Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Magnikum tab. №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Магния лактат, витамин В6
Страна производитель
Украина
Производитель
Киевский витаминный завод,ПАО,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Magnikum
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) magniy laktat digidrati, piridoksin gidroxloridi.
Dori shakli
ichakda eruvchi plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar magniy laktat digidrati 470 mg, bu 100% moddaga qayta xisoblaganda48 mg magniyga ekvivalent; 5 mg piridoksin gidroxloridi 100% qayta xisoblaganda;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, polivinil spirti, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, talk, magniy stearati;
qobig‘i Acryl-EZE White ichakda eruvchi plyonka qobiq uchun kukunli aralashma (metakril kislotaning kopolimeri, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy bikarbonati, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi (E 171), trietil sitrati).
Ta'rifi uzunchoq shaklli ikki yoqlama qavariq yuzali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Minerallar bilan V guruhi vitaminlarining majmuasi. ATX kodi A11EC
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning terapevtik samaralari odam va hayvon organizmidagi biokimyoviy reaktsiyalarda keng miqyosdagi ishtiroki yaxshi ma'lum bo‘lgan ikkita faol ingrediyentlarning birgalikdagi ta'sirini natijasi hisoblanadi.
Magniy – ATF ga bog‘liq fermentativ biokimyoviy reaktsiyalarning almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy qismidir; u karbosuvlar, oqsillar va yog‘lar metabolizmida, shuningdek oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi.
Magniy glikolitik fermentlarni, hujayraning oksidlanish fermentlarini, nuklein kislotalari sintezini faollashtiradi; u shuningdek miokardni qisqarish jarayonlarida ham muhim rol o‘ynaydi.
Magniy – trombotsitlar va fibrinogenni barqarorlashtiruvchisi hisoblanadi. Arterial gipertenziya, tomirlar spazmi, neoplastik kasalliklar va siydik-tosh kasalligida magniyni tanqisligini patogenetik rolini hamma e'tirof qilgan hisoblanadi. Magniy nerv-mushak qo‘zg‘alishi jarayonlarida yetakchi rol o‘ynaydi – bu jarayonda u kaltsiyni antagonisti hisoblanadi.
Piridoksin piridoksal-fosfat ko‘rinishida dekarboksillanish va qayta aminlanishni katalizlovchi fermentlar tarkibiga kirib, asosan aminokislotalar metabolizmida, shuningdek karbonsuvlar va yog‘lar metabolizmida ishtirok etadi. Aminokislotalarni membrana orqali tashilishiga yordam beradi, fosforilazani faollashishi, neyromediatorlar, gamma-aminomoy kislotasi, glitsin, serotoninni hosil bo‘lishi uchun zarurdir. V12 vitamini, folat kislotasini almashinuvida, porfirinlar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari sintezida ishtirok etadi. Miokardda, ayniqsa gipoksiyada metabolik jarayonlarni faollashtiradi, neyrotrop, gemopoetik, kardiotrop va gepatotrop samara ko‘rsatishi mumkin. Magniy va V6 vitaminini o‘zaro ta'sir qilish mexanizmi hali to‘liq aniqlanmagan. Har ikkala komponentini organizmdagi tanqisligi, shuningdek dozasini oshirib yuborilishi simptomlari bir biriga o‘xshashdir, biroq V6 vitaminini tanqisligi magniyni tanqisligi bilan bir vaqtda yaqqolroq bo‘ladi, chunki magniy piridoksinga bog‘liq fermentlar tizimini faollashtirish uchun zarurdir.
Magniy va piridoksinni bir vaqtda qo‘llanishi ichakda magniyni so‘rilish tezligini oshiradi, V6 vitamini-magniy-aminokislotalar xelat majmuasini hosil bo‘lishi oqibatida uni hujayralarga membrana orqali o‘tishini yaxshilaydi, qon plazmasi va eritrotsitlarda magniyning kontsentratsiyasini oshiradi, shuningdek uni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi
Qo‘llanilishi
Magniy va/yoki V6 vitaminini organizmdagi tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish.
Preparat shuningdek quyidagi holatlarda oldini olish maqsadida qo‘llanadi surunkali jismoniy va aqliy toliqish, ta'sirchanlik, stressni havfi oshganida, depressiya, uyquni buzilishlarida, mialgiyada, ateroskleroz va miokard infarktini oldini olish uchun qo‘llanadi. Magnikum shuningdek uzoq vaqt chekish va alkogol iste'mol qilish, surgi vositalar, kontratseptiv vositalar, doimiy giperglikemiyasi bo‘lgan qandli diabet bemorlarda ba'zi diuretiklar yoki osmotik diuretiklarni uzoq vaqt qo‘llash oqibatida rivojlangan gipomagniyemiyada qo‘llanadi.
Arterial gipertenziya (AG), dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurak aritmiyalari aritmiya kabi yurak qon-tomir kasalliklari, suyaklar singandan so‘ng tuzalayotgan bemorlarni kompleks davolashda va osteoporozni kompleks davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Profilaktika uchun kattalarga va 12 yoshdan boshlab bolalarga – 2 tabletka sutkada 1 marta yoki 1-2 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.
Davolash uchun faqat shifokorni tavsiyasi bo‘yicha buyuriladi. Davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi.
Tabletkani butun holda va bir stakan suv bilan ichish kerak.
Nojo‘ya samaralari.
Juda kam hollarda – me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (qorinda og‘riq, qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish), allergik reaktsiyalar, shu jumladan, qichishish, eshakemi, terida toshmalar kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
.
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam), gipermagnemiya, V6 vitaminini gipervitaminozi, AV-blokada, og‘ir miasteniya, Parkinson kasalligi (levodopa dekarboksilazaning periferik ingibitorlarini yondosh qo‘llamasdan, levodopa bilan davolashda), og‘ir darajadagi arterial gipotenziya, diareyada qo‘llash mumkin emas..
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fosfat va kaltsiy tuzlarini saqlagan preparatlarni bir vaqtda qo‘llash, lipidlarni ortib ketishi me'da-ichak yo‘llarida magniyni so‘rilishini ahamiyatli darajada kamaytirishi mumkin.
Diuretiklar, sisplatin, sikloserin, mineralokortikoidlar magniyni siydik bilan chiqarilishini oshiradilar. Aminoglikozid antibiotiklar, skelet mushaklarini relaksantlari va kolistin preparat bilan yondosh qo‘llanganida mushaklar falajini chaqirishi mumkin.
Magniy teofillin, tetratsiklin, temir preparatlari, ftoridlar va peroral antikoagulyantlar – varfarin hosilalarini so‘rilishini kamaytiradi. Preparat peroral tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ovqat hazm qilish yo‘llarida tetratsiklinlarni so‘rilishiga Magnikumning salbiy ta'sirini oldini olish uchun bu preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi vaqt kamida 3 soat bo‘lishi kerak.
Sikloserin, gidralizin, izoniazid, penitsilamin va peroral kontratseptivlarni qo‘llash V6 vitaminiga bo‘lgan talabni oshiradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar levodopa bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki u periferik dopa-dekarboksilazaning ingibitorlari bilan birga qabul qilinmasa, levodopani ta'siri ingibirlanadi. Agar levodopa dopa-dekarboksilaza bilan birga qabul qilinmasa, piridoksinni har qanday kontsentratsiyalarda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligida gipermagniyemiya (qon zardobida magniy miqdorini doimiy nazorat qilish va preparatni katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llashdan saqlanish) rivojlanishini oldini olish choralarini ko‘rish kerak. Yurak va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar davolash boshlanishidan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Agar bir oy davomida davolashdan keyin ahvolini yaxshilanishi kuzatilmasa, preparatni bekor qilish kerak.
Kaltsiyni yondosh tanqisligi bo‘lgan holatlarda, kaltsiyni qo‘shimcha ravishda qabul qilishni boshlashdan avval magniyni tanqisligi bartaraf qilinishi kerak.
Piridoksinni yuqori dozalarda (sutkada > 200 mg) uzoq muddat davomida (ya'ni, bir necha oy yoki yil davomida) qabul qilinganida sensor neyropatiyani rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu samara odatda qaytuvchan xarakterga ega bo‘lib, preparat qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng yo‘qoladi. Og‘ir darajadagi magniy tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni vena ichiga yuborish bilan boshlash kerak. Bu shuningdek malabsorbtsiya bo‘lgan bemorlarga ham ko‘rsatilgan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bolalar. Preparat 12 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparat homila uchun biron bir havf solishi noma'lum, chunki homiladorlik vaqtida tegishli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Shuning uchun homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash bo‘yicha masalani faqat shifokor ona uchun foyda / homila (bola) uchun havf nisbatini hisobga olib, har bir patsiyent uchun shaxsiy ravishda hal qiladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish hususiyati
Preparat avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial havfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda preparat peroral qo‘llanganida magniyni dozasini oshirib yuborilishi odatda toksik reaktsiyalarni rivojlanishiga olib kelmaydi. Biroq buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda magniy bilan zaharlanish kuzatilishi mumkin. Toksik samaralari qondagi magniyning darajasiga bog‘liq.
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, arterial gipotenziya, markaziy nerv tizimini susayishi, mushaklar kuchsizligi, nafasni susayishi, EKG da patologik o‘zgarishlar, koma, yurak urishini to‘xtashi va nafas falaji, anuriya, oyoq-qo‘llardagi og‘riq, reflektor faoliyatini buzilishi.
Davolash regidratatsiya, jadallashtirilgan diurez. Buyrak yetishmovchiligida gemodializ va peritoneal dializ zarur. Simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda; 5 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
JAJ “Kiyevskiy vitaminniy zavod”.
04073, Ukraina, Kiyev sh., Kopilovskaya ko‘ch, 38.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.