Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xoup kaps. №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракты растений
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
500 мг
Производитель
Nova Pharm
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xoup
Ta'sir etuvchi moddalar oddiy Sarsabil (Asparagus adscendens), Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus terrestris), Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens), Kengbargli Yartish (Orchis latifolia).
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi.
faol moddalar
1Oddiy Sarsabil (Asparagus adscendens)110,0 mg
2Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus terrestris)110,0 mg
3Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens)140,0 mg
4Kengbargli Yartish (Orchis latifolia)140,0 mg
yordamchi moddalar
5Kolloidli kremniy dioksidi4,0 mg
6Tozalangan talk4,0 mg
Ta'rifi O‘ziga xos hidli dorivor o‘simliklarning mayda elimentlari bo‘lgan jigarrangsimon rangli g‘ovak kukun saqlovchi “0” o‘lchamli to‘q-qizil rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Urologiyada qo‘llaniladigan vosita.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklar oddiy sarsabil, yerbag‘irlagan temirtikan, kengbargli yartishdan original texnologiya bo‘yicha olinadigan, o‘simliklardan olinadigan vosita, asosan furostanol turidagi steroid saponinlar saqlaydi. Organizmning umumiy tonusini oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ayrim faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda jinsiy libidoni yaxshilaydi va tiklaydi, erektsiya vaqtini uzaytiradi, vaqtidan oldin sperma tashlashni bartaraf qiladi, spermatozoidlar sonini va ularning xarakatchanligini oshirib, organizmda sog‘lom spermani ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Asosiy birikma hisoblangan protodiostsin organizmda degidroepiandrosteron (DHEA) gacha metabolizmga uchraydi, u immunitetga, hujayra membranalari butunligi, erektil faoliyat va xolesterin metabolizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Ma'lumki xolesterin xamma steroidlar uchun shu jumladan DHEA, tetstosteron va estradiol uchun ham, dastlabki modda hisoblanadi, bu Xoupning gipolipidemik samarasidan dalolat beradi.
Tarkibi
ga kiruvchi boshqa faol furastanol saponinlar protodiostsinning samarasini modulyatsiya qiladi. Xoup gipolipidemik samaraga ega past zichlikdagi lipoproteidlarning (PZLP) umumiy xolesterinini pasaytiradi, ayniqsa erkaklarda bu samara yaqqolroq namoyon bo‘ladi, zardobdagi triglitseridlar va YuZLP (yuqori zichlikdagi liporoteidlar) ko‘rsatkichiga ta'sir qilmaydi. Jigar faoliyatini yaxshilaydi va siydik ajralishini kuchaytiradi. Safro ajralib chiqishini oshiradi, me'da shirasini sekretsiyasini rag‘batlantiradi, ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Preparat periferik qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi, amplitudani kattalashtiradi va yurak qisqarishlar ritmini sekinlashtiradi.
Farmakokinetikasi
Preparat organizmda DHEA gacha jadal metabolizmga uchraydi. O‘zgarmagan protodiostsin qon plazmasidan tez chiqariladi va 3 soatdan keyin uning kontsentratsiyasi ahamiyatsiz bo‘lib qoladi.
Preparat ichga qabul qilinganidan keyin 24 soat davomida safro bilan protodiastsinning– 2 dan 4% gacha minimal miqdori chiqariladi. Siydikda o‘zgarmagan protodiastsinni o‘lchash mumkin bo‘lgan kontsentratsiyasi aniqlanmaydi. Xoup vena ichiga bir marta qo‘llanganda sutka davomida protodiostsinning safro bilan taxminan 12-14%, buyrak orqali taxminan 6-7% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Idopatik oligoastenoteratozoospermiya (ajralgan spermada spermatozoidlar sifatini va sonini kamayishi) bilan bog‘liq erkaklardagi bepushtlik varikotsele yuzasidan jarroxlik aralashuvi (moyakning urug‘i kanatikini varkioz kengayishi), immunologik infertillik; erektil disfunktsiya; dislipidemiyada umumiy xolesterin darajasini pasaytirish uchun; siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari (tsistit, piyelonefritlar); podagrada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘llanadi.
Erkaklarda jinsiy faoliyatlarni buzilishini davolash uchun kuniga 1-2 kapsuladan ovqat vaqtida buyuriladi. Erektil funktsiyani buzilishini davolash davomiyligi – kamida 40-50 kunni tashkil etadi, bepushtlikda – 70-90 kunni tashkil qiladi.
Dislipidemiya
1-2 kapsuladan kuniga 2 marta buyuriladi. Davolash kursi kamida 3 oyni davom ettishi kerak. Takroriy kurslar – shifokor tavsiyasiga binoan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Doza kamaytirilganda yoki vaqtinchalik (2-3 kunga) preparatni qabul qilish to‘xtatilganda o‘tib ketuvchi ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning hamma komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Prostata bezi adenomasi. Og‘ir yurak-qon tomir va buyrak kasalliklari. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Xoupning terapevtik ta'siri asta-sekin rivojlanganligi tufayli, preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi va siydik jinsiy tizim soxasida o‘tkir og‘riqlarda uni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
500 mg dan kapsulalar.
60 kapsuladan flakonlarda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«NOVA PHARM» MChJ QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termez sh., Sufi Olloyor ko‘ch., 10 burilish №2.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.