Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аfobazol tab 10 mg. № 60
Nomi | Narx | |||||
Афобазол таб 10 мг. №60 (870823##2 241) |
UZS 87 900
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Афобазол таб 10 мг. №60 (870823##2 254) |
UZS 87 900
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фабомотизол
Страна производитель
Россия
Дозировка
10 мг
Производитель
Фармстандарт-УфаВИТА, ОАО, Россия произведено: Recipharm Pharmaservices Private Limited
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Afobazol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fabomotizol
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda fabomotizol (fabomotizol digidroxloridi) - 10 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 48 mg, mikrokristall sellyuloza – 35 mg, laktoza monogidrati – 48,5 mg, o‘rtamolekulyar povidon (o‘rtamolekulyar tibbiy polivinilpirrolidon, kollidon 25) – 7 mg, magniy stearati – 1,5 mg.
Ta'rifi oq yoki och-sariq tusli oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
anksiolitik vosita (trankvilizator).
ATX kodi N05VX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Afobazol® - selektiv nebenzodiazepin anksiolitik.
Bosh miyaning nerv xujayralaridagi sigma–1–retseptorlariga ta'sir qilib, Afobazol® GAMK/benzodiazepen retseptorlarini turg‘unlashtiradi va endogen tormozlanish medeatorlariga ularning sezgirligini tiklaydi. Shuningdek Afobazol® nerv xujayralarining bioenergetik potentsialini oshiradi va ularni shikastlanishdan himoya qiladi (neyroprotektiv ta'sir ko‘rsatadi).
Preparatning ta'siri anksiolitik (havotirga qarshi) va yengil rag‘batlantiruvchi (faollashtiruvchi) samaralarni birga qo‘shilishi ko‘rinishida amalga oshadi. Afobazol® xavotir hissini (tashvishli, yomon his xavfsirash, jizzakilik), zo‘riqish (hadiksirash, yig‘loqilik, xavotirlik hissi, xotirjam bo‘laolmaslik, uyqusizlik, qo‘rquv), xavotirning somatik ko‘rinishlari (mushak, sensor, yurak–qon tomir, nafas, me'da–ichak simptomlari), vegetativ buzilishlar (og‘iz qurishi, ko‘p terlash, bosh aylanishi), kognitiv buzilishlar (diqqatni jamlashda qiyinchiliklar, xotirani susayishini) kamaytiradi va yo‘qotadi. Asosan aynan xavotirlik shubha ko‘rinishidagi shaxsiyatni astenik buzilishi bo‘lgan shaxslarda, ishonchsizlikda, o‘ta ko‘ngil bo‘shligida va emotsional o‘zgaruvchanlikda, emotsional stress reaktsiyalariga moyilligi bo‘lgan shaxslarda preparatni qo‘llash tavsiya etilgan.
Preparatning samarasi davolashning 5–7 kuniga kelib rivojlanadi. Maksimal samaraga davolashning 4–haftasini oxirida erishiladi va davolash tugaganidan keyin o‘rtacha 1–2 hafta saqlanib qoladi. Afobazol® mushak kuchsizligi, uyquchanlikni chaqirmaydi va diqqatni jamlash va xotiraga salbiy ta'sirga ega emas. Uni qo‘llanishi doriga qaramlik shakllanmaydi va “bekor qilish” sindromi rivojlanmaydi.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilingandan keyin Afobazol® me'da–ichak yo‘llaridan yaxshi va tez so‘riladi.
Plazmada preparatning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) – 0,130±0,073 mkg/ml ni; maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) -0,85±0,13 soatni tashkil qiladi.
Metabolizmi Afobazol® “birinchi o‘tish samarasiga” jigar orqali erishadi, metabolizmning asosiy yo‘nalishi bo‘lib benzimidazol siklining aromatik halqasining gidroksillanishi va morfolinli fragmentining oksidlanishi hisoblanadi.
Afobazol® qon bilan yaxshi ta'minlangan a'zolarga jadal taqsimlanadi, uning uchun markaziy o‘qdan (qon plazmasi) periferikka tez o‘tish xarakterlidir (kuchli vaskulizatsiyalangan a'zolar va to‘qimalar).
Ichga qabul qilinganda Afobazol® ning yarim chiqarilish davri 0,82±0,54 soatni tashkil qiladi. Qisqa yarim chiqarilish davri preparatning jadal biotransfarmatsiyasi va qon plazmasidan a'zo va to‘qimalarga tez taqsimlanishi bilan bog‘liq. Preparat asosan metobolitlar ko‘rinishida va qisman o‘zgarmagan holda siydik va ahlat orqali chiqariladi. Uzoq muddat qo‘llanganida organizmda kumulyatsiyaga uchramaydi.
Qo‘llanilishi
Afobazol® kattalarda xavotirlik holatlarida yoyilgan xavotirli buzilishlar, nevrosteniya, adaptatsiyani buzilishlari, turli somatik kasalliklari (bronxial astma, ta'sirlangan ichak sindromi, tizimli qizil yugurik) bo‘lgan bemorlarda, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi, aritmiyalar) bo‘lgan bemorlarda dermatologik, onkologik va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi. Xavotir bilan bog‘liq bo‘lgan uyquni buzilishida neyrotsirkulyator distoniyada, predmenstrual sindromda, alkogolli abstinent sindromda, chekishdan voz kechishda “bekor qilish” sindromini yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin qo‘llanadi.
Optimal bir martalik dozalar – 10 mg; sutkalik – 30 mg; kun davomida 3 marta qabul qilishga taqsimlangan. Preparatni kurs davomida qo‘llash davomiyligi – 2–4 haftani tashkil qiladi.
Zarurati bo‘lganida, shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, preparatning sutkalik dozasi 60 mg gacha, davolash davomiyligi esa 3 oygacha oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda – odatda mustaqil o‘tib ketuvchi va preparatni bekor qilishni talab qilmaydigan bosh og‘rig‘i.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza–galaktozani kam so‘rilishi. Homiladorlik, laktatsiya davri.
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Afobazol® etanol bilan o‘zaro ta'sir qilmaydi va tiopentalning gipnotik ta'siriga ta'sir qilmaydi. Karbamazepinning tirishishga qarshi samarasini ko‘paytiradi. Diazepamning anksiolitik ta'sirini kuchayishini chaqiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat avtotransportni boshqarishda va diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani sezilarli oshirib yuborilganida va intoksikatsiyada miorelaksatsiya ko‘rinishlarisiz sedativ samarani rivojlanishi va yuqori uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Shoshilinch yordam sifatida ampulalardagi 20% li kofein eritmasi 1 ml dan kuniga 2–3 marta teri ostiga qo‘llaniladi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 10 mg dan.
20 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
3 kontur o‘ramlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxonaning nomi va manzili.
“Farmstandart–Leksredstva” OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh, 2-chi Agregatnaya ko‘ch, 1a/18 uy, tel./faks (4712) 34–03–13, www.pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.