Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Foliyevaya k-si. 1mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фолиевая кислота
Страна производитель
Украина
Дозировка
1 мг
Производитель
ПАО "ВИТАМИНЫ"
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Folat kislotasi tanqisligini davolash
Preparatning savdo nomi
Foliyevaya kislotasi
Ta'sir etuvchi modda (XPN) folat kislotasi (folic acid)
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar folat kislotasi - 1 mg;
yordamchi moddalar qand upasi, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi.
Ta'rifi och-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan faska va riskali yassi silindrik tabletkalar. To‘qroq va ochroq rangdagi dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Anemiyaga qarshi vositalar. Folat kislotasi va uning hosilalari.
ATX kodi V03VV01.
Qo‘llanilishi
Makrotsitar (folat tanqisligi) anemiyani davolash.
Folat kislotasi tanqisligini davolash
a)kam so‘rilish sindromida (tropik bo‘lmagan va tropik spru; glyutensiz parhezga rioya qilish mumkin bo‘lmagan sharoitda seliakiya);
b)ayrim dori vositalarini (tutqanoqqa qarshi vositalar, majmuaviy oral kontratseptivlar, sitostatiklar) qo‘llash fonidagi folatlarning almashinuvini buzilishida, jigar kasalliklarida va folat kislotasini yetarli darajada ist'emol qilmaslikda (masalan, alkogolga qaramlik, yetarli darajada ovqatlanmaslik);
c)folat kislotasini ko‘p chiqarilib yuborilishida (masalan, alkogolga qaramlik, gemolitik anemiya fonida).
Homiladorlarda homilada nerv nayini shakllanishida nuqsonlarni rivojlanishini oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Ovqatdan oldinbuyuriladi. Bolalar va yutishda qiyinchilikni his qiladigan shaxslar uchun tabletkani qabul qilishdan oldin maydalashga ruxsat beriladi.
Kattalar (shu jumladan keksa yoshdagi shaxslar)
Folat kislotasining tanqisligida- kuniga 5 mg dan 4 oy davomida; malabsorbtsiyada - har kuni 15 mg gacha qo‘llash mumkin.Surunkali gemolitik holatda anemiyani oldini olish uchun 5 mg dan kasallikni zo‘rayishga qarab, har 1-7 kunda buyuriladi.
Bolalarda gemolitik anemiya va moddalar almashinuvini buzilishida
4 yosh gacha bo‘lgan bolalarda tabletkani oldindan maydalangan holda (kukun ko‘rinishida) qo‘llashga ruhsat beriladi. Bolalarda folat kislotasining dozalari 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 0,5 mg/kg (1 kg tana vazniga 1/2 tabletka) kuniga 1 marta, ammo sutkada ko‘pi bilan 5 mg, 1 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga-sutkada 2,5-5 mg, 12 yoshdan kattalarda- kuniga 1 marta sutkada 5-10 mg ni tashkil qiladi.
Makrotsitar (folat tanqisligi) anemiyani davolash uchun kattalarga va har qanday yoshdagi bolalarga boshlang‘ich dozada - sutkada 1 mg (1 tabletka) gacha buyuriladi. 1 mg dan ortiq sutkalik dozalar gematologik samaralarni kuchaytirmaydi va ortiqcha folat kislotasining katta qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Rezistent holatlarda yanada yuqoriroq dozalar talab qilinishi mumkin. Boshlang‘ich dozalarni taxminan 14 kun davomida yoki gematologik va klinik javob olingunicha qo‘llanadi, keyin samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Davolashning umumiy davomiyligi taxminan 4 oyni tashkil qilishi mumkin.
Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chaqaloqlar uchun sutkada 0,1 mg, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun-sutkada 0,3 mg gacha 4 yoshdan katta bolalarga va kattalarga - 0,5 mg (1/2 tabletka) dan, homiladorlik va laktatsiyada-sutkada 1 mg gacha, ammo sutkada kamida 0,1 mg ni tashkil qiladi.
Homiladorlik vaqtida aniqlangan folat kislotasining tanqisligida kuniga 5 mg dan butun homiladorlik davr davomida buyuriladi. Anamnezida rivojlanish nuqsonlari bo‘lganida nerv naychasini rivojlanishining nuqsonlarni oldini olish uchun rejalashtirilgan urug‘lanishdan 1 oy oldin va undan keyin 3 oy davomida qo‘llaniladi. Anamnezida nerv naychasini rivojlanish nuqsonlari (yoki boshqa moyillik omillari) bo‘lmagan hollarda 0,5 mg (1/2 tabletka) dan har kuni oxirgi hayz ko‘rishdan keyin 10-12 hafta davomida buyuriladi. Homiladorlik vaqtida folat kislotasini sutkada 0,4 mg dan yuqori dozalarda, buyurilishini faqat V12 vitaminining tanqisligi bilan bog‘liq xavfli (pernitsioz) anemiya istisno qilingandan keyingina o‘tkazish mumkin.
Folat kislotasini qabul qilish muddati aniq belgilanmagan, ba'zida normal qon yaratilishini tiklash va saqlash uchun preparatni ko‘p oylik qabul qilish kurslarni talab qilinadi. Vitamin yetishmovchiligining asosiy sabablarini bartaraf qilish, ovqatlaish ratsionini yaxshilash yoki yondosh kasalliklarni yo‘q qilish hollarida preparatni qo‘llashni muddatdan avval to‘xtatish mumkin. Yondosh alkogolizmda, gemolitik anemiyada, surunkali infektsion kasalliklarda, tirishishga qarshi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilinganda, me'da olib tashlangandan keyin, ozuqa moddalarni so‘rilishini buzilishida, jigar yetishmovchiligida, jigar sirrozida, stressda preparat dozasi oshirilishi kerak va davomli davolash talab qilinishi mumkin.
Nojo‘ya ta'siri
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar, shuningdek ilova-varaqada ko‘rsatilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak!
Immun tizimi tomonidan reaktsiyalar kam (1/1000 dan 1/10000 gacha bo‘lgan holatlar)-teri toshmasi, terini qichishishi, eshakemi, bronxospazm, eritema, gipertermiya, anafilaktik reaktsiyalar (jumladan shok).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda – ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi va meteorizm.
Qon yaratish a'zolari tomonidan V12 tanqisligi anemiyasi belgilarini niqoblashi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan sutkada 15 mg dan ortiq dozada qabul qilinganda uyquni buzilishi, diqqatni jamlash bo‘yicha muammolar, ta'sirchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya, ongni chalkashuvi bo‘lishi mumkin. Tutqanoqli shaxslarda - tirishish xurujlari soni oshishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Xavfli anemiya va V12 vitaminining tanqisligi bilan bog‘liq boshqa holatlar.
Folat kislotasiga bog‘liq qaram o‘smalarda, og‘ir megaloblast yoki makrotsitar anemiya o‘tkazilgan o‘smalarga qarshi davolashning asorati hisoblangan hollardan tashqari holatlarda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sitostatiklarni (metotreksat) yoki tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qiladigan bemorlarda megaloblast anemiyani rivojlanishini oldini olish maqsadida folat kislotasini yondosh buyurish tavsiya qilinadi.
Analgetiklar (uzoq davolash), tutqanoqqa qarshi preparatlar (shu jumladan fenitoin va karbamazepin), estrogenlar, peroral kontratseptivlar folat kislotasiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Antatsidlar (shu jumladan Sa2+, Al3+ va Mg2+), xolestiramin, sulfonaminlar (shu jumladan sulfasalazin) folat kislotasini so‘rilishini (folat kislotasini xolestiraminni qo‘llashdan 1 soat oldin yoki 4 soatdan keyin qo‘llash; antatsidlarni esa folat kislotasini qabul qilgandan 2 soatdan keyin qo‘llash kerak) pasaytiradi. Folat kislotasini qo‘llash fonida ayrim tutqanoqqa qarshi dori vositalari (fenitoin fenobarbital, primidon) ning kontsentratsiyasi pasayadi, bu tutqanoqni zo‘rayishga olib kelishi va tutqanoqqa qarshi preparatlarining dozalarini oshirishini talab qilishi mumkin.
Pirimetamin, triamterin, trimetoprim folat kislotasining samarasini pasaytiradi (buni o‘rniga bu preparatlarni qabul qiladigan patsiyentlarga kaltsiy folinatni buyurish lozim). Sulfanilamidlar va xloramfenikol folat kislotasining samarasini pasaytiradi va uni yanada yuqoriroq dozalarda yuborishni talab qiladi.
Folat kislotasi metotreksat, leflunomid va teriflunomidning terapevtik va toksik ta'sirini o‘zgartiradi. Ftoruratsilning toksik ta'sirini oshiradi, shu sababli ushbu majmuadan saqlanish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasi bolalarda gipo va avitaminozni profilaktikasi uchun (1 tabletkada folat kislotasining yuqori dozasi borligi tufayli) mo‘ljallanmagan.
V9 gipovitminozini profilaktikasi uchun muvozanatlangan ovqatlanish eng afzali hisoblanadi. V9 vitaminiga boy mahsulotlar- yashil sabzavotlar (salat, shpinat), pomidorlar, sabzi, yangi jigar, dukkakliklar, lavlagi, tuxum, pishloq, yong‘oq, donlardir.
Folat kislotasini gemodializ yordamida chiqarib tashlanadi, buni og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda e'tiborga olish lozim.
Folat kislotasini koronar qon tomirlarida stentlari bo‘lgan patsiyentlarda muntazam qo‘llash kerak emas. Folat kislotasini 0,1 mg dan yuqori dozada har kuni qo‘llash, V12 tanqisligi anemiyani yashirishi va bu anemiyada nerv tizimini shikastlanishini kuchaytirishi mumkin. Pernitsioz anemiyasi istisno qilinmagunicha, folat kislotasini 0,1 mg dan yuqori dozalarda buyurish tavsiya qilinmaydi (homiladorlik va laktatsiya davri bundan istisno).
Folat kislotasining katta dozalari qo‘llanganda, shuningdek uzoq muddat davomida davolashda qonda V12 vitaminining (tsianokobalaminning) kontsentratsiyasi kamayishi mumkin. Folat kislotasini uzoq vaqt davomida qo‘llanganda V12 vitamini bilan majmuada qabul qilish tavsiya qilinadi.
Davolash vaqtida Folat kislotasini antatsid vositalarini qabul qilishdan 2 soatdan keyin, shuningdek xolestiraminni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 4 soatdan keyin qo‘llash lozim. Dori vositasi saxaroza saqlaydi, buni tug‘ma fruktozani o‘zlashtiraolmasligi, glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar e'tiborga olishlari kerak.
Homiladorlik vaqtida ko‘llanilishi
Dori vositasi homiladorlikda va laktatsiya davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Homiladorlikning ilk muddatlarida folat kislotasini har kuni qabul qilish homilani rivojlanishini izdan chiqishini oldini olishi mumkin. Agar preparatni qabul qilish homiladorlikni to‘rtinchi haftasidan keyin boshlangan bo‘lsa, folat kislotasi samarali ta'sir ko‘rsatmaydi.
Laktatsiya
Folat kislotasi ona suti bilan faol chiqariladi. Onalari folat kislotasini qabul qilgan emizikli chaqaloqlarda hech qanday nohush samaralar kuzatilmagan.
Folat kislotasini ko‘krak sutidagi umumiy miqdori bolaning ehtiyojiga mos keladi, folat kislotasining qo‘shimcha dozalari kichik vaznda tug‘ilgan onalarida folat kislotasining tanqisligi (kuniga 50 mkg) bo‘lgan emizikli bolalarda yoki uzoq infektsion diareya bo‘lgan bolalarda zarur bo‘lishi mumkin.
Avtomobilni haydash va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Folat kislotasini 4-5 mg gacha bo‘lgan dozalari yaxshi o‘zlashtiriladi. Yanada yuqoriroq dozalari markaziy nerv tizimi tomonidan (ta'sirchanlik va uyquchanlik) va me'da-ichak yo‘llari (ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, meteorizm) buzilishlarni chaqirishi mumkin. Bunda maxsus yordam choralari talab qilinmaydi, preparatni qabul qilishni 1-2 kunga to‘xtatish yetarli hisoblanadi.
Chiqarilish davri
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ram ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
to‘g‘risida ma'lumot
“Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov” Ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Minsk vil. Borisov sh., Chapayev ko‘ch. 64,
tel/faks +375 177 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.