Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аntigemorane shamchalar №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрокортизон, алюминиевый субацетат, лидокаин, цинка оксид
Страна производитель
Иран
Производитель
Aburaihan Pharmaceutical Co.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Antigemorane
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) gidrokortizon atsetati, lidokain, alyuminiy subatsetati, rux oksidi
Dori shakli
shamchalar.
Tarkibi
Har bir shamcha quyidagilarni saqlaydi
Gidrokortizon atsetati 5 mg;
Lidokain 60 mg;
Alyuminiy subatsitati 50 mg;
Rux oksidi 400 mg.
Ta'rifi oq shamchalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Glyukokortikosteroidlar majmuada. Gemorroy va anal yoriqlarini davolash uchun qo‘llanadigan majmuaviy preparatlar.
ATX kodi S05AX03.
Farmakologik xususiyatlari
Antigemorane – to‘g‘ri ichakning kasalliklarini mahalliy davolash uchun qo‘llanadigan yallig‘lanishga qarshi, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, reparativ va immunitetni rag‘batlantiruvchi preparatdir. Preparatning tarkibiga kiruvchi gidrokortizon yallig‘lanishga qarshi va qichishishga qarshi yaqqol ta'sir ko‘rsatadi, ekssudativ ko‘rinishlarning yaqqolligini kamaytiradi. Lidokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Alyuminiy subatsitati va rux oksidi albuminatlarni hosil qiladi va oqsilni denaturatsiyaga uchratadi. Terining shikastlangan yuzasiga surtilganida ekssudativ jarayonlarning yaqqolligini kamaytiradi, yallig‘lanish va ta'sirlanishning mahalliy belgilarini bartaraf qiladi, adsorbtsiyalovchi ta'sirga ega, terida himoya qoplamini hosil qiladi, bu unga tashqi omillarning ta'sirini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning tarkibiga kiruvchi gidrokortizon to‘g‘ri ichakda qisman so‘riladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 – taxminan 90 minutni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
-gemorroidal tugunlar;
-orqa chiqaruv yo‘lidagi yuzaki yoriqlar;
-proktitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har defekatsiya aktidan so‘ng qo‘llash tavsiya etilgan Antigemorane preparatini qo‘llashdan oldin, orqa chiqaruv teshigi sohasini yaxshilab tozalash kerak. Aksariyat hollarda juda tez boshlanadigan yaxshilanish holati davolash kursini muddatidan oldin to‘xtatishga sabab bo‘lishi kerak emas. Shikoyatlar butunlay yo‘qolganidan so‘ng kasallikni qaytalanishini oldini olish uchun Antigemorane preparatini yana kamida 1 hafta davomida qo‘llash kerak, biroq katta interval bilan qo‘llash (sutkada 1 marta) tavsiya etiladi. Davolash kursi imkon boricha 4 haftadan oshmasligi lozim.
Agar shifokor hech qanday boshqa ko‘rsatmalar bermasa, u holda shamcha kuniga ikki marta qo‘llanadi.
Shamchani orqa chiqaruv teshigi sohasiga va sfinkterning qarshiligini barmoq bilan yengib, orqa chiqaruv xalqasiga qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Antigemorane preparati uzoq muddat (4 haftadan ko‘p) qo‘llanganida, masalan, terining atrofiyasi kabi mahalliy yondosh o‘zgarishlarni istisno qilish mumkin emas. Kam hollarda terida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tuberkulyoz va sifilitik jarayonlar davolanish kerak bo‘lgan sohalari, virusli kasalliklar (masalan, suvchechak)da qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikni birinchi uch oyligida preparatni qo‘llashdan printsipial saqlanish tavsiya etiladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antigemorane surtmasini boshqa dori preparatlari, shu jumladan tarkibida glyukokortikosteroidlar saqlovchi mahalliy qo‘llanadigan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Bunday birga qo‘llash glyukokortikosteroidlarning ta'sirini kuchayishiga va ushbu preparatlarning tizimli nojo‘ya samaralarini rivojlanish havfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Preparatni rektal qo‘llanadigan boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bir necha rektal dori vositalari bilan majmuaviy davolash o‘tkazish zarurati bo‘lganida, qo‘llashlar orasidagi interval kamida 60 minut bo‘lishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlikning I uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Antigemorane preparatining dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Antigemorane preparatining yuqori dozalari uzoq muddat qo‘llanganida buyrak usti bezlarining faoliyati susayishi mumkin, bu suv-elektrolitlar muvozanatini buzilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, yurak qisqarishlar sonini o‘zgarishi, shuningdek Kushing sindromini rivojlanishi bilan kechadi. Spetsifik antidoti noma'lum. Dozani surunkali oshirib yuborilish belgilari rivojlanganida Antigemorane preparatini bekor qilish kerak.
Antigemorane surtmasi bexosdan peroral qabul qilinganida me'da-ichak yo‘llari tomonidan noxush samaralar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, diareya, quyish va epigastral sohada og‘riq rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
5 shamcha blisterda. 2 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Aburaihan Pharmaceutical Co.,” Eron
O‘zbekistonning “Farm Abidi Int” buyurtmasi bo‘yicha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.