Tishlarni yorib chiqishni yengillashtirish uchun vositalarni qanday tanlash kerak?
Bolalarda tishlarning yorib chiqishiga yordam beradigan vositalar tishlarning chiqishi og‘riqli bo’lganida zarur bo‘ladi. Odatda, birinchi tishlar 6-8 oyda chiqa boshlaydi. Bu jarayon ko‘pincha bolada diskomfortni keltirib chiqaradi, chunki u yoqimsiz va og‘riqli tarzda kechishi mumkin.
Tishlar chiqishida eng ko‘p uchraydigan alomatlar:
- harorat;
- tumov;
- kuchli so‘lak ajralishi;
- milklarning bo‘rtishi
Bu davrda bola injiqlik qila boshlaydi, ko‘pincha qo‘lga ko’tarishni talab qiladi. U milklaridagi og‘riqqa chiday olmaydi, shuning uchun shifokorlar tishlarni yorib chiqish paytida maxsus vositalardan foydalanishni tavsiya qiladilar.
Tishlar yorib chiqqanda milklar uchun qanday vositalar mavjud?
Bolalarda tishlar yorib chiqishida yordam beradigan vositalarning asosiy tasnifi ularning tarkibi va kelib chiqishiga bog‘liq. Bir nechta asosiy guruhlar ajratiladi:
- Tarkibida lidokain va benzokain bo‘lgan preparatlar. Ular og‘riqni tezda yo‘qotishga yordam beradi, ammo nojo‘ya reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday dorilarni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Shifokorlar ushbu preparatlarni uzoq muddat qabul qilishni tavsiya qilishmaydi.
- Tabiiy asosda tayyorlangan gellar. Bunday dorilar o‘t va ekstraktlardan tayyorlanadi. Ular tarkibida sintetik komponentlar mavjud emas. Bu preparatlardan foydalanish afzalroq.
- Gomeopatik vositalar - bu og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan dorilarning kichik dozalarini qo‘llashdir. Bu preparatlar ichishga mo‘ljallangan eritmalar, tabletkalar va suppozitoriylar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Ushbu vositalarni qo‘llashdan oldin, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Toshkentda bolalarda tishlarni yorib chiqishni yengillashtirish uchun dori vositalarini sotib olish
"PharmaClick.uz" platformasida siz eng yaxshi, sifatli va qulay narxlardagi vositalarni buyurtma qilishingiz mumkin. Internet-dorixona assortimenti eng zamonaviy dori-darmonlar va tibbiy mahsulotlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularni Toshkent shahri bo‘ylab yoki respublikamizdagi hamkor dorixonagacha yetkazib berish orqali xarid qilish mumkin. Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, ularni har doim bizning onlayn mutaxassislarimizga berishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.