Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Korvalol tabletkalari №30
Nomi | Narx | |||||
Корвалол таб. №30 (190923##2 112) |
UZS 18 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилбромизовалерианат, фенобарбитал, мятное масло
Страна производитель
Украина
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Korvalol®.
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, fenobarbital, yalpiz moyi.
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 100% moddaga qayta hisoblaganda 12,42 mg α-bromizovalerian kislotasining etil efiri, 100% quruq moddaga qayta hisoblaganda 11,34 mg fenobarbital, 0,88 mg yalpiz moyi;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, magniy stearati, β-tsiklodekstrin, kaliy atsesulfam.
Ta'rifi oq rangli, ikki tomonlama qavariq yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Uxlatuvchi va sedativ preparatlari. Barbituratlarning majmuaviy preparatlari.
ATX kodi N05CB02.
Farmakologik xususiyatlari
Korvalol® – tinchlantiruvchi va spazmolitik preparat, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan belgilanadi.
α-bromizovalerian kislotasining etil efiri asosan og‘iz bo‘shlig‘i va burun tomoqdagi retseptorlarni ta'sirlanishi, nerv tizimining markaziy bo‘limlarida reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni pasayishi va bosh miya po‘stlog‘i neyronlarida va po‘stloq osti tuzilmalarda tormozlanish ko‘rinishlarini kuchayishi, shuningdek markaziy tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini pasayishi va qon tomirlarning silliq mushaklariga bevosita mahalliy spazmolitik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor tinchlantiruvchi va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi.
Fenobarbital katta yarimsharlar po‘stlog‘iga o‘rta va uzinchoq miyaning retikulyar formatsiyasi markazlarining faollashtiruvchi ta'sirini bostiradi va shu bilan bosh miya po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalariga qo‘zg‘atuvchi oqimlarning ta'sirini kamaytiradi. Faollashtiruvchi ta'sirlarni kamayishi, dozaga qarab tinchlantiruvchi, trankviziyalovchi yoki uxlatuvchi samara ko‘rsatadi. Korvalol® umumiy arterial bosimni pasaytirib, qon tomirlarning, ayniksa yurak, spazmlarini yo‘qotib va oldini olib, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga, koronar va periferik tomirlarga qo‘zg‘atuvchi ta'sirni kamaytiradi.
Yalpiz moyi katta miqdorda efir moylarini, shu jumladan taxminan 50% mentol va 4-9% mentol efirlarini saqlaydi. Ular silliq mushaklarning spazmlarini yo‘qotib, og‘iz bo‘shlig‘ining «sovuqli» retseptorlarini ta'sirlash va asosan yurak va miya tomirlarini reflektor kengaytirish, tinchlantiruvchi va yengil o‘t haydovchi ta'sir chaqirish qobiliyatiga ega. Qalampiryalpiz moyi antiseptik va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, meteorizm ko‘rinishlarini bartaraf qilish qobiliyatiga ega.
Sublingval qabul qilinganida til osti sohasidayoq so‘rilishi boshlanadi, faol moddaning biokiraolishi yuqori (taxminin 60-80%). Samarasi tez namoyon bo‘ladi (5-10 minut o‘tgach). Ichga qabul qilinganida ta'siri 15-45 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-6 soat davom etadi. Ilgari barbiturat kislotasining preparatlarini qabul qilgan shaxslarda, jigarda fenobarbitalning qisqargan metabolizmi hisobiga ta'sirining davomiyligi qisqaradi, u yerda barbituratlar fermentlarning induktsiyasini chaqiradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda Korvalol®ning metabolizmi pasaygan, shuning uchun ularda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu dozani kamaytirishni va preparatni qabul qilishlar orasidagi intervalni uzaytirishni talab qiladi.
Qo‘llanilishi
-yuqori ta'sirchanlik bilan kechuvchi nevrozlar;
-uyqusizlik;
-gipertoniya kasalligi va vegetotomirli distoniyani majmuaviy davolashda;
-koronar tomirlarning yaqqolligi keskin bo‘lmagan spazmlari, taxikardiya;
-neyrovegetativ buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan ichak spazmlari (spazmolitik preparat sifatida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
.
Korvalol® sublingval (til ostiga) yoki ichga, kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Zarurati bo‘lganida (yaqqol taxikardiya va koronar tomirlarning spazmi) bir martalik doza 3 tabletkagacha oshirilishi mumkin.
Preparatni qo‘llash davomiyligini, klinik samarasi va preparatni o‘zlashtirilishiga qarab shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Korvalol® odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Alohida hollarda quyidagi nojo‘ya samaralari kuzatilishi mumkin
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qabziyat, epigastral sohada og‘irlik hissi, uzoq vaqt qo‘llaganda – jigar funktsiyasini buzilishi, ko‘ngil aynishi, me'da va ichak sohasida diskomfort;
nerv tizimi tomonidan holsizlik, ataksiya, harakat koordinatsiyasini buzilishi, nistagm, gallyutsinatsiyalar, paradoksal qo‘zg‘alish, diqqatni jamlashni pasayishi, toliqish, reaktsiya tezligini sekinlashishi, bosh og‘rig‘i, kognitiv buzilishlar, ongni chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;
qon yaratish a'zolari tomonidan anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz;
immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, allergik reaktsiyalar;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, bradikardiya; yurak ritmini sekinlashashi;
teri va shilliq qavatlar tomonidan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
boshqalar nafas olishni qiyinlashishi.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilish quyidagi simptomlar markaziy nerv tizimini susayishi, depressiv kayfiyat, depressiya, ongni chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon'yunktivit, rinit, ko‘z yoshi oqishi, akne yoki purpura kabi simptomlar bilan xarakterlanuvchi brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga, bromga yuqori sezuvchanlik;
-jigar va/yoki buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlari;
-jigar porfiriyasi;
-og‘ir darajali yurak yetishmovchiligi;
-yaqqol arterial gipotenziya;
-o‘tkir miokard infarkti;
-qandli diabet;
-depressiya;
-miasteniya;
-alkogolizm;
-narkotik yoki doriga qaramlik;
-hansirash, obstruktiv sindrom bilan kechuvchi respirator kasalliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Markaziy susaytiruvchi ta'sirga ega preparatlar Korvalol®ning ta'sirini kuchaytiradi.
Preparatning tarkibida fenobarbitalni mavjudligi jigar fermentlarini induktsiya qilishi mumkin, va bu uni jigarda metabolizmga uchrovchi ayrim dori vositalari (shu jumladan bilvosita antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi, tutqanoqqa qarshi, tirishishga qarshi, psixotrop, peroral qand darajasini pasaytiruvchi, gormonal, immunosupressiv, sitostatik, antiaritmik, antigipertenziv dori vositalari, grizeofulvin, glyukokortikoidlar, peroral homiladorlikka qarshi preparatlar) nng metabolizmini tezlashtirishi mumkin, chunki metabolizmning yuqori darajasi tufayli, ularning samaradorligi pasayadi.
Korvalol® analgetiklar, maxalliy anestetiklar va va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari fenobarbitalning samarasini uzaytiradi. Rifampitsin fenobarbitalning samarasini pasaytirishi mumkin.
Fenobarbitalni oltin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda buyrakni shikastlanishi xavfi oshadi.
Fenobarbitalni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda uzoq muddat qo‘llaganda me'da yarasini paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfi mavjud.
Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida, uning samarasi kuchayadi.
Metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganida, metotreksatning toksikligi kuchayadi.
Alkogol preparatning samarasini kuchaytiradi, shuningdek uning toksikligini oshiradi. Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Qo‘llashdagi muvofiq xavfsizlik choralari
Bir vaqtda spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatga qaramlik shakllanishi mumkinligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Arterial gipotenziyada preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat laktoza monogidrati saqlaydi, shuning uchun agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashning birinchi xaftasida Stivens-Djonson va Layell sindromi rivojlanishi xavfi yuqori. Medikamentoz qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda bromni to‘planishi va brom bilan zaharlanish mumkinligi tufayli, uzoq vaqt qo‘llash tavsiya etilmaydi. Qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda o‘tkir koronar sindromni inkor etish uchun shifokorga murojaat etish kerak. Giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezi gipofunktsiyasi, dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi, o‘tkir va doimiy og‘riq, dori vositalari bilan o‘tkir intoksikatsiyada ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanmasin.
Bolalar
Bolalarni davolash uchun qo‘llash tajribasi yo‘q.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Avtotransport xaydovchilari va shunga o‘xshash mexanizmlar bilan ishlovchi shaxslar preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin preparat qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi preparat tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida kuzatilishi mumukin, bu uni tashkil qiluvchilarining to‘planishi bilan bog‘liq. Uzoq muddat va doimiy qo‘llash qaramlik, abstinent sindrom, psixomotor qo‘zg‘alishi chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilishni keskin to‘xtatish bekor qilish sindromini chaqirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari nafas markazini susayishi, hatto uni to‘xtashigacha; markaziy nerv tizimini susayishi, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, ataksiya, hatto chuqur uyqugacha bo‘lgan uyquchanlik; yurak-qon tomir tizimini susayishi, shu jumladan yurak ritmini buzilishi, taxikardiya, arterial bosimni hatto kollaptoid holatgacha pasayishi; ko‘ngil aynishi, holsizlik, tana haroratini pasayishi, diurezni kamayishi.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 5 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili.
«Farmak» JAJ.
Ukraina, 04080, Kiyev sh., Frunze ko‘ch., 63.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100000, Toshkent sh., A.Kodiriy ko‘ch., 39.
Tel./faks 235-77-13, 235-67-05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.