Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Folispey tab. 5mg №20
Nomi | Narx | |||||
Фолиспей таб 5 мг № 20 (B4507##2 131) |
UZS 31 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин В9
Страна производитель
Македония
Дозировка
5 мг
Производитель
Spey Medical Ltd, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Folispey
Ta'sir etuvchi modda (XPN) folat kislotasi
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5 mg folat kislotasi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, povidon, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, natriy laurilsulfati.
Ta'rifi sariq-to‘q sariq rangli, ikki tomonlama qavariq, dumaloq tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
vitaminlar
ATX kodi V03VV01.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
si
Folat kislotasi V guruhi vitaminlariga mansub (Vs vitamini, V9 vitamini). Odam organizmida sintezlanmaydi; ovqat bilan tushadi va normal ichak florasi tomonidan ishlab chiqariladi. Nukleotidlar va aminokislotalar almashinuvining bir qator reaktsiyalarida bir uglerodli fragmentlarni (metil, metilen, formula yoki metenil guruhlari ko‘rinishida) tashilishini amalga oshiruvchi ferment tizimlarining kofaktori sifatida ishtirok etuvchi tetragidrofolat kislotasining o‘tmishdoshi bo‘lib hisoblanadi. proliferatsiya, differentsiatsiya va xujayralarni yetishlishi, shu jumladan eritropoez va embriogenez jarayonlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llaridan, ayniqsa 12-barmoq ichakning yuqori sohalarida hatto tropik spru fonida malabsorbtsiya sindromi mavduligida ham yaxshi va to‘liq so‘riladi. Ayni vaqtda malabsorbtsiya sindromida ovqatdagi folatlar yomon so‘riladi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasiga 30-60 minutdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan jadal bog‘lanadi. Gematoentsefalik to‘siq, yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajraladi. Jigarda to‘planadi va tetragidrofolat kislotasini (digidrofolatreduktaza ta'siri ostida askorbin kislotasi mavjudligida) hosil qilib metabolizmga uchraydi.
Asosan metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Agar qabul qilingan doza folat kislotasiga bo‘lgan sutkalik ehtiyojdan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lsa, o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Folat kislotasi tanqisligi bilan bog‘liq yoki u bilan kechuvchi holatlarni oldini olish va davolash
• folat kislotasini tanqisligi fonida rivojlanuvchi anemiyalarni davolash megaloblast anemiya;
• dori vositalari va ionlashtiruvchi radiatsiya chaqirgan anemiya va leykopeniya;
• ichgichka ichak kasalliklari, spru va mal'absorbtsiya sindromi bilan bog‘liq anemiya;
• homiladorlik davrida, homilada nerv naychasini rivojlanish nuqsonlarini oldini olish uchun;
• folat kislotasi antagonistlari (metotreksat, sulfametoksazol-trimetoprim majmuasi), tirishishga qarshi preparatlar (fenitoin, primidon, fenobarbital) bilan uzoq vaqt davolash;
• surunkali alkogolizmdagi anemiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
Folat kislotasini tanqisligi bilan bog‘liq megaloblast anemiyani davolash uchun sutkada 5 mg (1 tabletka) dan 4 oy davomida.
Ichgichka ichak kasalliklari, spru va mal'absorbtsiya sindromi bilan bog‘liq anemiyada sutkada 15 mg gacha.
Homilada nerv naychasini rivojlanish nuqsonlarini oldini olish uchun, xavf guruhi kiruvchi ayollarda preparat rejalashtirilgan homiladorlikdan 1 oy oldin va so‘ngra I uch oylik davomida kuniga 5 mg dan buyuriladi.
Muvofiqlashtirilmagan yoki qoniqarsiz ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan folat kislotasi tanqisligini oldini olish uchun preparat har kuni 2,5-5 mg dan buyuriladi.
Davolash maqsadida kattalarga sutkada 5 mg dan buyuriladi.
Davolash kursi davomiyligi – 20-30 kun.
Bolalarga – yoshga qarab past dozalarda buyuriladi.
Folat kislotasini tanqisligi bilan bog‘liq megaloblast anemiyani davolash uchun
1-18 yoshdagi bolalar kuniga 5 mg 4 oy davomida; samarani bir maromda ushlab turuvchi doza har 1-7 kunda 5 mg.
Gemolitik anemiya, moddalar almashinuvini buzilishi 1-12 yoshdagi bolalar 2,5 mg – 5 mg dan kuniga bir marta, 12-18 yoshdagi bolalar 5-10 mg kuniga bir marta.
Gemodializda folat kislotasi yetishmovchiligini oldini olish uchun 1-12 yoshdagi bolalar 250 mkg/kg (maksimal 10 mg) kuniga bir marta. 12-18 yoshdagi bolalar 5-10 mg kuniga bir marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, teri qichishishi, bronxospazm, eritema, gipertermiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qorinni dam bo‘lishi, og‘izda achchiq ta'm.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-xavfli o‘smalar;
-V12-tanqis anemiya;
-gemoxromatoz;
-gemosiderozda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Floramfenikol, neomitsin, polimiksinlar, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda folat kislotasini so‘rilishi kamayadi.
Analgetiklar (uzoq vaqt davolash), tirishishga qarshi preparatlar (shu jumladan fenitoin va karbamazepin), estrogenlar, peroral kontratseptivlar folat kislotasiga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Folat kislotasini qo‘llash fenobarbital, fenitoin yoki primidonning plazmadagi darajasini pasaytirishi va tutqanoq xurujini chaqirishi mumkin.
Antatsidlar, kolestiramin, sulfonamidlar (shu jumladan sulfasalazin) folat kislotasini so‘rilishini kamaytiradi.
Kolestiramin va folat kislotasi bir vaqtda qo‘llanilganda so‘rilishi pasayishi yoki o‘zgarishi mumkin, shuning uchun kolesteramindan 1 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Metotreksat, pirimetamin, triamteren, trimetoprim digidrofolatreduktazani ingibitsiya qiladi va folat kislotasining samarasini pasaytiradi (uni qabul qilayotgan patsiyentlarga uning o‘rniga kaltsiy folinatini buyurish kerak).
Maxsus ko‘rsatmalar
Pernitsioz anemiyada preparat mustaqil qabul qilinmaydi, balki sianokobalamin (V12 vitamini) bilan birga qabul qilinadi. Folat kislotasini yuqori dozalari qo‘llanilganda, shuningdek uzoq vaqt davolaganda V12 vitamining kontsentratsiyasi pasayishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Folat kislotasining dozasini oshirib yuborilishining isbotlangan xabarlari ta'riflanmagan. Folat kislotasi nisbatan toksik birikma bo‘lib hisoblanmaydi. Fiziologik doza oshirilganda folat kislotasi me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar qusish, qorinni dam bo‘lishi, meteorizm, shuningdek tungi uyquni buzilishi ko‘rinishida nospetsifik reaktsiya chaqirishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganda davolash simptomatik va tutib turuvchi hisoblanadi va klinik ko‘rinishlarga qarab belgilanadi. 1-2 soatdan keyin aniqlanadigan preparatni haddan tashqari ko‘p miqdorda qabul qilgan hollarda me'dani yuvish yoki qusishni chaqiruvchi preparatlar buyuriladi. Folat kislotasini jigar ichki sirkulyatsiyasini kamaytirish maqsadida ko‘p marta faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak.
Chiqarilish shakli
5 mg dan ichga qabul qilish uchun 10 tabletka blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Savdo nomi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining egasi
Spey Medical Ltd.,
London, Buyuk Britaniya
Ishlab chiqarilgan
REPLEK FARM Ltd. Skopye
Skopye, Makedoniya Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Ameliya Pharm service» MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., S-6, Yunusobod tumani, 92/2.
Tel. (+998) 71 2356501
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.