Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Maksigra 100 mg №12
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силденафил
Страна производитель
Польша
Дозировка
100 мг
Производитель
Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Maksigra
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sildenafil
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 50 mg yoki 100 mg sildenafil (tsitrat shaklida);
Yordamchi moddalar mannitol, krospovidon, povidon, kolloid kremniy dioksidi, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, natriy laurilsulfati;
Qobiqning tarkibi gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksidi, talk, indigotin Ye132 laki.
Ta'rifi
Maksigra 50 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, diametri 8 mm li ko‘k rangli tabletkalar.
Maksigra 100 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, diametri 10 mm li ko‘k rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita
ATX kodi G04BE03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sildenafil erektil disfunktsiyani davolash uchun peroral preparatdir. Tabiiy sharoitlarda, masalan jinsiy rag‘batlantirishda, preparat jinsiy olatga qon oqib kelishini kuchaytirish yo‘li bilan erektil faoliyatni buzilishini tiklaydi.
Erektsiyaning fiziologik mexanizmi jinsiy qo‘zg‘alish vaqtida g‘ovak tanada azot II oksidining (NO) ajralib chiqishidan iborat. Keyin azot II oksidi guanilattsiklaza fermentini faollashtiradi, bu siklik guanozinmonofosfatning (tsGMF) miqdorini oshishiga olib keladi, u g‘ovak tanadagi silliq mushaklarni bo‘shashishini chaqiradi va qon oqib kelishiga yordam beradi. Sildenafil g‘ovak tanadagi sGMF uchun xos (spetsifik) bo‘lgan 5-turdagi fosfodiesteraza (FDE5) ning kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi, u yerda FDE5 sGMFni parchalanishiga mas'uldir. Sildenafil erektsiyaga periferik ta'sir turiga ega. Sildenafil odamning alohida g‘ovak tanasiga bevosita bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin ushbu to‘qimalarga azot II oksidining bo‘shashtiruvchi ta'sirini faol kuchaytiradi. NO/tsGMF yo‘lini faollashuvida, jinsiy rag‘batlantirish vaqtida bo‘lgani kabi, sildenafilning ta'siri ostida FDE5 ni ingibirlanishi g‘ovak tanada sGMF miqdorini oshishiga olib keladi. Shuning uchun sildenafil kutilgan samarali farmakologik ta'sirini ko‘rsatishi uchun jinsiy rag‘batlantirilish zarur. Sildenafil erektsiya jarayonida ishtirok etuvchi FDE5 ga nisbatan selektivdir. Uning FDE5 ga nisbatan faolligi boshqa ma'lum fosfodiesterazalarga nisbatan faolligidan ustundir. Bu faollik, ko‘z to‘r pardasida yorug‘likni o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi FDE6 ga nisbatan faollikdan 10 marta yuqoridir. Maksimal tavsiya qilingan dozalarda preparatning selektiv ta'siri FDE1 ga nisbatan faolligidan 80 marta yuqori va FDE 2, 3, 4, 7, 8, 9, 10 va 11 ga – 700 marta yuqoridir. Xususan, sildenafilning FDE5 ga nisbatan faolligi, yurakning qisqaruvchanligini nazoratida qatnashuvchi chAPF-spetsifik fosfodiesterazaning izoformasi bo‘lgan FDE3 ga nisbatan faolligidan 4000 marta yuqori.
Sildenafil arterial bosimni, ko‘pchilik hollarda klinik jihatdan namoyon bo‘lmaydigan ahamiyatsiz va o‘tuvchan pasayishini chaqiradi. Sildenafil 100 mg dozada peroral qabul qilgandan keyin chalqancha yotgan holatda sistolik arterial bosimning o‘rtacha maksimal pasayishi 8,4 mm sim. ust. ni tashkil qildi. Chalqancha yotgan holatda diastolik arterial bosimning muvofiq o‘zgarishi 5,5 mm sim. ust. ni tashkil qildi. Arterial bosimni bunday pasayishi sildenafilning, ehtimol tomirlarning silliq mushaklarida sGMF miqdorini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan vazodilatatsiyalovchi ta'siri bilan muvofiq keladi. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta peroral yuborilishi EKG ko‘rsatkichlariga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan.
Sildenafil 100 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin spermatozoidlarning harakatchanligi yoki morfologiyasiga ta'siri aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Sildenafil tez so‘riladi. Preparat och qoringa peroral qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 30 dan 120 minut (o‘rtacha 60 minut) gacha vaqt davomida erishiladi. O‘rtacha mutloq biokiraolishligi preparat peroral qabul qilinganida 41% (diapazon 25-63%) ni tashkil qiladi. Sildenafil peroral qabul qilinganidan keyin AUC va Smax kattaliklari tavsiya qilingan dozalar diapazoni (50-100 mg) da qabul qilingan dozaga proportsional ravishda oshadi. Sildenafil ovqat bilan birga qabul qilinganda, so‘rilish tezligi pasayadi, bunda Tmax o‘rtacha kechikishi 60 minutni, Smax ni o‘rtacha pasayishi esa 29% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Sildenafilning o‘rtacha taqsimlanish hajmi muvozanatli kontsentratsiya holatida (Vd) 105 l ni tashkil qiladi, bu uni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. 100 mg dozada bir marta peroral qabul qilingandan keyin sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal umumiy kontsentratsiyasi taxminan 440 ng/ml (KV 40%) ni tashkil qiladi. Sildenafilni (va plazmadagi sildenafilning asosiy metaboliti N-demetil) plazma oqsillari bilan 96% bog‘lanishi tufayli, plazmadagi erkin sildenafilning o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi preparatning umumiykontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Sildenafil qabul qilayotgan (100 mg dozada bir marta qabul qilgan) sog‘lom ko‘ngillilarda, yuborilganidan keyin 90 minutdan so‘ng urug‘ suyuqligida yuborilgan dozaning 0,0002% (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.
Metabolizmi
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 yordamida (asosiy yo‘l) va CYP2C9 (ikkinchi darajali yo‘l) yordamida metabolizmga uchraydi. Qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti sildenafildan N-demetillanish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bu metaboliti fosfodiesterazalarga nisbatan, sildenafilga o‘xshash selektivlik profiliga ega va uning FDE5 ga nisbatan faolligi in vitro sharoitida dastlabki preparatning faolligining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Bu metabolitning plazmadagi kontsentratsiyasi sildenafilning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil qiladi. Keyinchalik N-dezmetil metaboliti metabolizmga uchraydi, bunda uning yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ni tashkil qiladi, bunda terminal yarim chiqarilish davri 3-5 soatni tashkil qiladi. Peroral yoki vena ichiga yuborilganidan keyin sildenafil metabolitlari ko‘rinishida asosan ahlat bilan (peroral yuborilgan dozaning taxminan 80%) va kamroq miqdorda siydik bilan (peroral yuborilgan dozaning taxminan 13%) chiqariladi.
Alohida guruh patsiyentlardagi preparatning farmakokinetikasi
Keksalar
Keksa yoshli (65 yoshdan oshgan) sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafilning klirensini pasayishi aniqlangan, bu sildenafil va uning faol metaboliti N-dezmetilning plazmadagi kontsentratsiyasini, yoshroq (18-45 yoshli) sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan 90% gacha oshishiga olib keldi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishidagi yosh bo‘yicha farqlar tufayli, plazmada erkin sildenafilning kontsentratsiyasini muvofiq oshishi taxminan 40% ni tashkil qildi.
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi = 30-80 ml/min) bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafil 50 mg dozada bir marta peroral yuborilganidan keyin uning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmagan. Metaboliti N-dezmetilning AUC va Smax o‘rtacha kattaliklari, buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmagan xuddi shu yoshdagi ko‘ngillilarga nisbatan muvofiq 126% va 73% ga oshgan. Biroq yuqori shaxsiy o‘zgaruvchanlik tufayli bu farqlar statistik ahamiyatli bo‘lmagan. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi (kreatinin klirensi 30 ml/min) bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensi pasaygan, bu AUC va Smax o‘rtacha kattaliklarini buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmagan xuddi shu yoshdagi ko‘ngillilarga nisbatan muvofiq 100% va 88% ga oshishiga olib kelgan. Bundan tashqari, N-dezmetil metaboliti uchun AUC va Smax qiymatlari muvofiq 79% va 200% gacha ahamiyatli yuqori bo‘lgan.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Yengil va o‘rtacha darajadagi jigar sirrozi (Chayld-Pyu tizimi bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan ko‘ngillilarda sildenafilning klirensini pasayishi aniqlangan, bu jigar faoliyatini buzilishi bo‘lmagan xuddi shu yoshdagi ko‘ngillilarga nisbatan muvofiq AUC (84%) va Smax qiymatlarini (47%) ga oshishiga olib kelgan. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
- erektsiyani buzilishlarini davolashda (jinsiy aloqani o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan jinsiy olatning erektsiyasini tutib turish uchun) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
Kattalar
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza sildenafilning 50 mg li 1 tabletkasidir. Dori preparatini samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab, dozani 100 mg gacha oshirish yoki 50 mg gacha pasaytirish mumkin. Preparatning 100 mg dan ortiq dozalarini qabul qilish mumkin emas. Preparatni sildenafilning 100 mg dan oshiqroq dozalarda qo‘llanishi, uning samaradorligini oshirmaydi, ayni paytda nojo‘ya ta'sirlarini yuz berishini tez-tezligi va jadalligi oshadi. Preparatni sutkada bir martadan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Maksigra preparatini jinsiy faollikdan taxminan 60 minut oldin qabul qilish lozim.
Tabletkani oz miqdordagi suv bilan birga butunligicha yutish lozim.
Preparatni ovqat bilan birga qo‘llanishi, dori preparatining ta'sirini boshlanishini sekinlashtirishi mumkin.
Keksa yoshli patsiyentlar
Keksa yoshli patsiyentlarda sildenafilning metabolizmi sekinlashgan bo‘lishi mumkin, demak, preparatning boshlang‘ich dozasini sildenafilning 50 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Navbatdagi dozalar, dori preparatining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga qarab 50 mg va 100 mg gacha oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ushbu preparat boshqa dori vositalari singari, barchada bo‘lmasa ham nojo‘ya samaralar rivojlanishini chaqirishi mumkin. Odatda sildenafilni qabul qilishda nojo‘ya samaralar kuchsiz yoki o‘rtacha bo‘ladi va o‘tuvchan xarakterga ega.
Agar Sizda quyida keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi rivojlansa, Maksigrani qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling
• Allergik reaktsiya (kam hollarda rivojlanadi)
Simptomlari to‘satdan xirillash, nafas olishni qiyinlashishi yoki bosh aylanishi, qovoqlarni, yuzni, lablar va tomoqni shishi.
• Ko‘krakda og‘riq (kam hollarda rivojlanadi)
Agar ushbu simptom jinsiy aloqa vaqtida yoki undan keyin paydo bo‘lsa
-Yarimo‘tirgan holatiga keling va o‘zingizni bo‘sh qo‘yishga harakat qiling.
-Davolash uchun nitratlarni qo‘llamang.
• Uzoq va ba'zan og‘riqli erektsiya (tez-tezligi noma'lum)
Agar erektsiya 4 soatdan ortiq davom etsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
• Ko‘rishni birdan pasayishi yoki ko‘rishni buzilishi (tez-tezligi noma'lum)
• Jiddiy teri reaktsiyalari (tez-tezligi noma'lum)
Simptomlari terini yaqqol po‘st tashlashi va shishi, og‘iz bo‘shlig‘ida, jinsiy a'zolarda va ko‘z atrofida pufaklarni hosil bo‘lishi, isitmani o‘z ichiga olishi mumkin.
• Tirishishlar yoki tutqanoqlar (tez-tezligi noma'lum).
Boshqa nojo‘ya samaralar
Juda tez-tez (10 dan > 1 odamda rivojlanishi mumkin) bosh og‘rig‘i.
Tez-tez (10 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin) yuzni qizarishi, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, ko‘rishni buzilishi (shu jumladan, rangni ajratishni buzilishi, yorug‘likka sezuvchanlik, ko‘rish noaniqligi yoki ko‘rish o‘tkirligini pasayishi), burun bitishi hissi va bosh aylanishi.
Teztez emas (100 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin) qusish, teri toshmasi, ko‘zning orqa qismiga qon quyilishi, ko‘zlarni ta'sirlanishi, ko‘zlarning giperemiyasi/qizarishi, ko‘zlarda og‘riq, ko‘rishni ikkilanishi, ko‘zlarda noodatiy his, ko‘zni yoshlanishi, kuchli yurak urishi, yurak urishini tezlashishi, mushaklarda og‘riq, uyquchanlik, taktil his qilishni pasayishi, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, olatdan qon ketishi, sperma va/yoki siydikda qon, ko‘krakda og‘riq va charchoqlik xissi.
Kam (1000 dan < 1 odamda rivojlanishi mumkin) yuqori arterial bosim, arterial bosimni pasayishi, hushdan ketish,insult, infarkt, aritmiya, burundan qon ketishi va eshitishni birdan pasayishi yoki yo‘qotilishi.
Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi noma'lum (tez-tezligini mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlab bo‘lmaydi)
Qayd etilgandan keyingi kuzatuv jarayonidagi qo‘shimcha nojo‘ya samaralar nostabil stenokardiya (yurak kasalligi), to‘satdan o‘lim holati, bosh miya qismlariga qon kelishini vaqtinchalik yomonlashishi. Ushbu nojo‘ya samaralar rivojlanganligi kuzatilgan ko‘pchilik erkaklarda (lekin barchalarida emas) sildenafilni qabul qilishdan oldin yurak bilan muammolari bo‘lgan. Shu sababli, ushbu ko‘rinishlarni rivojlanishi va sildenafilni qabul qilishni orasidagi to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liqlik borligini aniqlash imkoniyati yo‘q.
Har qanday nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishida, shuningdek ushbu ilovavaraqada keltirilmagan, davolovchi shifokorga habar berish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
sildenafilga yoki preparatning komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik
yurak-qon tomir tizimining kasalliklari
preparatni nitratlar va azot II oksidini ajralib chiqishini chaqiruvchi boshqa dori vositalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
og‘ir jigar yetishmovchiligi
arterial gipotenziyasi (AB 90/50 mm sim. ust. dan pastroq) bo‘lgan patsiyentlar, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan yoki miya insultidan keyin
ko‘z to‘r pardasining nasliy degenerativ kasalliklari (masalan retinitis pigmentoza)
sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilishda arteriit bilan bog‘liq bo‘lmagan (NAION) ko‘rish nervining old ishemik neyropatiyasi natijasidagi ko‘zlardan birida ko‘rishni buzilishi
18 gacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sildenafil azot II oksidining ajralib chiqishini chiqaruvchi dori vositalarning (masalan, nitratlar, molsidomin, nitroprussid natriy) gipotenziv ta'sirini potentsiyalaydi. Sildenafil CYP3A4 ni susaytiruvchi dori vositalari (masalan, ketokonazol, eritromitsin, simetidin) bilan majmuada qo‘llanganida sildenafilning metabolizmi pasayadi. Sildenafil va CYP3A4 ingibitorlari bir vaqtda qo‘llangan holda sildenafilning boshlang‘ich dozasini 25 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi. Sildenafilni ritonavir (VICh proteazasi ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki sildenafilning metabolizmi ahamiyatli pasayadi.
Sildenafil va VICh proteaza ingibitori sakvinavirni bir vaqtda qo‘llash, sildenafilning qon plazmasida kontsentratsiyasini oshishini chaqirishi mumkin.
Sildenafilni -adrenolitik dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (ayniqsa 25 mg dan yuqori dozada), chunki sildenafil qabul qilgandan so‘ng 4 soat davomida simptomatik gipotenziya yuz berishi mumkin.
Amlodipin va sildenafil 100 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida, amlodipinning gipotenziv ta'siri oshadi (sistolik va diastolik bosimni muvofiq ravishda 8 mm sim. ust. va 7 mm sim. ust. ga pasayishi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni jinsiy olatning yo‘ldosh anatomik patologiyasi (masalan, g‘ovak tanalar fibrozi, Peyroni kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda, yurak-tomir tizimining kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda (preparat tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega, bu qisqa vaqtli arterial bosimni pasayishini chaqirishi mumkin), shuningdek priapizm (masalan, o‘roqsimon hujayrali anemiya, leykozlar, ko‘p sonli miyeloma) yuz berishiga moyillik yaratuvchi omillari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Sildenafilni erektsiyani buzilishini boshqa davolash usullari bilan bir vaqtda qo‘llash, bunday davolashning xavfsizligi va samaradorligini isbotlovchi tadqiqotlar yo‘qligi sababli, tavsiya etilmaydi.
Sildenafilning terapevtik ta'siri boshlanishi uchun oldindan jinsiy rag‘batlantirish bo‘lishi lozim.
Sildenafilni gemostazni buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek me'da-ichak yo‘llarining faol yarasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlarning yo‘qligini hisobga olib, bunday patsiyentlarda Maksigra preparatini faqat erektsiya buzilishlarini davolashdan olinadigan foyda, qon ketishlarini yuz berishini potentsial xavfidan ustun bo‘lgandagina qo‘llash kerak.
Sildenafil va FDE5 ning boshqa ingibitorlarini qabul qilishda arteriit bilan bog‘liq bo‘lmagan (NAION, non-arteritic anterior ischemic optic neuropathy) ko‘rishni buzilishi va ko‘rish nervining old ishemik neyropatiya hollari kuzatilgan. Ko‘rishni to‘satdan buzilishi hollarida sildenafilni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi < 30 ml/min) bo‘lgan patsiyentlarda birinchi dozani 25 mg gacha pasaytirish tavsiya etiladi. Navbatdagi dozalar, dori vositasining samaradorligi va o‘zlashtiraolinishiga qarab, 50 mg va 100 mg gacha oshirilishi mumkin.
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash
Jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda (masalan, sirrozda) sildenafilning metabolizmi pasaygan. Shuning uchun jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda dastlabki dozani 25 mg gacha kamaytirish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri qo‘llanilishi
Maksigra preparati ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Sildenafilni qabul qilgandan keyin bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin. Siz avtomobilni haydashdan oldin yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin ko‘rsatilgan buzilishlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlarning simptomlarini kuchayishi.
Davolash simptomatik. Sildenafil uchun spetsifik antidot ma'lum emas. Dializ sildenafilni chiqarilishini tezlashtirmaydi.
Chiqarilish shakli
50 mg va 100 mg li qobiq bilan qoplangan Maksigra tabletkalari 1, 4, 8 yoki 12 tabletkadan folgali blisterlarga joylangan.
Blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga matn bosilgan yorlig‘i bilan litografik qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«POLFARMA» AJ farmatsevtika zavodi
Pelplinska ko‘ch. 19
83-200 Starogard Gdanski, Polsha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.