Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Noofen kukun 500 №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминофенилмасляная кислота
Страна производитель
Латвия
Дозировка
500 мг
Производитель
Олайнфарм, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Noofen® 100, Noofen® 500
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi
Har bir paketcha 100 mg -amino-fenilmoy kislotasi gidroxloridini saqlaydi.
Har bir paketcha 500 mg -amino-fenilmoy kislotasi gidroxloridini saqlaydi.
Yordamchi moddalar mannitol, aspartam, “Orange Durarome” hushbo‘yi.
Ta'rifi oqdan och-krem rangligacha bo‘lgan kukun. Sariq rangli kiritmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
boshqa psixostimulyatorlar va nootrop vositalar.
ATX kodi N06BX22
Farmakologik xususiyatlari
Noofen bosh miyaning nerv xujayralaridagi metabolik jarayonlarga ijobiy ta'sir qiluvchi psixometabolik stimulyatorlarga kiradi. Noofenning ta'sir qiluvchi moddasini – γ-amino-moy kislotasining (GAMK) hosilasi sifatida yoki β-feniletilaminning hosilasi sifatida qarash mumkin. Noofen nootrop faollikka ega, GAMKning hosilasi sifatida esa, anksiolitik (trankvilizatorlik) ta'siriga ega.
Preparat xavotirlik, bezovtalik, qo‘rquvni kamaytiradi; uyquni yaxshilaydi, shuning uchun preparatni nevrozlarni davolash uchun va operatsiyalardan oldin qo‘llash mumkin. preparat uxlatuvchi, narkotik, neyroleptik va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini uzaytiradi va kuchaytiradi. Noofen tirishishga qarshi ta'sirga ega emas. Noofen nistagmning latent davrini uzaytiradi va uning yaqqolligi va davomiyligini qisqartiradi. Preparat asteniyaning ko‘rinishlarini va vazovegetativ simptomlarini, shu jumladan bosh og‘rig‘ini, boshda og‘irlik hissini, uyquni buzilishini, ta'sirchanlik, emotsional o‘zgaruvchanlikni kamaytiradi va aqliy ish qobiliyatini oshiradi. Psixologik ko‘rsatkichlar (diqqat, xotira, sensor-motor reaktsiyalarning tezligi va aniqligi) Noofen preparatining ta'sirida yaxshilanadi. Asteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda va emotsional labilligi bo‘lgan patsiyentlarda davolashning birinchi kunidanoq sub'ektiv kayfiyat yaxshilanadi, keraksiz sedatsiya yoki qo‘zg‘alishni chaqirmay, qiziqish va jonbozlik, faoliyat motivatsiyasi oshadi.
Preparat me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va organizmning hamma to‘qimalariga kiradi, gemato-entsefalik to‘siqdan oson o‘tadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlarni hosil qiladi. Preparatning taxminan 5% o‘zgarmagan xolda buyrak orqali chiqariladi. Preparat organizmda to‘planmaydi.
Qo‘llanilishi
-Astenik va xavotirlik-nevrotik holatlar bezovtalik, qo‘rquv, xavotirlik, vasvasali nevroz holatlari, psixopatiya; keksalarda - uyqusizlik, tungi bezovtalik.
-Operatsiya yoki og‘riqli diagnostik tekshiruvlar oldidan stress holatlarini oldini olish.
-Menьer kasalligi, vestibulyar analizatorning turli genezli disfunktsiyasi bilan bog‘liq bosh aylanishlarini oldini olish.
-Kinetozlarni oldini olish.
-Bolalarda – duduqlanish va tiklarni davolash.
-Alkogolli abstinentsiya sindromini (psixopotologik va somatovegetativ buzilishlarni) bartaraf etish uchun kompleks davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Paketchaning ichidagisi yarim stakan qaynagan suvda eritiladi va ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi.
Astenik va xavotirli-nevrotik holatlar kattalarga – 500 mg (Noofen 500 1 paketchasi) dan kuniga 1-3 marta. Zarurati bo‘lganida sutkalik dozani 2,5 g (5 paketcha) gacha oshirish mumkin. Davolash kursi – 2-3 hafta. Zarurati bo‘lganida kursini 4-6 haftagacha uzaytirish mumkin.
Menьer kasalligi va vestibulyar analizatorning disfunktsiyasi bilan bog‘liq turli genezli bosh aylanishi
-vestibulyar analizatorning faoliyatini infektsion genezga ega buzilishlari va Menьer kasalligining zo‘rayish davrida 500 mg dan kuniga 4 marta 5-7 kun davomida, vestibulyar buzilishlarning yaqqolligi kamayganida – 5-7 kun davomida preparatning 500 mg dan kuniga 2-3 marta, so‘ngra – 500 mg dan kuniga 1 marta yana 5 kun davomida. Kasallikni nisbatan yengil kechishida 500 mg dan sutkada 1 marta 5-7 kun davomida qabul qilish, so‘ngra davolashni Noofen 100 mg paketchasini 7-10 kun davomida sutkada 2-3 marta qabul qilish bilan davom ettirish kerak.
-vestibulyar analizatorning faoliyatini tomirli va travmatik genezli buzilishlari – 500 mg dan kuniga 1-2 marta 12 kun davomida.
Kinetozlarni (chayqalishlar) oldini olish uchun taxmin qilinayotgan chayqalish boshlanishidan bir soat oldin yoki dengiz kasalligining birinchi simptomlari paydo bo‘lganida 500 mg dan bir marta buyuriladi. Yaqqol simptomlar (qusish va hokazo) paydo bo‘lganida preparatni qabul qilish kam samarali.
Alkogolli abstinent sindromni bartaraf etishda yordamchi vosita birinchi kunlari
500 mg dan kuni davomida 2-3 marta va kechqurunga 500 mg, sutkalik dozani odatdagi dozagacha asta-sekin pasaytirib, qabul qilinadi.
Klimakterik buzilishlar fonidagi yaqqol vertebral og‘riqli sindromni kompleks davolashda 500 mg dan sutkada 2 marta birinchi ikki hafta davomida, keyingi ikki haftada – 500 mg dan har kuni buyuriladi. Og‘riqli sindrom va klimakterik buzilishlar o‘rtacha darajada namoyon bo‘lganida Noofen 500 ni 500 mg dozada har kuni 4 hafta davomida qo‘llash tavsiya qilinadi.
Preparatga qaramlik va o‘rganib qolish kuzatilmaydi, “bekor qilish sindromi” yo‘q.
Noofen 100 ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Paketchaning ichidagisini yarim stakan qaynagan suvda eritiladi va ovqatdan oldin qabul qilinadi.
3 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 100 mg (1 paketcha) dan kuniga 2 marta buyuriladi,
5 yoshdan 6 yoshgacha – 100 mg dan kuniga 2-3 marta, 7 yoshdan 10 yoshgacha – 100 mg dan kuniga 3-4 marta, 11 yoshdan 14 yoshgacha – 200 mg (2 paketcha) dan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
14 yoshdan oshgan bolalarga – kattalarning dozasi buyuriladi. (Noofen 500 kukunini yoki Noofen preparatining boshqa dori shakllarini qo‘llash tavsiya etilgan).
Bolalar uchun yuqori bir martalik dozalar 3 yoshdan 6 yoshgacha – 100 mg, 7 yoshdan 10 yoshgacha – 200 mg, 11 yoshdan 14 yoshgacha – 300 mg.
Preparatga qaramlik va o‘rganib qolish kuzatilmaydi, “bekor qilish sindromi” yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Boshqa dori vositalari kabi, Noofen xam, garchi ular barcha patsiyentlarda namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Noofen odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar uyquchanlik* (davolashni boshida).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar ko‘ngil aynishi* (davolashni boshida).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar kam – allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish).
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida – gepatotoksiklik*.
*namoyon bo‘lish tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha tez-tezligini aniqlashning iloji yo‘q).
Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan biron-bir nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lsa yoki ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-Homiladorlik va emizish davri.
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Noofen 100 va Noofen 500 kukuni tarkibiga shakarning o‘rinbosari aspartam kiradi. Uni fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Noofenni psixotrop preparatlar bilan majmuada, Noofen preparatining va u bilan birga qo‘llaniladigan dori vositalarining dozalarini kamaytirilgan xolda birga qo‘llash mumkin. Noofen uxlatuvchi, narkotik, neyroleptik va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziv-yarali shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Shilliq qavatni preparatning ta'sirlovchi ta'siridan himoya qilish uchun, bu patsiyentlarga preparatning kichikroq dozalari buyuriladi. Uzoq muddat qo‘llanganida periferik qon manzarasi va jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda uzoq muddat qo‘llanganda jigar va/yoki buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat qo‘llanganida uyquchanlik yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar kuzatiladigan patsiyentlar, davolanish vaqtida transport vositalarini boshqarishda yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida ma'lumotlar kelib tushmagan. Preparat kam zaharli.
Simptomlari uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida eozinofiliya, arterial gipotenziya, jigarning yog‘li distrofiyasi (7 g dan ortiq qabul qilinganda), buyrak faoliyatini buzilishi.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, tutib turuvchi va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Spetsik antidoti ma'lum emas.
Chiqarilish shakli
Noofen 500 ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Birlamchi o‘ram laminat paketchada kukun.
Ikkilamchi o‘ram 5 laminat paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Noofen 100 ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Birlamchi o‘ram laminat paketchada kukun.
Ikkinchi o‘ram 15 laminat paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
”Olaynfarm” AJ
Manzili Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.