Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Korvaltab tab. №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилбромизовалерианат, фенобарбитал, мятное масло
Страна производитель
Украина
Производитель
Фарма Старт,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Korvaltab
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) α-bromizovalerian kislotaning etil efiri, fenobarbital, yalpiz moyi;
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar α-bromizovalerian kislotaning etil efiri - 8,2 mg, fenobarbital - 7,5 mg; yalpiz moyi - 0,58 mg;
yordamchi moddalar β-tsiklodekstrin, kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, dog‘lari bo‘lgan, dumaloq shaklli, yassi yuzali va faskali, o‘ziga xos hidli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
uxlatuvchi va sedativ preparatlar.
ATX kodi N05CB02.
Farmakologik xususiyatlari
Sedativ, qon tomirlarni kengaytiruvchi, spazmolitik vositadir. Markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytirishga yordam beradi, tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va tabiiy uyquga ketishni yengillashtiradi. Preparatning tarkibiga kiruvchi α-bromizovalerian kislotaning etil efiri valeriana ekstraktiga o‘xshab sedativ va spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi; yuqori dozalarda shuningdek yengil uxlatuvchi ta'sir ham ko‘rsatadi. Fenobarbital sedativ va o‘rtacha spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Yalpiz moyi reflektor qon tomirlarni kengaytiruvchi va spazmolitik samara ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
-Yuqori ta'sirchanlik bilan kechuvchi nevrozlar;
-uyqusizlik;
-gipertonik kasallik va vegetotomir distoniyani majmuaviy davolashda;
-koronar qon tomirlarni yaqqol namoyon bo‘lmagan spazmlari, taxikardiya;
-neyrovegetativ buzilishlar bilan bog‘liq ichak spazmlarida (spazmolitik preparat sifatida) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozasi va davolash kursining davomiyligi har bir bemor uchun shifokor tomonidan shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalarga odatda 1-2 tabletka preparat sutkada 2-3 marta ovqatdan oldin buyuriladi.
Taxikardiya va koronar qon tomirlar spazmida bir martalik dozani 3 tabletkagacha oshirish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Korvaltab, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi.
Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya samaralar kuzatilishi mumkin
ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qabziyat, epigastral sohada og‘irlik hissi, uzoq vaqt qo‘llanganda – jigar faoliyatini buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish;
nerv tizimi tomonidan holsizlik, ataksiya, harakat koordinatsiyasini buzilishi, nistagm, gallyutsinatsiyalar, paradoksal qo‘zg‘alish, diqqatni jamlashni pasayishi, toliqish, reaktsiyalarni tormozlanishi, bosh og‘rig‘i, kognitiv buzilishlar, ongni chalkashishi, uyquchanlik, yengil bosh aylanishi;
qon yaratish tizimi tomonidan anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, bradikardiya;
immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, allergik reaktsiyalar (shu jumladan teri toshmasi, qichishish, eshakemi);
teri va shilliq qavatlar tomonidan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz;
tayanch-harakat apparati tomonidan fenobarbital saqlovchi vositalarni uzoq vaqt qo‘llaganda osteogenezni buzilish xavfi mavjud;
boshqalar nafas olishni qiyinlashishi.
Brom saqlovchi preparatlarni uzoq vaqt qabul qilish quyidagi simptomlar markaziy nerv tizimini susayishi, depressiv kayfiyat, ongni chalkashishi, ataksiya, apatiya, kon'yunktivit, rinit, ko‘z yoshi oqishi, akne yoki purpura bilan xarakterlanuvchi brom bilan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu ko‘rinishlar doza kamayirilganda yoki preparatni qabul qilish to‘xtatilganda o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-jigar va/yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;
-jigar porfiriyasi;
-og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Yaqqol arterial gipotenziya, o‘tkir miokard infarkti, qandli diabet, depressiya, miasteniya, alkogolizm, narkotik va doriga qaramlik, hansirash bilan kechuvchi respirator kasalliklar, obstruktiv sindromda fenobarbital saqlovchi dori vositalarini qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilganda o‘zaro ta'sirni kuchayishi kuzatilishi mumkin. Valproat kislotasi preparatlari, alkogolni qo‘llash fonida preparatning ta'siri kuchayadi. Fenobarbital jigar fermentlarini induktsiya qiladi va muvofiq ravishda jigar fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan ayrim dori vositalarining (shu jumladan bilvosita antikoagulyantlar, yurak glikozidlari, mikroblarga qarshi, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi, tutqanoqqa qarshi, tirishishga qarshi, psixotrop, peroral qand darajasini pasaytiruvchi, gormonal, immunosupressiv, sitostatik, antiaritmik, antigipertenziv dori vositalari va boshqalar) metabolizmini tezlashtirishi mumkin.
Fenobarbital analgetiklar va mahalliy og‘riqsizlantiruvchi anestetiklarning ta'sirini kuchaytiradi.
MAO ingibitorlari fenobarbitalning ta'sirini uzaytiradi. Rifampitsin fenobarbitalning samarasini pasaytirishi mumkin.
Fenobarbitalni oltin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilganda buyrakni shikastlanish xavfi oshadi.
Fenobarbitalni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan uzoq vaqt qo‘llanilganda me'da yarasini paydo bo‘lishi va qon ketishi xavfi mavjud.
Fenobarbitalni zidovudin bilan bir vaqtda qo‘llaganda ikkala preparatning toksikligi kuchayadi.
Preparat metotreksatning toksikligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilan davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlash, ruhiy va harakat reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi faoliyatlar bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Preparatni qabul qilish vaqtida spirtli ichimliklarni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Dori vositasining tarkibida fenobarbitalning mavjudligi Stivens-Djonson va Layell sindromini paydo bo‘lishi xavfiga olib kelishi mumkin, bu davolashning birinchi xaftasida yuzaga kelishi ehtimoli yuqori. Medikamentoz qaramlik rivojlanishi xavfi, organizmda to‘planishi va brom bilan zaharlanish ehtimoli tufayli, uzoq vaqt qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qabul qilgandan keyin yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan hollarda, o‘tkir koronar sindromni inkor etish uchun shifokorga murojaat etish kerak. Arterial gipotenziya, giperkinezlar, gipertireoz, buyrak usti bezi gipofunktsiyasi, o‘tkir va doimiy og‘riq, dori vositalari bilan o‘tkir intoksikatsiyada preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktoza-galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda Korvaltabni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparat homiladorlik va emizish davrida buyurilmasin.
Bolalar.
Bolalarni davolash tajribasi yo‘q, shuning uchun preparat pediatrik amaliyotda qo‘llanilmaydi.
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Korvaltab uyquchanlik va bosh aylanishini chaqirishi mumkin, shuning uchun davolash davrida patsiyentlarga xavfli mexanizmlar bilan ishlash va transport vositalarini boshqarish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatn tez-tez yoki uzoq vaqt qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin, bu uning tarkibidagi moddalarni to‘planishi bilan bog‘liq. Uzoq vaqt va doimiy qo‘llash qaramlik, abstinent sindrom, psixomotor qo‘zg‘alishga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
simptomlari nafasni hatto to‘xtashigacha susayishi; markaziy nerv tizimini hatto komagacha susayishi; yurak-qon tomir faoliyatini susayishi, shu jumladan ritmni buzilishi, arterial bosimni hatto kollaptoid holatgacha pasayishi; ko‘ngil aynishi, holsizlik, tana haroratini pasayishi, diurezni kamayishi.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 2 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Preparat original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
“Farma Start” MChJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili va faoliyat ko‘rsatish manzili
Ukraina, Kiyev sh., I.Lepse bul., 8.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.