Qazg’oqqa qarshi farmatsevtika vositalarining afzalliklari
Seboreya yog‘ bezlari disfunksiyasidan kelib chiqadigan teri kasalligi bo‘lib, qazg’oq paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu muammoni hal qilish uchun qazg’oqqa qarshi samarali vosita zarur.
Qazg’oq - bu mustaqil kasallik emas, balki seboreyali dermatit simptomi hisoblanadi, xolos.
Qazg’oqdan xalos bo‘lish uchun odatda quyidagi dori vositalari qo‘llaniladi:
- Zamburug‘ va bakteriyalarga qarshi surtma va shampunlar;
- Teri qoplamining normal holatini tiklashga yordam beradigan preparatlar;
- Epidermisning yangi hujayralari shakllanishiga yordam beruvchi preparatlar;
- Qichishish va terining ta’sirlanishiga qarshi preparatlar.
Dorixonalarda taqdim etilgan qazg’oqqa qarshi vositalar qanchalik samarali?
Dorixonadagi qazg’oqqa qarshi dori vositalari ko‘p yillar davomida o‘tkazilgan turli xil klinik tadqiqotlarda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun qazg’oqqa qarshi samarali kurashish imkonini beruvchi dori vositalarida ta’sir etuvchi moddalarning optimal miqdori tanlangan. Qazg’oqqa qarshi vositalarni hozir turli shakllarda: shampunlar, gellar, surtmalar va niqoblar shaklida sotib olish mumkin.
Qazg’oqqa qarshi samarali vositalar odatda quyidagi komponentlarni o‘z ichiga oladi:
- Rux pritioni - u antibakterial va zamburug‘larga qarshi xususiyatlarga ega.
- Salitsil kislotasi - pilling effekti tufayli teri po‘stining ajralishidan xalos bo‘lishga yordam beradi.
- Selen sulfid - fungitsid ta’sirga ega. Biroq ehtiyot bo‘lish kerak, bu modda soch rangining o‘zgarishi kabi nojo‘ya ta’sirga ega.
- Ketokonazol ham zamburug‘larga qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi.
- Toshko‘mir smolasi - teri hujayralarining nobud bo‘lishi va ajralish jarayonini tezlashtiradi va shu bilan po‘st tashlash jarayonini sezilarli darajada kamaytiradi.
Qazg’oqqa qarshi eng samarali vositalarni dermatolog shifokor tekshiruvdan va kasallik sababini aniqlashdan keyin tayinlashi mumkin. Klinik ta’sirni yaxshilash uchun qazg’oqqa qarshi vositalarni kompleks terapiya tarkibida qo‘llash kerak.
Toshkentdagi dorixonada eng sifatli qazg’oqqa qarshi vositalarni xarid qiling
"PharmaClick.uz" internet-dorixonasi seboreyaga qarshi dorilarni topish va sotib olishga yordam beradi. Siz dori-darmonlarni darhol buyurtma qilishingiz yoki band qilishingiz mumkin. Yetkazib berishni biz shaharning istalgan nuqtasiga yoki O‘zbekistonning qolgan hududlaridagi hamkor dorixonalarga amalga oshiramiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.