Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Polmatin tab. 20mg №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мемантин
Страна производитель
Польша
Дозировка
20 мг
Производитель
Фармацевтический завод АО "Польфарма"
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tez-tez emas
- Tez-tez
- Tez-tezligi noma'lum
- Juda kam hollarda
Preparatning savdo nomi
Polmatin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) memantin gidroxloridi (memantine hidrochloride)
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
10 mg li tabletka uchun
faol modda 10 mg memantin gidroxloridi (8,31 mg memantinga ekvivalent);
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
tabletkaning qobig‘i gipromelloza 6sR, makrogol 400, titan dioksidi (E171);
20 mg li tabletka uchun
faol modda 20 mg memantin gidroxloridi (16,62 mg memantinga ekvivalent);
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, kolloidli kremniy dioksidi, magniy stearati;
tabletkaning qobig‘i gipromelloza 6sR, makrogol 400, titan dioksidi (E171), temir II oksidi bo‘yovchisi (E172).
Ta'rifi
10 mg li tabletka uchun uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar, bo‘linganda tabletkaning yadrosi oq yoki deyarli oq rangda. Tabletkani teng ikki qismga bo‘lish mumkin.
20 mg li tabletka uchun uzunchoq shaklli, ikki tomoni qavariq, pushti rangli, har tomonida toraygan va bo‘luvchi riskasi bo‘lgan tabletkalar, bo‘linganda tabletka yadrosi oq deyarli oq rangda. Tabletkani teng ikki qismga bo‘lish mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
dementsiyani davolash uchun boshqa preparatlar.
ATX kodi N06DX01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Polmatin dementsiyani davolash uchun qo‘llaniladigan dori vositalari guruhiga kiradi. Altsgeymer kasalligidagi xotirani yo‘qolishi bosh miyada signallar uzatilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bosh miya ta'lim olish va xotira jarayonida muhim rol o‘ynaydigan N-metil-D-aspartat (NMDA) deb nomlanuvchi retseptorlarni saqlaydi, ular nerv signallarini uzatilishida ishtirok etadi. Polmatin NMDA retseptorlarining antagonistlari deb nomlanuvchi dori vositalari guruhiga kiradi. Polmatin mazkur NMDA retseptorlariga ta'sir qilib, shu yo‘l bilan nerv signallarini uzatilishini va xotirani yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Memantinning mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Memantinni so‘rilishiga ovqatning ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Taqsimlanishi
Preparatni 20 mg sutkalik dozada qo‘llash plazmada memantinning muvozanatli kontsentratsiyasini shaxslar o‘rtasida 70 dan 150 ng/ml (0,5-1 mkmol) gacha bo‘lgan katta o‘zgarishlariga olib keladi. 5 dan 30 mg gacha bo‘lgan sutkalik dozalar qo‘llanganda orqa miya suyuqligi (OMS)/zardob nisbatining o‘rtacha koeffitsiyenti 0,52 ni tashkil qiladi. Taqsimlanish hajmi taxminan 10 l/kg ni tashkil qiladi. Memantinning taxminan 45% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Biotransformatsiya
Inson organizmida qonda aylanib yuruvchi memantin bilan bog‘langan moddaning 80% dastlabki birikma hisoblanadi. Insondagi asosiy metaboliti 4-va 6-gidroksimemantin va 1-nitrozo-3,5-dimetil-adamantan izomerlarining aralashmasi bo‘lgan N-3,5-dimetilgludantan hisoblanadi. Memantin in vitro sharoitida sitoxrom R450 ishtirokida metabolizmga uchramaydi.
14S-memantinni peroral qabul qilish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotda, dozaning o‘rtacha 84% 20 kun davomida chiqarilgan, ayni paytda dozaning 99% siydik bilan chiqarilgan.
Chiqarilishi
Memantin monoeksponentsial tip bo‘yicha terminal ko‘rsatkichi t1/2 60 dan 100 soatgacha vaqt davomida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normada bo‘lgan ko‘ngillilarda umumiy klirens (SItot) minutiga 170 ml/1,73 m2 ni tashkil qiladi, bunda umumiy buyrak klirensining bir qismi kanalchalar sekretsiyasi orqali oshadi.
Shuningdek, buyrak metabolizmida oqsillarni kationlar yordamida o‘tkazilishi bilan mumkin bo‘lgan kanalchalar orqali qayta so‘rilishi rol o‘ynaydi. Memantinni buyrak orqali chiqarilishi siydik ishqoriy muhitga ega bo‘lganida 7-9 marta pasayishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qaralsin). Siydikni ishqorlanishi parhezning keskin o‘zgarishlarida, masalan, go‘sht iste'mol qilinadigan parhezdan vegetarianlar parheziga o‘tishda yoki me'da muhitini ishqoriy tomonga o‘zgartiruvchi preparatlarning yuqori dozalarini qabul qilinganda kuzatiladi.
To‘g‘ri proportsionallik
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlar 10 dan 40 mg gacha bo‘lgan diapazondagi dozani qabul qilinganda bir tekis farmakokinetikani namoyish etadi.
Qo‘llanilishi
Altsgeymer kasalligining yengil va og‘ir shakllari bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polmatin dori vositasini doimo shifokor tavsiyalariga muvofiq qo‘llash lozim. Shubha tug‘ilgan holatlarda shifokor yoki farmatsevt bilan yana bir bor maslahatlashish lozim.
Davolashni, Altsgeymer tipidagi dementsiyani diagnostika qilish va davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar boshlashi va nazorat qilishi lozim.
Davolashni faqat patsiyent tomonidan preparatni qabul qilinishini muntazam nazorat qilib turadigan vosiy bor bo‘lgandagina boshlash lozim. Diagnostikani zamonaviy qo‘llanmalarga muvofiq o‘tkazish lozim. Davolash boshlaganidan keyin asosan uch oy davomida memantinning dozasini va o‘zlashtira olinishini muntazam baholashni o‘tkazib turish lozim. Keyinchalik memantin bilan davolashning klinik samarasi va preparatni patsiyent tomonidan o‘zlashtira olinishini amaldagi klinik tavsiyalarga muvofiq muntazam baholab turish lozim. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni terapevtik samara kuzatilgunigacha va patsiyent memantin bilan davolashni o‘zlashtiraolguniga qadar davom ettirish mumkin. Terapevtik samarasi belgilari kuzatilmagan hollarda, shuningdek agar patsiyent davolashni o‘zlashtira olmasa, memantin bilan davolashni to‘xtatishni qo‘rib chiqish lozim.
Dozalar
Katta patsiyentlar
Dozani titrlanishi
Maksimal sutkalik doza 20 mg ni tashkil qiladi. Noxush samaralar xavfini kamaytirish maqsadida samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga birinchi 3 hafta davomida dozani
5 mg ga quyidagi tarzda asta-sekin oshirish yo‘li bilan erishiladi
1-hafta (1-7 kunlar)
Patsiyent sutkada 5 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.
2-hafta (8-14 kunlar)
Patsiyent sutkada 10 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.
3-hafta (15-21 kunlar)
Patsiyent sutkada 15 mg memantinni 7 kun davomida qabul qilishi lozim.
4-haftada va keyinchalik
Patsiyent sutkada 20 mg memantinni qabul qilishi lozim.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza
Tavsiya etilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlarning ma'lumotlariga asoslanib, 65 yoshdan katta patsiyentlar uchun tavsiya etilgan doza yuqorida ta'riflangan sxema bo‘yicha sutkada 20 mg ni tashkil qiladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Polmatin preparatining xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni18 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi
Buyrak funktsiyasini yengil darajadagi buzilishi (kreatinin klirensi minutiga
50-80 ml) bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funktsiyasini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30-49 ml) bo‘lgan patsiyentlarda sutkalik doza 10 mg ni tashkil qilishi lozim. Preparat yahshi o‘zlashtirilgan hollarda, kamida 7 kun davolashdan keyin, doza titrlashning standart sxemasiga muvofiq ravishda sutkada 20 mg gacha oshirilishi mumkin. Buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 5-29 ml) bo‘lgan patsiyentlarda sutkalik doza 10 mg ni tashkil qilishi lozim.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rta darajadagi buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Polmatin preparatini sutkada bir marta, har kuni bir vaqtda qo‘llash lozim. Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkani ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar qabul qilish mumkin.
Dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq shubhalar tug‘ilganida, shifokorga yoki farmatseftga murojaat qilish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi, Polmatin har bir patsiyentda uchramaydigan nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.
Quyida, memantinning klinik tadqiqotlari jarayonida, shuningdek uni sotuvga chiqarilganidan so‘ng kuzatilgan nohush reaktsiyalar keltirilgan. Har bir tez-tezlik guruhida noxush samaralar jiddiylik darajasini kamayishi tartibida ko‘rsatilgan.
Noxush reaktsiyalar a'zolar sinfi va tizimiga muvofiq uchrash tezlik quyidagi gradatsiyasi bo‘yicha sanab o‘tilgan juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (> 1/10000 dan < 1/1000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha tez-tezligini baholash mumkin emas).
Infektsion va parazitar kasalliklar
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
zamburug‘li infektsiyalar
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez
o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Ruhiy buzilishlar
Tez-tez
uyquchanlik
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar1.
Tez-tez
ligi noma'lumpsixotik reuktsiyalar2.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez
bosh aylanishi, muvozanatni buzilishi
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
qadam tashlashni buzilishi
Juda kam hollarda
tirishishlar
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
yurak yetishmovchiligi
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
gipertenziya
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
venoz tromboz/tromboemboliya
Nafas tizimi tomonidan, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
hansirash
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
qabziyat
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
qusish
Tez-tez
ligi noma'lumpankreatit2
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
jigarning funktsional sinamalari ko‘rsatkichlarini oshishi
Tez-tez
ligi noma'lum gepatit
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar
Tez-tez
bosh og‘rig‘i
Tez-tez
_emas" class="main-info__title">
Tez-tez
emas
toliqish
1 Gallyutsinatsiyalar, asosan, Altsgeymer kasalligining og‘ir shakllari bo‘lgan patsiyentlarda aniqlangan.
2 Alohida holatlari postregistratsion davr vaqtida aniqlangan.
Altsgeymer kasalligida depressiya, o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilish hollari kuzatilishi mumkin.
Postregistratsion davri vaqtida ushbu holatlar memantin qabul qilgan patsiyentlarda aniqlangan.
Nojo‘ya ta'sirlardan birontasi kuchayganda yoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan boshqa nohush nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganda, shifokorni xabardor qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Patsiyent so‘nggi vaqtlarda qabul qilgan barcha dori preparatlari, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori preparatlari haqida shifokorga xabar berish lozim.
Memantinning farmakologik samarasi va ta'sir mexanizmi tufayli, quyidagi o‘zaro ta'sirlar kuzatilishi mumkin
-L-dopa, dofaminergik agonistlar va antixolinergik preparatlarning samarasi memantin kabi NMDA antagonistlari bilan yondosh davolashda, ta'sir mexanizmi tufayli, ularning samarasi kuchayishi mumkin. Barbituratlar va neyroleptiklarning samarasi kamayishi mumkin. Memantin va spazmolitik vositalar, dantrolen yoki baklofenni bir vaqtda qo‘llanishi, ularning samarasini o‘zgarishiga olib kelishi mumkin, bu dozaga tuzatishni kiritishni talab etadi.
-Memantin va amantadinni bir vaqtda qo‘llanishiga preparatlarning toksik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan psixozni xavfi tufayli, yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ikkala birikma kimyoviy strukturasi bo‘yicha NMDA antagonistlariga o‘xshashdir. Bu shuningdek, ketamin va dekstrometorfinga ham taalluqlidir (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qaralsin). Shuningdek, memantin va fenotoinni bir vaqtda qo‘llanganda xavf yuz berishi mumkinligi to‘g‘risidabitta xabar chop etilgan.
-Amantadin kabi, buyrakdagi kationli transport tizimi orqali transport qilinadigan Simetidin, ranitidin, prokainamid, xinidin, xinin va nikotin kabi boshqa ta'sir etuvchi moddalar memantin bilan o‘zaro ta'sirlanishi mumkin, bu plazmada ushbu preparatlarning darajasini oshishining potentsial xavfiga olib kelishi mumkin.
-Memantinni gidroxlortiazid yoki GXTZ ni o‘z ichiga oluvchi har qanday preparatlar majmuasi bilan bir vaqtda qabul qilinganda GXTZ ning zardobdagi darajasi kamayishi mumkin.
-Postregistratsion davrda varfarinni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda xalqaro me'yoriy nisbatni (XMN) oshishning yakka holatlari kuzatilgan. Garchi sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsada, peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda protrombin vaqti yoki XMN ni sinchkov nazorat qilish tavsiya etiladi.
-Yosh, sog‘lom sub'ektlar tomonidan bir martalik dozani qabul qilinganda farmakokinetikani o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar (FK) memantinni gliburid/metformin yoki mdonepezil bilan o‘zaro ta'sirini aniqlamagan.
-Yosh sog‘lom sub'ektlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda galantaminning farmakokinetikasiga memantinning ahamiyatli samarasi kuzatilmagan.
-Memantin in vitro sharoitlarda flavin monooksigenaza, epoksidgidrolaza yoki sulfatlanishni o‘z ichiga olgan CYP 1A2, 2A6, 2C9, 2D6, 2E1, 3A ni ingibitsiya qilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida tutqanog‘i, tirishishlari bo‘lgan patsiyentlarda yoki tutqanoqqa moyilliga bo‘lgan omillari mavjud bo‘lgan patsiyentlarda Polmitin preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Amantadin, ketamin yoki dekstrometorfan kabi N-metil-D-aspartat (NMDA) antagonistlarini bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim. Ushbu moddalar xuddi o‘sha retseptorlar tizimiga memantin kabi ta'sir qiladi, shuning uchun nohush reaktsiyalar (asosan, markaziy nerv tizimi tomonidan) tez-tez yoki yanada yaqqolroq namoyon bo‘lishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qaralsin).
Siydikning rN ko‘rsatkichini oshishiga olib keluvchi omillar mavjud bo‘lganda (“
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limiga qaralsin), patsiyentning holatini sinchkov kuzatish talab etilishi mumkin. Ushbu omillar parhezni keskin o‘zgarishi, masalan go‘shtni iste'mol qiladigan parhezdan vegetarian parhezga o‘tishda, yoki me'da muhitini ishqorlashtiruvchi preparatlarning yuqori dozalarini qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, siydikning rN ko‘rsatkichi buyrakning tubulyar atsidozida (BTA) yoki siydik chiqarish yo‘llarining Proteus bacteria tomonidan chaqirilgan og‘ir infektsiyalarida oshishi mumkin.
Yaqinda miokard infarkti o‘tkazgan, kompensatsiyalanmagan yurak yetishmovchiligi (NYHA III-IV) yoki nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlar ko‘pchilik klinik tadqiqotlarda chiqarilganlar. Natijada cheklangan miqdordagi ma'lumotlar bor xolos, shu boisdan, ushbu holatlari bo‘lgan patsiyentlarni sinchkov kuzatuvini o‘tkazish lozim.
Tabletkalar laktoza saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktozani (Lapp turi) o‘zlashtiraolmaslik yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim
Homiladorlik
Memantinni homilador ayollarda qo‘llash to‘g‘risida klinik ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilani qorin ichida rivojlanishini odamda kuzatiladigan ekspozitsiyaga teng yoki bir qancha yuqori ekspozitsiya darajalarida kechikishi mumkinligini ko‘rsatadi. Memantinni homiladorlik vaqtida, faqat buning uchun yaqqol zarurat bo‘lgan olatda bundan istisno qo‘llash mumkin emas.
Emizish
Memantin insonning ko‘krak sutiga chiqariladimi, yoki yo‘qmi noma'lum, biroq moddaning lipofilligini e'tiborga olib, bunday ehtimol mavjud. Memantinni qabul qilayotgan ayollar bola emizishdan saqlanishlari lozim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Altsgeymer kasalligining o‘rtacha va og‘ir shakllarida avtotransportni boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, memantin transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga qisman yoki kuchsiz ta'sir ko‘rsatadi, shuning uchun ambulator patsiyentlarga maxsus ehtiyotkorlikka rioya qilishlari tavsiya etiladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Polmatinni buyurilganidan ortiq dozada qabul qilingan hollarida, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Klinik tadqiqotlarda va postregistratsion qo‘llash tajribadan, memantinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq bo‘lgan faqat cheklangan ma'lumotlar mavjud.
Simptomlari Dozani nisbatan katta oshirib yuborilganda (sutkada 200 mg va sutkada 150 mg dan muvofiq 3 kun davomida) faqat charchoq, holsizlik va/yoki diareya kuzatilgan yoki bo‘lmasa, simptomlar bo‘lmagan. 140 mg dan kam dozada yoki noaniq dozada dozani oshirib yuborilganda patsiyentlarda markaziy nerv tizimi tomonidan simptomlar (ongni chalkashish, uyquchanlik, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, agressiya, gallyutsinatsiyalar va odimlashni buzilishi) va/yoki me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qusish va diareya) kuzatilgan.
Dozani oshirib yuborilishi
ning eng og‘ir holatida, memantinning umumiy 2000 mg bo‘lgan miqdorini qabul qilgandan so‘ng patsiyent tirik qolgan, bunda markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar (10 kun davomida koma va keyinchalik diplopiya va qo‘zg‘aluvchanlik) kuzatilgan. Patsiyent simptomatik davolashni qabul qilgan, plazmaferez o‘tkazilgan. Patsiyent sog‘lig‘i uchun turg‘un asoratlarsiz tuzalib ketgan.
Memantinni yuqori dozasini (400 mg peroral) qabul qilgandagi dozani oshirib yuborilishining boshqa holatida ham patsiyent tirik qolgan va tuzalib ketgan. Patsiyentda havotirlik, psixoz, tirishishlar, ko‘rish gallyutsinatsiyalari, uyquchanlik, stupor va hotirani yo‘qolishi kabi markaziy nerv tizimi tomonidan simptomlar kuzatilgan.
Davolash
Dozani oshirib yuborilishi
da simptomatik davolashni qo‘llash lozim.
Intoksikatsiyada va dozani oshirib yuborilishida qo‘llash uchun spetsifik antidot yo‘q. Organizmdan ta'sir etuvchi moddani chiqarish maqsadida muvofiq standart klinik muolajalarni, ya'ni me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (ichak-jigar retsirkulyatsiyasini buzilishi), siydikni kislotali muhitga o‘tkazish, jadallashgan diurezni o‘tkazish lozim.
Markaziy nerv tizimining qo‘zg‘alishi belgilari va simptomlari mavjud bo‘lsa, sinchkov nazorat qilinadigan klinik simptomatik davolashni o‘tkazish lozim.
Chiqarilish shakli
Alyuminiy/PVX/PVDX folgali blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
28 yoki 56 ta tabletka, 14 tabletkadan blisterda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning so‘nggi kuni.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Polfarma” AJ Farmatseftik zavodi.
Pelplinska ko‘chasi 19,
83-200 Starogard Gdanski, Polsha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.