Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Palora sirop 100 ml
Nomi | Narx | |||||
Палора сироп 100мл (BAE0003A##2 236) |
UZS 31 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пассифлоры экстракт сухой
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мл
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Palora®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Passifloraning suyuq ekstrakti
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
Faol modda 694,444 mg passiflora o‘tining suyuq ekstrakti.
Yordamchi moddalar shakar, glitserin, etil spirti, metilparaben, propilparaben, tozalangan suv.
Ta'rifi O‘ziga xos hidli, to‘q jigarrang, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Sedativ vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Passiflora ekstrakti Passiflora incarnata o‘simligidan olinadi. Preparat sedativ, anksiolitik va spazmolitik faollikka ega. Identifikatsiyalangan faol moddalari -garmin, arabin alkaloidlari, shuningdek viteksin va oriyentin flavonoidlari hisoblanadi.
Preparat abstinentsiya davrida markaziy nerv tizimiga sedativ ta'sir ko‘rsatadi.
Preparat alkogolga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, nevrotik buzilishlarni bartaraf etadi, kayfiyatni, uyquni yaxshilaydi, ish qobiliyatini oshiradi, bosh aylanishini, quloqlarda shang‘illashni kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
-nerv tizimining turli kasalliklari fonidagi nevrotik shikoyatlar va vegetativ buzilishlar (ateroskleroz, gipertoniya kasalligi, serebral qon tomirlarini krizidan keyingi holat, jarohatdan keyingi entsefalopatiya, kontuziyadan keyingi sindrom, grippdan keyingi entsefalitlar va araxnoiditlar, infektsiyadan keyingi asteniya);
-klimakterik va preklimakterik davrlar;
-yuqori asabiylik;
-uykuni buzilishi;
-simptomatik arterial gipertenziya;
-surunkali alkogolizm (yordamchi vosita sifatida);
-tutqanoq (yordamchi vosita sifatida);
-Mener kasalligi (majmuaviy davolash tartibida) da qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar
Tinchlantiruvchi ta'sirga erishish uchun 5-10 ml (1-2 ta o‘lchov qoshig‘i) dan ovqatdan oldin kuniga 3 marta buyuriladi. Uyquni buzilishlarida preparat 10 ml (2 ta o‘lchov qoshig‘i) dan uyqudan oldin qabul qilinadi. O‘rtacha davolash kursi -20-30 kun.
3-12 yoshli bolalar
Davolashni 2,5ml (0,5 ta o‘lchov qoshig‘i) dan kuniga 2-3 martadan boshlash lozim. O‘rtacha davolash kursi – 3-8 hafta.
Kattalar uchun maksimal bir martalik doza -10 ml (2 ta o‘lchov qoshiq). Sutkalik -30ml (6 ta o‘lchov qoshiq) ni . 3 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun maksimal bir martalik doza - 2,5 ml (0,5 ta o‘lchov qoshiq) ni, sutkalik -7,5ml (1,5 ta o‘lchov qoshiq) ni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
-uyquchanlik;
-charchoqlik hissi;
-bosh aylanishi;
-mushaklar holsizligi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni markaziy nerv tizimini susaytiruvchi moddalar (alkogol, barbituratlar, trankvilizatorlar) bilan qabul qilish sedativ va uyqu samaralarini kuchayishini chaqirishi mumkin. Preparatni disulfiram bilan birga ko‘llashdan saqlanish lozim. Aspartamni qo‘llayotgan odamlarda (fenilketonuriyada) siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'da-ichak yo‘llarining og‘ir organik kasalliklarda (yara kasalligi, gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), xavfli o‘smalar, o‘t tosh kasalligi, surunkali pankreatit) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlikva laktatsiya davrida preparatni, ona uchun kutiladigan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lganhollardagina ko‘llash mumkin.
Bemorlarni transport vositalarini boshqarish, mexanik qurilmalarda xizmat ko‘rsatish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq xavf to‘g‘risidaxabardor qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
«Palora®» 694,444 mg/5ml, sirop flakonlarda 100 ml dan, komplektida 5 ml hajmli plastik qoshiqchasi bilan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel Almatinskaya Farmatsevticheskaya Fabrika" AJ, Qozog‘iston
yoki "Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqlovchi
"NOBEL PHARMSANOAT" CHEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch, 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.