Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tribestan tab. 250mg №60
Nomi | Narx | |||||
Трибестан таб.п/о 250мг №60 (107L23X##2 171) |
UZS 323 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Трибестан таб.п/о 250мг №60 (105L23##2 202) |
UZS 337 400
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Якорцев стелющихся травы экстракт сухой
Страна производитель
Болгария
Дозировка
250 мг
Производитель
Софарма, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tribestan (Tribestan®)
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 250 mg Yerbag‘irlagan temirtikan o‘tining quruq ekstrakti (Tribulus terrestris herba extractum siccum (35-451)) (furostanol saponinlarning miqdori kamida 112,5 mg)
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza (101 turi), suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon K 25, krospovidon, magniy stearati, talk.
qobig‘ining tarkibi qisman gidrolizlangan polivinil spirti, talk, titan dioksidi (E171), temir (II, III) oksidi (E172), temir (II) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172), soya letsitini (E322), ksantan kamedi (E415).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, jigarrang, diametri 13 mm li, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Adaptogen va umumiy rag‘batlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tribestan Tribulus terrestris L. o‘simligining yerusti qismidan olingan, asosan furostanol turidagi steroid saponinlarini saqlaydigan tabiiy maxsulotdir. Uning ta'sir mexanizmi asosan prostodiostsin birikmasi bilan bog‘liq. Prostodiostsin organizmda degidroepiandrosterongacha (DGEA) metabolizmga uchraydi, u hujayra membranalarining o‘tuvchanligiga, erektil faoliyatga, xolesterin metabolizmi va immunitetga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tribulus terrestris L. o‘simligining tarkibiga kiruvchi boshqa faol furostanol saponinlar ehtimol protodiostsinning samarasini modulyatsiya qiladi.
Tribestan umumiy tonusni oshiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va jinsiy tizimning ba'zi faoliyatlarini rag‘batlantiradi. Erkaklarda libido va erektsiyani tiklaydi va yaxshilaydi. Spermatogenezga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, spermatozoidlarni miqdorini va ularning harakatchanligini oshiradi, testosteronning darajasini oshiradi. Tribestan ayollarda ham libodoni yaxshilaydi, ovulyatsiyani rag‘batlantiradi. Gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta'siri natijasida tabiiy va postkastratsion klimakterik sindromda uning gormonlarni muvozanatlashtiruvchi ta'siri natijasida vazomotor ko‘rinishlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Sog‘lom ko‘ngillilardagi natijalar Tribestan buyrak usti bezi gormonlari va adrenokortikotrop gormonining darajalarini jiddiy o‘zgartirmay, gipofizargonad o‘qi gormonlarining zardobdagi darajasiga ta'sir qilishini ko‘rsatdi.
Tribestan gipolipidemik samaraga ega, shu bilan birga dislipoproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qon zardobida triglitseridlarning ko‘rsatkichiga va YuZLP-XS ga ishonchli ta'sir etmay, umumiy xolesterin va YuZLP-Xs darajasini sezilarli kamaytiradi.
Tribestan ma'lum darajada antigipertenziv va diuretik ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
Odamlarda farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Tribestan libidoni pasayishini, impotentsiyani (jinsiy zaiflik), erkaklar va ayollardagi bepushtlikni kompleks davolashda; dislipoproteinemiyada (yog‘lar almashinuvini buzilishi) umumiy xolesterinni va past zichlikdagi lipoproteinlarni kamaytirish uchun; klimakterik va postkastratsion sindromi (tuxumdonlarni operativ olib tashlangandan keyingi holat) bo‘lgan ayollarda neyrovegetativ va ruhiy ko‘rinishlarni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tribestanni doimo ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga qat'iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Tabletkalar ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Libidoni pasayishi, impotentsiya va bepushtlikda
Libidoni pasayishi, impotentsiya va bepushtligi bo‘lgan erkaklarga 12 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Davolash davomiyligi kamida 90 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini qoniqarli davolovchi samaraga erishilgunigacha takrorlash mumkin.
Bepushtligi bo‘lgan ayollarga hayz siklining 1chi kunidan 12chi kunigacha 12 tabletkadan kuniga 3 martalik doza tavsiya qilinadi. Bu kursni homilador bo‘lgungacha vaqtivaqti bilan takrorlash mumkin.
Dislipoproteinemiya
2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi kamida 3 oy.
Ayollarda klimakterik va postkastratsion sindrom
12 tabletkadan kuniga 3 marta 6090 kun davomida qabul qilish buyuriladi. Holat yaxshilanganidan keyin astasekin erishilgan samarani tutib turuvchi dozaga 12 yil davomida kuniga 2 tabletkadan qabul qilishga o‘tiladi.
Agar Siz Tribestanni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan holda qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq biron-bir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rashingizni iltimos qilamiz.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi Tribestan ham, garchi ular hammada bo‘lmasada, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Preparat me'daning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar nojo‘ya ta'sirlardan birontasi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilovavaraqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tribestanni quyidagi holatlarda qabul qilmang
-agar Sizda faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
-og‘ir yurakqon tomir yoki buyrak kasalliklarida;
-prostata bezining adenomasida;
-agar Siz 16 yoshdan kichik bo‘lsangiz;
-Tribestan homiladorlik vaqtida va emizish davrida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar berishingizni so‘raymiz.
Tribestanni ovulyatsiyani rag‘batlantiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaralarini o‘zaro kuchayishiga olib keladi.
Tribestanni qo‘llash diuretiklar (siydik haydovchi vositalar) ning va antigipertenziv (yuqori qon bosimini davolash uchun) preparatlarning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klimakterik sindromi bo‘lgan ayollarni davolashda davolovchi dozadan tutib turuvchi dozaga o‘tish astasekin amalga oshirilishi kerak. Samarali doza birdan kamaytirilsa yoki bekor qilinsa, klimakterik simptomlar takroran paydo bo‘lishi mumkin.
Tribestanni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qo‘llanishi
Tabletkalarni suv bilan ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Tribestanni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganidan keyin preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirning o‘ziga xosligi
Tribestan faol diqqatga ta'sir ko‘rsatmaydi va uni haydovchilar va mashinalar operatorlari ham qo‘llashlari mumkin.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgacha Tribestanning dozasini oshirib yuborish hollari kuzatilmagan. Preparat katta miqdorda qabul qilib yuborilganida shifokor bilan maslahatlashing. Zarurat bo‘lganida me'dani yuvish va simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 10 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga; 6 blister ilovavaraqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 (uch) yil.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
SOFARMAAJ Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.