Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sildap tab. 50mg/30mg №4 (sildenafil + dapoksetin)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силденафил, дапоксетин
Страна производитель
Индия
Дозировка
50 мг+30 мг
Производитель
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
СИЛДАП
(Sildap)|Таблетки, по
Preparatning savdo nomi
Sildap
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) sildenafil sitrati va dapoksetin gidroxloridi
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 50/100 mg sildenafil; 30/60 mg dapoksetin;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, makkjo‘xori kraxmali,povidon, natriy kraxmal glikolyat, tozalangan talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy, izopropil spirti, kolorkoat FC4S-H, sanset sariq leyk bo‘yovchisi, metilen xlorid.
Ta'rifi
(50 mg+30 mg) uchun sariq rangli, yuraksimon shaklli, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
(100 mg+60 mg) uchun to‘q sariq rangli, yuraksimon shaklli, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
erektsiyani buzilishini davolash uchun preparatlar.
ATX kodi G04BE
Farmakologik hususiyatlari
Sildenafil g‘ovak tanada sGMF parchalanishiga javobgar bo‘lgan sGMF-spetsifik fosfodiesteraza 5 turini (FDE5) kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi. Sildenafil g‘ovak tanaga bevosita bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo ushbu to‘qimaga azot oksidining bo‘shashtiruvchi samarasini faol ravishda kuchaytiradi. Jinsiy qo‘zg‘alishda sildenafil ta'sirida NO ni mahalliy ajralib chiqishi g‘ovak tanada FDE5 ni susayishiga va sGMF ning darajasini oshishiga olib keladi, buning natijasida g‘ovak tanada silliq mushaklarni bo‘shashishi va qon oqimini kuchayishi kuzatiladi.
Sildenafil rang (ko‘k/yashil) ajratish qobiliyatini yengil va o‘tib ketuvchi buzilishini chaqirishi mumkin. Rang ajratishni buzilishini taxmin qilingan mexanizmi bo‘lib to‘r pardada rangni o‘tkazish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 ni susayishi hisoblanadi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE6 ga ta'siri uni FDE5 ga nisbatan faolligidan 10 marta kamligini ko‘rsatdi.
In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi uni fosfodiestezaning boshqa izoformalari (FDE 1, 2, 3, 4 va 6) ga nisbatan faolligidan 10-10000 marta ustunligidan dalolat beradi. Xususan sildenafilni FDE5 ga nisbatan faolligi yurak qisqarishida ishtirok etadigan sAMF-spetsifik fosfodiesteraza – FDE ga nisbatan faolligidan 4000 marta ustun turadi.
Dapoksetin serotoninni qayta qamrab olinishini bloklaydi, bu 18 yoshdan oshgan erkaklarda muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyatsiya muammosi bilan samarali kurashish imkonini berishi klinik jihatdan tasdiqlangan. Turli yoshdagi barcha erkaklarning taxminan 27-34% muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyatsiya muammosi bilan xastalanganlar. Ko‘pchilik erkaklarda eyakulyatsiya ular o‘ylagandan ertaroq kuzatiladi.
Dapoksetin preparati jinsiy yaqinlikni 200-400 foizga uzaytiradi. SSRIs (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari SQQSI) bosh miyada kimyoviy serotoninni yutilishiga sababchi bo‘ladigan retseptorlarni bloklab ta'sir qiladi. Tadqiqotlarda, serotonin neyromediatori kayfiyatga ta'sir qilishi isbotlangan. SQQSI serotoninni so‘rilish jarayonini bloklab, kayfiyat, hulq-atvor va dunyo qarashni yaxshilaydi. Ammo ko‘pchilik odamlar uchun shuningdek bezovtalikka sabab bo‘lishi mumkin. SQQSI selektiv hisoblanadi va boshqa neyromediatorlarga ta'sir ko‘rsatmasdan, faqat serotoninga ta'sir qiladi.
Farmakokinetikasi
Sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Mutloq biokiraolishligi o‘rtacha 40% (25-63%) ni tashkil etadi. 100 mg dozada ichga bir marta qabul qilinganidan so‘ng Smax 18 ng/ml ni tashkil etadi va och qoringa qabul qilinganida 30-120 minut davomida erishiladi. Sildenafil yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga uzayadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi. Muvozanatli holatda sildenafilning Vd o‘rtacha 105 l ni tashkil etadi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-desmetil metaboliti plazma oqsillari bilan taxminan 96% ga bog‘lanadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. 0,0002% dan kamroq dozasi (o‘rtacha 188 ng) sildenafil ichga qabul qilinganidan so‘ng 90 minutdan keyin spermada aniqlangan.
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari CYP3A4 (asosiy yo‘li) va CYP2C9 ta'siri ostida metabolizmga uchraydi.
Sildenafilni N-desmetilizatsiya natijasida hosil bo‘ladigan, qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti navbatdagi metabolizmga uchraydi. FDE ga selektiv ta'siri bo‘yicha metaboliti sildenafil bilan bir xildir, in vitro sharoitlarda uni FDE5 ga nisbatan faolligi sildenafilning o‘zining faolligini taxminan 50% ni tashkil etadi. Plazmada metabolitining kontsentratsiyasi sildenafilning kontsentratsiyasini taxminan 40% ni tashkil etadi. N-desmetilmetaboliti keyinchalik metabolizmga uchraydi; uning terminal T1/2 taxminan 4 soatga teng.
Organizmda sildenafilning umumiy klirensi soatiga 41 l ga teng, T1/2 terminal fazada – 3-5 soat. Ichga qabul qilinganidan so‘ng sildenafil asosan axlat bilan (dozasining taxminan 80%) metabolitlar holida va kamroq darajada siydik bilan (dozasining taxminan 13%) chiqariladi.
Keksa yoshdagi (65 yosh va undan oshgan) patsiyentlarda sildenafilning klirensi pasaygan bo‘ladi, plazmada erkin faol metabolitining kontsentratsiyasi esa yosh patsiyentlardagi (18-45 yosh) kontsentratsiyasidan taxminan 40% ga yuqori bo‘ladi.
Yengil (KK minutiga 50-80 ml) va o‘rtacha (KK minutiga 30-49 ml) darajadagi buyrak yetishmovchiligida sildenafil ichga bir marta (50 mg) qabul qilinganidan so‘ng uning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi. Og‘ir darajadagi (KK ≤ 30 ml/min) buyrak yetishmovchiligida sildenafilning klirensi pasayadi, bu shunday yoshdagi patsiyentlarda buyraklarni faoliyati normal bo‘lganida AUC (100%) va Cmax (88%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan ikki marta oshishiga olib keladi.
Jigar sirrozi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinflar) bo‘lgan patsiyentlarda sildenafilning klirensi pasayadi, shunday yoshdagi patsiyentlarda jigar faoliyati normal bo‘lganida AUC (84%) va Cmax (47%) ni ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan oshishiga olib keladi.
Dapoksetin gidroxloridi o‘ziga xos farmakokinetik xususiyatlarga ega. Boshqa SQQSI eng yuqori samaradorlikka kamida ikki haftadan keyin erishadi, dapoksetin gidroxloridi esa qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga ichga qabul qilinganidan so‘ng kamida bir soatdan keyin erishadi va organizmdan bir-ikki soat davomida butunlay chiqariladi.
Navbatdagi 24 soat davomida (preparat qabul qilinganidan keyin) uning plazmadagi kontsentratsiyasi maksimal kontsentratsiyasini 5% dan kamroq qismini tashkil etadi. Preparat tez o‘zlashtiriladi va organizmdan chiqariladi, bu uni har kuni qabul qilish imkonini beradi.
Dapoksetin 2-3 soat davomida metabolizmga uchraydi, uning qon plazmasidagi miqdori maksimal kontsentratsiyasini taxminan 50% ga kamaytiradi. Shunday qilib, optimal samarasiga preparat ichga qabul qilingandan so‘ng 30 minutdan keyin erishadi.
Qo‘llanilishi
Sildap preparati jinsiy olat erektsiyasini jinsiy yaqinlik samarali bo‘lishi uchun yetarli darajaga erishish yoki tutib turishga qodir bo‘lmagan erektil disfunktsiyasi bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sildap ichga qabul qilinadi.
Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan oldindan maslahatlashish kerak. rejalashtirilayotgan jinsiy faollikdan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Bir martalik dozasi 50 mg sildenafilni tashkil etadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Bir martalik maksimal dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Maksimal qabul qilishlar soni sutkada 1 martani tashkil etadi.
65 yoshdan oshgan keksa yoshdagi patsiyentlar uchun va buyrak yoki jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida preparatning dozasi 25 mg ni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Sildenafil
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, qizib ketish hissi, bosh aylanishi, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispepsiya, asteniya, diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin.
Suyak-mushak tizimi tomonidan artralgiya, mialgiya, mushaklar tonusini oshishi.
Nafas tizimi tomonidan burunni bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llari infektsiyalari, nafasni buzilishi.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan jismlarning rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘likni his etishni kuchayishi va ko‘rish o‘tkirligini buzilishi), kon'yunktivit.
Boshqalar grippsimon sindrom, infektsion kasalliklarni rivojlanishi, vazodilatatsiya simptomlari, belda og‘riq, toshma, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, prostata bezining faoliyatini buzilishlari; yakka hollarda – priapizm.
Dapoksetin
Ko‘ngil aynishi Dapoksetinning kichik dozasi (30 mg) ni qabul qilgan erkaklarning 8,7% da va yuqori dozasi (60 mg) ni qabul qilgan erkaklarning 20% da kuzatilgan.
Bosh og‘rig‘i Dapoksetinning kichik dozasini qabul qilgan erkaklarning 5,9% da, yuqori dozasini qabul qilgan erkaklarning 6,8% da kuzatilgan.
Diareya Dapoksetinning yuqori dozasini qabul qilgan erkaklarning 6,8% da kuzatilgan.
Bosh aylanishi Dapoksetinning yuqori dozasini qabul qilgan erkaklarning 6,2% da kuzatilgan.
Bosh aylanganida va ko‘ngil ayniganida shifokorga murojaat qiling.
Preparatning nojo‘ya ta'sirlari bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sildenafil sitrat
-Preparatning faol moddasiga yoki to‘ldiruvchilaridan biron-biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
-Azot oksidini siklik guanozinmonofosfati (tsGMF) bilan ma'lum o‘zaro ta'siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun uni azot oksidi donorlari (masalan, amilnitrit) bilan yoki nitratlarning har qanday shakli bilan birga qo‘llash mumkin emas.
-Erektil disfunktsiyani davolash uchun qo‘llanadigan vositalarni, shu jumladan sildenafilni jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan odamlarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir darajadagi yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlar) qo‘llash mumkin emas.
-Ko‘ruv nervini old noarteriit ishemik nevropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zni ko‘rishi yo‘qolgan patsiyentlarga, ushbu holat ilgari FDE5 ingibitorini ta'siriga bog‘liq yoki bog‘liq emasligidan qat'iy nazar, qo‘llash mumkin emas.
-Quyidagi patsiyentlarning kichik guruhlari og‘ir daradagi jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial qon bosimi < 90/50 mm sim.ust.), yaqin vaqtda kuzatilgan insult yoki miokard infarkti va to‘r pardani, pigmentli retiniti kabi nasliy degenerativ buzilishlari (ushbu patsiyentlarning kamchiligi to‘r pardani genetik buzilishiga ega) da sildenafilning havfsizligi o‘rganilmagan va shuning uchun uni qo‘llash mumkin emas.
Dapoksetin gidroxloridi

-Quyidagi ahamiyatli darajadagi yurak kasalliklari
• Yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha II-IV sinf);
• Yurak o‘tkazuvchi tizimini, AV-blokada yoki sinus tugunini kuchsizligi sindromi kabi, anomaliyalari;
• Yurak ishemik kasalligi;
• Yurak klapani nuqsonlari;
• Anamnezida xushdan ketishlarni bo‘lganligi.
-Anamnezida maniya yoki og‘ir darajadagi depressiyalarni bo‘lishi.
-Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda davolash yoki preparatni MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun davomida. Shuningdek, MAO ingibitorlari bilan davolash dapoksetinni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida amalga oshirish mumkin emas.
-Tioridazin bilan yondosh davolash yoki tioridazin bilan davolash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab 14 kun davomida. Xuddi shunday, dapoksetinni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida tioridazin bilan davolash mumkin emas.
-Serotoninni qayta qamrab olinishini ingibitorlari [serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQSI), serotonin-noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitorlari (SNRIs), tritsiklik antidepressantlar (TTSA)] yoki serotoninergik samaraga ega bo‘lgan boshqa dori vositalar/o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar [masalan, L-triptofan, triptanlar, tramadol, linezolid, litiy, teshik dalachoy] yoki preparatni o‘simliklardan olinadigan ushbu dori mahsulotlari bilan birga qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun davomida qo‘llash mumkin emas. Shunga o‘xshash tarzda, o‘simliklardan olinadigan ushbu dori vositalarni qabul qilish dapoksetinni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida amalga oshirish mumkin emas.
-Ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, sakvinavir, telitromitsin, nefazadon, nelfinavir, atazanavir va boshqalar kabi CYP3A4 ni kuchli ingibitorlari bilan yondosh davolash.
-O‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sildap tarkibida sildenafil va dapoksetin saqlaganligi sababli, u komponentlarini har biri uchun xarakterli bo‘lgan o‘zaro ta'sirga kirishishi mumkin.
Sildenafil
CYP3A4 ni ingibitorlari (eritromitsin, simetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, qon plazmasida sildenafilning kontsentratsiyasi oshadi.
Indinavir, sekvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax va AUC oshadi, bu indinavir, sekvinavir, ritonavir ta'sirida CYP3A4 izofermentini ingibitsiya bo‘lishi bilan ifodalanadi.
Ketokonazol yoki itrakonazol kabi CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitorlari qon plazmasida sildenafilning kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligini kutish mumkin.
Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta'siri kuchayadi.
Simvastatin qabul qilayotgan patsiyentda sildenafilning dozasi bir marta qabul qilinganidan so‘ng rabdomiolizning simptomlarini rivojlanish hollari keltirilgan.
Dapoksetin
Quyidagi preparatlar bilan qabul qilish mumkin emas
-Monoaminoksidaza ingibitorlari (iMAO)
-Tioridazin (shizofreniyani davolash uchun qo‘llanadi)
-Litiy (Kerri Katon bipolyar buzilishini davolash uchun qo‘llanadi)
-Linezolid – antibiotik
-Triptofan – uyqu vositasi
-Dalachoy – fitoterapiya
-Tramadol – kuchli og‘riq qoldiruvchi
-Migrenni davolash uchun qo‘llanadigan vositalar
-Nefazodon – antidepressant.
Dapoksetin preparatini ushbu preparatlardan biron-biri bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Bundan tashqari, dapoksetin preparatini qabul qilishdan kamida 14 kun oldin yuqorida sanab o‘tilgan preparatlardan biron-birini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Dapoksetin preparatini qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarni kamida 7 kundan keyin qabul qilishni boshlash kerak.
Shuningdek dapoksetin preparatini quyidagilar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi
-Zamburug‘li infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan ba'zi preparatlar bilan, shu jumladan ketokonazol va itrakonazol bilan.
-OITV-infektsiyasini davolash uchun qo‘llanadigan ba'zi preparatlar bilan, shu jumladan ritonavir, sakvinavir, nelfinavir va atazanavir bilan.
-Infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadigan ba'zi preparatlar bilan, shu jumladan telitromitsin bilan.
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan preparatlardan biron-birini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Dapoksetin preparatini qabul qilmang.
Dapoksetinni boshqa dori vositalari bilan mutanosibligi bo‘yicha masalalar bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sildenafil
Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-qon tomir tizimini tekshirish kerak.
Jinsiy olatni anatomik deformatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga moyil kasalliklari bo‘lgan (o‘roqsimon hujayrali anemiya, ko‘pchilik miyeloma yoki leykemiya) odamlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Jinsiy faollikni kuchaytirish mumkin bo‘lmagan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Qon oqishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, me'da o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayish bosqichida, nasliy pigmentli retinitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Eksperimental tekshirishlarda sildenafilning kontserogenligi yuzasidan dalillar aniqlanmagan. Mutagenligini o‘rganish bo‘yicha bakterial va in vivo sharoitidagi sinamalar manfiy bo‘lgan.
Sildenafil preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dapoksetin
Preparat ixtiyorsiz homiladorlik yoki OITV (odam immun tanqisligi virusi) kabi venerik kasalliklardan saqlamaydi.
Jinsiy faollik yurakka bo‘lgan yuklamani oshiradi, bu yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lganida xavfli bo‘lishi mumkin.
Jinsiy faollik vaqtida ko‘krakda og‘riq paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
Ko‘rish keskin yomonlashganida yoki yo‘qolganida shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun shifokorga murojaat qiling. Alkogol iste'mol qilish preparatning nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari – nojo‘ya ko‘rinishlari kuchayishi mumkin.
Davolash – simptomatik. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
4 tabletkadan blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Karbon Pharma Pvt. Ltd.
5160A, Sector-38 (West), Chandigarh - 160 037, Hindiston.
крытые пленочной оболочкой 50 мг+30 мг; 100 мг+60 мг N4 (1х4) (блистеры)|Индия|Karbon Pharma Pvt. Ltd.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.