Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kolefer ichga qabul qilish uchun tomchilar 10ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин D3, А
Страна производитель
Турция
Дозировка
10 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kolefer
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) retinol + xolekaltsiferol
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
A vitamini (retinol palmitati) 20000 XB;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 10000 XB;
yordamchi moddalar «Tutti-Frutti» aromatizatori, butilgidroksianizol, kunjut moyi.
Ta'rifi och sariq rangdan sariq ranggacha bo‘lgan bir jinsli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. A va D vitaminlar majmuasi.
ATX kodi A11CB
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Yog‘da eruvchan vitaminlar guruhiga kiruvchi A vitamini organizmni o‘sishi, epitelial to‘qima va shilliq qavatlarni differentsiatsiyasi va funktsiyasi uchun zarur hisoblanadi. Antioksidant hususiyatlarga ega, erkin radikallar bilan bog‘lanadi va hujayraga himoyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Retinol qosh qoraygan paytlarda moslashishga yordam beradigan pigment, rodopsinni hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Oqsillar, uglevodlar, steroid gormonlarni metabolizmida ishtirok etadi. Tireotrop gormonini sekretsiyasiga ta'sir qiladi va to‘qimalarda tiroksinni ta'sirini tormozlaydi. Jigarning fermentativ faolligini rag‘batlantiradi.
A vitaminini tanqisligi kseroftalmiya, qosh qoraygan paytda ko‘rishni buzilishi, teri va shilliq qavatlarni qurishiga olib keladi.
D3 vitamini va uning metabolitlari qonda kaltsiy va fosfatlarning fiziologik kontsentratsiyalarini tutib turishda ishtirok etadilar. Paratgormon bilan birga me'da-ichak yo‘llaridan kaltsiyni so‘rilishini yaxshilaydi, buyraklar orqali kaltsiyni chiqarilishini va suyak to‘qimasida osteoklastlarning faolligini boshqaradi. Kaltsiyni kerakli kontsentratsiyada ushlab turishi hisobiga, osteoblastlar tomonidan sekretsiya bo‘ladigan suyak matriksini mineralizatsiyasini ta'minlaydi. Kaltsiyni kerakli kontsentratsiyada ushlab turish qo‘zg‘alishni nerv-mushak bo‘ylab o‘tishida muhim rol o‘ynaydi.
A va D3 vitaminlarini birgalikdagi ta'siri, boshqalardan tashqari, RXR (9-tsis-retinoat kislotasining retseptori) yoki RAR (retinoat kislotasi) proteinoidlarining retseptorini D vitaminining steroid retseptori – VDR bilan dimerizatsiyasi natijasida hosil bo‘ladigan geterodimerni mavjudligi bilan bog‘liq. VDR-RXR geterodimeri orqali A va D3 vitaminlari transkriptsiya jarayonlarini rag‘batlantiradilar va oqsil sintezi uchun javobgar aynan o‘sha genlarni ekspressiyasiga ta'sir qilib, organizmdagi ko‘pgina jarayonlarni birgalikda boshqarish mumkin. Shunday qilib, 40 dan ortiq oqsillar, jumladan epidermisni o‘sish faktori retseptori, keratin, keratinlangan hujayralarning oqsili, shuningdek hujayralarni o‘sishini boshqaruvchi ornitin-dekarboksilaza sintezini boshqarishi isbotlangan. D3 vitaminining retseptori, agar 9-tsis-retinoat kislotasining retseptori bo‘lmasa, D3 vitamini bilan reaktsiyaga kirishuvchi fragmentlar bilan bog‘lanmaydi.
Shunday qilib, A va D3 vitaminlari birgalikda retseptorlarning geterodimerlari orqali o‘zlarining ta'sirini boshqaradilar, hujayralarni proliferatsiyasi va differentsiatsiyasiga shunday ta'sir ko‘rsatadi va shu sababli teri kasalliklarini davolashda qo‘llanadi. A va D3 vitaminlarining majmuasini qo‘llashga ko‘rsatmalar bo‘lib psoriaz, T-hujayrali limfomaning o‘tkir shakli, follikulyar keratoz bo‘lishi mumkin
Farmakokinetikasi
A vitamini me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. So‘rilishi asosan ingichka ichakda amalga oshadi. Biokiraolishligi 60-90% ni tashkil etadi. A vitaminining yarim chiqarilish davri davomli va jigarda (lipotsitlarda lipidglikoprotein komplekslarida retinolning murakkab efirlari ko‘rinishida) to‘planadi. Qonga o‘tishidan oldin retinol eterifikatsiyaga uchraydi. Qonda oqsillar bilan bog‘langan shaklda tashiladi. Jigarda to‘planmaydigan retinol jigarda metabolizmga uchrab, glyukuron kislotasi bilan kompleksda ko‘p sonli metabolitlar hosil qiladi, so‘ngra esa retinal va retionat kislotasigacha oksidlanadi. A vitaminining metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. Glyukuron kislotasi yoki taurin bilan bog‘langan ayrim metabolitlari safro bilan chiqariladi.
D3 vitamini asosan ingichka ichakda o‘t kislotalari ishtirokida so‘riladi. Biokiraolishligi 50-80% ni tashkil etadi. Qon plazmasida D3 vitamini jigarga oqsil bilan kompleks ko‘rinishida tashiladi. Jigarda D3 vitamini 25-chi gidroksil atomi bo‘yicha gidroksil guruhi bilan bog‘lanadi va qon oqimiga qaytadan tushadi, u yerda α2-globulinlar bilan bog‘lanadi. Jigar va buyraklarda metabolizmga uchraydi. D3 vitamini va uning metabolitlari asosan safro bilan chiqariladi. D3 vitamini metabolizmining oxirgi mahsuloti – kaltsitrilat kislotasi siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• A va D3 vitaminlar tanqisligi;
• teri va shilliq qavatlar kasalliklarida (jumladan havfli jarayonni zo‘rayish natijasi hisoblangan psoriaz, ixtioz, dermatozlarda) samarani bir maromda tutib turuvchi davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kolefer suyuqlik qoshig‘ida ichga qabul qilinadi.
Hayotining 4-haftasidan boshlab go‘daklar va bolalar sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
O‘smirlar va kattalar sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
Homilador va emizikli ayollar sutkada 2 tomchidan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
A va/yoki D3 vitaminlariga yuqori sezuvchanligi (kam kuzatiladi) bo‘lgan patsiyentlarda yoki preparatning yuqori dozalari uzoq vaqt davomida qo‘llanganida A va D3 vitaminini gipervitaminozi rivojlanishi mumkin.
D3 vitamini gipervitaminozining simptomlari
Moddalar almashinuvi va oziqlantirish tomonidan tana vaznini kamayishi.
Ruhiyatni buzilishlari depressiya, psixotik buzilishlar.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘riqlari.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan poliuriya, siydik tosh kasalligi.
Shuningdek quyidagilar og‘izni qurishi, qonda va/yoki siydikda kaltsiyning kontsentratsiyasini oshishi, to‘qimalarni kaltsifikatsiyasi, bosh aylanishi, ta'sirchanlik, lablarning chetlarida yaralarni hosil bo‘lishi, sochlarni to‘kilishi, terini qurishi, qorinda og‘riq, anemiya, teri osti kletchatkasini shishi, suyaklar va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilishi mumkin.
Odatda ushbu simptomlar vitaminlar bekor qilinganidan so‘ng butunlay yo‘qoladi.
A vitaminini uzoq muddat qo‘llash jigarni shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya aniqlanganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• retinolga va xolekaltsiferolga yoki preparatning yordamchi komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
• A vitamini gipervitaminozi, D3 vitamini gipervitaminozi, buyrak yetishmovchiligi, giperkaltsiyemiya, malabsorbtsiya sindromi;
• o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkinligi tufayli, 4 haftalikkacha bo‘lgan bolalarda;
• A va/yoki D3 vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
A vitaminini so‘rilishi xolestiramin, xolestipol, ichga qabul qilish uchun neomitsin, mineral moylar bilan bir vaqtda qo‘llanganida buzilishi mumkin. Bunday holatlarda A vitaminining dozasini oshirish talab etilishi mumkin.
A vitaminini so‘rilishini pasayish sababi shuningdek orlistatni qo‘llash oqibatida ham bo‘lishi mumkin.
Peroral kontratseptivlar plazmada A vitaminining kontsentratsiyasini oshiradilar.
A vitaminini boshqa retinoidlar bilan birga qo‘llash uning toksikligini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
A vitaminining 50000 XB dan yuqori dozalarini tetratsiklin bilan majmuada qo‘llash bosh miya gipertenziyasini rivojlanish sababi bo‘lishi mumkin.
Alkogol bilan birga qo‘llash gepatotoksik ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Alyuminiy saqlovchi antatsid vositalarni uzoq muddat D3 vitamini bilan majmuada qo‘llash qonda alyuminiyning kontsentratsiyasini oshishiga va buning oqibatida suyak to‘qimasiga alyuminiyni toksik ta'siriga sabab bo‘lishi mumkin.
Magniy saqlovchi antatsid vositalarni va D3 vitaminini bir vaqtda qo‘llash, ayniqsa yondosh surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida, gipermagniyemiyaga olib kelishi mumkin.
D3 vitamini va fosforsaqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash giperfosfatemiyani rivojlanish havfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlansin.
Davolanish vaqtida A vitaminiga boy bo‘lgan ozuqa mahsulotlari (masalan, jigar) ni iste'mol qilish mumkin emas
Homilador ayollarda juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Vitaminlarning haddan tashqari yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida yoki preparatning zarb dozalarini qo‘llash A va/yoki D3 vitaminlarini surunkali gipervitaminoziga sabab bo‘lishi mumkin.
Tiazid preparatlar va boshqa diuretiklarni qabul qilayotgan harakatsiz bemorlarga, siydik-tosh kasalligi, yurak kasalliklari va yurak glikozidlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni qo‘llash vaqtida qonda va siydikda kaltsiy va fosfatlarning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi. D3 vitamini va kaltsiy, fosfor va magniyning yuqori dozalarini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Katta liqildoqning o‘lchamlari tug‘ilgandan boshlab kichik bo‘lgan ko‘krak yoshidagi bolalarga Koleferni juda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Dori preparati 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zaharlanish, anafilaktoid reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiya davrini qo‘llanishi
Homilaga toksik ta'sir qilishi mumkinligi tufayli, A va D3 vitaminlarining yuqori dozalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Preparat homiladorlik va laktatsiya vaqtida buyurilganida A vitaminining sutkalik dozasi 4000 XB dan oshmasligi kerak.
Teratogen ta'siri rivojlanishini muhim omili bo‘lib, nafaqat preparatning dozasi, balki qo‘llash davomiyligi ham hisoblanadi. A vitaminining teratogen hususiyatlari bo‘yicha ma'lumotlarga ko‘ra, homiladorlik va emizish vaqtida preparatni juda zarur bo‘lgan holatlarda, ushbu vitaminni yaqqol tanqisligi bo‘lganida, va parhezga amal qilish tanqislikni bartaraf qilish uchun yetarli bo‘lmaganida, shuningdek organizmda A vitaminining darajasi sinchkovlab baholangandan keyingina qo‘llash mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
A vitamini bilan o‘tkir zaharlanganda, ayniqsa bolalarda, bosh miyani ichki bosimini oshishi va qusish kuzatiladi. A vitamini bilan surunkali zaharlanishda quyidagilar ishtahani yo‘qolishi, ko‘z oldida jismlarni ikkilanishi, lohaslik, bosh og‘rig‘i, sochlarni to‘kilishi, lablarda yoriqlarni hosil bo‘lishi, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, suyak pardasi hisobiga suyaklarni qalinlashishi va suyaklarda og‘riq, jigar va taloqni kattalashishi, gipoplastik anemiya, leykopeniya, ba'zida bosh miya ichki bosimini oshishi va gidrotsefaliya kuzatiladi. Bolalarda naysimon suyaklarning epifizar o‘sish sohasini erta yopilishi kuzatiladi.
D3 vitaminini toksik ta'sir qilish simptomlariga giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, buyraklarni kaltsifikatsiyalanishi va suyaklarni shikastlanishi kiradi. D3 vitaminini dozasini oshirib yuborilishini klinik simptomlari bosh og‘rig‘i, letargik uyqu, ishtahani yo‘qolishi, kuchli chanqoqlik, poliuriya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, mushaklarni zaifligi, tana vaznini kamayishi, kon'yunktivit, fotofobiya, pankreatit, burundan suvli ekssudat ajralishi, qichishish, gipertermiya, depressiya, libidoni pasayishi, giperxolesterinemiya, aminotransferazalarning faolligini oshishi, arterial gipertenziya, taxiaritmiya va uremiya bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 10 ml dan to‘q rangli flakonlarda, oq rangli plastmassa tomchilagich-qopqoq yopilgan.
1 flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°C - 25°C xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! Muzlatilmasin.
Flakon ochilganidan so‘ng preparat 4 oy davomida ishlatilsin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.