi. Bunday holatlarda plazmaning osmotik bosimini tiklash bir maromda tutib turish uchunkristalloid eritmalarini vena ichiga yuborish zarur.
Preparatni 15 ml/kg hisobidan katta dozada qo‘llanganda giperosmolyarlik yuz beradi, ular naychalarni kuyishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lib, keyinchalik buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, ular diurezni kamayishi, yopishqoqsiydikni chiqarilishi bilannamoyon bo‘ladi.
Qon tizimi gipokoagulyatsiya, qon ketishi, preparat qon guruhlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Boshqalar umumiy holsizlik, oyoq-qo‘llarni shishishi, belda og‘riq.
Izoh nojo‘ya reaktsiyalari yuz bergan hollarda (klinik holatga ko‘ra) darhol preparatni yuborishni to‘xtatish lozim va ignani venadan chiqarmasdan muvofiq yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan hamma transfuzion reaktsiyalarni yo‘qotish uchun shoshilinch choralarni – yurak-qon tomir preparatlarini, kortikosteroidlarni, antigistamin vositalarini, kaltsiy preparatlarini (masalan, 10% li kaltsiy xlorid eritmasi), nafas analeptiklari, kristalloid eritmalar va boshqalarni yuborishni, kollapsda – vazopressorlar va kardiotoniklarni qo‘llashni boshlashlozim
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning bironta komponentlarigao‘ta yuqori sezuvchanlik;
• trombotsitopeniya;
• dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
• buyrak yetishmovchiligi (oliguriya, anuriya);
• o‘pka shishi;
• bosh miya ichki bosimini oshishi bilan kechuvchi bosh suyagi va miya jarohatlari;
• gemorragik insult;
• miyaga qon quyilishi;
• ichki a'zolarning to‘xtatilmagan qonketishlari;
• gipergidratatsiya, gipervolemiya;
• gipokoagulyatsiya;
• DVS-sindromi;
• giperkaliyemiya;
• fruktozo-1, 6-difosfataza tanqisligi;
• qovoq terisini matseratsyasi (elektroforez uchun) da qo‘llash mumkin emas;
Ehtiyotkorlik bilan
• arterial gipertenziya;
• giperkaliyemiya, gipernatriyemiya va giperxloremiya kabi og‘ir elektrolit buzilishlari bo‘lgan bemorlar;
• 2 yoshgach bo‘lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dekstranni infuzion eritmada yuborish rejalashtirilgan dori preparatlari bilan mutanosibligini oldindan tekshirish zarur.
Reopoliglyukinni glyukoza eritmasi, shuningdek qon o‘rnini bosuvchi va shokka qarshi suyuqliklar bilan qo‘llash mumkin. Aminokapron kislotasi, gidralazin, varfarin, 95% li etanol, deksametazon va ayrim boshqa dori vositalari dekstran bilan nomutanosib.
Antikoagulyantlar, nospetsifik yallig‘lanishga qarshi vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ushbu preparatlarni dezagregant ta'siri kuchayadi qonni qovushqoqligin nazorat qilish va dozaga tuzatish kiritish zarur.
Reopoliglyukinni arterial bosimini darajasini oshiruvchi siydik haydovchi preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarga ehtiyotkorolik bilan buyurish lozim. Dekstran eritmasiga mannitolni qushish osmodiuretik ta'sir ko‘rsatadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kristalloid eritmalarni (Ringer, Ringer-atsetat, natriy xloridni izotonik eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi va boshqalar) suv-elektrolit muvozanatini normallashtira oladigan miqdorda (ayniqsa suvsizlangan bemorlarni davolashda va jarroxlik operatsiyalardan keyin) birga yuborish maqsadga muvofiqdir. Preparat odatda diurezni oshishini chaqiradi (diurezni kamayshi bemor organizmni suvsizlanishini ko‘rsatadi). Buyrakning filtratsion qobiliyatini pasayishida yoki natriy xloridni yuborishni cheklash zarur bo‘lganda reopoliglyukinni glyukoza bilan buyuriladi. Qandli diabetda va uglevod almashinuvini buzilishi bilan bog‘liq boshqa hollatlarda, uglevodlarni yuborish mumkin bo‘lmaganda reopoliglyukinni 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan qo‘llanadi.
Preparatni faqat statsionar sharoitda qo‘llanadi. Bemorlar uzluksiz tibbiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak, qo‘shimcha terapevtik choralarni patsiyentlarni holatiga bog‘liq qabul qilish kerak.
Preparatni tashish vaqtida harakatni dekstran zarrachalari hisoblangan oq plyonka paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda plyonka suv hammomida 1 soat davomida chayqatish yoki 20 minut davomida avtoklavga qo‘yib eritish kerak, preparatni tana haroratgacha sovutiladi va ko‘rsatma bo‘yicha ishlatiladi.
Dekstranlar eritrotsitlar yuzasini o‘rab olish xususiyatiga ega, qon guruhini aniqlashga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun yuvilgan eritrotsitlarni ishlatish zarur.
Qonda dekstranni bo‘lishi bilirubin va oqsil kontsentratsiyasini laborator aniqlash natijalariga ta'sir qiladi. Shu sababli bu ko‘rsatkichlarni preparatni yuborishdan oldin qon sinamasi uchun olish tavsiya qilinadi.
Faqat shikastlanmagan idishlardagi eritmalarni ishlatish kerak!
Faqat bir marta ishlatish uchun. Flakonni butuligi buzilganida, eritmani tiniqligini o‘zgarganida ishlatish taqiqlanadi.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanilishi Reopoliglyukin preparatinihomiladorlarda va emizikli onalarda qo‘llash to‘g‘risida klinik ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni homiladorlik davrida faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin.
Hozirgi vaqtgacha dekstranni ko‘krak suti bilan chiqarilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun preparat buyurilganda emizishini to‘xtatish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gipervolemiya, gipokoagulyatsiya, o‘pka shishi paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10% infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan shisha butilkalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Tashishda muzlatishga yo‘l qo‘yiladi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"Jurabek Laboratories"MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, 100003,Toshkent sh., Olmazor ko‘ch., 165,
tel/faks (99871) 1500303
Web www.jurabek.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.