Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sonanorma (Ataraks) tab. 25mg №25
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидроксизин
Страна производитель
Индия
Дозировка
25 мг
Производитель
Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sonanorma
Ta'sir etuvchi modda (XPN) gidroksizin gidroxloridi
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 25 mg yoki 12,5 mg gidroksizin gidroxloridi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi, kraxmal, talk, natriy metil paraben, natriy propil paraben, tozalangan suv.
Ta'rifi uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
anksiolitik vosita.
ATX kodi N05BB01
Farmakologik xususiyatlari
Gidroksizin gidroxloridi – difenilmetan (piperazin) hosilasidir. Anksiolitik, antigistamin (N1-gistamin retseptorlari blokatori), qichishishga qarshi vosita.
Sonanorma preparatining anksiolitik faolligi ehtimol, subkortikal strukturalarga ta'siri bilan bog‘liq.
Sonanorma eshakemi, ekzema va dermatiti bo‘lgan bemorlarda qichishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sonanorma uchun yaqqol sedativ, qusishga qarshi, o‘rtacha m-xolinobloklovchi (spazmolitik, bronxlarni kengaytiruvchi) va markaziy miorelaksatsiya qiluvchi ta'sir ham xarakterli. Sedativ samarasi preparatning suyuq shakli qabul qilinganidan keyin 5-10 minut va tabletka qabul qilinganidan 30-45 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Antigistamin samarasi ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 1 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi.
Uzoq muddat qabul qilinganida bekor qilish sindromi va kognitiv faoliyatni yomonlashishi aniqlanmagan. Mutagen va kontserogen ta'siri aniqlanmagan.
Farmakokinetikasi
Gidroksizin me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga peroral qo‘llanilganidan keyin 2 soat o‘tgach erishiladi. To‘qimalarda plazmaga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Taqsimlanish koeffitsenti kattalarda 13-19 l/kg va bolalarda
16-18 l/kg ni tashkil etadi.
Gidroksizin gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi.
Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (45%) setirizin yaqqol N1-blokatori hisoblanadi. Preparatning faqatgina 0,8% o‘zgarmagan ko‘rinishda buyrak orqali chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri yoshga bog‘liq va bolalarda 7 soatni, kattalarda 20 soatni va keksalarda 29 soatni tashkil etadi.
Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda T1/2 37 soatgacha uzayishi, antigistamin samarasi esa 96 soatgacha davom etishi mumkin.
Qo‘llanilishi
• nevrozlar va nevrotik holatlar havotirlikni (tarqalgan havotirlik va adaptatsiyani buzilishi), psixomotor qo‘zg‘alish, ichki taranglik, ta'sirchanlik, bezovtalikni bartaraf etish;
• yuqori qo‘zg‘aluvchanlik bilan kechuvchi markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi;
• qo‘zg‘alish bilan kechuvchi surunkali alkogolizm, abstinent alkogol sindromi;
• premedikatsiya va operatsiyadan keyingi davr (qusishni oldini olish va bataraf etish uchun sedativ vosita sifatida; majmuaviy davolash tarkibida);
• qichishishni simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar Kattalarga xavotirlikni simptomatik davolash uchun – 25-100 mg dan kun davomida bir necha qabul qilishda yoki kechqurun (sutkada 1-4 marta). Standart dozasi – kuniga 50 mg (12,5 mg ertalab, 12,5 mg kunduzi va 25 mg kechqurun). Jiddiy holatlarda (psixiatriyada) doza sutkada 300 mg gacha oshirilishi mumkin. Odatdagi davolash kursi davomiyligi – 4 xaftani tashkil etadi.
Qichishishni simptomatik davolash uchun boshlang‘ich doza 25 mg, zarurati bo‘lganida 4 marta (25 mg dan kuniga 4 marta) oshirilishi mumkin.
Maksimal bir martalik doza 200 mg, sutkalik doza – 300 mg ni tashkil etadi.
Bolalar Bolalarga yoshga va tana vazniga qarab belgilanadi.
Qichishishni simptomatik davolash uchun 12 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga
1 dan 2,5 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.
6 yosh va undan katta bolalarga – kuniga 1-2 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari asosan markaziy nerv tizimini susaytirishi yoki markaziy nerv tizimini paradoksal rag‘batlantirilishi, antixolinergik faolligi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi bilan bog‘liq. Kuchsiz namoyon bo‘lgan, o‘tuvchan va odatda, davolash boshlanganidan keyin yoki doza kamaytirilganidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketadi.
Antixolinergik samaralar og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, qabziyat, akkomodatsiyani buzilishi kam hollarda kuzatiladi va asosan keksa bemorlarda kuzatiladi.
Uyquchanlik, umumiy holsizlik, ayniqsa preparat bilan davolashning boshida bo‘lishi mumkin (agar ushbu samara davolash boshlangidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketmasa, preparatning dozasini kamaytirish kerak). Shuningdek, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘p terlash, arterial gipotenziya, taxikardiya, allergik reaktsiyalar, ko‘ngil aynishi, isitma, jigar funktsional sinamalarini o‘zgarishi, bronxospazm ham kuzatilgan.
Tavsiya etilgan dozalarda nafasni klinik ahamiyatga ega susayishi aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• gidroksizinga va preparatning har qanday komponentlaridan biriga, siterizinga, aminofillinga yoki etilendiaminga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• porfiriya;
• prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi;
• yopiq burchakli glaukoma;
• homiladorlik, tug‘ruq faoliyati davri, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gidroksizin R450 2D6 ning ingibitori hisoblanadi va yuqori dozalarda CYP2D6 bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin. Jigar fermentlarining ingibitorlari qonda gidroksizinning kontsentratsiyasini potentsial oshirish qobiliyatiga ega.
Gidroksizin alkogol, narkotik analgetiklar, trankvilizatorlar, anksiolitiklar, barbituratlar, uxlatuvchi vositalarning samarasini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Epinefrinning (adrenalin) pressor samarasini rivojlanishiga, fenitoinning tirishishga qarshi faolligiga, betagistin va antixolinesteraz preparatlarning ta'siriga to‘sqinlik qiladi. Atropin, belladonna alkaloidlari, digitalis, gipotenziv vositalar, N2-antigistamin vositalarning samarasini o‘zgartirmaydi.
Teofillinning nojo‘ya samaralarini (me'da-ichak yo‘llari tomonidan) susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siyishni qiyinlashishi, qabziyat, miasteniya gravis, dementsiya, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Aritmiyaga moyilligi bo‘lgan yoki aritmiyaga qarshi davolanayotgan patsiyentlarda, shuningdek tirishish reaktsiyalariga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi yoki xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda davolanganda dozaga tuzatish kiritish lozim.
Jigar disfunktsiyasi bo‘lgan bemorlarda yoki o‘rtacha yaqqollikdagi yoki jigar faoliyatining og‘ir shakli bo‘lgan patsiyentlarda doza kamaytirilishi kerak.
Keksa bemorlarda doza kamaytirilishi kerak (davolashni terapevtik dozaning yarmidan boshlanadi).
Uyquchanlik va holsizlik kabi nojo‘ya samaralari davolashning bir necha kunidan keyin o‘tib ketmasa, dozani kamaytirish kerak.
MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Davolash vaqtida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak.
Allergologik testlarni o‘tkazish zarurati bo‘lganida tekshirishdan 5 kun oldin gidroksizinni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.
In'ektsion shakllari faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Mushak ichiga yuborilganda igna biron-bir qon tomirga tushmaganligiga ishonch hosil qilish kerak; preparat teri ostiga tushganida to‘qimalar shikastlanishi, vena ichiga yuborilganda – gemoliz bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Sonanormani homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Gidroksizin tug‘ruq faoliyati davrida buyurilganida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotoniya, harakat faolligi buzilishi va klonik tirishishlar, siyishni tutilishi va gipoksiya belgilari, markaziy nerv tizimi depressiyasi aniqlangan.
Mashinani haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Sonanorma sedativ samara chaqiradi. Faoliyati diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligi bilan bog‘liq patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganda metabolizmning odatdagi yo‘llari katta yuklama bilan ishlashi va biotransformatsiyasi boshqa yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.
Simptomlari gipersedatsiya, beixtiyor harakat faolligi, tremor, tirishishlar, gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi, kardioaritmiya, arterial gipotoniya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash qusishni chaqirish (spontan qusish bo‘lmaganida), me'dani yuvish, umumiy tutib turuvchi choralar, shu jumladan organizmning hayot uchun muhim faoliyatlarini nazorat qilish. Arterial gipotenziyada – n
orepinefrin yoki metaraminol (ammo epinefrinni emas) yuboriladi. Kislorod, nalokson, glyukoza, tiamin buyuriladi. Sinusli aritmiyada fizostigminni buyurish mumkin emas.
Spetsifik antidoti mavjud emas. Gemodializ yoki gemoperfuziyani qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 tabletkalar blisterda, blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan o‘ramda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
BANSON Pharmaceuticals Pvt LTD (India)
KARAN XELT KER (P) LTD. (Hindiston) uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.