Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Afil 20mg tab. №12
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
NOBEL-PHARMSANOAT
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Afil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tadalafil
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda tadalafil 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gidroksipropiltsellyuloza, natriy kroskarmel- loza, natriy lauril sulьfati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati;
qobiq filьm-qoplama №16 uchun material (gipromelloza, titan dioksidi, gidroksipropil- sellyuloza, polisorbat, sariq xinolin, sorbin kislotasi, vanilin, propilenglikolь).
Ta'rifi
Ikki tomoni qavariq ovalshaklli (tuxumsimon), bir tomonida dozasiga bog‘liq ravishda raqamlari va boshqa tomonida «AFIL» gravirovkasi bo‘lgan, vanilь xidli va ta'mli sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita
ATX kodi G04BE08
Farmokologik xususiyatlari
Tadalafil siklik guanozin monofosfati (tsGMF)-ning 5 turidagi spetsifik fosfodi- esterazaning (FDE5) samarali, qaytuvchan selektiv ingibitori hisoblanadi. Jinsiy qo‘zg‘alish mahalliy azot oksidini ajralib chiqishini chaqirganda, tadalafil tomonidanFDE5-ni ingibitsiya qilishi jinsiy olatdagi kavernoz tanasida sGMF darajasi oshishiga olib keladi. Buning natijasida, arteriyalarning silliq mushaklari bo‘shashishi va jinsiy olatning to‘qimalariga qonni oqib kelishi kuzatiladi, va bu erektsiyani chaqiradi. Jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida Tadalafil samarali ta'sir ko‘rsatmaydi.
Tadalafil FDE5-ning selektiv ingibitori hisoblanadi. FDE5 g‘ovak tananing silliq mushaklarida, ichki a'zolarning qon tomirlaridagi silliq mushaklarda, skelet mushakla- rda, trombotsitlarda, buyraklarda, o‘pkada va miyachada aniqlangan ferment hisoblanadi. Tadalafilni FDE5-ga ta'siri boshqa fosfodiesterazlarga nisbatan faolroq hisoblanadi. Tadalafilning FDE5-ga nisbatan faolligi, yurak, bosh miya, qon tomirlar, jigar va boshqa a'zolarda joylashgan FDE1, FDE2 va FDE4 larga nisbatan 10 000 marta yuqori hisoblanadi. Tadalafil FDE5-ni, yurak va qon tomirlarda aniqlanadigan FDE3 fermentga nisbatan 10 000 marta faolroq susaytiradi. FDE5-ning FDE3-ga nisbatan bu kabi selektivligi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki, FDE3 yurak mushagining qisqarishida ishtirok etuvchi ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, tadalafil FDE5-ga nisbatan faolligi, ko‘zning to‘r pardasida aniqlanadigan va fotoo‘tqazuvchanligi uchun mas'ul bo‘lgan FDE6-ga qaraganda 700 marta faolroq. Shuningdek, tadalafil FDE5-ga nisbatan ta'siri, uning FDE7 – FDE10 ga bo‘lgan ta'siridan 10 000 marta kuchliroq.
Tadalafil erektsiyani yaxshilaydi va jinsiy aloqani samarali o‘tish ehtimolini yaxshilay- di. Preparat 36 soat davomida ta'sir ko‘rsatdi. Preparatning samarasi jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganida preparat qabul qilinganidan keyin 16 minutdan keyin namoyon bo‘ladi.
Tadalafil sog‘lom odamlarda sistolik va diastolik bosimni yotgan holatda (AQB o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq ravishda 1,6/0,8 mm sim.ust.ni tashkil qiladi) va turgan holatda (AQB o‘rtacha maksimal pasayishi muvofiq ravishda 0,2/4,6 mm sim.ust.ni tashkil qiladi) platseboga nisbatan ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi. Tadalafil yurak qisqarishlari sonini ishonchli o‘zgarishini chaqirmaydi.
Tadalafil rang ajratish (zangori/yashil) qobiliyatini o‘zgartirmaydi, bu uni FDE6-ga nisbatan ta'siri pastligi bilan tushuntiriladi. Bundan tashqari, tadalafilni ko‘rish o‘tkirligi, elektroretinogramma, ko‘z ichki bosimi va qorachiqni o‘lchamiga ta'siri kuzatilmaydi.
O‘tqazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, sutkasiga 10 mg (N=204) yoki 20 mg (N=217) dozada tadalafilni olti oy davomida har kuni qabul qilinganda, odamlar spermasining hajmiga, spermotozoidlar soniga, harakatchanligiga va morofologiyasiga klinik ahamiyatli ta'siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, tadalafil testosteron, LG va FSG larning qondagi darajasiga ta'sir ko‘rsatmagan.
Tadalafil 5 mg
FDE5-ni ingibitsiya qilinishining g‘ovak tanalarda sGMF kontsentratsiyasiga samarasi, shuningdek prostata bezi, qovuqning silliq mushaklarida ham kuzatilib, ularning qon bilan ta'minlanishini oshishiga olib keladi. Qon tomir kengayishi natijasida olingan samara, qon perfuziyasini oshiradi, u o‘z navbatida, prostata bezining xafvsizgiperplaziyasi simptomlarini kamaytiradigan mexanizmi sifatida ishlashi mumkin. Bu qon tomir samaralari, qovuqning afferent nerv innervatsiyasi faolligini ingibitsiya qilish vaprostata bezi hamda qovuqning silliq mushaklarini bo‘shashtirish orqali to‘ldirilishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Tadalafil ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi. Plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyaga (Smax) ichga qabul qilinganidan o‘rtacha 2 soatdan keyin erishiladi.
Tadalafil so‘rilish tezligi va darajasi ovqatlanishga bog‘liq emas, shuning uchun preparatni ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin. Qabul qilish vaqti (ertalab yoki kechqurun) so‘rilish tezligi va darajasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Sog‘lom odamlarda tadalafilning farmakokinetikasi vaqt va dozaga nisbatan proportsional chiziqlidir. 2,5 mg dan 20 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i (AUC) ostidagi maydoni dozaga nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Plazmadagi barqaror kontsentratsiyaga preparat sutkada bir marta qabul qilinganida 5 kun davomida erishiladi.
Erektil disfunktsiyasi bor bemorlarda tadalafilning farmakokinetikasi erektil funktsiyasi buzilmagan shaxslar farmakokinetikasi bilan bir xil bo‘ladi.
Taqsimlanishning o‘rtacha hajmi 63 l-ni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich tadalafil organizm to‘qimalarida taqsimlanishidan dalolat beradi. Terapevtik kontsentratsiyalarda tadalafil 94% plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda o‘zgarmaydi.
Sog‘lom odamlar spermasining tarkibida yuborilgan dozaning 0,0005%-dan kamrog‘i aniqlanadi.
Tadalafil asosan sitoxrom R450 (CYP)3A4 izofermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. Asosiy qonda aylanuvchi metaboliti – metilkatexolglyukuronid hisoblanadi. Ushbu metabolit FDE5-ga nisbatan faolligi tadalafilga qaraganda 13 000 marta past. Demak, ushbu metabolit kuzatilayotgan kontsentratsiyalar uchun klinik ahamiyatli hisoblan- maydi.
Sog‘lom shaxslarda tadalafilning o‘rtacha klirensi soatiga 2,5 l-ni, o‘rtacha yarim chiqarilish davri esa 17,5 soatni tashkil qiladi. Tadalafil organizmdan asosan nofaol metabolitlar ko‘rinishida, asosan axlat bilan (dozaning taxminan 61%) va kamroq darajada siydik bilan (dozaning taxminan 36%) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Barcha dozalar uchun erektil disfunktsiyada (erektsiyaning buzilishlari, impotentsiya) qo‘llanadi.
5 mg doza uchun prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi (PBXG, prostata bezi adenomasi) simptomlarini davolash, shuningdek PBXG va erektil disfunktsiyaning birgalikda aniqlangan hollarda qo‘llanadi.
40 mg doza uchun (20 mg 2 ta tabletka) erkak va ayollarda o‘pka arteriyasini giperteniziyasini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat tabletka ko‘rinishida ichga qabul qilinadi.
O‘rta yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi
Davolash boshida tavsiya qilingan doza 10 mg-ni tashkil qiladi, keyinchalik, patsiyentning reaktsiyasiga qarab 20 mg yoki 5 mg dozaga o‘tkaziladi. Taxmin qilinayotgan jinsiy faollikdan oldin, ovqatlanishga bog‘liq bo‘lmagan holda ichga qabul qilinadi. Preparatning ta'siri tabletka qabul qilinganidan 16 minutdan keyin boshlanadi.
Patsiyentlar preparat qabul qilinganda optimal javob vaqtini belgilashlari uchun, preparat qabul qilinganidan keyin 36 soat ichida jinsiy aloqaga kirishishlari mumkin.
Qabul qilishning tavsiya etilgan maksimal tez-tezligi sutkasiga bir martani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi erkaklarda qo‘llanishi
Keksa yoshdagi patsiyentlarga dozaning maxsus tanlanishi talab qilinmaydi.
Buyrak va jigar funktsisini buzilishi bo‘lgan erkaklarda qo‘llanishi
Buyrak (kreatinin klirensi minutiga 30 l) va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaning maxsus tanlanishi talab etilmaydi.
Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi yoki prostata bezi xavfsiz giperplaziyasi va erektil disfunktsiya bilan birga bo‘lganda davolash uchun tavsiya qilingan doza – kuniga 5 mg-dan, 4 haftadan 26 haftagacha buyuriladi. Prostata bezi xavfsiz giperplaziyasida 5 mg- finasterid va 5 mg tadalafil bilan birga davolash davomiyligi, 26 haftagacha tavsiya etiladi.
O‘pka gipertenziyasini davolash uchun tavsiya etilgan doza 40 mg (2 ta tabletka)-ni tashkil qiladi. Bir kunli dozani ikkiga bo‘lib qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh og‘rig‘i va dispepsiya eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya ta'sirlar hisoblanadi. Tadalafil dozasi oshirib yuborilishi nojo‘ya ta'sirlar ko‘payishiga olib keladi. Tadalafil qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar, odatda yaqqolligi bo‘yicha ahamiyatsiz yoki o‘rtacha darajada, tranzitor bo‘lib, preparatni qo‘llash davom ettirilganda kamayib boradi.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta'sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma'lum – mavjud ma'lumotlarga ko‘ra uchrash sonini aniqlashni imkoniyati yo‘q.
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi; kamdan- kam hollarda - Kvinke shishi.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh og‘rig‘i; kam hollarda - bosh aylanishi; kamdan- kam hollarda – insulьt (shu jumladan gemorragik insulьt), hushdan ketish, tranzitor ishemik xurujlar, migrenь, tirishishlar, vaqtinchalik amneziya.
Ko‘rish a'zolari tomonidan kam - ko‘rish noaniqligi, ko‘zlardagi og‘riqni his qilish; kam - ko‘rish maydonining buzilishi, qovoqlarning shishi, kon'yuktiva giperemiyasi, ko‘rish nervining old noartritik ishemik nevropatiyasi, ko‘z pardasi qon tomirlari okklyuziyasi.
Eshitish a'zolari va muvozanat tomonidan kam – quloqlarni shang‘illashi; kamdan- kam hollarda – eshitishni to‘satdan yuqolishi.
Yurak qon-tomirlari tomonidan tez-tez – yuzning qizarishi; kam - taxikardiya, arterial gipertenziya, gipotoniya; kamdan- kam hollarda -miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan tez-tez - burunni bitishi;kam hollarda – hansirash, burundanqon ketishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez -dispepsiya; kam hollarda – qorinda og‘riq, qusish, ko‘ngil aynishi, gastroezofageal reflyuks.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan kam hollarda - toshma toshishi; kamdan- kam hollarda – eshakemi, Stivenson-Djonson sindromi, eksfoliativ dermatit, gipergidroz (ko‘p terlash).
Tayanch-harakat tizimi tomonidan tez-tez -belda og‘riq, mialgiya, qo‘l-oyoqda og‘riq.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘lllari tomonidan kamdan- kam hollarda – gematuriya.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan kam hollarda – uzoq muddatli erektsiya; juda kam hollarda – prapizm, jinsiy olatga qon quyilishi, gematospermiya.
Umumiy kam hollarda – ko‘krakdagi og‘riq, periferik shishlar, kam hollarda – yuz shishi, to‘satdan koronar o‘lim kuzatilishi mumkin.
NOXUSh REAKTSIYaLAR KUZATILGANDA ShIFOKORGA MUROJAAT QILING!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- tadalafil yoki preparat tarkibiga kiruvchi har qanday moddaga yuqori sezuvchanlik;
- har qanday organik nitratlar saqlovchi preparatlarni qabul qilish;
- 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda qo‘llash;
- klinik sinovlarda qatnashmagan yurak qon-tomirlari kasalliklari bo‘lgan bemorlar guruhi, shu sababli tadalafil bunday bemorlarga buyurilmaydi;
- so‘nggi 90 kun davomida miokard infarkti bo‘lgan bemorlar;
- nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtida paydo bo‘ladigan stenokardiya;
- so‘nggi 6 oy davomida Nьyu-York Kardiologiya assotsiatsiyasi tasnifiga muvofiq “2-sinfga” mansub yoki og‘irroq yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar;
- nazorat qilinmaydigan aritmiya, gipotenziya (<90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlar;
- so‘nggi 6 oy davomida insulьt bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumki, tadalafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi. Bu holat nitratlar va tadalafilning azot oksidi va sGMF-ning metabolizmga additiv ta'siri natijasida yuzaga keladi. Shuning uchun preparatni nitratlar qo‘llash fonida ishlatish mumkin emas.
Metabolizmi sitoxrom R450 izofermenti ishtirokida bo‘ladigan dori vositalar klirensiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi. Tadqiqotlar tadalafil CYP3A4, CYP1A2, CYP2D6, CYP2E1 va CYP2C9 izofermentlarini ingibitsiya va induktsiya qilmasligini tasdiqlaydi.
Tadalafil S-varfarin yoki R-varfarin farmakokinetikasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi. Tadalafil varfarinning protrombin vaqtiga nisbatan ta'sir qilmaydi.
Tadalafil atsetilsalitsil kislotasining ta'siri sababli yuzaga kelgan qon ketish davomiyligini uzaytirmaydi.
Tadalafilning asosiy antigipertenziv dori vositalarning, shu jumladan kalьtsiy kanallarining blokatorlari (amplodipin), angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitori (enalapril), beta-adrenergik retseptorlarning blokatorlari (metoprolol), alьfa-blokatorlar, tiazid diuretiklari (bendoflyuazid) va angiotenzin II retseptorlari blokatorlarini monoterapiya yoki kombinatsiyada past dozalarda qo‘llanilganda o‘zaro ta'siri klinik ahamiyatga ega emas. Tadalafilni antigipertenziv preparatlar bilan yoki ularsiz qabul qilgan bemorlarda nojo‘ya ta'sirlar orasidagi farqlar kuzatilmagan.
Tadalafilni bir marta qabul qilinganda qondagi alkogolь kontsentratsiyasiga, alkogolning kognitiv funktsiyasiga va arterial bosimga ta'siri kuzatilmagan. Bundan tashqari, alkogolь bilan birga qabul qilingan tadalafilning kontsentratsiyasi 3 soatdan keyin o‘zgarishi kuzatilmagan.
Tadalafil asosan CYP3A4 fermenti ishtirokida metabolizmga uchraydi. CYP3A4 selektiv ingibitori ketokonazol AUC-ni 107% ga oshiradi, rifampitsin esa 88% ga oshiradi.
O‘ziga xos o‘zaro ta'sirlar o‘rganilmagan bo‘lsa ham, ritonavir va sakvinavir kabi proteaz ingibitorlar, shuningdek eritromitsin va itrakonazol kabi CYP3A4 ingibitorlari, tadalafil faolligini oshiradi deb taxmin qilish mumkin.
Antatsid (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) va tadalafil bir vaqtda qabul qilinganda AUC o‘zgarmagan holda tadalafinning so‘rilish tezligi kamayadi.
5-alьfa-reduktaza (ARI) ingibitorlari. PBXG simptomlarini bartaraf qilish uchun 5 mg finasterid bilan 5 mg tadalafil qo‘llanganda, 5 mg finasteridni solishtirish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik sinovlarda noma'lum platsebo plyus har qanday yangi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan. Shunday bo‘lsada, tadalafilni 5-alьfa-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
CYP1A2 substratlar (masalan, teofillin). Tadalafil teofillinni farmakokinetikasi yoki farmakodinamikasiga klinik ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsatmaydi.
10 mg tadalafilning klinik farmakologik tadqiqotlarida teofillin bilan birga yuborilganda hech qanday o‘zaro farmakokinetik ta'sir kuzatilmagan. Bu yerda yagona farmakodinamik samarani qayd etish mumkin – bu yurak qisqarishlari sonini biroz oshishi (minutiga 3,5 marta qisqarish). Bu samara ahamiyatsiz bo‘lsa ham, ushbu tadqiqotda klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan bu dori vositalar, majmuada qo‘llanganda e'tiborga olish kerak.
Etinilestradiol va terbutalin. Tadalafil qo‘llanganda etinilestradiolning peroral biokiraolishligi oshishi mumkin. Terbutalinni peroral tarzda qabul qilishda ham ushbu samara kuzatilishi mumkin.
Atsetilsalitsil kislotasi. Tadalafil atsetilsalitsil kislotasi chaqirgan qon ketishining davomiyligiga ta'sir qilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jinsiy faollik yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga potentsial xavfli hisoblanadi. Shuning uchun, jinsiy faollik tavsiya etilmagan yurak kasalliklari bor erkaklarda, erektil disfunktsiyasini davolashda bu preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda jinsiy faollikda, asoratlarni potentsial xavfini hisobga olish kerak
- so‘nggi 90 kun davomidagi miokard infarkti;
- nostabil stenokardiya yoki jinsiy aloqa vaqtidagi stenokardiya;
- so‘nggi olti oyda rivojlangan NYHA bo‘yicha 2-sinfi va undan yuqoriroq sinfi bo‘lgan yurak yetishmovchiligi;
- yurak ritmini nazorat qilib bo‘lmaydigan buzilishlar, gipotoniya (AQB <90/50 mm sim.ust.) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya;
- so‘nggi olti oy ichida o‘tkazilgan insulьt.
Priapizmga (masalan, o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p miqdordagi miyeloma yoki leykemiyada) moyilligi yoki jinsiy olatning anatomik deformatsiyalari (masalan, qiyshaygan, kavernoz fibrioz yoki Peyroni kasalligi) bo‘lgan bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Tadalafil qo‘llanganda priapizm bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilmagan.
Tadalafilni, erektil disfunktsiyani davolash uchun qo‘llaniladigan boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Medikamentoz davolashni boshlashdan oldin, erektil disfunktsiya tashxisini potentsial birlamchi sabablarni aniqlash kerak.
Erektsiya 4 soat va undan ko‘proq vaqt davom etsa darhol tibbiy yordamga murojaat qilish lozimligi bemorlarga tushuntirilishi lozim. Priapizmning kechiktirib davolash jinsiy olatning to‘qimalari shikastlanishiga olib keladi, natijada potentsiya uzoq vaqtgacha tiklanmay qolishi mumkin.
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 31-50 ml) bo‘lganbemorlarda tadalafil bilan davolash fonida yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 51-80 ml) yoki sog‘lom shaxslar bilan solishtirganda bel sohasidagi og‘riq kabi nojo‘ya ko‘rinishlar ko‘proq kuzatiladi. Og‘ir darajadagi buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml) bo‘lgan bemorlarda tadalafil o‘rganilmagan. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Tadalafil 5 mg – prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi bo‘lgan bemorlar davolashdan oldin prostata bezi rakini inkor qilish uchun tekshiruv o‘tkazilishi zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
FDA tasnifi bo‘yicha homilaga ta'siri – B toifa.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homilaga salbiy ta'sir ko‘rsatish xavfi aniqlanmadi, homilador ayollarda tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilador ayollarda tadalafil qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar cheklangan. Homiladorlik, embrional/fetal rivojlanish, tug‘ruq yoki tug‘ruqdan keyin davridahomilani rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Emizish davrida ayollarga tadalafilni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tadalafil ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Maxsus ko‘rsatmalar
yo‘q.
Aholining maxsus guruhlari uchun qo‘shimcha ma'lumotlar
Tadalafil pediatriyada qo‘llash tavsiya etilmaydi. 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun tadalafilning xavfsizligi va samaradorligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari sog‘lom odamlarga bir marta 500 mg-gacha va erektil disfunktsiya bo‘lgan bemorlarga ko‘p marta sutkasiga 100 mg gacha buyurilganda, noxush samaralar pastroq dozalar qo‘llangandagi kabi ko‘rinishga ega.
Davolash gemodializ tadalafilni chiqarilishiga deyarli yordam bermaydi.
Chiqarilish shakli
«Afil 2,5» qobiq bilan qoplangan 2,5 mg tabletkalar, №8.
«Afil 5» qobiq bilan qoplangan 5 mg tabletkalar, №28.
«Afil 10» qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletkalar, №4 va №12.
«Afil 20» qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletkalar, №2, №4 va №12.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
MChJ “NOBEL PHARMSANOAT” ChEK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘chasi, 5 “A”
Tel. (99871) 207 99 00; Faks (99871) 207 99 01; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.