Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Плоды боярышника, плоды кориандра, трава мелисы лекарственной, трава донника, плоды овса
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Nika Pharm (Узбекистан)
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Kapsulalar
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sedonik® NPH
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Majmuaviy preparat.
Dori shakli
kapsula
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
do‘lana mevalari – 0,03 g;
kashnich mevalari – 0,015 g;
dorivor limono‘t – 0,045 g;
qashqarbeda o‘ti – 0,015 g;
suli mevasi – 0,075 g;
arslonquyruq o‘ti – 0,06 g;
qulmoq to‘pmevasi – 0,06 g.
Ta'rifi yashil rangli jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Sedativ vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarini hususiyatlari bilan bog‘liq.
Dorivor o‘simliklarning biologik faol moddalarining ekstraktlari asosan sedativ ta'sir ko‘rsatadi va qo‘rquv hissi, ruhiy zo‘riqishni bartaraf qilib nerv tizimining funktsional faolligiga yaxshi ta'sir qiladi.
Preparatning sedativ samarasi uni birinchi marta qo‘llashdayoq yuz beradi. Maksimal terapevtik samara 1-1,5 soatdan keyin boshlanadi va 2-4 soat davom etadi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali nevrozlar; ta'sirchanlik, xavotirlik, qo‘rquv, yuqori toliqish, parishonxotirlik bilan birga kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari; nerv qo‘zg‘alishi, uyqusizlik;, gipertonik va kardial tipdagi neyrotsirkulyar distoniya, astenik sindromda (giperstenik shakli) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Og‘iz orqali kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan 30 minutdan keyin, kamida 100 ml suyuqlik bilan birga buyuriladi. Davolash kursi – 4 hafta. Zarurati bo‘lganida uni 10-15 kundan keyin takrorlash mumkin. Yil davomida davolash kursini 2-3 marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi, dispeptik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi) paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, homiladorlik va laktatsiya davrida, hamda qonning ivishi pasaygan, ichki qon ketishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi. Preparat komponentlari V guruhi vitaminlarini saqlaydi va ular levodopaning ta'sirini susaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat haydovchilar va diqqatni yuqori jamlash va tezkor harakat reaktsiyalarini talab qiladigan mexanizmlar bilan ishlaydigan patsiyentlarga buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari arterial bosimni pasayishi, bosh aylanishi, jig‘ildonni qaynashi, ko‘ngil aynishi bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik (me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish).
Chiqarilish shakli
Kapsula. 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3 kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ishlab chiqaruvchi
«NIKA PHARM» ShXJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7 tor ko‘chasi 48A.
www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.