Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Verona kaps. №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сухой экстракт: якорцев стелющихся, зимней вишни, мукуны зудящей, аргиреи красивой
Страна производитель
Пакистан
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Verona
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus Terrestris) 300 mg
Qishki olcha (Withania somnifera) 100 mg
Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens) 25 mg
Argireya(Argyreia speciosa) 60 mg
Ta'rifi “0” o‘lchamdagi qizil rangli kapsulalar, kapsulaning korpusi va qopqoqchasida “Verona” yozuvi tushirilgan, kapsula ichidagisi och-jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangli, hushbo‘y hidli kukun.
Farmakoterpevtik guruhi potentsiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Zamonaviy turmush va stresslar oqibatida yuqori aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, hayotiy faollikni keskin pasayib ketishiga olib keladi, ayniqsa erkaklarda.
Verona – insonning hayotiy zarur a'zolariga ta'sir etuvchi biostimulyator va yoshartiruvchi vositadir. U ayniqsa aqliy, jismoniy faollikni tiklanishiga, hayotiy tonus va potentsiyani (jinsiy mayillik) oshishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Verona o‘simlik preparatlarini bir-biriga muvofiqlashtirilgan, birgalikda samarali ta'sir ko‘rsatuvchi majmuasidan iborat bo‘lib, Yerbag‘irlagan temirtikan, Qishki olcha, Kuydiruvchi Mukuna va Argireyani o‘z ichiga oladi.
Verona oligo-astenospermiyani davolashda samarali vosita deb topilgan. U lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishini kuchaytirishi orqali, Leydig (androgen ishlab chiqaruvchi) xujayralarini tiklaydi va rag‘batlantiradi, shuningdek spermatozoidlar strukturasini va spermatogen faoliyatini qo‘llab turuvchi va saqlovchi Sertoli xo‘jayralarining miqdorini oshiradi va urug‘ xo‘jayralarining o‘sishiga yordam beradi.
Verona spermatozoidlarning morfologik kamchiliklarini bartaraf etadi, ajratilayotgan sperma miqdorini oshirishi bilan bir qatorda, ularning harakatchanligini ham oshiradi oqibatda erkaklarning serpushtligini tiklaydi.
Verona keksayish oqibatlarini neytralizatsiya qilib, geroterapik ta'sirga ega.U bosh miya va jigarda suktsinatdegidrogeneza fermentining darajasini oshiradi, bu stress va zo‘riqish holatida xo‘jayralarning energiya bilan ta'minlanishini, nospetsifik qarshiligini oshishiga olib keladi. O‘zining immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri orqali Verona, xo‘jayralarining moslashish qobiliyatini yahshilaydi va organizmga immun rektsiyalarini boshqarishda yordam beradi.
O‘zining yallig‘lanishga qarshi hususiyatlari tufayli Verona, mushak va bo‘g‘im og‘riklarining yengillashishini ta'minlaydi.
Verona – bu davolashda ham, oldini olishda ham samarali vosita sifatida barcha yosh erkaklarning hayot faoliyati tizimidagi muvozanatni tiklaydigan preparatdir.
Yerbag‘irlagan temirtikanJinsiy mayillikni ko‘chaytiradi, spermaning morfologiyasini, harakatchanligini va miqdorini yaxshilaydi, spermaning xajmini va qovushqoqligini oshiradi.
Qishki olchaXo‘jayralarning energiya bilan ta'minlashini va ularning mustahkamligini oshiradi, asteniya va jinsiy moyillik pasayishini bartaraf qilinishiga yordam beradi, erektil disfunktsiyani yo‘qotadi.
Kuydiruvchi MukunaJinsiy mayillikni ko‘chaytiradi.
ArgireyaOrganizmni mustahkamlaydi.
Qo‘llanilishi
Odatda qarishni oldini olish uchun yosh, o‘rta va katta yosh guruhidagi erkaklarda qarshi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan funktsional buzilishlarda, ayniqsa quyidagilarda qo‘llanadi
• Umumiy charchoqlik
• Jismoniy va aqliy toliqishlar
• Jinsiy va umumiy nevrasteniyalar
• Jinsiy mayilning kamayishi
• Oligospermiya
• Astenospermiya
• Impotentsiya
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir ikki kapsuladan kuniga ikki marta.
Nonushta oldidan va uyqu oldidan, sut bilan afzalroq.
Impotentsiya holida, tavsiya etiladigan davolash kursi 10 kunni tashkil qiladi. Asteno-oligospermiya holida davolash kursi 18 haftadan kam bo‘lmasligi kerak. Barcha boshqa hollarda 4 dan 6 haftagacha. Umumiy tonusni qo‘llab turish uchun kuniga 1-2 kapsula tavsiya etiladi.
Dozasi va davolash muddati uzaytirilishi mumkin va har bir holatni jiddiyligiga qarab yoki qayta paydo bo‘lgan belgilari asosida, davolash kursini takrorlash mumkin.
Verona narkotik preparat emas va o‘rganib qolish samarasini shakllantirmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuzatilmagan.
Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklar.
Preparatning komponentlarini shahsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
20, 60 kapsuladan buraladigan qopqoqli plastmassa flakonda, 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonlardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.