Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinegra 100 tab. №4
Nomi | Narx | |||||
Синегра 100 таб. №4 (TIZA01AB##2 271) |
UZS 66 600
Stokda yetarli (23)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Силденафил
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мг
Производитель
NOBEL-PHARMSANOAT
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinegra®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Sildenafil sitrati
Chiqarilish shakli
“Sinegra®” 25 qobiq, bilan qoplangan tabletkalar, 25 mg dan №4
“Sinegra®” 50 qobiq, bilan qoplangan tabletkalar, 50 mg dan №1 va №4
“Sinegra®” 100 qobiq, bilan qoplangan tabletkalar, 100 mg dan №1
Farmakoterapevtik guruhi
Potentsiyani to‘g‘rilash uchun vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Sildenafil sitrati spetsifik fosfodiesteraza 5 turkumining (FDE 5) kuchli va selektiv ingibitoridir.
Jinsiy rag‘batlantirish vaqtida g‘ovak tanadan azot I oksidini (NO) ajralib chiqishi, jinsiy olat erektsiyasining fizioligik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Azot oksidi guanilattsiklaza fermentini faollashtiradi, bu siklik guanozin monofosfat (tsGMF) mikdorini oshishiga va muvofiq ravishda, g‘ovak tana mushaklarini bo‘shashishiga olib keladi, buning oqibatida jinsiy olatda qon oqimi kuchayadi.
Sildenafil alohida g‘ovak tanaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, balki g‘ovak tanadagi sGMFni parchalanishiga mas'ul bo‘lgan fosfodiesteraza 5 turkumini ingibirlashi orqali, shu to‘qimaga azot oksidining bo‘shashtiruvchi ta'sirini faol kuchaytiradi. Bu sGMF mikdorini oshishiga olib keladi, natijada silliq mushaklar bo‘shashadi va g‘ovak tanadagi qon oqimi kuchayadi.
Shuning uchun sildenafilni tavsiya etilgan dozalarda jinsiy rag‘batlantirish bo‘lmaganida qo‘llash samarasiz.
Sildenafilni erektil disfunktsiyaga ta'siri
Erektsiyaning turli xil etiologiyali (organik, psixogen, aralash) buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, ikkitomonlama yashirin, platsebo-nazoratli qarama-qarshi tadqiqotlarda sildenafil buyurilganidan keyin, platsebo bilan solishtirganda jinsiy rag‘batlantirishning natijasi tariqasida jinsiy aloqa uchun yetarli bo‘lgan uzoq muddatli erektsiya bo‘lishi kuzatilgan.
Sildenafilni qon bosimiga ta'siri
Preparat 100 mg dozada ichga qabul qilinganida, bemor yotgan holatdagi sistolik arterial bosimini (AB) maksimal pasayishi o‘rtacha 8.4 mm. sim. ust, diastolik (AB) ni esa, 5.5 mm. sim. ust. tashkil qilgan. AB ga yanada yaqqol, lekin xuddi shunday o‘tkinchi ta'siri bir vaqtda nitratlarni olgan patsiyentlarda kuzatilgan.
Sildenafilni gemodinamikaga ta'siri
Sog‘lom ko‘ngillilarda sildenafil 100 mg dozada ichga bir marta qabul qilinganida, EKG da klinik ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmagan.
Sildenafilni ko‘rish qobiliyatiga ta'siri
100 mg va 200 mg dozada preparat qabul qilgan ayrim bemorlarda 1 soatdan keyin rang ajratish qobilyatini yengil va o‘tkinchi buzilishi (ko‘k/yashil) kuzatiladi, 2 soat o‘tganidan keyin, bu o‘zgarishlar yo‘qoladi. Rang ajratish qobiliyatini buzilish mexanizmi, ko‘zning shox pardasiga yorug‘likni o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi FDE 6 ning susayishi bilan tushuntiriladi.
Sildenafil ko‘rish o‘tkirligiga, kontrast sezuvchanlikka, ko‘z ichki bosimi va korachiqning diametriga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Sildenafilning farmokokinetikasi ichga qabul qilingan dozalar diapazoniga bog‘lik.
Preparatning metabolizmi asosan jigarda (asosan sitoxrom R450 izofermenti ZA4 yordamida), xususiyatlari bo‘yicha sildenafilga o‘xshash bo‘lgan faol metobolitlarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi.
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparat ichga, nahorga qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 30-120 minutdan (o‘rtacha 60 minut) keyin erishiladi. Mutlaq biokiraolishligi o‘rtacha 41% (23-63%) ni tashkil qiladi. Yog‘li taom bilan birga qabul qilinganida sildenafilning so‘rilish tezligi kamayadi; maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) 60 minutga oshadi, Smax esa o‘rtacha 29% ga kamayadi.
Muvozanat holatidagi sildenafilningtaqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 l ni tashkil qiladi, bu uning to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatadi. Sildenafil va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy N-desmetil metabolitining taxminan 96 % plazma oksillari bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘lik emas. Sildenafilni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda, qabul qilinganidan keyin 90 minutdan so‘ng spermada dozaning 0,0002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan.
Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari - sitoxrom R450 ZA4 (asosiy yo‘l) va sitoxrom R450 2S9 (ko‘shimcha yo‘l) ta'siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanish natijasida hosil bo‘luvchi asosiy aylanib yuruvchi metaboliti, keyingi metabolizmga duchor bo‘ladi. Metabolit FDE ga nisbatan selektivligi bo‘yicha sildenafil bilan bir xil, in vitro sharoitida FDE 5 ga nisbatan faolligi bo‘yicha esa, sildenafilning faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitining plazmadagi kontsentratsiyasi sildenafilninining taxminan 40% ni tashkil qiladi. Sildenafilning organizmdagi umumiy klirensi 41 l/soatni, terminal fazadagi yarim chiqarilish davri (T½) 3-5 soatni tashkil qiladi. Metabolitlar ko‘rinishida asosan ahlat bilan (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 80%) va kam mikdorda siydik bilan (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 13%) chiqariladi.
Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi
Qon plazmasida sildenafilning darajasini “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) oshishiga kuyidagi omillar ta'sir ko‘rsatadi
- 65 yoshdan oshgan yosh (AUC darajasi 40% ga oshadi);
- jigar faoliyatini yetishmovchiligi (masalan, jigar sirrozida, 80%);
- og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min, 100%);
- sitoxrom R450 ZA4 ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (masalan, eritromitsin, 182%, sakvinavir, 210%).
Qo‘llanilishi
Jinsiy aloqadan qoniqish uchun yetarli bo‘lgan, jinsiy olatning erektsiyasiga erishish yoki saqlab turaolmaslik bilan belgilanuvchi erektsiyani buzilishlarini davolash.
Sildenafil faqat jinsiy qo‘zg‘alish bo‘lganidagina samaralidir!
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Ko‘pchilik patsiyentlar uchun tavsiya qilinadigan doza 50 mg ni tashkil qiladi, preparat jinsiy faollikdan taxminan 1 soat, yog‘li ovqat qabul qilgandan keyin esa jinsiy faollikdan 1,5-2 soat oldin kabul kilinadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib, doza 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha pasaytirilishi mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan qo‘llash soni - sutkada 1 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari odatda o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, yengil yoki o‘rtacha ifodalangan bo‘ladi.
Dozani tanlash bilan bog‘liq tadqiqotlardagi nojo‘ya ta'sirlarning xarakteri, fiksatsiyalangan dozalar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlardagilar bilan bir xil bo‘lgan, chunki bunday tekshirishlar tavsiya qilinadigan qo‘llash sxemasini yaxshiroq aks ettiradi. Sildenafilni tavsiya qilingan fiksatsiyalangan dozada qo‘llanganda, platsebo nazoratli klinik sinovlarda, quyidagi nojo‘ya samaralar aniqlangan bosh og‘rig‘i, quyilishlar, dispepsiya, nazal giperemiyasi, ko‘zda og‘riq, ko‘zlarni qizarishi, bosh aylanishi, toshma.
Boshqa nojo‘ya samaralar 2% dan biroz ortiqni tashkil qiladi, lekin platsebo – test bilan bir xil bo‘lgan belda og‘riq, grippga o‘xshash sindrom, artralgiya. Fiksatsiyalangan dozalar bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlangan dispepsiya (17%) va ko‘rishni buzilishi (11%) ko‘proq 100 mg dan ortiq doza qo‘llanganda kuzatilgan; shuningdek nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lish chastotasi doza oshirilganda ortishi aniqlangan.
Nazoratli klinik tadqiqotlarda 2% dan kam patsiyentlarda quyidagi klinik ahamiyatli nojo‘ya samaralar, shuningdek, paydo bo‘lishi, ehtimol preparatni qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar aniqlangan
Yurak-tomir tizimi tomonidan vazodilyatatsiya simptomlari.
Me'da-ichak yullari tomonidan diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi.
Tayanch-harakat apparati tomonidan orqada og‘riq, artralgiyalar, mialgilar.
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, mushak tonusini oshishi, uyqusizlik.
Nafas tizimi tomonidan burun bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infektsiyalari, nafasni buzilishi.
Dermatologik reaktsiyalar toshma.
Sezgi a'zolari tomonidan ko‘rishni o‘zgarishi (engil va o‘tkinchi; asosan ob'ektlar rangini o‘zgarishi, shuningdek yorug‘lik qabul qilinishini kuchayishi va ko‘rish aniqligini buzilishi), kon'yunktivit.
Siydik-jinsiy a'zolari tomonidan siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, prostata bezi faoliyatini buzilishi.
Postmarketing kuzatuvlarda davomli erektsiyani va/yoki priapizm hollari haqida habarlar uchragan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Azot I oksidi donatorlarini, organik nitratlarni yoki nitratlarning har qanday shakllarini, doimo yoki tanaffuslar bilan qabul qilayotgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas, chunki sildenafil nitratlarning doimo yoki shoshilinch hollarida qo‘llanganidagi gipotenziv ta'sirni kuchaytiradi.
Preparat ayollar va bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida adekvat va yaxshi nazoratli tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa preparatlarning sildenafilga ta'siri sitoxrom R450 ZA4ning nospetsifik ingibitori bo‘lgan simetidin (80 mg), in vivo tadqiqotlarda, sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sog‘lom ko‘ngillilar plazmasida oxirgisining mikdorini 56 % ga oshishini chaqirgan.
Sitoxrom R450 3A4 ning spetsifik ingibitori eritromitsin (eritromitsin 5 kun davomida 500 mgdan kuniga 2 marta qabul qilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, eritromitsinning qondagi doimiy kontsentratsiyasiga erishish fonida, sildenafilning (AUC) ni 182% oshishiga yordam bergan.
Shuningdek, OITV-proteaza va sitoxrom R450 ZA4 ingibitori bo‘lgan sakvinavir (sakvinavir 1200 mgdan kuniga 3 marta qabul qilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sakvinavirning qondagi doimiy kontsentratsiyasiga erishish fonida, sildenafilning maksimal kontsentratsiyasi 140% ga, AUC esa 210% ga oshadi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik parametrlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Sildinafil (bir marta 100 mg dozada) va OITV-proteaza ingibitori va sitoxrom R450 ning kuchli ingibitori bo‘lgan ritonavirni (500 mg dozada kuniga 2 marta) bir vaqtda qo‘llash, ritinovirning qondagi doimiy darajasiga erishish fonida, Smax 300% ga (4 marta), AUC esa 1000% ga (11 marta) oshgan. 24 soat keyin sildenafilning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 200 ng/ml ni (24 soatdan keyin bir marta sildenafilning bir o‘zi qo‘llangandagi qon plazmasidagi qiyosiy kontsentratsiyasi 5 ng/ml ga teng) tashkil qiladi. Bu ritonavirni sitoxrom R450 substratlari hisoblangan bir qator preparatlarga bo‘lgan ta'siri bilan muvofiq keladi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetik parametrlariga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Klinik tadqiqotlarning natijalarini populyatsion farmakokinetik tahlillari sitoxrom R450 ZA4 ingibitorlarini (ketokonazol, itrakonazol, eritromitsin kabi preparatlar bilan) bir vaqtda qabul qilish sildenafilning klirensini pasayishini namoyish etadi.
Antatsidni (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidini) bir marta qabul qilish, sildenafilning biokirishaolishligiga ta'sir qilmaydi.
Sildenafilning klinik tadqiqotlarida ishtirok etgan patsiyentlarning farmakokinetik tadqiqotlarining natijasi shuni ko‘rsatdiki, sitoxrom R 2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin kabi vositalar), sitoxrom R450 2D6 sitoxromlari (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar, halqali va kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaltsiy antagonistlari sildenafilning farmakokinetik parametrlariga ta'sir qilmaydi.
Sildenafilning boshqa preparatlarga ta'siri arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda Sildenafil (100 mg) va amlodipinning o‘zaro ta'siri belgilari aniqlanmagan.
Atsetilsalitsil kislotasi (150 mg) qabul qilinganida sildenafil (50 mg) qon ketishi vaqtini ko‘shimcha uzayishini chaqirmagan.
Sildenafil (50 mg) sog‘lom ko‘ngillilarda etanolning qondagi maksimal miqdori o‘rtacha 80 mg/ml bo‘lganida, etanoloning gipotenziv ta'sirini kuchaytirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jinsiy faollik yurak kasalliklarida ma'lum darajada havfli; shuning uchun har qanday erektsiyaning buzilishlarini davolashdan oldin yurak-tomir tizimini tekshiruvini o‘tkazish lozim.
Sildenafil klinik tadqiqotlarda arterial bosimni o‘tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatgan. Shifokor preparatni buyurishdan oldin, uni tomirlarni kengaytiruvch ta'siridan kelib chiquvchi nojo‘ya ta'sirlari havfini turli yo‘ldosh kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa, jinsiy faollik fonida, diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.
Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik chap qorincha obstruktsiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya), shuningdek AB ni avtonom nazoratini og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan, kam uchraydigan turli tizimlarni ko‘plab atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi.
Sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli, preparatni quyidagi guruh patsiyentlarida ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim;
- miokard infarktini o‘tkazgan, miya qon aylanishining buzilishlari, shuningdek so‘nggi 6 oy davomida hayotiga havf soluvchi aritmiyasi bo‘lganlar;
- ortostatik gipotenziya (AB 90/50), yoki gipertenziya (AB170/110) bilan xastalanganlar;
- nostabil stenokardiya bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlar;
- nasliy pigmentli retiniti bo‘lgan, to‘r pardaning fosfodiesteraza sintezini tug‘ma buzilishi bo‘lgan bemorlar;
- jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi bo‘lgan bemorlar (masalan, angulyatsiya, g‘ovaksimon fibroz yoki Peyroni kasalligi) va priapizmani rivojlanishiga olib keluvchi (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiya) kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar.
Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlarni, jinsiy faollik muhim bo‘lmagan erkaklarga buyurish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, sildenafilning erektsiyani buzilishini davolashda tavsiya etiladigan boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llashning havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi sababli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni 65 yoshdan oshgan bemorlarda, jigar faolliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek bir vaqtda sitoxrom R450 ZA4 ingibitorlarini (masalan, eritromitsin, sakvinavir) qabul qilayotgan bemorlarda qo‘llashda, sildenafilning plazmadagi mikdorini oshishi yuz beradi. Bu preparatning ham samarasini oshishiga, ham nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi mumkinligiga yordam berishi mumkin. Bunday guruh bemorlarga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofikdir.
Preparat bosh aylanishini va ko‘rishni buzilishini chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanishdan oldin, patsiyentlar preparatga nisbatan o‘z reaktsiyalariini baholashlari lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparatni 800 mg gacha dozalarda bir marta qabul qilinganidagi nojo‘ya ta'sirlar, uni kam dozalarda qabul qilingani bilan bir xil bo‘lgan, ammo nisbatan ko‘prok uchragan.
Davolash zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
IP "NOBEL- PHARMSANOAT",
Respublika Uzbekistan, g. Tashkent, ul.T.Shevchenko, 23, tel 256-13-60
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.