Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Duovit draje №40
Nomi | Narx | |||||
Дуовит драже №40 (LA3281##2 269) |
UZS 59 300
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамины, минералы
Страна производитель
Словения
Дозировка
Комплекс витаминов
Производитель
КРКА d.d.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Драже
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Duovit®
Dori shakli
draje.
Tarkibi
Qizil rangli 1 draje quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
retinol palmitati (A vitamini), kontsentrat,
sintetik, moyli shakli (1,7 mioXB/g)2,94 mg
kolekaltsiferol (D3 vitkamini),
kontsentrat, moyli shakli (1 mioXB/g)0,20 mg
askorbin kislotasi (S vitamini)60,00mg
tiamin mononitrati (V1 vitamini)1,00 mg
riboflavin (V2 vitamini) 1,20 mg
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)2,00 mg
sianokobalamin 0,1% mannitolda3,00 mg
(bu 3 mkg V12 vitaminiga to‘g‘ri keladi)
nikotinamid (RR vitamini) 13,00 mg
folat qislotasi 0,40 mg
kaltsiy pantotenati (V5 vitamini) 5,00 mg
α-tokoferol atsetati (E vitamini)10,00 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, apelsin moyi, polisorbat 80, glitserol, tozalangan kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq dekstroza (glyukoza), (quruq modda), ko‘pikni so‘ngdiruvchi 1510, magniy stearati, Opalyuks AS-F-2833G bo‘yovchisi (Ponso 4R E124 punts bo‘yovchisi + quyosh botishi sarig‘i bo‘yovchisi Ye110), kapol 600 farma, saxaroza.
Moviy rangli 1 draje quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
magniy (Mg2+) 20 mg
kaltsiy (Ca2+)15 mg
fosfor (P5+)12 mg
temir (Fe2+)10 mg
rux (Zn2+)3 mg
mis (Cu2+) 1 mg
marganets (Mn2+)1 mg
molibden (Mo6+)0,1 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, apelsin moyi aromatizatori, polisorbat 80, glitserol, tozalangan kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq dekstroza (glyukoza), (quruq modda), ko‘pikni so‘ngdiruvchi 1510, magniy stearati, suyuq parafin, povidon, Opalyuks AS-20912 (indigokarmin bo‘yovchisi Ye132), kapol 600 farma, saxaroza.
Ta'rifi
Qizil rangli qobiq bilan qoplangan draje (vitaminlar) dumaloq, ikki yoqlama qavariq, qizil rangli qobiq bilan qoplangan, shirin-nordon ta'mli draje.
Moviy rangli qobiq bilan qoplangan draje (minerallar) dumaloq, ikki yoqlama qavariq, moviy rangli qobiq bilan qoplangan draje.
Farmakoterapevtik guruhi
metabolik jarayonlarga ta'sir etuvchi vosita; vitaminli-mineralli majmua.
ATX kodi A11AA03
Farmakologik xususiyatlari
Duovit - 11 vitaminlar va 8 minerallar kompleksini saqlovchi majmuaviy preparat.
Vitaminlar va minerallar metabolik jarayonlarning muhim omillari bo‘lib, ular organizmni normal o‘sishi va rivojlanishi uchun, sog‘liqni quvvatlab turish va mustahkamlash uchun zarur hisoblanadi.
A vitamini organizmning antioksidant himoyasining komponenti bo‘lib, xujayra membranalari strukturasiga kiradi, xujayralarni o‘sishini boshqaradi, teri va shilliq qavatlarning himoya faoliyati uchun zarur, ko‘rishni fitoximik aktida ishtirok etadi, xujayra immuniteti reaktsiyalarini rag‘batlantiradi.
D3 vitamini organizmda kaltsiy va fosfor balansini tutib turilishida muhim rol o‘ynaydi. Uni yetishmovchiligida suyak to‘qimasida kaltsiyning miqdori kamayadi (osteoporoz).
RR vitamini to‘qimalarda metabolik jarayonlarni faollashtiradi, regeneratsiya jarayonlarini kechishini yaxshilaydi, steroid gormonlar sintezida ishtirok etadi.
Pantoten kislotasi oqsil metabolizmi, yog‘ kislotalari va xolesterin sintezi, energiya almashinuvida ishtirok etadi, ichakdagi biotsenozning muhim komponenti - bifidobakteriyalarni o‘sishini qo‘llab quvvatlaydi.
V1 vitamini nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi, uglevodlar almashinuvini ta'minlaydi.
V2 vitamini to‘qimalar, shu jumladan teri xujayralarining regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
V6 vitamini oqsillar, uglevodlar va yog‘lar almashinuvida ishtirok etadi, gemoglobin, shuningdek qalqonsimon bezi gormonlarini xosil bo‘lishida ishtirok etadi, suyaklar, tishlar, milklarning strukturasi va faoliyatini saqlab turishiga yordam beradi.
V12 vitamini qon yaratilishi jarayonlarida ishtirok etadi, nerv tizimining normal faoliyatiga yordam beradi.
Folat kislotasi nuklein kislotalari va oqsillarini biosintezida o‘ta muhim rol o‘ynaydi, qon yaratilishida ishtirok etadi.
Ye vitamini tabiiy antioksidant bo‘lib, nuklein kislotalari va gemoglobinning sintezini nazorat qiladi, organizmning immun himoyalovchi kuchlarini mustahkamlanishiga yordam beradi.
S vitamini asosiy antioksidant-vitamin hisoblanadi, ichakdan temirni so‘rilishida ishtirok etadi, biriktiruvchi to‘qimadagi almashinuvni boshqaradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligini normallashtiradi, toksinlarni zararsizlantirishda faol ishtirok etadi. S vitamini organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish reaktsiyalarini pasaytiradi.
Kaltsiy suyak to‘qimasini shakllanishida, qon ivishida, nerv impulslarini o‘tkazilishida, skelet va silliq mushaklarni qisqarishida, yurakni normal ishlashida ishtirok etadi. U shuningdek temirni so‘rilishiga yordam beradi.
Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida ishtirok etadi, shuningdek oqsillar sintezida ham ishtirok etadi.
Temir gemoglobin molekulasining bir qismi bo‘lib, organizmda kislorodni olib o‘tilishida ishtirok etadi va anemiyani rivojlanishini oldini oladi.
Fosfor, kaltsiy bilan bir qatorda suyaklar va tishlarni shakllanishida ishtirok etadi, shuningdek energiya almashinishi jarayonlarida ham ishtirok etadi.
Marganets suyaklarni mineralizatsiyasiga yordam beradi.
Mis eritrotsitlarning normal faoliyati va moddalar almashinuvi uchun zarur.
Rux to‘qimalar regeneratsiyasi uchun zarur, ayrim gormonlar, shu jumladan insulin tarkibiga kiradi.
Vitaminli-mineralli majmuani yaxshi o‘zlashtirilishi va asosiy komponentlarning faolligini saqlanishi uchun, vitaminlar va minerallar turli rangli drajelarga bo‘lingan. Vitaminlar qizil rangli drajeda saqlanadi, minerallar - moviy rangli drajeda.
Qo‘llanilishi
Duovit® quyidagilarda profilaktik vosita sifatida qo‘llanadi
• organizmni infektsion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun;
• o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tuzalish davrida;
• nomuntazam, sifatsiz ovqatlanishda yoki bir xil ovqatlanish ratsionida (asosan tez ovqatlanish, ovqatni nomuntazam qabul qilish, oshxonalardan foydalanish, yangi sabzavotlar va mevalarni mavsumiy yetishmovchiligi), pasaygan ovqat ratsioni (vaznni pasaytirish, diabet uchun parhez va boshqalar);
• vitaminlar va minerallarga yuqori extiyoj bilan birga kechuvchi xolatlarda yuqori jismoniy (badan tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanish) va nerv-psixik yuklama, homiladorlik va laktatsiya davri;
• ovqat mahsulotlarini yetarli bo‘lmagan o‘zlashtirilishida (keksa odamlar, chekuvchilar, alkogoliklar);
• mineral moddalarni yuqori yo‘qotilishida (qusish, ich ketishi, ko‘p hayz ko‘rish, ko‘p terlash);
• ximoterapevtik vositalar qo‘llangandagi majmuaviy davolashda.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 qizil rangli draje va 1 moviy rangli draje. Drajeni butunligicha, katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 30 kun. Preparatni qabul qilish kursa tanaffusdan (1-3 oy) keyin yoki shifokor tavsiyasi bo‘yicha takrorlanishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirmang, tasodifan yuqori doza qabul qilganda, darxol shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat temir va kaltsiy saqlaydi va shuning uchun ichakda tetratsiklinlar guruhi antibiotiklarning, shuningdek antimikrob vositalar - ftorxinolon hosilalarini so‘rilishini kechiktiradi. S vitamini sulfanilamidlar guruhi antimikrob vositalarning ta'siri va nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan siydikda kristallarni paydo bo‘lishi). Alyuminiy, magniy, kaltsiy saqlovchi antatsid preparatlar, shuningdek xolesteramin temirni so‘rilishini kamaytiradi. Tiazidlar guruhi siydik haydovchi vositalar bir vaqtda buyurilganda, giperkaltsiyemiya ehtimoli oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin - mutlaqo bezarar va preparatda riboflavinni bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Duovit®ni vitaminlar va minerallarni saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
10 drajedan PVX/PVDX/PVX - alyumin folga blisterda (1 blisterda 5 draje vitaminlar bilan - qizil rangli va 5 draje minerallar bilan - moviy rangli drajelar).
4 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.