Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Luvitan Long Akshn tab. № 30
Nomi | Narx | |||||
Лувитан Лонг Акшн табл. № 30 (57190##2 266) |
UZS 114 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аминокислоты
Страна производитель
Великобритания
Производитель
Laboratoria Qualiphar NV, Бельгия произведено: World Medicine Limited
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Luvitan Long Akshn, Luvitan Long Action
Dori shakli
Ajralib chiqishi uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Ajralib chiqishi uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Vitaminlar
A vitamini (retinol atsetati) 800 mkg;
V1 vitamini (tiamin nitrati) 3,3 mg;
V2 vitamini (riboflavin) 4,2 mg;
V3 vitamini (nikotinamid) 48 mg;
V5 vitamini (kaltsiy pantotenati) 18 mg;
V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi) 4,2 mg;
V9 vitamini (folat kislotasi) 400 mkg;
V12 vitamini (tsianokobalamin) 0,1% li mannitda 3 mkg;
S vitamini (askorbin kislotasi) 160 mg;
D3 vitamini (xolekaltsiferol) 5 mkg;
Ye vitamini (dl-α-tokoferol atsetati) 15 mg;
N vitamini (biotin) 150 mkg.
Mikro- va makroelementlar
temir (temir fumarati shaklida) 14 mg;
magniy (magniy oksidi shaklida) 56,25 mg;
marganets (marganets sulfati monogidrati shaklida) 2 mg;
molibden (natriy molibdati digidrati shaklida) 50 mkg;
mis (mis sulfati pentagidrati shaklida) 1 mg;
selen (selen achitqilari shaklida) 55 mkg;
rux (rux sulfati monogidrati shaklida) 10 mg;
xrom (xrom xloridi geksagidrati shaklida) 40 mkg.
Aminokislotalar
L-leytsin 19,5 mg;
L-lizin (L-lizin gidroxloridi shaklida) 15 mg;
L-izoleytsin 11,5 mg;
L-valin 10,5 mg;
L-fenilalanin 10 mg;
L-tirozin 9,5 mg;
L-tsistein (L-tsistein gidroxloridi
monogidrati shaklida) 6,3 mg;
L-treonin 8,5 mg;
L-gistidin (L-gistidin gidroxloridi
monogidrati shaklida) 6 mg;
L-metionin 3,2 mg.
yordamchi moddalar gidroksipropiltsellyuloza, gipromelloza, kaltsiy gidrofosfati digidrati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, glitseril dibegenati, mikrokristall sellyuloza.
qobig‘ini tarkibi sepifilm LP 770 oq (gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, titan dioksidi, stearin kislotasi), sepifilm LP 014 tiniq (gipromelloza, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi), kandurin kumush yaltirog‘i (titan dioksidi, alyumokaliy silikati), natriy saxarini, etilvanilin.
Ta'rifi uzunchoq shaklli, ikki yoqlama qavariq, oq sadaf rangli plyonka qobiq bilan qoplangan yaltiroq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitamin-mineral kompleksi aminokislotalar bilan majmuada.
ATX kodi A11JC
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Luvitan Long Akshn normal moddalar almashinuvi, organizmni o‘sishi va rivojlanishi, kasalliklardan va tashqi muhitning salbiy omillaridan himoya qilish, barcha hayotiy funktsiyalarini ta'minlash, shuningdek organizmning turli kasalliklarga bo‘lgan qarshiligini oshirish uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mineral moddalar va almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar kompleksidir.
Vitaminlar modda almashinuvida biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatorlari va boshqaruvchilari sifatida ishtirok etadi.
Mineral moddalar odam organizmida modda almashinuvi jarayonlari uchun hayotiy muhim elementlari bo‘lib hisoblanadi. Organizmning hujayra va to‘qimalarini tuzilishida, ferment tizimlari faoliyatida ishtirok etadi
Aminokislotalar organizmning hayot faoliyati jarayonlarida muhim rol o‘ynaydigan oqsillarni hosil qiluvchi strukturli kimyoviy birliklar bo‘lib hisoblanadi. Oqsillar organizmda oziq-ovqat mahsulotlaridan olinadigan oqsillarni parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan aminokislotalardan sintez qilinadi. Ba'zi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar organizmda sintez qilinmaydi, ularni almashtirib bo‘lmaydi va ular organizmga ovqat bilan tushishi kerak. Aminokislotalar organizmning turli tizimlari faoliyatini va to‘qimalar sintezini ta'minlaydi. Ba'zi aminokislotalar mushak to‘qimasini o‘sishida bevosita ishtirok etadi.
Luvitan Long Akshn preparati uzoq muddatli davr mobaynida faol ingrediyentlarni asta-sekin ajralib chiqishini ta'minlaydi (kamida 8 soat).
Farmakokinetikasi
Luvitan Long Akshn preparatining ta'siri, uning komponentlarining birgalikdagi xususiyatlariga bog‘liq, shuning uchun kinetik kuzatuvlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q.
Qo‘llanilishi
Gipovitaminozlar, mineral moddalar va aminokislotalar yetishmovchiligini oldini olish
- kelib chiqishi turli bo‘lgan astenik holatlarda, umumiy holsizlikda va toliqishda, immunitet pasayganida, surunkali charchoqlikda;
- uzoq davom etgan kasalliklar, shu jumladan mavsumiy kasalliklardan so‘ng sog‘ayish davrida, operatsiyadan keyingi davrda, antibiotikoterapiya va spetsifik terapiyadan keyin;
- jadal aqliy va jismoniy zo‘riqishlar davrida;
- yetarli bo‘lmagan va muvozanatlanmagan ovqatlanishda;
- ekologik noxush xududlarda yashovchi shaxslarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Luvitan Long Akshn ichga, ertalab, ovqatlanish vaqtida, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 8 yoshdan boshlab bolalarga sutkada 1 tabletkadan buyuriladi.
Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar (uchrash tezligi noma'lum), uyquning buzilishi bo‘lishi mumkin.
Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalari haqidagi xabarni berish muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmako nazorat tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning faol moddalariga yoki yordamchi komponentlaridan biron-biriga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik;
- laktatsiya davri;
- 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Luvitan Long Akshn preparatini, dozasini oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, boshqa polivitamin komplekslari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar patsiyent qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashishi lozim.
Yordamchi moddalar
Preparat 1 tabletkada 1 mmoldan (23 mg) kam natriyni saqlaydi, ya'ni deyarli “natriyni saqlamaydi”.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Luvitan Long Akshn preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ajralib chiqishi uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 tabletka blisterda.
3 ta blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan hroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.