Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yenat 400 kaps. 400XB №30
Nomi | Narx | |||||
Енат капс. 400МЕ №30 (23E28F2##1996) |
UZS 115 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин E
Страна производитель
Таиланд
Дозировка
400 МЕ
Производитель
Mega Lifesciences Public Company Limited
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Ye Nat 400
Ta'sir etuvchi modda (XPN) α-tokoferol atsetati
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda Ye vitamini (d-α-tokoferol atsetati ko‘rinishida Yevr.F.) – 400 XB;
yordamchi moddalar soya moyi, jelatin, glitserin.
Ta'rifi uzunchoq, tiniq, och sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar
Farmakoterapevtik guruhi
vitamin.
ATX kodi A11NA03
Farmakologik hususiyatlari
Ye Nat 400 (alfa tokoferol atsetati) tokoferollarning ichida eng samaralisi bo‘lib, odam organizmida hujayra antioksidanti va erkin kislorod radikallarini bog‘lab oluvchi modda sifatida ta'sir qiladi.
Ye Nat 400 antioksidant ta'sir ko‘rsatadi, gem va oqsillar biosintezida, hujayralar proliferatsiyasida, to‘qimalar metabolizmini boshqa muhim jarayonlarida ishtirok etadi, eritrotsitlar gemolizini oldini oladi.
Biriktiruvchi to‘qimani rivojlanishi va faoliyati uchun, shuningdek qontomirlar devorini mustahkamlash uchun muhimdir. Tabiiy antioksidant hisoblanadi, lipidlarni erkin radikallar tomonidan peroksidli oksidlanishini tormozlaydi.
Fagotsitozni faollashtiradi va eritrotsitlarning rezistentligini normal tutib turish uchun ishlatiladi.
Katta dozalarda trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida preparat me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. 12 barmoq ichakdan so‘rilishi (o‘t kislotalarining tuzlarini, yog‘larni bo‘lganida, me'da osti bezi normal faoliyat ko‘rsatganida) – 20-40% ni tashkil etadi. Doza oshirilganida so‘rilish darajasi pasayadi.
Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti – 4 soat va 24 soat davomida davom etadi. Barcha a'zolar va to‘qimalarda, ayniqsa, yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali yetarli bo‘lmagan miqdorlarda o‘tadi homila qoniga ona qonidagi kontsentratsiyaning 20-30% o‘tadi. Ko‘krak sutiga o‘tadi. Ekskretsiyasi, asosan, me'da-ichak yo‘llari orqali amalga oshadi, safro bilan – 90% dan ko‘proq qismi, 6% dan kamroq qismi buyraklar orqali glyukuronidlar va boshqa metabolitlar holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ye vitaminining tanqisligini oldini olish va davolash uchun qo‘shimcha qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozasi
Kuniga bir kapsula yoki shifokorni tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ye vitamini odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori dozalarda qabul qilinganida diareya, qorinda og‘riq, MNT tomonidan buzilishlar, bosh og‘rig‘i, ko‘rishni xiralashishi, shimollash simptomlari, erkak va ayollarda ko‘krakni kattalashishi, toliqish va holsizlik kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
K vitaminini yetishmovchiligi keltirib chiqargan gipoprotrombinemiya. Preparatning ta'sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Og‘ir darajadagi kardiosklerozi bo‘lgan, miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda, tromboemboliyani rivojlanish havfi yuqori bo‘lganida; K vitaminini yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan gipoprotrombinemiyada Ye vitaminini 400 TB dan ortiq dozalarda qo‘llanganida ahvoli yomonlashishi mumkin (1 mg = 1,21 TB).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ye vitamini antikoagulyantlar, varfarin, yoki qonni suyultiruvchi boshqa indandion guruhiga mansub bo‘lgan preparatlar va estrogenlarning ta'sirini kuchaytiradi, shuningdek trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi aspirinning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Ye vitamini K vitaminining antagonisti hisoblanadi, bu moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda qon ivish vaqtini uzayishiga olib keladi.
Ye vitamini temir saqlovchi preparatlar va qo‘shimchalarni qabul qilishga nisbatan organizmning gematologik reaktsiyasini yomonlashtiradi.
Ye vitamini bilan bir vaqtda har qanday preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kapsulalarning tashqi ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlar aniqlanganida preparat ishlatilmasin.
Preparatni qabul qilishdan oldin qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini diqqat bilan o‘qib chiqing.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari preparatning katta dozalari (sutkada 400-800 mg uzoq vaqt davomida qabul qilish) ko‘rishni buzilishi, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kuchli toliqish, xushdan ketish, bullyoz epidermolizda alopetsiya sohasida oq sochlarni o‘sishini chaqirishi mumkin.
Juda katta dozalari (800 mg dan ortiq dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilish) K vitaminini yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qon ketishini chaqirishi mumkin; ular qalqonsimon bez gormonlari metabolizmini buzishi va beriluvchan patsiyentlarda tromboflebitlar va tromboemboliyalarning rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Davolash simptomatik, preparatni bekor qilish, glyukokortikosteroidlarni buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda, har bir kontur uyali o‘ram alyumin folgali o‘ramga joylanadi. 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
.
“Mega Lifesciences Ltd.”
384, Pattana 3 Road,
Bangpoo Industrial Estate,
Samutprakam 10280, Tayland
“Mega Lifesciences (Australia) Pty Ltd”
(A.C.N. 076 713 392) Victoria 3175, Avstraliya
litsenziyasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“OMAD NUR FARM” MChJ 100095 O‘zbekiston Respublikasi,
Tashkent sh., Olmazor tumani, Farabiy ko‘ch, 448V
Tel +99871 2187259, +99897 434 33 34
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.